www.ziyouz.com kutubxonasi
46
yahshiliklari ahamiyatlidir, lekin ohirat yahshiliklari hammasidan muhimdir... .
Shu so'zlarni mening o'g'lim aytdimi? Hayratlandim. . Lol qoldim... Hayolim Alifda
edi. Ammo uni surishtirmasdim. Bir payt:"Qanday yashadingiz" deb so'radim.
- Onam kunlik ishlarga ketardilar. Biz ham ulg'ayib to'rt-besh qurush topdik, keyingi
paytlarda siz ham yuborib turdingiz... . Alloh rozi bo'lsin. Onamiz bizni birovni qo'liga
qaratmasdan voyaga yetkazdilar.
- Ammo ohir oqibat turmushga chiqdi, shundaymi, - dedim. O'g'lim yuzimga qaradi.
- Onam turmushga chiqmaganlar, bizni shunday deb yozishga majbur qildilar, men
esa yozdim, - dedi.
Yo, Allohim! Sevinchmi bu? Yoki telbalik? Darholo'g'limning qo'lidan tutdim.
- Tezda onagning oldiga boraylik, - dedim. O'g'lim juda oliyjanoblik bilan:
- Borsak ham onam sizga qaytmaydilar, ota. Yillab yig'ladilar, chunki ezildilar,
qiynaldilar. Qachon siz haqingizda gapirmoqchi bo'lsak:"Shunday bir inson bo'lardi,
yashardi, endi yo'q, o'ldi ketdi", derdilar. Jur'at yetishmadi. Ertasi kuni qishloqda ne
qilishimni bilmay chorasiz holda kezdim. Va keksaroq vositachilarni topib Alifga
jo'natdim. Hammasiga:
- U meni tiriklay yoqdi. Uni ko'rishni ham hohlamayman, - debdi. Chorasiz edim.
Bormoqchi bo'ldim. Bor jasoratimni tio'plab, uyining bo'sag'asigacha keldim. uyda edi,
bilaman. Yuragim to'htab qoladigandek. Yo, Allohim! Biroz tin olib so'ng boray... O'tirib
nafasimni rostladim. Nimadan gap boshlasam ekan deya reja tuzdim. O'yladim. Jonim,
Alifim, desammi? Yo'q... unda "joningni nega boshqa tannozga almashding? "der. "Seni
juda sog'indim" desamchi, yo'q, ishonmaydi. Ishonmas... .
Huddi shu asnoda qarshimda tikilib turardi... Alif!juda jiddiy va viqorli!
-Sizdan iltimos, o'zimga joy topgunimcha, bu yerlardan uzoqlashing, elchi ham
jo'natmang. Siz bilan hech qanday bog'lanishimiz qolmagan. Juda qatiy va keskin
gapirardi u. Yig'ladim.
- Ne desang haqqing bor, - dedim. Bu orada qizim kelib qoldi. Onasiga yig'lab
yolvordi.
-Onajon, otam bilan yarashing, bizlar ham shod yashyalik.
- O'n uch yilki, yig'lagan menman...
- Ammo otam ham yig'layaptilar, shayton yo'ldan urgan. Ammo qarang uzr
so'rayaptilar, ahir, johil erkaklargina ham ayb qiladilar, ham uzr so'ramaydilar. Otam uzr
so'rayaptilar. Onajonim, bo'yim o'sdi. Ulg'aydim, lekin hech shod-hurram kunlarni
ko'rmadik. Ho'p deng onajon.
Qizim onasiga yolvarayotganda men eshik tomon yurdim. Birdan Alifning ovozini
eshitib sevich va hayajondan qotib qoldim.
- Qizim, bor otangni chaqir, och qolgandirlar, dasturhon hozirlaylik!
AYBDOR
U havotir va jonsarak holda mahkamada javob berish uchun tayyorlanardi.
Mahkamada bunday demoqchi edi:"Men bir ishchiman... dil hasta... Nech yilki filmimni
suratga ololmayapman... . Bola chaqam parishon... hotinim hasta... Bu aybni men
qilmadim. . Meni qo'yib yuboring, janob sud'ya! Besh kunlik dunyoda erkin nafas olib
o'lay... "
Bo'lmadosh do'sti Somiy mazahchi bo'lgani uchun tirg'almay o'tolmadi.
- Qani ko'ramiz, birodar, Birozdan keyin nazoratchilar jandarmalar bilan birga kelib
seni olib ketishadi. Ne holing bor ko'ramiz. . Yahshiyam yuraging hasta... Meniki ham
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |