36
Siz o’z husningiz o’ziga xos ko’rkka ega ekanini tan oling va bundan ko’nglingiz
to’lsin. Husn kompleksiga odamlar bilan muloqot qilishingizga halal berishiga imkon
bermang. Siz – hech kimga o’xshamas qilib yaratilgansiz. Shunday ekan, boshqa
“go’zallar”ga o’xshamaganingizdan xafa bo’lib emas, xursand bo’lib yashang. Hammaga
o’xshagandan ko’ra, o’ziga xos bo’lgan yaxshi emasmi?
Ichki nuqsonlilik komplekslari
Tashqi nuqsonlardan o’z-o’ziga cheklov qo’yish tanganing bir tomoni, xolos.
Odamlar psixikasida ichki nuqsonlilik komplekslari ham kuchli ildiz otgan. Bu
komplekslar shaxs o’z fe’l-atvoridagi qaysidir, uning fikricha, nuqson bo’lgan jihatga
katta ahamiyat berib yuborganidan kelib chiqadi. Yoki kishi u yoki bu qobiliyatlari
yetarlicha rivojlanmaganidan o’zini boshqalardan kuchsizroq hisoblaydi.
“Men falonchidek aqlli emasman”, “Mening odamlar bilan muloqot qilish
qobiliyatim yaxshi rivojlanmagan”, “Men birovning ko’nglini olishni bilmayman”,
“Mening hech o’qishga quntim yetmaydi”, “Mening qo’limdan hech ish kelmaydi”, “Men
g’irt omadsizman”, “Men chiroyli qilib gapira olmayman”, “Mening xatim juda xunuk”,
“Men birovni yaxshi ko’rishga qodir emasman”, “Men juda xudbinman”, “Men
falonchiga bas kela olarmidim”, “Menga u bilan bahslashishga yo’l bo’lsin”, “Mening
qanday noyob qobiliyatlarim borki, bu ishni menga topshirishsa”, “Mening hech bir
kuchli tomonim yo’q” kabi ta’kidlar ichki nuqsonlilik kompleksidan darak beradi.
Kishi o’z nuqsonlariga o’ta katta e’tibor berib yuborsa va o’z hayotiga salbiy ta’sir
qilishga ularga imkon bersa – bu jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Ichki
nuqsonlilik kompleksiga tobe odam o’z imkoniyatlarini doim juda tor doirada baholaydi
va shunga monand qarorlar qabul qiladi. Albatta, o’z kuchlarini hisobga olib ish ko’rish
maqsadga muvofiq – xalqimiz bekorga “Ko’rpangga qarab oyoq uzat” deb aytmagan.
Ammo kompleks ta’siridagi odam o’z kuchini odilona baholay olmaydi va asl
imkoniyatlaridan ancha quyi maqsadlarni ko’zlab yashaydi. Bu juda achinarli hol, chunki
bunda kishining orzu qilish va o’z niyatlariga intilish qobiliyati zarar ko’radi – nuqsonlilik
kompleksi hukmi ostidagi odam hech qachon katta orzular qila olmaydi va yuksak
maqsadlarga intilmaydi.
Kamchilik va nuqsonlar hammada bo’ladi – beayb Parvardigor. O’z kamchiliklarini
bilgan yaxshi – ammo ularga o’ta katta ahamiyat berib yuborilsa, natija yaxshi bo’lmaydi.
Dunyoda har kim qandaydir nuqson bilan yaratilgan – ammo har kimga shu
nuqsonlarning o’rnini bosadigan fazilat ham berilgan bo’ladi. O’zingiz o’ylab ko’ring –
Tangri bir bandasini ko’proq, boshqasini ozroq fazilat bilan yaratmaydi. Xudo bunday
nohaqlik qilmaydi. U barchani teng imkoniyatlar va teng cheklovlar bilan taqdirlagan.
Siz o’zingizdagi kamchiliklarni ko’ra bildingizmi – o’z fazilatlaringizni ham ko’ra
biling. Agar sizga berilgan nuqsonlargagina e’tibor berib, bundan nolisangiz-u, sizga ato
etilgan fazilatlarni ko’ra bilmasangiz – bu noshukrlik bo’ladi.
Ichki nuqsonlilik kompleksi ham xuddi tashqi nuqsonlilik kompleksi kabi
o’zini
o’zi oshirish
xususiyatiga ega. Ya’ni kimdir biror kamchiligiga o’ta yuqori ahamiyat berib
yuborsa, kompleks uning xatti-harakatlarini shunday boshqaradiki, uning bu kamchiligi
yana-da yaqqolroq namoyon bo’ladi. Misol uchun, odamlar bilan muloqotda bo’lish
Do'stlaringiz bilan baham: |