www.ziyouz.com kutubxonasi
24
yotgan otamni ko'rdim. Atrofda meni taniganlar bor. Farrosh otam esa yerda yotibdi,
odamlar tinmay javrashardi:
- Voh, bechora, bolam-bo'tam, qozon-qirmoch deb, o'zini o'tga-cho'qqa urdi, halol
mehnat bilan pul topaman deya, ko'chada fanolik kechiribdi.
- Yo'q birodar, yo'q. Bu joyning otini shahar qo'yishganu, o'lib ketsang birov
bilmaydi. Nomi shaharmish. Ammo haq bizga haq, musulmonlik, insonlik bizga haq!
- Kim bilsin uyidagilari, bolalari eshitsa telba bo'lib qolishsa kerak. Tuzuk bo'lsa uyiga
yuborish kerak, bolalari hasta holda ko'rmasin, yana hafa bo'lishmasin.
O'rtaga chiqib, men taniyman, bu kishi meni otam , deyolmadim. Qo'shnim desam
ham bo'lardim. OLomon sirg'alib chiqib qochdim. Yerda yotgan farrosh otamni tashlab,
olomonga ichimda la'natlar aytib u yerdan tez uzoqlashdim... .
Otam o'sha hodisadan keyin ko'p o'tmay olamdan ko'z yumdi. Faqat o'limidan
so'nggina uyalganim - farrosh otamdan vijdonim sadosi bilan bir nech savol so'ramoq
istadim. Nega uyaldim sizdan, otajon? Meni o'zingizdan uyalmaydigan farzand qilib
tarbiyalamadingizmi? Sizning farrosh ekanligingizdan g'urur tuyadigan iftihor tuyadigan
hulqni nega menga bermadingiz? Meni vijdon azobiga nega qoldirib ketdingiz otajon?
Otalarining nonvoy, etikdo'z, poyabzal bo'yovchi ekanidan g'urur tuyuvchi farzandlar
faqat Islom ahloqi asosida Islomiy hulq bilan tarbiya topgan farzandlardir. Bilmadim,
o'lim holatida yotgan otamdan qochganim va buning oqibatida vijdonimda iyg'ongan
dard o'limim bilan tugarmikan?
IBRAT
O'sha kuni havo yoqimli di. Jonimdan sevgan yigitim meni ota-onasi bilan bugun
so'rab keladi. Bugun men ikki yil orziqib kutgan kun. Shu nurafshon kunda sevgilimga
yetishish uchun birinchi qadam qo'yiladi. Hech qanday to'siqsiz turmush qurdik. Shod,
mas'ud, bahtiyor edik. Juftim bilan hamma narsani maslahatlashar edik. Farzandli
bo'lishga shoshmas, darrov bolalik bo'lishni istamasdik. Chunki bola bo'lsa o'ynab
kulishimizga halaqit beradi, deb o'ylardik. Kinoga, kokteylga hali bola bilan birga
boradigan holda emasdik. Oradan ikki-uch yil o'tdi. Erimning o'limini gazetadan o'qib
bildim. Yo'lda halokatga uchraganlar orasida u ham bor edi. Yorug' dunyoyim qorong'u
bo'ldi. Uning ortidan qolgan bolamiz ham yo'q edi. Yoshlik esa tugab borardi. Har
narsadan shubhalanardim. Erim nega o'ldi? Hali turmush shirinligini tuzukroq
totmasdan, yoshlikka to'ymasdan... Endi qanday yashayman. Bilmasdim. Vaqt har
narsani esdan chqaradi deganlaridek, erimning o';imi ham sekin asta yodimdan chiqib
borardi, . Sochlarimni yosh qizlardek turmaklashimga, kiyinishimga, dengizda yosh
qizlar yonida bo'lishimga qaramasdan nomim yosh tul edi. Kun keldi, tullikdan zerikib,
ikkinchi bor uylanmqchi bo'lganlarni tanlshga qaror qildim. Va uzoq o'ylab bir zobitni
tanladim. Uni menga o'hshaganlarning ko'pchiligi yoqtirardi. U yosh, lekin hotinidan
qolgan uch bolasi bor edi. Lekin baribir uning uylanish haqidagi taklifini qabul qildim.
38yoshli dengiz zobiti Akrom bilan nikohlandik. Kichikkina to'y ham o'tkazdik. Bolalari -
Aslon 6 oylik, Chig'dam 4yosh, kattasi Faruq 6 yosh edi. Akromni uyiga kelganimda
uning onasi biz bilan turishidan habarim yo'q edi. Qaynonamni ko'rib, erimdan ham
nafratlanib ketdim, chunki u menga yolg'on gapirgandi. Qutulishning iloji yo'qligidan
to'rt devor, qattiqqo'l qaynona, uch bola bilan qolishga majbur bo'ldim. Gapning qisqasi
men o'zimga qasd qilgandim. Turmush qurganimizga bir hafta bo'lgach ko'pincha Akrom
uyga kelmay qo'ydi. Aqldan ozayozdim. Qaynonam har ishga aralashar, lekin men hech
narsa deyolmas, orqasidan esa tilimga kelgan so'zlar bilan qarg'ardim. Uch bolaga esa
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |