www.ziyouz.com kutubxonasi
20
o'zgara boshladi yoki men uni endi anglab borardim. To'ylarga borayotganimizda
sochimni turmaklab olishimni so'rardi. Men yoshlik, irodasizlik va atrof ta'siriga zaifligim
tufayli kun sayin ochila boshladim. Asta sekin o'zgarib borardim. Lekin otam bulardan
behabar edi. Keynroqqa borib tamoman ochildim. Otamning huzuriga o'ranib borardim.
Ruhimda iztirob bor edi. Ikki yuzlamachilik qilayotganim meni ezayotgan edi. O'zimni bir
tartibga sololmas, erimning munosabati nafsimga kengroq yo'l ochib berardi. Endi
Fotima otasi bilgan farishtali qiz emas, balki otasiga hoinlik hiyonat etuvchiga aylandi.
Bir kun Ramazonda og'zimni sovuq suv bilan ochdim, nima bo'lganini bilmayman.
Hushimdan ketdim. Erim qo'rqqanidan meni tashlab qochibdi. Ammam kelib qolibdi,
qarasa men yerda hushsiz yotibman. Darhol otamga habar qilibdi. Otam meni
shifohonaga eltibdi. U yerda o'zimga kelib, ko'z ochsam, otam tepamda yig'lab o'tiribdi.
- Otam nega yig'ladi? - deb onamdan so'radim.
- Qizim otang tirnoqlaringdagi bo'yoqni ko'rib, bundan ko'ra o'lganim yahshi edi
dedilar. Buni eshitib dunyoyim qorong'u bo'lib ketdi. Meni jonidan yahshi ko'ruvchi
otamning e'tiboridan qolguncha men ham o'lganim yahshi edi. Allohdan nega
qo'rqmadim, nega uyalmadim? Bu savollarga hali hanuz javob bera olmayman. Erimdan
ajrashdim. Fotihdagi ammamning uylariga joylashdim. Ochiq bo'lganim uchun otamning
oldiga borgani yuzim chidamadi. Buning ustiga hanuz ochiq bo'lganim uchun shunisi
bemalolroq derdim, shunday yashashni istardim. Bir to'da dugonalar orttirdim. Ulardan
farqim yo'q, pardoz andoz, soch turmaklashda aynan o'shalarning o'zi edim.
Vaqti kelib boshimdan ko'p voqealar o'tdi.
Nima bo'lganini anglamasdan, kutilmagan hodisa tufayli Fotih Amniyat Amirligida
ko'zimni ochdim. Yana keyinroq o'zimni qamoqda ko'rdim. Hayron edim. Bu yerga
qanday kelib qoldim? Allohning intiqomimi bu? Otamga munosabatimning jazosimi? Ish
bu bilan ham tugamadi. Hali qamoqhonalarning hayajonlari ketmay turib... ertalabki
ro'znomalarni o'qiyotgan edim...
Yo Alloh! Bu qanday dahshatli habar? Ro'znomada o'zimni rasmimni ko'rib turardim.
Boshi ochiq surat. Habar qo'rqibchli edi. Sarlavhada:"Go'zal Fotima 30ta talonchilik
qildi!" - deyilardi. Yig'lamoqdan o'zimga kelolmadim. "30ta talonchilik" qaydan chiqdi?
Oh otajon sizning ohingizmi bular? Dugonalarim yonimga kelib:
- Sen bu gazetalarga ko'pam ahamiyat berma, hammamiz haqimizdayam yolg'on
yashiq gaplarni yozib chiqishadi. Burgaga achchiq qilib ko'rpani kuydirma, - deya tasalli
berishdi.
Fotima bu gaplarni hikoya qilgach, o'rnidan turdi-da, ro'znomani keltirdi:
- Mana o'zingiz o'qib ko'ring.
Unda mana shu gaplar bitilgandi:
"Bir oy avval Fotih Amniyat Amirligiga bog'liq guruhlar uch erkak sheriklari bilan
qo'lga olingan Fotim Kalyo'nchuning jami 30 honadon va ishhonaga bosqinchilik qilgani
ma'lum bo'ldi. Go'zal Fotima uydan qochgach, "Yoshlar to'dasini" tuzib shu guruhga
boshliq bo'ldi. Bakirko'l amino'ni va Fotih taraflarni o'zlariga qo'nalg'a qilib olgan
"Yoshlar to'dasi" kimsaszi uylarni ishhonalarni shilib ketishardi. Politsiyani ko'p vaqt
ortidan yugurtirgan to'da a'zolari bir oy avvalFotih Amniyat Amirligi hodimlari tomonidan
jinoyat ustida qo'lga olindi. Qorako'lda qilgan jinoyatlari rad qilgan Fotima va guruh
a'zolari 30uy va ishhonalarni talaganliklari keyingi tekshiruvda ma'lum bo'ldi".
Habarni barobar o'qidik. Fotima yana eski dardini eslaganidan achchiq achchiq kulib
gapida davom etdi. "na to'da bor va na men atlonchilik qilganman. Yo'q gaplarni, yo'q
ishlarni yozishgan. Qalam hamma narsani ham yozaverar ekan, lekin nahot qalam
egasida vijdon bo'lmasa? Bir nech oydan keyin ro'znomada boshqa bir habar bosildi.
Mahkamada tushirilgan suratlarim. Yenglarim kalta, boshim ochiq... Hali qanday habar
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |