www.ziyouz.com kutubxonasi
41
- Yolg'izmisiz, yoningizga o'tirsam bo'ladimi? - dedi. Asabiylashdim.
- Yo'q, bo'lmaydi, - dedim va boshqa joyga borib o'tirdim. Bu yangi yosh muallim edi.
Yana yonimga keldi.
- Noto'g'ri tushunmang, diqqatimni tortdingiz, o'qiyotganingiz diniy kitob har holda.
Mening ham dinga muhabbatim va aloqam bor, - dedi. Yumshadim. Chunki dindan so'z
ochgandi. Men, erkak bilan yolg'iz taqiqlanganini, kitobni berishmni aytib ketdim. Ertasi
kun shanba edi. Dam olish bo'lgani uchun tashqariga chiqqandim. Yana o'sha muallim
yonimga keldi. Kitobdan biroz o'qiganini, juda yahshi ekanini aytdi. Men bu yarda yolg'iz
qolishimiz man etilganini aytdim.
- Go'yo maktabda begona muallimlar bilan bir yerda bo'lmagandaysiz-a, - dedi. Nima
deyishimni bilmay hayron bo'lb dovdiradim.
Keyingi kunlarda muallim menga darslarda sinovlardan yordam beradigan bo'ldi. Bu
ahvol menga yoqmasdi. Shaytoniy fikrlari bilan ta'sir qilishga harakat qilardi. Islomga
yaqinligi bilan ham meni hayron qoldirardi. ajabo, Islom yanlishmi? Yoki shayton?
Bilolmasdim. Menga erkak bo'lmagan joyda boshni ochib yurish mumkinligini aytardi.
Erkak bo'lmagach ziyoni yo'q deb o'ylardim men ham. Dugonalarimning orasida
boshimni ocha boshladim. Namozlarimni ham sekin-sekin kamaytira boshladim. Diniy
kitoblar o'rnini TV egallay boshladi. Endi maktabda boshimni o'ramasdim. Tashqarida
esa chala-chulpa o'rardim.
Ro'molimni yarimyorti o'rab, dugonalarim bilan tashqariga chiqayotganimizda, ular
ahzillashib:"Qo'polliging qolmadi qolmadi-da. Zamondan ortda qolding", - deya
kamsitishar, lekin men ularga quloq solmay o'ranardim. Bir narsalarni pichirlab
kulishardi.
Har doim katta ko'chadan ketardik, bu gal jin ko'chalardan aylanib o'tishni istadik.
Ko'chaga kirganimizda bir dugonam boshimdan ro'molimni tortib oldi. Hayron bo'ldim.
Qanday qilib bu o'yinni avvaldan sezmadim. Ro'molini ikkiga bo'lib qo'limga tutdi.
Bo'lganicha bo'ldi. Qayg'urdim. Ammo dugonalarim shunday ham qanchalar go'zalsan,
deya meni ovuntirdilar. Menda iymon bo'lganida maktabga qaytardim, lekin men
iymonimni oldirgan edim. Men ikkinchi o'yindan behabar borardim. Ular meni istirohat
bog'iga boshlab borishdi. Sakkiz qiz bo'lganimiz uchun ikki stol atrofiga joylashdik. Har
stol atrofiga to'rt kishidan o'tirishi kerak bo'lgani holda bizning stolga uch kishi,
narigisiga besh kishi joylashishdi. Ko'nglimga boshqa narsa keltirmasdan:"Nega ular
siqilishib bizning yonimizda bir joyni bo'sh qoldirishdi", deb o'yladim va so'radim.
Ular:"Mehmonimiz bor", deyihdi. Mehmon o'sha olg'ir muallim ekan. Hayron qoldim. Bu
yerga kelishimizdan qanday habardor bo'ldi ekan? Mening bundan habarim yo'q,
dugonalarim qaydan bilishadi? Kayfiyatim buzildi. Bog'da aylanib kelganimizdan keyin
ikki sherigim bir bahona qilib turib ketishdi. Orqadagi stolga qaramasdim. Qaramoqchi
bo'lganimda muallim gapga tutib qolardi. Yo'lini topib qarganimda dugonalarim yo'q.
Ikkimiz yolg'ziligimizdan, oqshom tushib qolganidan bezovtalandim. Ular ketib qolganini
bilganimdan keyin jahlim chiqdi. Va shu holda muallimga tikildim.
- O'h-ho', qachon ketishdi ular, gapga berilib ketishganini ham bilmay qolibmiz, -
deya safsata sota boshladi. Jahl bilan:
- Yolg'onchi! deb baqirdim. Qayergacha yugurib borganimni bilmayman, faqat
yig'lardim. Maktabga borish yo'lini bilmasdim. Taniydiganim faqat shu shayton muallim
edi. Har tomonda mast alastlar tentirab yurishardi. Muallim meni maktabga olib borib
qo'yishini aytdi. Faqat yo'l ustida uyiga kirib bir narsani olishi kerakligini aytdi. Ilojsiz
rozi bo'ldim, boshqa yo'l yo'q edi. Yo'l bo'yi gaplashmadik. U uyiga kirib ketdi, lekin
soatlar o'tsa ham-ki chiqmadi. Men muallimning oilasi bor deya, ichkariga kirishim zarar
bo'lmaydi deya fikrladim. Ichkari kirishim bilan birdan eshik bekildi. Qo'rqib hushimdan
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |