www.ziyouz.com kutubxonasi
14
BIR OILANI BUZDIK
Bizning vijdon azobimiz boshqalarnikidan farqliroq. Faruq Ahmad bilan o'ylab
ko'rdikki, bizning hikoyamiz ham bir qancha odamlarda marhamat tuyg'ularini uyg'otishi
mumkin. Har qalay shunday umiddamiz. Bia yozaylik, siz lozim topsangiz yoritarsiz. Biz
buvimiz, ota-onamiz uch o'g'il jami yetti kishi bir oila bo'lib yashardik. Shod va bahtiyor
edik. Buvimiz va onamiz dindor edilar. Akamiz 25, men 16, ukam15 yoshda edik.
Akamiz ham o'qir ham ishlar edi. Onamiz bir kuni akamizga:
- Ali Domadning qizi Durdonani senga olib beraylikmi? - dedilar.
- Men u qizni yoqtiraman, lekin dindorligi yuragimni siqib yuboradi-da, - deb javob
ebrdi. Ko'p o'tmasdan Durdona opamni akamizga olib berildi. Ota-onam dindor bo'lgaligi
uchun quda tomon rozi bo'ldi. Ular turmush qurishdi. Lekin biz yangamizni yoqtirmadik.
Maktabdan kelishimiz bilan onamiz uyda bo'lmasdi, yangamiz dasturhon yozib ovqatga
taklif qilar, lekin biz ovqatlanmasdik. Oqshom akamizga:
- Yangam bizni och qoldirdi, - derdik. Akamiz uni urardi. Asabiga tegardik. Hijobli,
qoloq derdik. Bechora yangamiz:
- Nega bunday muomala qilasiz, men ham sizday insonman. Aybim- Allohni amrida
bo'lganimmi? derdi. Yig'lardi. Biz yana uni g'ashiga tegar, yoqtirmas, unga to'ng'izga
qaragandek qarardik.
- Bizni uyimiz masjid emas, namozingizni jome'ga borib o'qing, - derdik. Aytmagan
yolg'onimiz, qilmagan tuhmatimiz qolmadi. Qo'shnilarga ham uni hasis, pismiq, past,
deb g'iybat qilardik. Onamizni tezda ishontirib o'zimizni ta'sirimizga oldik. bilmaganlari
uchun onamiz tez aldandilar. Va otamizga:
- Bu kelin o'g'illarimizni qon qustirmoaqda, - deya uni ham ishontirdilar. Yangamiz
bilimdon edi. Ibodatlari ham onamiznikidan farq qilardi. Faqatgina namoz bilan cheklaniz
qolmay fikrlarini bizga ham yuqtirmoqchi bo'lardilar, lekin biz... ... . Bir kuni:
- Sizda hech inson qoni bormi? Mendan nima istaysizlar? - dedi bizga va yig'ladi.
Kechqurun akamiz uyga kelganida biz unga:
- Yangamiz ota-onamizni hayvon deb haqoratladi, - dedik. Akamiz uni yana urdi.
Yangam yig'lab:
- Hotinidan shular to'g'rimi-yo'qmi deya so'ramasdan aybim bo'lmagani holda meni
uradigan inson bilan ortiq yasholmayman, - dedi va uydan chiqib ketdi. Besh oydan
keyin ular ajralishdi. Qo'nyo Qaramonda turishardi. Bursaga ko'chib ketishdi. Oradan
ko'p o'tmay akamiz Yusuf Karim yordamizda tavba qildi. Biz ham ikki uch yildan keyin
tavba qildik. Iymonimiz ziyoda bo'lib borgani sayin, yangamizga qilgan
pastkashliklarimizni eslab ezilardik. Bir kuni barcha gapni akamizga aytdik. " InshaAlloh,
balki Yaratgan, sizni va meni avf qilar, borib Durdonadan uzr sorab olib kelaylik", dedi.
Oradan to'rt yil o'tgandi. Akamiz:"Qo'limdagi javohir qadrini bilmadim, men ham
insonmanmi? " deb go'dakday yig'lardi. Bursaga bordik. Yangamiz Yildirimda turishardi.
Mahallalarini topdk. Uylarini so'rab shuni bildikki, yangamiz bir yil oldin turmushga
chiqibdi. O'sha yerda uchchovimiz ham yig'ladik. Akamizni yuzlariga qaray olmadik,
hanuz qaray olmaymiz. Durdona opamizni yuziga Mahshargohda qanday qaraymiz.
Vijdon azobi bizni ezib yubormoqda. Bu vijdonsizligimizni unutolmayapmiz...
Iymonsiz oilaning so'nggi pushmoni...
O'z vaqtida qadriga yetilmagan ilm javhari...
Judayam ta'sirli hikoya, vijdon azobi...
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |