www.ziyouz.com kutubxonasi
11
- Komil, turing, tez bo'ling!
- Nima bo'ldi, yov bosdimi?
- Ha, yo'q, ammo muhim gap bor...
- Yurakni siqmay, gapir tezroq.
- Zahro opani eri ishchi bo'lib ketibdi. Ertalab eshitdim. Siz ham borsangiz bo'lardi.
Farzndli bo'lamiz, bu qashshoqlik, bu iztirobdan qutulaylik, -dedim. Men yiolvorganim
sari u rad etardi. Hafa bo'lib g'am chekkanim tufayli o'ringa yotib qoldim. Holimga
achindi. Bir kuni "ho'p" dedi. Ketvchilar ro'yhatiga yozildi. Ikki oydan keyin jo'nab ketdi.
Bizga undan pul kela boshladi. Menga maktub yo'llab:"Uy olib sizlarni ham keltiraman",
deb yozardi. Bir yil o'tgach biz ham Olmoniyaga ketdik. Qashshoq kunlarimiz barham
topdi. Juda boy bo'lmasak-da, turmushimiz juda shirin, go'zal edi. O'g'limiz o'sib borardi.
Ikkinchi farzandimiz ham o'g'il bo'ldi. Oradan 7 yil o'tdi. Yarim tun edi. Komil ishdan
kelmadi. Bir joyga uchrab qolgandirda dedim. Telefon jiringlab, havotirli tovush eshitildi.
- Komilbey hozir shifohonada, - deb manzilini aytdi. Yo Alloh! Qanday gap, telba
bo'layozdim. Tashqariga otildim. Go'yo yo'llar bitmas, zinalar ko'payib borardi ... Komilni
menga ko'rsatmadilar. U og'ir yaralangan ertaga ko'rishingiz mumkin, - deyishdi va
qilinishi lozim bo'lgan ishlarni aytishdi. Meni kasalhonada ham qoldirishmadi. To'g'ri
uyga keldim. Tonggacha mijja qoqmadim. Bolalarga ahvolni biroz bo'lsa ham
tushuntirdim. Lekin ularni shifohonaga olib bormadim. Ertalab o'zim bordim. Doktor
yuzimga qarab umidsiz ohangda:"Erngiz o'ldi. Pastda morgda", dedi. O'sha paytdagi
holatimni qanday izohlayin. Rabbim hech kimni bunday ko'yga solmasin. Hech kim
bunday musibatni ko'rmasin. O'ngga-chapga chopib, morgni izladim... . Bir mutahasis
nimani izlayotganimni so'radi. "morg" deyishim bilan meni Komilimni oldiga oilb bordi.
Komilning ustiga yopinchiq tashlab qo'yishgandi. Qo'llarini esa ko'ksi ostidan bir biriga
o'tkazib, chalkashtirib qo'yishgandi. Darhol qo'llarini yozib to'g'riladim. "Bu musulmon,
nasroniy emas", - dedim. Mutahasis menga qaradi. Chunki men musulmon ayoliga
o'hshamasdim. Erimni ham menday bo'lsa kerak deb o'ylashganmi, unga nasriniycha
munosabatda bo'lishgan... . Keyin Komilni kiyim-boshini keltirdilar. Qo'l ro'moli, paypog'i
- hamma narsasi qon edi. Hamyonini ham berdilar, ichida pullari bor edi. Yana bir kishi
mayda pullarni hisoblab hovuchimga qo'ydi. Men pullarni o'sha yerdayoq sochib
tashladim. O'sha pullar uchun Komilimdan ajrab qolgandim. Endi bu pullarni nima keragi
ham bor. Endi bu pullar yuragimni yoqadi, meni kuydiradi. Endi Olmoniya degan so'zni
eshitsam, yoshlar erim pul topgani safarga ketyapti deyishsa, yubormang, shukr qiling,
keyin menga o'hshab kuyib qolmang deyman. Hudo ko'rsatmasin, eringizga biron gap
bo'lsa so'ng vijdon azobida Qiynalmang!
Do'stlaringiz bilan baham: |