Simob
Simob ham og‘ir sanoati rivojlangan shaharlarning suvi, havosi
va oziqovqat mahsulotlarida uchrab turadigan zaharli unsurlardan
biridir. Simob bilan zaharlanish oqibatida bosh og‘rig‘i, bosh
aylanishi, uyqusizlik, sochlarning tushib ketishi, xotira pasayishi,
asabiylashish, qonda oq qon tanachalarining kamayib ketishi natijasida
yuqumli kasalliklar bilan teztez xastalanish hollari yuz beradi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlar orqali oqib o‘tgan daryolar
suvidagi simob ko‘pincha baliqlar tanasida to‘planib qoladi, bunday
baliqlarni iste'mol qilgan kishilar zaharlanishi mumkin.
Hozirgi paytda ekologiyaning yomonlashib, sanoatning rivojlanishi
daryo va dengiz suvlarida simob miqdorini oshirib yubormoqda.
Ushlanadigan baliqlar va boshqa oziqovqat mahsulotlarida simob
miqdori har bir kg mahsulotda 0,5 mg dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |