www.ziyouz.com kutubxonasi
43
achinardim. Biroz hastalansam, ne qilishini bilmay boshimda aylanardi. "Sizga beradigan
dardni Alloh menga bersin", derdi. Namoz o'qiyolmaganim uchun juda hafa bo'lardi. Har
narsadan meni qo'riqlar edi. Qayg'urishimni hech istamasdi. Ammo men... Barcha
masala shunda edi. Men qanchalik fidoyi va qanaqa inson edim? Bir kuni radioni
qo'ydim. Qo'ymasam bo'lardi, nega qo'ydim. Radio:"Olmoniyaga ishchilar jo'natlmoqda.
Borishni istovchilar "Ish va ishchi" tahskilotiga murojaat qilsinlar", degan e'lonni o'qidi.
Faqirlik jonimga tekkandi. Sevinganimdan bir joyda turolmasdim. Eshikda Alifga duch
keldim. "Yo'l bo'lsin? " dedi. "Olmoniyaga ketyapman, Alifim, Olmoniyaga. Seni el
eshigidan qutqaraman. Uyimning malikasi bo'lasan", dedim. "Bu ish yoqmaydi", dedi.
"Nega yoqtirmaysan? Kelgan imkoniyatdan yuz o'giramizmi? Jinnimisan? ", deya
baqirdim unga. Ko'zlari yoshlandi.
- Otam Islomda er-hotin hijroni eng ko'p - 4oy derdilar. shuning uchun ham
Rasululloh s. a. v. ham askarlarini 4oyda bir marta uyga borishga buyurganlar. Siz bilan
ajralishni istamayman, bu yahshi bo'lmaydi, - dedi.
Boshimga gurzi bilan urganday bo'ldi. Qotib qoldim
- Sen kimsan-a, kimsan. Men ketaman, ishimga aralasholmaysan, - dedim-da chiqib
ketdim...
Olmoniyaga ishga yozildim. Uch oydan so'ng atklif qog'ozi keldi. Men sevinchimdan
hotinim esa hafaligidan tushmasdi. Bir do'stimda qarz olib Olmoniya tayyorgarligini
ko'rdim. Katta yo'l sumkamga narsalarimni joylayotgan edim. Alifning yig'layotganini
ko'rdim. Ham yig'alr, ham gapirar edi.
- Olmoniyaga borib meni unutasiz deb qo'rqaman. Yoniga uchib keldim.
- Alifim telba bo'ldingmi? Bu gapni menga qanday aytyapsan. Men seni unutib, olmon
tannozlariga qaraymanmi? Shunchalik pastkash bo'ldimmi? Shunday zolimlikda
ayblasang seni kechirmayman. Meni bilmaysanmi? Sen uchun, senga uylanish uchun
o'limimga rozi bo'lganman. Menda qanday shubhalanasan? - dedim.
- Ayol erkakni, erkak ayolni tortarmish, Olmin go'zallari esa ikki karra toratrmish.
"Jufti yonida bo'lmagan ayol ham, erkak ham zinoga yaqin turadi", derdilar otam. Juda
qo'rqyapman, - dedi. Avtobusga minganimda ham yonimda ajralmadi.
- olti oy kut, jonim, olti oy. Undan keyin seni ham olib ketaman. Sensiz Olmoniyani
ne qilaman, - derdim. So'nggi so'zimiz shu bo'ldi. Hayrlashdik. Olmoniyaga kelgan ilk
kunlarim Alifimning qadri o'tdi. "Nimaga ham keldim" deb ko'p pushaymon bo'ldim.
Avval ahr kuni hatlar yozdim. "Alifim oz qoldi, seni olib kelaman" derdim. Keyinroq esa
har kuni yozolmadim. Uch oy o'tgach, olmon qizi Vera yo'liqdi. Ro'yhushlik bermadim.
"Mening sevimli hotinim bor, daf bo'l", dedim. Ammo u quloq solmasdi, chala chulpa
turkchalab:"Seni juda-juda sevaman", derdi. Aslo, Alifimga hiyonat qilolmayman. Ammo
nasroniy qiz jozibador va ma'sum chehrali edi. Mayl eta boshladim... Va Veraga oshiq
bo'lib qoldim. Alifni unutdim. Endi bor-yo'g'im Vera edi. Endi oylar o'tdi, Alifga hat
yozmay qo'ydim. Bir kuni hat keldi. Alifdan edi.
"Azizim, qaylarda qldingiz? Olmoniyani maskan tutdingizmi? Qaydasiz? Hastamisiz,
habaringiz yo'qligidan qayg'udaman. uyqum kelmaydi. Bolalar:"Otamiz bizni unutdi",
deyishmoqda. Fotima:"Otamning yuzini eslay olmayapman" dedi. Hayotingizni bilaylik.
Ikki qator hat yozib yuboring. Do'stingiz ham, hato qilmasin, qarzini bersin, deyapti. Ne
bo'ldi sizga hotiningizni gap eshittiradigan, so'ziga egalik qilolmaydigan bo'lib
qoldingizmi? Siz sharaf sohibi, or-nomuslik inson edingiz-ku. Jonim, ikki enlik hat
yozing, holingizni bilay, telba qilmang, ziyoda kuttirmang, ilhaq etmang".
Xatni o'qiyotganimda Vera kelib qoldi. "Nima bo'ldi, sevgilim", dedi. Hech nima bir
ahmoq do'stimdan hat kelibdi, deb qo'ya qoldim. U ham bemalol:"Men esa ahmoq
hotiningdan hat kelibdimi deb o'ylab, behuda rashk qilibman", dedi. OH!! Alifimni
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |