ZAIF E'TIQOD
Bolli kuyu - muhiti og'ir bo'lishiga qaramay, manzara jihatidan Izmirning eng go'zal
joylaridan biri. Dengiz, mahmonlar, narigi tomondan Qarshiyoqaning bir bo'limi uzoqdan
juda chiroyli ko'rinadi. Bolli kuyuning old tomoni Dibekboshining ustki tomonida
joylashgani uchun Qozifa qal'ada kechadigan yoshlar hayoti G'arbga moyil va zaif. Qa'a
restaranlarida, go'shalarida behayolik odat sanalgani uchun shu ahvolga mos o'sayotgan
yoshlarni ko'plab uchratasiz. Uch yarim yil avval, Bolliko'yda yashaganimzda
Diyorbakrdan menga tengdosh holam biunikiga mehmon bo'lib keldi. Tengdosh bo'lgani
uchun ismini aytib murajaat qilaman. Oisha - o'rta bo'yli, sariqqa moyil, ko'zga yaqin
tartibli muhitda tarbiyalangan, biroz siniq, lekin oqko'ngil yahshi qiz. O'sha paytlarda
juda o'rangan holda kiyinib yuruvchi diniy mavzularda sobit fikrli, tariqatga bog'langan
qiz edi. Fursati bo'ldi deganda kitob o'qirdi. Kitob o'qishni sevgani holda, diniy bi;limi
yuksak emasdi. U diniy mavzularga muhabbatli, men esa, aksincha Islomdan nafratlanar
edim. Diyorbakirga borganimda ham bahslashardik. Lekin bir fikrga kelolmasdik.
Biznikiga kelganda ham bahslashardik. Bir-birimizni o'zgartirishga qat'iy harakat
qilardik. Fikrlarini yoqtirmasamda, o'zini juda yahshi ko'rardim. Lekin pardo'zi ustiga
chorshaf yopiganida yoki sharf bog'laganida unga ham achinardim, ham qoloq deb o'ylar
va uni bu holdan qutqarolmaganim uchun hafa bo'lardim. Oishani tendoshlarim bilan
tanishtirdim, o'zga jamoatlarga olib bordim. U hafratlanadigan mavzulardagi kitoblarni
o'qishni qulaylashtirdim. Oisha biznikida bir yarim oy qoldi. Ketishidan bir ikki kun oldin
(endi fikrlarimga, harakatlarimga e'tiroz etmas, lekin yoqtirganini ham
bildirmasdi):"Ketishimdan oldin esdalik cuhun suratga tushayli dedi". Rozi bo'ldim.
Tayyorlandik. Butunlay o'ranmozchi bo'lganida, buning o'rniga jaket kiyishni maslahat
berdim. Ikkilandi. Ko'ndirishga ko'p urindim. Surathonaga jaket bilan keldi... .
Endi hursand bo'lishim mumkin edi. Men o'zimni g'olib keldim, den hisoblardim.
Rasmhonada boshini ochib, pardoz andoz qilib suratga tushishini iltimos qildim,
ko'ndirdim. Lekin suratga tushib bo'lgach, bo'yoqlarni yuvib, boshini o'rab oldi. Men
sevindim, u pushaymon bo'ldi. Juda bezovtalandi. Ikki kundan keyin Diyorbakrga jo'nab
ketdi. Ma'lum vaqt hat yozishib turdik. Maktublarida ba'zi jihatlarda o'zgarganini yozardi.
Men bu o'zgarishlar nima ekanini tahmin qilib sevinardium. Lekin afsuslanmas, vijdonim
qiynalmas edi. Oradan ma'lum muddat o'tib, Rabbimning menga hidoyati nasib etdi va
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |