N
tovushi
til oldi, portlovchi-sirg‘aluvchi, burun, sonor, jarangli undosh
tovush bo‘lib, so‘zning boshida (nom, nima, nusxa), o‘rtasida (aniq, tiniq) va
oxirida (un, to‘n, son) kela oladi. Bu tovush ayrim so‘zlar tarkibida
b
yoki m
tovushlaridan oldin kelganda, shu tovushlar ta’sirida talaffuzda (yozuvda aslicha
yoziladi) m tovushiga o‘tadi:
manba>mamba, tanbal>tambal, ko‘nmadi
>ko‘mmadi
kabi.
S
tovushi
til oldi, sirg‘aluvchi, shoqinli, jarangsiz undosh tovush bo‘lib,
so‘zning boshida
(soat, semiz, sabr),
o‘rtasida
( asar, mustaqil, osma)
va oxirida
(tus, mos, tovus)
kela oladi. Bu tovush o‘zbek tilidagi eng faol qo‘llanadigan
tovushlardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |