www.ziyouz.com kutubxonasi
10
- Qani chiqing, chiqib keting, bu yerdan chiqing, chiq... - deya yig'lab yubordi. Hozir
o'g'limning uyida ekan, butunlay yotib qolibdi. O'g'limni ogohlantiribdi:
- Agar uni ichkariga qo'ysang, senga bergan sutimga rozi emasman! Hullas, Malak
jon chiqar holda ham meni ko'rishni istamaydi. Nasrin tufayli Malagimga jahannam
azoblarini soldim... Vijdon azobidan qutulolmayapman. Allohga:" Jonimni ol", deb
yolvoraman. Lekin Allohga Malakka qilgan zulmimning hisobini qanday beraman. Nasrin
deb vayron etdim Malagimni... Jigarim eziladi, quvuriladi... Amina qizim! Yozing, mening
jirkanch ahvolimni, toki, shahvat deb oilalarini buzayotgan farzandlarimizga ibrat
bo'lsin!Sizga yuragimni bo'shatdim. Jurnalda yoritmasangiz ham mayli, biroz
tinchlandim. Hech bo'lmasa orqamdan tupuradiganlar topilar. Bolam yig'lab yozdim,
qanday yozildi, bilmayman, hatoilarimni tuzatarsiz. Keyin Rajab o'g'limga jo'natarsiz...
Jurnalni Malagimga o'qib berar, hech bo'lmasa 30 yil uni deb yig'laganimni bilar. Yozing
bolam bu keksa kishini vijdon azobini yozing. Bu shunday vijdon azobiki, bundan ko'ra
itday o'lib ketganim bayram edi. Qizim, vaqtingizni oldim, boshingizni qotirdim. Allohga
omonat bo'ling. Meni duo qiling. Meni qanday davo tuzatishini bilmayman. Balki siz
bilarsiz, men cholga yordam bering...
Aminadan javob: Muhtaram ulug'imiz! Og'amiz! Meni yig'latgan "doston"ingizni biroz
qisqartirish bilan e'lon qilmoqdamiz. InshaAlloh, Malak honim ham o'qib sizni kechirar,
kechirishlari ham kerak... Chunki bu qayg'u alamlar gina adovatlar bu dunyoda ham
ohiratda ham foydasiz, aksincha juda zararlidir. Ham nechun avf etmasinlarki, Hazrati
Oisha(r. a. )onamiz Rasululloh s. a. v. ni sevganlaridan ham ko'proq sevarmidilar... .
Volidamiz o'sha buyuk zotni boshqa volidalarimiz bilan bo'lishardilar, shuni Malak honim
ham bir o'ylab ko'rsalar yahshi bo'lardi... . Ko'rardilarki, bu u qadar jiddiy tus
beradiganvoqea emas. Ha o'rtada Islom shuuri bo'lmaganda qilingan hato va hiyonat...
ammo hatolarni hatto Alloh j. j. kechiradi, agartavba haqiqiy bo'lsa. Sizning hatoyingiz
Islomiy yashamaganingiz va Islomni bilmaganingiz oqibatidir. Malak honim hamayni
holdalar... Ular Islomni bilib yashasalar, Allohga taslim bo'lib bo'lsalar har yahshilik va
har yomonlikni Allohga havola eta bilsalar edi, o'shanday mudhishlikka tushmasdilar.
Hech bir narsaga kech qolinmaydi. O'limkelmasdan ko'p narsaga ulgursa bo'ladi. Siz
pushaymonsiz, tavba qiling Yaratganga sig'ining... Sizni bahtli qila oladigan sabablarni
faqat Alloj yarata oladi. Malak honim ham Allohga sig'inib, Alloh avf etuvchilarga va'da
etgan mukofatga erishsinlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |