www.ziyouz.com kutubxonasi
21
ekanligini o'qimasdan otamni esladim. Otam meni ro'znomada kalta yengda ko'radi. Oh
men otamga og'ir zarbalar berdim. Aytgan so'zimni ikki qilmaydigan mehribonimga
shuncha ko'rguliklar kelitrdimmi? "
Keyin habarni o'qidim. Habarni qo'limga olmasdan bo'lgan ahvolni aytib beray. Yurak
hastaligi shifonada yotganimda, hamhonam O'ya ro'znoma o'qiyotgandi. Birdan:
- Aa! Mana bu ayolni qara bolasini kimdanligini bilmas emish, - dedi.
- Qanday ahloqsiz hotin ekan, ber-chi, qarayin, - deya ro'znomani olib, ne ko'z bilan
ko'rayki, - o'sha ayol men edim. Surat ham meniki, ism ham. Uning sarlavhasi esa
shunday:
"Bolam kimga o'hshasa, otasi o'sha!"
O'qidim-u hayolimga birinchi kelgan chora - o'lish bo'ldi. Darhol ko'ktomirimni ksdim.
Meni ko'rgan dugonam ahvolni boshqalarga bildirdi. Qo'llarimni bog'ladilar. Tinmay
yig'ladim. Jinni bo'layozdim. To'g'ri qamalganim rost. Lkein bola haqidagi gaplar
tamoman boshqacha edi. Fotima bu ro'znomani ta'rifini kelturguncha terga tushib ketdi.
Va davom etdi.
"Men shu so'zlarni aytibmanmi? Hudo saqlasin. Bunday pastkashlarcha aytilgan
so'zlarga umrimda duch kelmaganman. To'g'ri hatolarim bor. Lekin hatolarimni bu
habarlarga umuman aloqasi yo'q-ku. Imom nikohi bilan ikkinchi marta turmushga
chiqqanman. Erim nomus borasida juda talabchan bo'lib, mendan shubhasi yo'q edi.
Hatolarim bo'lsada, men ham undan boshqasini o'ylamadim. Bu habar meni qayg'uga
qo'yganidek, uni ham juda hafa qildi. Hammasi ham maylikuya, otam bunday habarni
o'qib ne ko'yga tuhsdi ekan...
Otam o'zini eng sevimli qizidan hech kutilmagan zarbalarni yedi. Ro'znoma habari
chiqqan kuni ertasiga ammamning o'g'li keldi. Bu ro'znomani mahkamaga bering dedim.
Keyin nima bo'ldi bilmadim. Otam bunday ro'znomani o'qimaydi, lekin bir vijdonsiz
pochta orqali otamga yuboribdi. Avvaldan otam qoshida uytli edim. Bu yomon habar
otamga o'q bo'lib tegib, yuiragi sanchib qolibdi. Otamda endi orom yo'q. O'zim ham
yaqinda yuragimni operatsiya qildiraman. Kim biladi, balki tahtada yotganimcha... o'lib
qolarman. Lekin qilgan hatolarim, roznomalarning tuhmatlari otamni mendan
uzoqlashtirdi. Otamga maktub yozdim, o'qimasdan yirtibdilar. U kishi haqli edi. Men
qanday jur'at , qanday yuz bilan u zotga hat yozoldim, bilmayman. Hanuz otamni
avvalgiday o'ylayman. Ana ko'ring... Alloh meni qay tarzda jazoladi. Hech kutilmaganda
yosh paytimda olti yilu olti oy hibs jazosini ko'rdim. Ishonasizmi, jazo olishim bilanoq,
eng sevimli insonlarim ham meni tark qilishdi. "Fotima sen shunga loyiqsan" dedim.
Hech bir mashaqqat qayg'u otam chekkan g'amga to'g'ri kelmasdi. Bu g'amni otamga
qanday qilib ravo ko'rdim? Uni qanday yig'latdim? Bu vijdon azobi meni ezgani sayin
olgan jazoyimni o'zimga loyiq deb bildim. Hozir yoshim 24da. Faqat o'zimning
istaklarimga quloq solganim uchun shu balolar boshimga keldi. Yana oldinda nimalarni
ko'raman. Bugun o'ralgan, pokiza opa-singillarimga shunday deyman:
- Siz aslo men qilgan hatolarni takrorlamang, sizga to'g'ri yo'lni ko'rsatgan ota-
onangiz oldida gunohkor bo'lmang. Ularni ranjitmang. Qanday qilib bo'lsa ham ularni
ropzi qiling. Agar ularga osiy bo'lsangiz, shufohona, qamoqhonalarda pochta yo'llariga
ko'zlaringiz nigoron bo'lib qoladi. Men o'zimga ibrat bo'lolmayapman, bo'lolmadim. Hech
bo'lmasa siz meni qilgan hatolarimni qaytarmang. Meni gazetlar ikki sevgilisi bor, to'da
tuzgan, degan tuhmatlarni qildi. Mendan battar ahvoldagilar ham bor. O'n uch yoshida
hibsga tushgan arzimurlik Hulya Gulshan Takal mendan ham yomon tuhmatga uchradi.
Ro'znomalar uni:" Uning 7ta sevgilisi bor", -deya yozdi. Mana mening hayotim. Hulya,
Hayriya... yana qanchalari bor. Hammasi ota-onalarini norozi qilganlar, tinglamaganlar,
shuning uchun tuhmatga uchraganlar. So'zlarimga yakun yasashdan oldin, emni va
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |