www.ziyouz.com kutubxonasi
15
BIRGINA "YO'Q"NING OQIBATI
- Allo!Maktub jurnalimi?
-Ha marhamat...
-Qo'limga jurnalingizni avvalgi soni tushib qoldi, shuning uchun sizni bezovta
qilyapman.
- Qay jihatdan e'tiboringizni tortdi bey afandi?
- Mening ham vijdon azobim bor. Yozishini yoqtirmayman, telefonda aytsam yozib
olasizmi?
- Albatta mathamat qilib ayting, sizni tinglaymiz.
- Men sotsialist oilaning o'g'liman. Bolaligimdan Islomni sahro qonuni ekanini eshtib
o'sdim. "Alloh, Alhamdulillah" so'zlari bizning uyimizda eshitilmas, kim Allohga ishonsa
undan nafratlanardik. Garchi o'sha zamonlar bizning uyimizda pinhon aytilgan "sahro
qonuni" haqoratlari endi bu millatning oynayi jahonida rasman yangramoqda, bunga
hech kim hech narsa demaydi, hamma beparvo.
- Ha, to'g'ri, haqlisiz. Millat sifatida uyushdik, balki, nasl nasabsiz bo'ldik. Ilgari
islavothonalarda ko'rilgan manzaralar bugun uylarda tomosha qilinmoqda.
Lekin:"Yuvosh otning tepkisi qattiq bo'lar" deyishgan ota-bobolarimiz. Azaldan arslonday
bo'lganlar har holda bir kuni otchalik ishga yaramoqni biljaklar.
- InshaAlloh deylik, nasib bo'lar...
- Bir millatga o'z-o'zidan nasib bo'lmaydi...
- Haqlisiz da'vat zarur.
Tog'ri. Men mavzuga qaytay. Shunday qilib dinsiz sharoitda o'sdim. Namoz o'qiganni
ko'rsam jahlim chiqar edi. O'zi dindorlardan nima istardik, hanuz tushunolmayman.
Kichik zobit bo'ldim. Albatta, tajribasiz edim. Askarlarga buyruq berish menga juda
yoqar, ammo men askarni so'kmadim, onasiga til tekkizmadim. Men boshqa ayb qildim.
Juda katta ayb. Navbatchi kunimda bir yigit yonimga keldi. Yig'lardi. Ikki kun avval
namoz o'qiyotganini ko'rganim uchun yuragimda unga nisbatan nafrat boridi. Unga
g'azablanib qaradim.
- Gapir yigit nima istaysan?
- Kapitan, hotinim og'ir kasal ekan. Balki o'lim to'shagidadir. Meni yo'qlatganmish.
Uch kunga ruhsat bersangiz, borsam ayolim shi shaharda, Zattunburnida.
- Jim-e! Ko'ppak bolasi! Askar avratni o'ymalaydi. Askarni yagona dardi bor, u esa -
Vatandir!
- Ammo, afandim...
- Jim! E, seni afnadingga... Yigir bir soatdan keyin yana keldi.
- Kapitan siz bilmaydigan ishlar ham bor, javob bering, yo'qsa qochib ketaman.
- Sen-a? Senmi, hali meni qo'rqitadigan? Bor nafratim bilan butun qasdu qasosim,
qasosim borday, shu o'chni olayotganday basharasiga musht tushirdim. Burnidan qon
keldi. Go'yo vahshiy hayvonga aylangandim, hech marhamat tuymasdim o'zimda.
Qonlarini arta-arta gapirardi.
- Qo'l-oyog'ingizni o'pay kapitan! Menga ruhsat bering. Mayli keyin o'ldiring, bu juda
muhim. Ho'ng-ho'ng yig'lab yana so'zlardi.
- Ha-ha... shu yerga qoziq qilib qoqsangiz ham mayli, g'ing demayman. Faqat
ayolimni Nurtanimni bir ko'rsam bo'ldi...
- Nima bo'ldi hotiningga ayt!
- Qo'lingizni o'pay kapitan, Rahmat so'g bo'ling, so'lashimga izn berdingiz, naryog'iga
ham ruhsat berarsiz. Biz Nurtan bilan turmush qurganimizga iiki yil bo'ldi. Onam uni
qo'yib qo'shnimizni qiziga uylanishimni hohladi. Men ko'nmadim. Ammo unga hiyonat
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |