www.ziyouz.com kutubxonasi
40
mening fikrlashimda o'zgarish yuz berdi. Oisha bilan yozishmalarimiz bir yarim yildirki
to'htagan edi. Diyorbakrga bordim. Bu gal men Oishalarnikida qoldim. Lekin u juda
o'zgarib ketgandi. Uylariga kelgan erkak mehmonlar kelsa, boshi ichiq holda ularga
hizmat qilar, ravoqqa chiqar, faqat tashqariga chiqqandagina o'ralar edi. Ichim sirqiradi,
pushaymon bo'ldim, chunki uning bu holiga men sababchi edim. Bir kecha o'tirib
suhbatlashdik, unga pushaymonligimni, unga nisbatan nohaqlik qilganimni aytdim.
Islomni anglatmoqqa harakat qildim. Bo'lmadi. Qaytishdan qo'rqardi. Teskari ahvol...
Ilgari men uni Islomdan uzoqlashtirish uchun yomonlagan bo'lsam, endi Islom
go'zalliklarini aytib qaytishi uchun yolvorardim. Diniy kitoblar o'qitdim, lekin foydasi
bo'lmadi. Izmirga qaytgach, tez-tez hat yozdim. Lekin javob bo'lmadi. Nihoyat maktub
keldi:"Maktublaringda dindan so'z ochma, chunki nima deb javob yozishni bilmayman.
O'zgarishimni o'ylama".
Hulosa qilib aytamanki, Oishaga qilgan haqsizligim va bu hol qarsgisidagi vijdon
qiynog'idan hech qachon qutulolmasam kerak.
JAZO
Bu yer Eski shaharning eng sokin joylaridan biri. Ko'chamizda ko'p mutavoze' kishilar
yashaydi. Bu ko'cha boshqa ko'chalarga o'hshamaydi. G'iybat, mish-mish bu yerda yo'q.
yo'qsillarga yordam qo'lini cho'zib, ko'ngillarga nur bahsh etgan shu ko'chada o'sdim.
Oilamiz ham Islomiy yashadi. Zotan, bu ko'chada ochiq-sochiq yuradiganlarni o'zi yo'q.
Har kim o'z holicha Islomiy yashashga harakat qilardi. Men uyimdagilarni va
mahalladoshlarimni juda yahshi ko'rardim. Ular sof ko'ngilli odamlar edi. Ayniqsa Usmon
bobom juda oqko'ngil kishi edilar. O'sha paytlar 6yoshlik qizcha edim. Hali ro'mol
o'ramasdim. Usmon bobom boshimni silab:"Sening isming Amina! Qanday go'zal
ism!Rasululloh s. a. v. ning onalarining ismi. Agar boshing o'rab yursang shu ismga
munosib bo'lasan", - derdilar. Boshlang'ich maktabni bitirdim. Boshimni o'ragan,
namozimni o'qirdim. Uyimdagilar meni Imom Hatib Litseyiga yubormoqchi edilar. Lekin
men Anqaradagi A. G. Litseyida o'qib hamshira bo'lishni orzu qilardim. Bu yerda I. X. L.
ga olishmagani uchun o'rta maktabga kirdim. Maktabni boshimni ochmasdan bitirdim.
Uyimdagilar bundan hursand bo'lishdi. O'zgarmasligimga qat'iy ishonardilar. Va meni
Anqarda yotib o'qishim uchun ro'yhatdan o'tkazdilar. Lekin ko'chamizdagi barcha
qo'shnilar borishimni istamasdilar. Islomni tark qilib, kufrga kirib ketishimdan
qo'rqardilar. Va mening sevimli Usmon bobom uyimdagilardan yubormasliklarini iltimos
qildilar. Uyimzdagilar esa:"Unga ishonamiz, Inshaalloh, o'zgarmas", dedilar. Usmon
bobom:"Unday demang, biz 20asrda yashaypmiz. Bu zamonda o'zgarganlar shu qadar
ko'paydiki, huqsi barcha yoshlarga urmoqda", - dedilar. Usmon bobom menga ham ko'p
yolvordi. Ammo menda hamshira bo'lish istagi avj olgan edi. Usmon bobomga
o'zgarmasligimni, aynan Amina bo'lib qolishimni aytdim. Mening borishga istagim
qat'iylagini bilgan Usmon bobom meni yig'lab-yig'lab ogohlantirdilar:"Ehtiyot bo'l,
Amina! Aslo o'zgarma. Seni botqoqlikka boshlamoqchi bo'lganlarga aslo aldanib qolma",
dedilar.
Anqaraga ketarkanman, qo'shnilarim bilan ko'zda yosh ila hayrlashdim. Maktabda
o'qishni boshlaganimdan beri na boshimni ochdim, na namozimni qoldirdim. Avvalgiday
edim. Kechalari tomosha qilish uchun TV bor edi. Lekin men tomosha qilmas, diniy
kitoblar o'qir edim. Ikkinchi yilimning avvalgi ikki oyi ham shunday o'tdi. Bir kuni
hamma TV tomosha qilib o'tirar edi, men esa bir burchakda kitob o'qir edim. Bir erkak
ovozidan cho'chib tushdim.
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |