www.ziyouz.com kutubxonasi
48
Fotima yoshli ko'zalri bilan otasiga qaradi. Keyin askarga yig'lamsiragancha:
- Askar aka, bu mening otam, bolalar otalarini quchmaydilarmi? Men otamni juda-
juda sog'indim. Men doim uni eslab yig'layman. Siz nega hafa bo'lasiz, sizning otangiz
yo'qmi?
Askarlar bolaning bu gapidan qotib qoldilar. Ikkinchi askar:
- Qo'y bolani otasiga borsin. Bu mas'uliyatni o'z zimmamga olaman. Agar hizmat
bahosiga teng bo'lsa ham. Qo'y, otasiga borsin, - dedi. Fotima o'qdek borib otasini
quchog'iga o'zini otdi. Horun barcha dardlarga shifo bo'ladigandek qizini mahkam
bag'riga bosdi. Lekin bir qo'l Horunning yelkasidan tutdi. Bu kichik zobitning qo'li edi...
- Qani bo'ldi, bugunga yetadi... Bu kunlarni jinoyat qilmasdan o'ylash kerak edi, -
dedi.
Horun zo'rg'a o'rnidan turdi.
-O'zingizni tuting. Oyoqda tik turing. Musulmonga bunchalar bo'shashmoq
yarashmaydi, Horun, - dedi Bushro. Bushro jandarmalarga ahamiayt bermasdi. Horun
biroz havotirlanib javob berdi.
- Bu ahvolim yuragimdan, Bushro. Buning ustiga arzimagan narsadan aybdor bo'lib
bu yerda turishim azob beradi... demak, men zaifman, yoki juda tez zaiflashdim. Bushro
yuragim sog' bo'lsa edi. Eshik zanjiridan tortib, go'yo shu askar kiyimigacha menga azob
bo'lsin demoq uchun tayyorlangandek. Hammasi tugamoqda... uyga birga ketamiz... shu
so'nggi sudim, Inshaalloh.
Mahkama huzuriga chiqdilar. Horun titrar, sud'yaning so'zini kutardi. Sud'ya oldidagi
hujjatlarni titkilar, mahkumning yuziga esa boqmasdi. Prokuror bir nimalar bilan
mashg'ul. Mahkama bo'lmasida uch-to'rt kishi. Horunning ichi achishib ezildi. :"Demak
meni sevadiganlar, meni o'ylaydiganlar faqat shugina, holos", - deb ko'nglidan o'tkazdi.
Sud'ya hujjatlarni ochib sud qila boshladi. Prokuror da'vonomani o'qidi... . uning har bir
so'zi Horunga bombadek o'ldiruvchi bo'lib tuyuldi. Hatto u nomini bilmagan jinoyatlar
uning bo'yniga qo'yilardi... . Sud'ya qovog'ini uyib baqirardi:"Qani, qani, biz o'sha
ma'lumotlardan to'yganmiz". Yo'lg'on gapirmoqda deb Horunni tinglamasdi. Horun o'ylay
boshladi. Sud'ya adolat bilan hukm qiluvchi degani-ku? Ammo bu qanday adolat?
Qo'limdagi hujjatga ham qaramaydi.
Birdan yuragi siqib ushlab qoldi. Horunning yuz tomirlari bo'rtib ko'rina boshladi.
Sud'ya esa:"Turlanma!" dedi. Horun birdan yerga quladi. Bushro jon dili bilan unga
achinib tikilardi. Sud'ya esa hanuz baqirardi:"Tur o'rningdan, bu yerda hushidan ketib
qoladiganlarni ko'p ko'rganmiz", dedi. Jandarma Horunning yurak urishini
tekshirdi:"Horunbey, ko'zingizni oching. . oching". Jandarma bir nech daqiqadan keyin
sud'yaga, jahl bilan:"Sud'ya janoblari! Horun o'zini o'lganga solib, o'ldi, ha, o'ldi"
Haqiqatan Horun o'lgan edi...
Bir necha soatdan keyin janoza mashinasida Bushro erining jasadini olib ketardi.
Tinimsiz yig'layotgan Bushro unga qarab tinmay so'zlardi:
- Bu mahkama so'nggisi, uyga birga ketamiz, degan edingiz, Horunim! Haqiqatda
aytganingiz bo'ldi...
QIMOR
Assalamu alaykum!
Bugungacha bir qancha musulmon birodarlarimizga qo'l cho'zib, suyab, vijdon
azoblaridan ozmi ko'pmi forig' bo'lishlariga ko'maklashdingiz. Mening ham ichimni
kemirayotgan vijdon azobim bor. Iltimos qilaman meni hech bo'lmasa bir sira tinglab
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |