Asosiy almashinuv
Asosiy almashinuv deganda vujudning to‘liq tinchlik holatida,
hazm qilish yo‘lida oziq moddaliri bo‘lmagani, tashqi muhit harorati
optimal bo‘lgan paytda undagi barcha tiriklik jarayonlarini ta'minlash
uchun sarflanadigan minimal quvvat tushuniladi. Asosiy almashinuvni
qayd qilish tanaga hyech qanday ekzo- va endogen omillar ta'sir
etmasdan turganda, muhit harorati 18-20
0
C bo‘lganida va oxirgi
ovqatlanishdan kamida 12 soat o‘tganidan keyin amalga oshiriladi va
u ma'lum vaqt davomida ajralib chiqqan kilokaloriya (kkal) yoki
kilojoullarda (kj) ifodalanadi. Eslatib o‘tamiz, 1 kkal 1litr suvni 1
0
C
isitish uchun ketgan issiqlik miqdori bo‘lib, u 4,18 Kj ga teng. Kjhalqaro
birlik hisoblanadi, 1 kkal 1000 kal ga Kj 1000 joulga teng. Asosiy
almashinuvni aniqlashdan maqsad shuki, kishining har qanday faol
faoliyati uchun sarflanadigan quvvati uning asosiy almashinuviga
nisbatan o‘lchanadi.
Asosiy almashinuv katta olamlarda o‘rtacha har bir kg tana
vazni hisobida 1 soat davomida 1 kkal ga teng deb qabul qilingan.
281
Uning kattakichikligiga, kishining yoshi, tana massasi va bo‘yi hamda
jinsi asosiy ta'sir ko‘rsatuvchi omillar bo‘lib hisoblanadi. Bir
odamning o‘zida asosiy almashinuv aniq bir o‘zgarmas ko‘rsatkich
bo‘lmasdan, u (10-15 % gacha) o‘zgarib turadi, shuning uchun uni bir
necha marta o‘lchab o‘rtachasini chiqarish kerak. Asosiy
almashinuvni o‘lchashda oldindan hisobkitob qilib topilgan maxsus
formulalardan foydalaniladi.
Erkaklar uchun bunday formula:
B = 66,4730 + 13,7516 P + 5,0033 H – 6,7550 A.
Ayollar uchun esa :
B = 655,0955 + 9,5634 P + 1,8496 H – 4,6756 A.
B – asosiy almashinuv (Kkal/ kun)
P – tana massasi (kg)
H – bo‘y uzunligi (sm)
A – yosh (yillarda).
Yosh bolalarda asosiy almashinuv har bir kg tana vazniga ko‘ra
kattalarnikiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Endi tug‘ilgan bolada bir
kecha – kunduzda u 50 kkal ga teng bo‘lib, bola 2 yoshga to‘lguncha
tez o‘sadi va bu yoshning oxiriga kelib kattalarnikiga qaraganda 30–40
% ziyod bo‘ladi. Yosh bolalarda asosiy almashinuvning yuqoriligi
ularda tana hujayralarining yuqori faolligi va to‘qimalarining tez
o‘sishi bilan izohlanadi.
Bola yoshi 14–15 ga yetganda asosiy almashinuv ham kamaya
boshlaydi. Uning asosiy sababi yosh oshib borishi bilan tanada
oksidlanish jarayonlarining pasayib borishidadir.
Asosiy almashinuv tanadagi barcha a'zolar va to‘qimalar
to‘xtovsiz faoliyat ko‘rsatib turishining ko‘rsatkichi bo‘lganligi
282
sababli, tana vazni qancha yuqori bo‘lsa u shuncha katta bo‘ladi.
Mushaklar, suyaklar, yog‘ va boshqa to‘qimalar tananing umumiy
vaznini tashkil qilib, ularning oz – ko‘pligini ham asosiy almashinuv
ko‘rsakichiga ta'sir qiladi, masalan, bir xil tana vazniga ega va
mushaklar tizimi yaxshi rivojlangan kishilar tanasida yog‘ to‘qimalari
ko‘p bo‘lgan semiz odamlarga qaraganda asosiy almashinuv yuqori
bo‘ladi. Shu bois tana – to‘shi atletik tuzilishga ega odamlarda aynan
shu vaznda boshqalarga qaraganda asosiy almashinuv o‘rtacha 5%
katta bo‘ladi. Semirish darajasi qancha yuqori bo‘lsa, asosiy
almashinuv shuncha kamayib boraveradi. Sog‘lom tana vazni
me'yoridagi odamda soatiga har 1 kg tana vazniga nisbatan ushbu
ko‘satkich 0,90 kkal bo‘lsa, birinchi darajali semiz kishilarda 0,70 kkal,
ikkinchi darajali semiz odamlarda 0,63 kkal ga tengligi aniqlangan.
Vujudda quvvat almashinuviga faol ta'sir ko‘rsatuvchi omillarga
havo harorati, tana yuzasining kengligi, asab va endokrin tizimlarining
qo‘zg‘alishi, ovqatlanish va bajariladigan jismoniy hamda aqliy
ishlarni kiritish mumkin. Havo harorati 10
0
C pasaysa, tananing quvvat
sarfi shuncha foizga oshadi. Tana yuzasi qancha katta bo‘lsa, tashqi
muhitga issiqlik berish, ya'ni quvvat sarfi shuncha yuqori bo‘ladi. Asab
tizimida
kuzatiladigan
oshiqcha
qo‘zg‘alish,
asabiylashish,
achchiqlanish, xafa bo‘lish, kuyunish tegishli hujayra va to‘qimalarda
oksidlanish
jarayonlarini
jadallashtirib,
energiya
almashinuvni
kuchaytiradi.
Ichki sekretsiya bezlari faoliyatining jadallashuvi bilan quvvat
almashinuvining kuchayishini qalqonsimon bez misolida aniq ko‘rish
mumkin. Bu bez qonga me'yordan ko‘p teroksin gormonini
283
chiqarganda yuzaga keladigan bazedov kasalligiga yo‘liqqan odamda
quvvat sarflash ancha yuqori bo‘ladi.
Tanada quvvat sarflanishini ovqatlanish omili anchagina
kukchaytiradi. Bu narsa ovqatning spetsifik-dinamik ta'siri deyiladi.
Ovqatni chaynash, og‘iz bo‘shlig‘i, me'dada tegishli hazm shiralari
bilan aralashtirib ichaklarga o‘tkazish hali u qonga so‘rilmasdan
quvvat almashinuvini kuchaytiradi. Turli oziq moddalari turlicha ta'sir
kuchiga ega. Eng kuchli o‘zgarish oqsillar iste'mol qilinganida kuzatilib,
bu vaqtda quvvat sarfi asosiy almashinuvga nisbatan 30–40%
ko‘tariladi. Ayniqsa, tuxum va qo‘y go‘shti tarkibidagi oqsillar bu
borada kuchliligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun qon bosimi yuqori
odamlarda bu mahsulotlarni iste'mol qilish yurak urishini tezlashtiradi,
bosim yanada ko‘tarilib, kishi bezovtalanadi. Oqsilli taomlar ko‘proq
iste'mol qilinganida asosiy almashinuvning yaqqol kuchayishi
ovqatlanishdan keyin 35 soatlarda kuzatiladi va ovqatning bunday ta'sir
kuchi 12 soatgacha davom etadi. Uglevodlar va yog‘lar asosiy
almashinuvni o‘rtacha 7% kuchaytirsa, aralash ovqatlar quvvat sarfini
10% ga oshiradi.
Jismoniy ish, ya'ni tana mushaklarining qisqarishi va bo‘shashi
bilan amalga oshiriladigan har qanday faoliyat quvvat sarfini keskin
oshiradigan omillardir. Masalan, to‘quvchida o‘rtacha har bir kg tana
vazniga nisbatan har soatda 2,76 kkal quvvat sarflansa, bu ko‘rsatkich
g‘isht teruvchida 5,71 kkal ga, shaxtadan ko‘mir qazib oluvchilarda
esa 6,21 kkal ga tenglashadi.
Kishining bir kecha-kunduz davomida quvvat sarflashi shu vaqt
ichidagi asosiy almashinuv vaovqatning spetsifikdinamik ta'siri
ko‘rinishidagi quvvat sarfi hamda bajariladigan faoliyat uchun ketgan
284
quvvat yig‘indisidan iborat bo‘lib, u tananing vazniga, yoshiga,
jinsiga va eng muhimi, bajariladigan jismoniy ish hajmiga, uning og‘ir-
engilliligiga va davomliligiga bog‘liq. Bu miqdor o‘rtacha 2200 kkal
dan 3500 kkal gacha bo‘ladi, og‘ir jismoniy ishlar qilinganida esa
6000 kkal gacha ko‘tariladi.
Demak, odamning bir kecha-kunduzlik quvvat sarfi dastavval u
amalga oshiradigan jismoniy ishning miqdori va davom etish vaqtiga
bog‘liq ekan.
Kishi bir kecha-kunduz davomida qancha quvvat sarflasa, ovqat
bilan shunga ekvivalent quvvatni qabul qilishi kerak. Buning uchun
mehnatga yaroqli turli xil kasb egalarining bajaradigan turli xil jismoniy
faoliyat xususiyatlari, yoshi va jinsi hisobga olinib tuzilgan maxsus
jadvallar mavjud.
Halq xo‘jaligining turli sohalarida ishlaydigan kishilarning
bajaradigan mehnati bevosita jismoniy faoliyat nuqtai nazaridan har xil,
shu bois ular sarflaydigan bir kecha – kunduzlik quvvat ham
turlichadir.Bu holat umumiy quvvat sarflanishini keng halq ommasi
orasida aniqlashda bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuning
uchun bevosita ish jarayonida bajariladigan mehnatning hajmi, jadalligi
hisobga olinib ishga yaroqli aholi 5 ta asosiy guruhga ajratilgan. Birinchi
guruhga aqliy mehnat bilan shug‘ullanadigan, kunlik ish faoliyatida
juda kam jismoniy harakat bajaradigan kishilar, ya'ni ilmiy xodimlar,
jurnalistlar, idora xodimlari, rahbarlar, EHM operatorlari, nazoratchilar,
o‘qituvchilar, dispetcherlar, pult boshqaruvchilari, ikkinchi guruhga esa
ish jarayonida yengil jismoniy mehnat qiladigan sanoat mollari
sotuvchilari, aloqachilar, hamshiralar, sanitarlar, talabalar, tikuvchilar,
radioelektron sanoati xodimlari, tarozibonlar, agronomlar, haydovchilar,
285
konveyerda turib ishlovchilar hamda maishiy soha bo‘yicha xizmat
qiluvchilar kiradi. Uchinchi guruhga kundalik faoliyatida o‘rtacha
og‘irlikdagi jismoniy mehnat talab qiladigan chilangarlar, stanoklarda
ishlovchilar va ularni sozlovchilar, avtobus, ekskavator, buldozer
haydovchilar, jarrohlar, temir yo‘lchilar, kimyoviy zavod ishchilari
mansub bo‘lib, to‘rtinchi guruhga og‘ir jismoniy ish bajaruvchilar,
ya'ni paxtakorlar, sut sog‘uvchilar, poliz va sabzavotchilik bilan
shug‘ullanuvchilar, qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘oruvchilar,
quruvchilar, yog‘ochga ishlov beruvchilar, metallurglar kiradi.
Beshinchi guruhga kundalik mehnat faoliyati eng og‘ir jismoniy
mehnat bilan bog‘liq betonchilar, daraxt kesuvchilar, g‘alla va boshqa
donlarni o‘rib yig‘ib-oluvchilar, pichan va beda o‘ruvchilar, yuk
tashuvchilar tashkil qiladi.
21-jadvalda aytib o‘tilgan guruh vakillarining energiya sarfi
haqida ma'lumot keltirilgan.
22-jadval
Turli yoshdagi aholi guruhlarining bir kecha-kunduzlik quvvat
sarfi
Aholi
guruhlari
Yoshga nisbatan
qo‘shimcha guruhlar
Energiya miqdori, kkal
Erkaklar
uchun
Ayollar uchun
I
18-29
30-39
40-59
2450
2000
2100
2000
1900
1800
II
18-29
30-39
40-59
2800
2650
2500
2200
2150
2100
286
III
18-29
30-39
40-59
3300
3150
2950
2600
2550
2500
IV
18-29
30-39
40-59
3850
3600
3400
3050
2950
2850
V
18-29
30-39
40-59
4200
3950
3750
-
-
-
21-jadvalda keltirilgan, raqamlarni tamoman o‘zgarmas deb
qarash noto‘g‘ri, chunki vaqt o‘tishi bilan mehnat sharoiti o‘zgarib
baradi, ishlab chiqarishda turli yordamchi vositalar paydo bo‘ladi.
Ikkinchi tomondan ekologik nomutanosiblik ham quvvat sarfiga ta'sir
ko‘rsatishi mumkin. Shu bois kishilarning quvvat sarfi me'yori tegishli
vaqt o‘tishi bilan qayta ko‘rib chiqiladi. Keltirilgan ma'lumotlar 1992
yili e'lon qilingan tegishli hujjatlardan olingan. 22-jadvalda har bir guruh
uchun mo‘ljallangan asosiy oziq moddalarining miqdori haqida
ma'lumot keltirilgan.
23-jadval.
Turli yoshdagi aholi guruhlari uchun mo‘ljallangan oqsil, yog‘
va uglevodlarning miqdori (gramm hisobida)
Aholi
guruh-
lari
Yoshga
nisbatan
qo‘shim-
Erkaklar uchun
Ayollar uchun
Oqsillar
Jami Hayvon Yog‘- Ugle- Jami Hayvon Yog‘- Ugle-
287
24-jadval
Bolalar va o‘smirlarda bir kecha-kunduzlik quvvat sarfi va
asosiy oziq moddalariga talab me'yori
Yoshi
Jinsi
Energiya
(kkal)
Oqsillar
(g)
Yog‘lar
(g)
Ugle-
vodlar
(g)
Eslatma
Jami hayvon
cha gu-
ruhlar
oqsili
lar
vodlar
oqsili
lar
vodlar
I
18-29
30-39
40-59
72
68
65
40
37
36
81
77
70
358
335
303
61
59
58
34
33
32
67
63
60
289
274
257
II
18-29
30-39
40-59
80
77
72
44
42
40
93
88
83
411
387
366
66
65
63
36
36
35
73
72
70
318
311
305
III
18-29
30-39
40-59
94
89
84
52
49
46
110
105
98
484
462
432
76
74
72
42
41
40
87
85
83
378
372
366
IV
18-29
30-39
40-59
108
102
96
59
56
53
128
120
113
566
528
499
87
84
82
48
46
45
102
98
95
462
432
417
V
18-29
30-39
40-59
117
111
104
64
61
57
154
144
137
586
550
524
288
oqsili
0-3
oy
115
2,2
2,2
6,5
13
Bir yosh
gacha
bo‘lgan
bolalarda
barcha
ko‘rsatkich
lar har bir
kg tana
vazniga
nisbatan
kg hi-
sobida
ketirilgan
4-6
oy
115
2,6
2,5
6,0
13
7-12
oy
110
2,9
2,3
5,5
13
1-3
yosh
1540
53
37
53
312
4-6
yosh
1970
68
44
68
272
6
yosh
2000
69
45
67
285
7-10
yosh
2350
77
46
79
335
11-
13
yosh
o‘g‘il 2750
90
54
92
390
qiz
2500
82
49
84
355
14-
17
yosh
o‘g‘il
3000
98
59
100
425
qiz
2600
90
54
90
360
25-jadval
Qariyalar, homilador ayollar, emizikli onalarning bir kecha-kunduzlik
quvvat sarfi va asosiy oziq moddalariga bo‘lgan talab me'yori
289
Yoshi
Jinsi
Energiy
a (kkal)
Oqsillar
(g)
Yog‘la
r
(g)
Uglevodla
r (g)
Eslatma
Ja
mi
Shun-
dan
hayvo
n
oqsili
Erkaklar
Ayollar
Xomilado
r ayollar
Emizikli
onalar
60-
74
75+
60
74
75+
2300
1950
1975
1700
+35
0
+47
5
68
61
61
55
+3
0
+3
5
37
33
33
30
+20
+23
77
65
66
57
+12
+15
335
280
284
242
+30
+3
(+) Homilador
ayollar
va
emizikli
onalarda
te
gishli
yoshdagi
ayollar
ko‘rsatkichla
riga
qo‘shimcha
ravishda
hamda
ko‘rsatilgan
yoshdan
yuqorisi
26-jadval
290
Ayrim kasb egalarining bir kecha-kunduzlik quvvat sarfi (kkal
hisobida)
Kasb egalari
Jinsi
Energiya
sarfi
O‘qituvchilar
erkaklar
ayollar
2804
2586
Ilmiy xodimlar, aqliy mehnat bilan
shug‘ullanuvchilar
erkaklar
ayollar
2792
2257
Shahar transport haydovchilari
erkaklar
ayollar
2900
2400
Qishloq xo‘jalik xodimlari
erkaklar
3021
Traktor haydovchilari
erkaklar
3550
Yuk mashina haydovchilari
erkaklar
3400
Tovuqchilik fermasida ishlaydiganlar
ayollar
2955
Sut sog‘uvchilar
ayollar
3206
O‘rim-yig‘im
ishlari
bilan
shug‘ullanuvchilar
erkaklar
ayollar
3915
3600
Xashak yig‘uvchilar
erkaklar
ayollar
4727
4260
O‘roqchilar
erkaklar
5280
yer haydashda plug boshqaruvchilar
erkaklar
5000
Pichan bog‘lovchi, g‘aram qiluvchilar
erkaklar
5600
Yuqoridagi jadvallarda quvvat sarfi haqidagi ma'lumotlar o‘rtacha
raqamlar bo‘lib, o‘zgarmas emas. Har bir kasb egasining bu boradagi
ko‘rsatkichlarini aniq belgilash uchun tegishli asbobuskuna va
291
laboratoriya jihozlaridan foydalanilgan holda tadqiqotlar o‘tkazish
kerak. Ular maxsus laboratoriyalarda mutaxassislar tomonidan olib
boriladi va tegishli ma'lumotnomalarda foydalanish uchun e'lon qilinadi.
Yuqoridagi 25-jadvalda ayrim kasb egalarining kunlik quvvat sarfi
haqida ma'lumot berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |