www.ziyouz.com kutubxonasi
50
azoblarim sahifalarga sig'maydi. Lekin bo'lganicha bo'ldi, o'tgani o'tdi. Muhimi, kelajak
mevalari!Alhamdulillah, go'ra pishdi, holvo bo'ldi...
Hidoyatga erishganimni qisqacha qilib aytib beray. Bir kuni ertalab, saharda humor
bosdi qilib, zo'rg'a sudralib uyga qaytardim. Azon aytilardi. Ichimda bir narsalar
jimirladi. Butun vujudimni pushaymonlik qopladi. Bir zumda kechdi bu. Ko'chamizga
kirgan edim. Uyimizning chiroqlari yondi. Og'zimdan:"Qoloq hotin nima qilayotgan
ekan", degan so'zalr chiqdi. Nega bunday dedim, bilmadim. Sovuq, qor, bo'ron. Ozim
esa oyoqda turolmayman. Insonning homaki nushasi - Men. Shu payt qarshimdam katta
o'g'lim Umar chiqdi. Boshida do'ppisi, qo'ltig'ida Qur'on Karim bilan shoshib kelardi.
Qayoqqa deyishga imkon qolmadi. O'g'lim menga burchimni eslatdi.
"Ota, qarang, eshting azon aytilmoqda, Allohimiz:"Tong hamozi har nedan hayrli,
namozga keling, najotga keling", deb musulmonlarni namozga chorlamoqda, dedi. "Jim,
nima meni ustozimmisan", dedim. O'g'lim hech qo'rqmadi. Yanada yumshoq ohangda,
ko'zlarida yosh:"Otajon, qora chumolini qora tunda ko'radigan Mavloyimiz, men bilan
sizni ham ko'rmoqda, Sizning hidoyatga erishishingiz uchun namozga shoshayapman...
Onam uyda yoshli ko'zlari bilan haqqingizga duo qilyaptilar, ortiq ezmang... ", dedi.
Qalbimni parchalagan, qorong'ulikka shong'igan, uzoqlashgan yig'i ovozining ortidan
qarab qoldim. O'sha yerga cho'kdim, uyalardim... Yo, Rabbiy! Shu oppoq qorlar, shu
qaro tuproq menga shuncha yillardan beri qanday toqat qildi. Ovozim boricha, kuchim
boricha baqirgim kelardi. O'zligimni qaytib bering, o'zligimni qaytaring, qutqaring meni!
Uyga kelib qolgandim. Juftim, fidokor jufti halolim, har doimgidek achchiq tabassum
bilan eshikni ochdi. Boshim egik, unga qaray olmasdim. Borib namozga turdi. Yillar bo'yi
shu uyda yashadimmi? Devorlardagi oyatlarni, osig'liq Qur'onni ilk marta ko'rishimmi?
ichimda yongan olov ko'z yoshlarim bilan susaya boshladi... . Yig'lardim. . Tavba ko'z
yoshlari edi bular! Duosini tugatgan Asmo ko'nikmagan bu manzaraga hayrat ila qarab
turardi. Ko'zalri bilan:"Tushimmi bu o'ngimmi? " deyar edi.
- Indama menga hotin, indama... to'ygunimcha yig'lab olay. Gunoh bilan kirlangan
vujudimni, ko'nglimni ko'z yoshim bilan yuvib olay. Alloh menga bolalar va senday hotin
nasib etdi, lekin menchi, menchi... Tavba, nasuh tavbasi ila tavba... .
O'sha tongdan buyon Islomning abadiy nuri quyosh kabi ufqda porlamoqda va har
kuni ziyosi ortib, uyimizni, ko'nglimizni yoritmoqda. Mana keldim, mana ketmoqdaman.
Hayot qisqa, oliy jaholatda kechirgan yillarim menga azob beradi. Atrofimda ulug'larni,
ulg'ayganlarni ko'rib tinmay tablig' aytaman. Hudbin musulmon bo'lmaylik. Musulmon
birodralarimizga haqiqiy tavsiy, nasihat qilaylik. "Maktub"ga mehnati singanlardan va
barcha mo'minlardan Alloh J. J. rozi bo'lsin!
Do'stlaringiz bilan baham: |