www.ziyouz.com kutubxonasi
13
Daslab yahshi yashadik, qizli bo'ldik. Qizim ikki yoshga kirdi. Yangi uyga ko'chib o'tdik.
Qo'shnilarning ko'pi musulmonlar edi. Bir-birimiznikiga kirib-chiqib, bordi-keldi qilib
turamiz. Men ham ularga o'hshab ro'mol o'rab yurishga qarorqildim. Erim avval janjal
chiqardi. Boshimni o'rashim bilan urdi, kosa-tovoqlarni, billurlarni men tomon uloqtirib
sindirar, o'zimni ko'chaga haydardi. Ba'zan uyga qo'ymas, qizim bilan yerto'lalarda tong
ottirardik. Meni majburan boshyalang ko'chaga sudrab chiqardi. Ikki yil tinmay tayoq
yedim. Ba'zan nafsidan aqli ustun turar, meni hech urmaganday tutardi o'zini. Yana
homilador bo'ldim. "Agar o'g'il bo'lmasa, tug'ruqhonada o'ldiraman!" derdi. Men esa
Allohga duolar qilardim. "Allohim menga o'g'il ber, balki erim insofga kelar, jome'larga
borar" deya yolvorardim. Undan yashirib namozimni o'qir, agar bilib qolsa, meni avf
eting, boshimdan siyardi. Shukrki, bir o'g'il ko'rdim. Endi o'g'illi bo'ldik. Erim yahshi
bo'lib qolar derdim, ammo aksincha yanada telbalashdi. Kechlari uyga kelmas,
qahvahonalarda ichib qolar, qimor o'ynar, uyga biror ayolni boshlab kelib qolishidan juda
qo'rqardim. Ramazonda biror marta ham uyda iftorlik qilganim yo'q. Qo'shnilarnikiga
chiqardim. Bir qo'shnim bor edi, Alloh ulardan ming karra rozi bo'lsin, menga ko'p
yordamlari tegdi. saharlik deganimiz mog'orlagan nonni suv bilan yarmini yeyish edi,
yarmini o'g'limga qoldirardim, u hali kichik edi. Qizim 4 yosh edi, ba'zan o'zi ro'za tutar,
ba'zan men tutishini s'rardim, chunki uyda baribir yeyishga hech narsa yo'q edi. Bir kuni
iftorlik yaqin qolganida sho'rva qaynatdim, qo'shnimiz ham ovqat chiqargandi. Bolalarim
bilan iftorlik vaqtini kutardik. Erim kelib qoldi, uyga kirib iftorlikni kutayotganimizni
ko'rib qozonga sigareta kullarini, cho'plarnito'ldirib suprindi joyiga to'kib yubordi. Yana
avvalgiday kosa tovoqlarni boshimga otdi, bizni ko'chaga quvdi. Bolalarimni olib
qo'shimnikiga bordim, yangidan dasturhon hozirlandi, Alloh bergan nasibamizni yedik.
Keyin barchamiz jome'ga bordik. OPam bu ahvolimni bilsa ham yordam bermasdi. Bu
ham yetmagandek ustiga ustak:"O'zing pishirgan oshaylanib ham o'rgilib ham o'zing
ich!" derdi. Erim qimorda yutqazib kelib alamini mendan olardi. Bir tiyin qoldirmas
hammasini qimorda yutqazardi. Men o'ranganimga qaramay, bir ish topib ro'zg'or
yuritish majburiyatiga qolgandim. Oyligimni olgan kun uyga kelib urib pulimni olardi.
Sabr qilishga kuchim qolmadi. Polisga sim qoqdim, polislar keliberimga:"Yana hotiningni
ursang uyingdan haydaymiz" derdilar. U:"Bo'ldi endi urmayman" deb qutulib qolar, ikki
kun tinchlanar, uchinchi kun yana urishni boshlardi. Shu tariqa to'rt yarim yil o'tgach,
yegan zarbalarim natijasida ruhiy kasalikka chalindim. U bo'lsa ishhonasidagi fotihali
qizni yo'ldan urib u bilan yashay boshladi. Mahkama bizni ajratdi. Bolalar menga qoldi.
Lekin keyingi Ramazonda umuman aqldan ozib, hammani bezovta qilibman. Jome'ga
borib namozlarni buzibman. Qo'shnilar meni kasalhonga yotqizishdi. Bolalarni bolalar
uyiga topshirishdi. Tilimdan hech Alloh kalimasi tushmasdi. Shu qadar telba bo'lganim
holda tilimdan duo tushmasdi. Kasalhonada bir yarim oycha yotdim. Keluvchilardan
eshitishimcha erim bilan juftakni roslagan o'sha qiz yana avvalgi unashtirilganiga qochib
ketibdi. Kasalhonadan chiqdim. Bolalarimni olmoqchi bo'ldim, lekin berishmadi. Har
oyning 21-kuni ularni ko'rgani boraman. Boshqa kunlar ruhsat berishmaydi. Ko'p
orzularim bor edi. Bolalarimni bosqichda o'qitmoqchi edim, ularni munosib ustoz, imom
bo'lishlarini istardim. Ammo... Endi biroz tinchman, namozimni istaganimday o'qiyman.
Faqat bolalarim yonimda yashasa hotirjam bo'lardim. Ishlashga majbur bo'ldim.
Istaganimday ro'molda ishga borib kelyapman. Oyda bir bolalarimni ko'raman. Bokira
singillarim duolarida:" YO Rabbiy! Bizga hayrli, musulmon, Islomga amal qiluvchi,
bizning ham amallarimizga to'sqinlik qilmovchi juft nasib ayla!" desinlar. Alloh duolarini
qabul aylasin. Amiyn.
Olmoniya, Z. Y. N. K.
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |