Uslubiy xoslanganlik jihatidan o‘zbek tili leksikasi
Leksema nutq uslubiga munosabatiga ko‘ra uslubiy betaraf va uslubiy
xoslangan turlarga ajraladi.
Uslubiy betaraf leksika
. Uslubiy betaraf leksema barcha uslublarda birdek va
bab-baravar ishlatilaveradi va uning ifoda semalarida uslubga munosabat
«uslubiy betaraf» deb beriladi: [kel], [bor], [o‘t], [ket], [kitob], [qalam], [stol],
[mashina], [oq], [qora], [tez], [sovuq], [faqat], [lekin] va h. Lekin nutqda
ko‘chma ma’noda ishlatilganda, bu ma’nosi bilan ayrim uslubga xoslanib
qoladi. Masalan, [sovuq] leksemasi «xunuk» ma’nosida (sovuq rangli) faqat
so‘zlashuv yoki badiiy uslubga xos.
Do'stlaringiz bilan baham: |