www.ziyouz.com kutubxonasi
22
hatoyimni har doim ko'z oldingizda tutishingizni istayman. Men hozir shifohonadaman,
tutqun ayollar bo'linmasida.
Ota-onadan ayrilgan... o'z yaqinlarini yo'qotgan aynchli ahvoldaman. Ruhiy
azoblarimni eng qisqa tarzda bayon qildim. Inshaalloh, men chekkan jazo va vijdon
azobi ko'pchilikka ibrat bo'lur. Hatolardan saqlanur.
Sizlarga Allohning salomi bo'lsin!
ALLOHDAN TOPARSAN NILOY
Niloy og'ir va chuqur "Oh!"tortib yonimga cho'kdi. Yozadiganlaringni diqqat bilan yoz.
Mahkamadan chiqishim bilan gazetachi mendan intervyu oldi, lekin hammasini
yozmadi... Sen yoz, men sendan o'sha kitobni olib, ularga pochta orqali jo'nataman.
Qanday boshlashni bilmayapman. Men Bursalikman. Bursaning yahshi joylarida o'sdim.
Otam kimligi noma;lum musulmon edi. So'zda musulmon, ammo marhamatsiz edi.
Onamni ko'p ursa-da, bizni yahshi ko'rardi. Lekin onamizga zulm qilyapti deb undan
nafratlanardik. To'qqiz yoshga kirganimda, meni Ustoz huzuriga yubordilar. Ustozga
borayotib hayollar surardim:ustoz bizga masalalar aytib beradi, men ba darslarni
o'zlashtirib, qoyillatib javob beraman, shunda Ustoz "ofarin" deb qo'yadi, onam
borsalar:"qizingiz juda harakatchan", - deb maqtaydi. Tushlarimda ustozni ko'rardim.
Lekin bu hammasi hayol edi. Aslida u biror marta ham boshimni silab "ofarin" demadi.
Endi anglayman-ki, biz 150talabaning qay biriga ulguradi. Lekin bola buni o'ylamaydi,
mehr-muhabbat va iltifot kutadi. Men o'qishdan sovudim. Oradan o'tgan yillar meni
dindan uzoqlashtiedi. Endi ota-onamdan yashirib g'alati romanlar o'qirdim. Bo orada
men 14 yoshga kirdim. Meni opamning uyiga yuborishdi. Opamning uy ishlarini qila
boshladim. Pochcham:"Ofarin sen opangdan ko'ra yahshiroq ish qilar ekansan", -
degach, men yanada ko'proq harakat qila boshladim. "Bundayligingni bilganimda seni
olgan bo'lardim", - dedi pochcham bir kuni, o'shanda bolalik emasmi, ko'nglimda
allaqanday narsalarni his qildim. Uni ishq deb o'yladim. Oshiq bo'ldim. To'g'rirog'i,
yoshlik hayajonini oshiqlik deb hisobladim. Endi uyga kelmasdim. Opam buni sezib,
rashk qildi. Pochcham bilan yashirin ko'risha boshladik. Albatta yosh qizaloqni aldash
oson emasdi. O'sha kunlari berilayotgan Dallas filmida qaynsinglisi bilan yashirinha
hayot kechirgan qismni tomosha qildik. O'sha kecha u oshhonaga kirib keldi.
"Ko'rdingmi, men o'sha pochchachalik ham bo'lmadimmi? "dedi. Opam tug'ruqhonada
edi. Pochcham nomusimga tajovuz qildi. Homilali bo'lib qoldim. Ota-onam hildi. "kimdan
bu? " deyishdi. Ilgaririoq gaplashib yurganim Irfonni aytdim. Otam uni sudga berdi. Biz
gaplashib yurganimizni ko'rganlarni ham guvoh qilib ko'rsatishdi. Sud ishlari davom etib
yurganida homilam tushib qoldi. Hech kimga aytmadim. Ikki oydan keyin nomusimga
tajovuz qilishda ayblanib Irfon yetti yilga qamaldi. Oh!Sudda qanday yig'ladi. Menga
ovozi boricha baqirib:"Suyuqoyoq, sotqin! Meni xo'rlab, tuhmat qilding! Sen ham hor
bo'l, iloho, tuhmatga uchra!"dedi. Qanchalar uyaldim. lekin to'g'risini ham aytmadim.
Oylar o'tdi. Vijdon azobi ulg'aydi. Tog'lardan katta va og'ir bo'ldi bu dard! Onamga
aytdim:"Ona chidayolmayman, nima maslahat berasiz? " dedim. "Obro'yimiz to'kiladi,
opangni oilasi buziladi", dedi onam. Bir yosh, pok yigitning hayotiga ahamiyat bermay,
onam qizini uning oilasini o'ylardi. Buni aytsam:"Irfon nega seni olmadi? " deb vijdonini
himoya ostiga oldi. Holbuki, Irfon meni qanday olsin, men unga tuhmat qilgan bo'lsam.
"Qamoqda chirimoq - bu qizga uylanmoqdan yahshiroqdir. Men bu fohishaga uylansam
jinoyat qilgan bo'laman, Hokimbey" degan edi sudda.
Nomussiz pochcham hanuz menga sevgidan lof uradi. Vijdon azobini tortmaydi.
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
www.ziyouz.com kutubxonasi
23
Chunki vijdon yo'q. Yo'q bo'lgach nimani tortadi.
Ikki yildan keyin Irfon qamoqda o'ldi. Bu habarni eshitib o'zimdan ketdim. Bir necha
kun o'rnimda turolmadim... Pochchamdan nafratlanib ketdim. Bir paytlar uni o'ylab
ko'zimga uyqu kelmasdi. Endi undan nafratlanaman. Ko'p o'tmadan opam meni
pochcham bilan ushlab oldi. Uydan qochdim, opamdan uyaldim. Yodimga Ali Og'bilar
tushib, ularnikiga bordim. Go'shtni mushukka ishonib topshirurlarmi? Men esa
topshirdim... Meni himoya qilsin deb borgan uyimning boshlig'i menga tashlandi. Hotini
bizni ko'rgach, eri:"Buning o'zi meni qo'ymadi" dedi. Atrofga "oilali erkakni boshini
aylantirdi" degan nomim tarqadi. Lekin bu ishda men hatolikka yo'l qo'yganim yo'q
edim. Ammo tuhmatga qoldim. Izmirga bir dogonamnikiga bordim. Bir restarandan ish
oldim. Bu joylarda birinchi kl\elgan odamning qadami qayerga yetradi? Albatta yomon
yo'lga... Shu yo'lga kirdim. Lekin hech vaqt Irfonga qilgan tuhmatimni unutmadim.
Uning duoyibadi tutdi. Tuhmatga yo'liqdim. O'z-o'zimcha yahshi bo'ldi deyman. Zotan
men kofir ham emas... . Avval aytganimday juda sodda edimmi... . oilam, uydagilarim
ham shunday. Meni uzoq muddat opamnikiga yuborishmasa edi, balki shu ishlar
bo'lmasmidi? Onam biror marta:"qizim yoshlar tez oshiq bo'ladilar, har qanday hisni ishq
hisoblama, aldanib qolma", demadilar. Men ham o'zimni qo'lga olishni, to'htatishni
bilmadim. Oqibati shunday bo'lib chiqdi. Kulaman, suhbatlashaman, lekin vijdon azobim
tugamaydi. Ko'ksimni zirqiratib turuvchi sanchiq doim bezovta qilib turadi. Nima qilishni
bilmayman. Bunga chora iloj bormi? Bilsangiz, menga lutfan bildiring... . Ha birodarlar
diyonatsiz yashalgan joyda har narsa bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |