Ehtiyojdan ko‘p ovqatlanish. Sabablari va oqibatlari
XX asrga kelib kamharakatlilik (gipodinamiya) va ovqatlanishdagi
mo‘l-ko‘lchilik tufayli insoniyatning million-million yillar davomida
moslashib kelgan turmush tarzi o‘zgardi. Gipodinamiyaning yuzaga
kelishiga sabab, birinchidan, texnika va mexanizmlarning har qanday
jismoniy faoliyatni, hatti-harakatni yengillashtirishda tobora kengroq
ko‘lamda qo‘llanilishi bo‘lsa, ikkinchidan, kishini bevosita
harakatlanishga majbur qiladigan sharoitning yo‘qolib borishi
(masalan, yovvoyi hayvonlarni ov uchun quvib tutish, urib yiqitish yoki
ularning hujumidan qochib qutulish va boshqalar) tufayli sodir bo‘ldi.
Odam qancha kam jismoniy harakat qilib ma‘lum maqsadga erishsa,
305
bu unga shuncha yoqib tushadi. Jismoniy faoliyatning kamayishi esa
oziq-ovqatlar bilan tanaga qabul qilingan quvvatning sarflanishini
cheklab qo‘yadi.
Ovqatlanishdagi mo‘l-ko‘lchilik asosan XX asrlarda yuzaga keldi.
Evolutsiya jarayonida qiyin hazm bo‘ladigan dag‘al ovqatlarga
(kepagi va po‘sti ajratilmagan don va mevalar, poliz mahsulotlari va
boshqalar) oshqozon-ichak yo‘li moslashib ketgan insoniyat fan va
texnologik jarayonlarning yangidan-yangi muvaffaqiyatlari tufayli paydo
bo‘lgan va tez hazm bo‘ladigan shirinliklar, hayvon yog‘i va
go‘shti ishlatib tayyorlangan mazali taomlarni tanovul qilishta ruju
qo‘ydi. Bir vaqtning o‘zida bunday ovqatlar bilan qabul qilingan katta
mikdordagi quvvatning ma‘lum qismi kamharakatlilik bois
sarflanmasdan qoladi. Vujud va undagi barcha tizimlarning faoliyatida
bu salbiy holat hisoblanib, moddalar va quvvat almashinuvi izdan
chiqadi. Natijada yurakning ishemik kasalligi, qon bosimining yuqori
bo‘lishi, qonda xolesterin miqdorining ko‘payib ketishi, qandli diabet,
ateroskleroz, o‘t va siydik yo‘llarida tosh paydo bo‘lishi, saraton
kabi ancha xavfli davr xastaliklari paydo bo‘lishi uchun keng yo‘l
ochiladi.
Ehtiyojdan ko‘p ovqatlanish dastlab iqtisodiy jihatdan rivojlangan
davlatlarda istiqomat qiluvchi o‘ziga to‘q kishilar orasida tarqalgan
bo‘lib, ko‘p miqdordagi mazali taomlarni tanovul qilish obro‘
hisoblangan. Bunday ovqat bilan tanaga barcha zarur oqsillar, yog‘lar,
uglevodlar, vitaminlar hamda minerallar, ma‘lum miqdordagi quvvat
qabul qilinib kishining ularga bo‘lgan ehtiyoji qonadi, ko‘pgina
yuqumli kasalliklar, avitaminozlar barham topadi, qolaversa, kishi o‘zini
yaxshi sezadi. Mazali taomlarga ishtaha ham yuqori bo‘ladi va bu talab
306
moddiy imkoniyat darajasiga qarab oshib boraveradi. Ayni paytda oziq
moddalari va quvvatga boy mahsulotlar bilan doimiy ovqatlanish
sog‘lik uchun ancha xavfli ekanligi mutaxassislar tomonidan qayd
qilina boshlandi, chunki yuqorida aytib o‘tilgan «davr kasalliklari» bilan
og‘rish asosan mana shu aholi guruhi orasida ko‘p uchraydi. «Davr
kasalliklari» ning kelib chiqishida asosiy oziq moddalaridan yog‘
alohida ahamiyat kasb etadi, uning miqdori me‘yordan ko‘p bo‘lishi
xastaliklarga chalinish xavfini kuchaytiradi. Ovqat umumiy quvvatining
ko‘pi bilan 35% yog‘ hisobidan qoplanishi me‘yor hisoblanadi.
Iqtisodiy rivojlangan ko‘pgina davlatlarda bu ko‘rsatkich ancha
yuqori, masalan, AQSH bo‘yicha u 40% ga teng. Mamlakatning
shimoliy qismidagi aholi ovqat bilan qabul qilinadigan quvvatning 45-
50% ini yog‘dan oladi. Insoniyatning don va don mahsulotlari
iste‘mol qilishi yildan-yilga ko‘payib bormokda. Bu yerda ham
iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar rivojlanayotgan davlatlardan
ancha oldinda, masalan, oldingilarida bu ko‘rsatkich yiliga jon boshiga
725,76 kg bo‘lsa, keyingilarida undan 2-5 marta kam. Muhimi
shundaki, rivojlangan mamlakatlarda aholi buncha donni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri iste‘mol qilmasdan, uni mollarga yedirib semirtiradi va
shundan keyin yog‘ni, go‘shtni yeydi. Bu holat tanaga to‘yingan
yog‘ kislotalarining ko‘p mikdorda kirishini va yuqorida aytganimiz
«davr kasalliklari» yuzaga kelishini tezlashtiradi.
Uglevodlarni iste‘mol qilish kishilik jamiyatining dastlabki
davrlarida asosan kraxmal, kletchatka kabi dag‘al polimerlardan iborat
bo‘lgan, shirinliklar faqat meva-chevalardagi glyukoza, fruktoza
shaklida qabul qilingan. Insoniyat shakarni ixtiro qilgandan beri uni
307
iste‘mol qilish yildan-yilga ko‘payib, oziq-ovqatlardagi polimer
ko‘rinishdagi uglevodlar nihoyatda kamayib bormokda.
Hozirgi kunda dunyo aholisining har biri yiliga 20 kg shakar
iste‘mol qilmoqda. Kuba, Kosta-Rika, AQSH, Avstraliya va Isroil
davlatlarida esa bu ko‘rsatkich 45 kg va undan ham ko‘proq.
Yaponiya, Tailand, Filippinda yashovchi aholi yiliga 22 kg,
rivojlanayotgan ba‘zi bir davlatlarda esa bundan ham kam miqdorda
shakar iste‘mol qilishadi.
SHakarni ko‘p iste‘mol qiladigan xalqlar orasida tish, yurak-qon
tomirlari xastaliklari, qandli diabet, ichak raki hamda semizlik
rivojlanayotgan davlatlarda yashaydiganlarga qaraganda ancha ko‘p
ekan. Qayd qilingan kasalliklarning yuzaga kelishida shakardan tashqari
kundalik ovqatda un mahsulotlarini ko‘p bo‘lishi, jismoniy
mehnatning kamayib ketishi, harakatning cheklab qo‘yilishi ham o‘rin
tutadi.
Agar tana vazni me‘yorga qaraganda 20% ko‘p bo‘lsa, bu
semizlik alomati bo‘lib, bunday odamlar uchun qon bosimining yuqori
bo‘lishi, yurakning ishemik kasalligi, qonda xolesterinning ko‘payib
ketishi, qandli diabet va boshqa xastaliklar «eshik qoqib» turishadi.
AQSHda bolalar 10- 20%, kattalar 30-40% oshiqcha tana og‘irligiga
ega. Shuning uchun bu yerda «davr kasalliklari» bilan og‘rib, halok
bo‘layotganlar
boshqa
davlatlarga,
ayniqsa,
rivojlanayotgan
mamlakatlarga qaraganda ancha ko‘p. O‘z vaqtida Gippokratning
semiz odamlar ozg‘inlarga nisbatan kamroq yashaydi, degan fikri
hozirgi kunda ham o‘z kuchini yo‘qotgan emas. Hisob-kitoblarga
ko‘ra tana vazni me‘yoridan 20% oshiqcha odamlar orasida o‘lim
308
me‘yoriy tana og‘irligiga ega odamlarga qaraganda 50% ko‘p
bo‘lar ekan.
Keyingi yillarda shu narsa ma‘lum bo‘lib qoldiki, ko‘pgina
rivojlangan mamlakatlarda semizlik iqtisodiy jihatdan baquvvat va
jamiyatning ardoqli kishilari orasida oddiy, unchalik ta‘minoti yaxshi
bo‘lmaganlarga qaraganda kam uchraydi. Buning sababi yuqori
martabali, katta boyliklarga ega odamlar oshiqcha ovqatlanishining
zarari haqida ko‘proq ma‘lumotlarga ega bo‘lib, ular tana vaznini
bir me‘yorda ushlab turish uchun turli-tuman vositalardan keng
foydalanadi. O‘rta hol hamda undan ham past tabaqadagi odamlar esa
topgan-tutganini iste‘mol qilishga sarflaydi hamda semirish tufayli
kelib chiqadigan xastaliklar haqida kamroq o‘ylaydi. Shunday
maqsadni ko‘zda tutib o‘tkazilgan tadqiqotlar Nyu-York shahrida
yashaydigan va past tabaqaga mansub ayollarning uchtadan bittasi,
yuqori tabaqadagilarning esa yigirmatadan bittasi oshiqcha vaznga ega
ekanligini tasdikdaydi.
Bolaligidanoq ortiqcha ovqatlanishga odatlanganlar tanasida
qo‘shimcha yog‘ to‘qimalari paydo bo‘lib, ulg‘ayganida ham shu
to‘qimalarning rivojlanishi hisobiga osonlik bilan semirish kuzatiladi.
Kuzatuvlar yoshligida me‘yoridan ko‘p ovqatlanadigan bolalarning
beshtadan to‘rttasi ulg‘ayganidan so‘ng semirib ketishini
tasdiqdaydi. Emadigan bolani sun‘iy oziqlantirishga o‘tkazish
ko‘pincha ulgayg‘anidan keyin ham semizlikka olib keladi.
Semirish qon bosimining ko‘tarilishi, qandli diabet va boshqa
«davr kasalliklari»dan qutulishning eng oson yo‘li bu tana vaznini
me‘yorlashtirishdir. Buning uchun avvalo ozish, shunda oshiqcha tana
vazni bilan birga xastaliklar ham bartaraf qilinadi. Bunday davolanish
309
davomli va oldindan iroda kuchini talab qiladigan yo‘l bo‘lib, har
kimning o‘ziga bog‘liq. Taomlarning kam kaloriyali bo‘lishi, kepakli
undan pishirilgan nonlar, yormalardan tayyorlangan ovqatlar, karam,
sabzi, ko‘katlardan tayyorlangan salatlardan tanlab iste‘mol qilish,
spirtli ichimliklar, konfet, shokolad va tortlardan voz kechish lozim. Yana
hayvon yog‘i aralashtirilgan ovqatlarni ham cheklash kerak. Bir
vaqtning o‘zida vujud uchun kerak bo‘ladigan asosiy oziq moddalari,
vitaminlar va mineral moddalar me‘yordan kamaymasligi muhim.
Shunday qilish kerakki, uglevodlarga bo‘lgan kunlik me‘yor (450-500
g) asosan tarkibida kletchatkasi ko‘p bo‘lgan karam, po‘sti
olinmagan olma, sabzi, ko‘katlar, unchalik shirin bo‘lmagan meva-
chevalar hisobidan qondirilishi kerak. Go‘sht, tuxum, baliq kabi oqsilga
boy mahsulotlarni me‘yoridan oshiq iste‘mol qilmaslik, ayniqsa,
yog‘li go‘shtdan o‘zni tiyish, tuxum va baliqni ham qovurib emas,
suvda qaynatib iste‘mol qilish maqsadga muvofiq.
Ozishning ikkinchi sharti bu kam kaloriyali ovqat yeyish bilan bir
vaqtning o‘zida ko‘proq harakatlanishdir Har ikkala shartni doimiy
ravishda bir-biriga bog‘lab olib borish kerak, faqat bittasini batafsil
bajarish bilan maqsadga erishish qiyin. Chunki birdaniga ko‘p yugurish
yoki betinim jismoniy mashq bajaraverish kimningdir sog‘ligiga
to‘g‘ri kelmaydi. Yaxshisi, ko‘proq piyoda yurish, har kuni oz-ozdan
yugurish, iloji bo‘lsa suzish mashqlarini bajarish, ochiq havoda
ko‘proq sayr qilish yaxshi samara beradi. Bunday davolanish jarayonini
davomli deb bejiz aytmadik, u oylab, yillab davom etishi mumkin.
Ko‘pgina odamlar turli xil sabablarga ko‘ra yuqorida aytilgan
shartlarni buzadi yoki to‘liq bajarmaydi, oqibatda kuzda tutilgan
maqsadga erishilmaydi.
310
Ehtiyojdan ko‘p ovqatlanish, kamharakatlilik hamda ruhiy-hissiy
zo‘riqish bilan hayot kechirish yurak-qon tomirlari faoliyatining
yomonlashuvi bilan bog‘liq yurakning ishemik kasalliklari,
kardioskleroz, miokard infarkti kabi xastaliklarning ko‘payishiga olib
keladi. Hozir insoniyat ushbu kasalliklar bilan yoshu-qari demasdan bir
xil og‘rib, yosh nuqtai nazaridan serunum mehnat qiladigan davrida
bir umrga nogiron bo‘lib qolmoqda, hayotdan erta ko‘z yummokda.
Yurakning ishemik kasalliklari iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar aholisi
orasida ko‘p uchraydi, chunki ular iqtisodiy past, endigina
rivojlanayotgan
mamlakatlardagi
kishilarga
qaraganda
yaxshi
ovqatlanishadi, transport vositalaridan keng foydalanishadi. AQSH va
boshqa rivojlangan mamlakatlarda har uchta odamdan bittasi shu
kasalliklardan o‘ladi. Yaponiyada ham bu kasallik uchrasada, lekin
AQSHga nisbatan ancha kam, buning asosiy sababi Yaponiyaliklarning
hayvon yog‘ini kam iste‘mol qilishlari, kunlik ovqatlarida dengiz
maxsulotlaridan keng foydalanishlaridir.
Arterial qon bosimining surunkali ravishda yuqori bo‘lishi qonda
xolesterinning ko‘payishi, qandli diabet, yurak ishemik kasalliklarini
chuqurlashtiradi, uning miokard infarkti turiga tezroq olib keladi. Shu
bois aytilgan xastaliklar qanchalik tez va asosli ravishda bartaraf qilinsa,
yurakning koronar kasalliklaridan aholini shuncha yaxshi va o‘z vaqtida
himoya qilish mumkin.
Yurakning koronar kasalliklarini faqat to‘g‘ri ovqatlanish va faol
jismoniy mashqlar bajarish bilan tamoman yo‘qotish mumkin emas,
chunki bu kasalliklar irsiy asosga ham ega. Lekin aytilgan tadbirlar
qo‘llanilib turilsa, minglab kishilarning hayotini saqlab qolish muqarrar.
311
Hozirgi paytda kishilar orasida keng tarqalgan kasalliklardan biri
bu qon bosimining yuqori bo‘lishi, yani gipertoniyadir (xafaqon).
Ushbu kasallik bilan xastalanganlar kasallik tarixini o‘rganib chiqish
shu narsani ko‘rsatadiki, kishi vaznining me‘yoridan yuqori bo‘lishi
va kundalik ovqatda osh tuzining ko‘p ishlatilishi gipertoniyaga olib
keluvchi asosiy sabablarga kirar ekan.
Yaponiyada osh tuzining boshqa davlatlarga nisbatan ko‘p
iste‘mol qilinishi ma‘lum. Bu yerda eng ko‘p uchraydigan kasalliklar
yuqori qon bosimi va insult ekanligini olimlar aynan shu narsaga
bog‘lashadi. Yaponiyaning o‘zida ham tuzni kamroq ishlatadigan
janubiy aholi orasida shimoliy qismida istiqomat qiluvchi va tuzni
ovqatda ko‘p ishlatadiganlarga qaraganda xafaqon bilan og‘ruvchilar
kam uchraydi.
Amerikalik tadqiqotchi Lyuis K. Dalning hayvonlar va odamlar
ustida olib borgan uzoq muddatli kuzatishlari osh tuzini kam iste‘mol
qilish semiz odamlarda qon bosimining me‘yoriga kelishida yaxshi
yordam qilishini ta‘kidlaydi. Agar ular kam tuz qabul qilish bilan birga
kamquvvatli ovqat iste‘mol qilishsa yanada yaxshiroq bo‘ladi, bu esa
tana vaznining kamayishi sodir bo‘lgunicha qon bosimini sezilarli
darajada kamaytirar ekan.
Xafaqon kasalligi ham ma‘lum irsiy asosga ega, ota-bobolari
yuqori qon bosimi bilan og‘rib o‘tgan odamlar tana vazni
me‘yoridan oshiqcha bo‘lmasa ham unga mubtalo bo‘laveradi,
lekin ular kam tuzli ovqatlar iste‘mol qilsa xastalik kuchayishining oldi
olinadi.
Keyingi yillarda ovqatlanishda mo‘l-ko‘lchilikni xush ko‘rganlar
orasida qandli diabet kasalligi ko‘paydi. Masalan, AKSHda 1965-1973
312
yillar ichida ushbu kasallik bilan og‘riganlar soni 50% ga oshgan.
Hindistonda badavlat shaharliklar orasida bu xastalik qishloq aholisini
qaraganda 2 baravar ko‘pligi qayd qilingan.
Ayrim olimlarning fikricha, ehtiyojdan ko‘p ovqatlanish, vaqt-
bevaqt taomlanish qandli diabetning «katalizatori» bo‘lib hisoblanadi.
Agar kishining tana vazni me‘yordan 20% oshiq bo‘lsa, uning qandli
diabet bilan kasallanish xavfi ikki baravar oshar ekan.
Bu kasallikka irsiy moyil odamlar ham ovqatlanishga e‘tibor berib,
doimiy suratda badantarbiya mashqlarini bajarib turishsa va tana
vaznining oshib ketishiga yo‘l qo‘yishmasa foyda ko‘rishi
aniqlangan.
Ovqatlanishda oshiqcha quvvat beruvchi yog‘, tez hazm
bo‘luvchi har xil shirinliklar hamda turli chanqoqbosdi ichimliklarga
o‘xshash aralashmalarning me‘yoridan ziyod qabul qilinishi tufayli
orttirilgan kasalliklardan yana biri bu rak, ya‘ni hali to‘liq davosi
topilmagan capatondir.
Saraton bilan ko‘pincha yeyish-ichishda mo‘l-ko‘lchilikka ega
bo‘lgan davlatlardagi yuqori tabaqaga mansub kishilar, yirik
shaharlarda yashovchi o‘ziga tinch odamlar og‘riydi. Bunday kasallar
iste‘mol qiladigan kundalik ovqat tahlil qilib chiqilganida, ular
ishlatadigan oziq moddalarning aksariyati o‘ta tozalangan. Masalan,
kepagidan tamoman ajratib olingan un, po‘sti va urug‘ida tozalab
olingan meva-chevalar (olma, uzum, anor va boshqalar), shakar, oq
qand kabi mahsulotlardan ekanligi aniqlangan. Bunday ovqatni
muntazam iste‘mol qilish esa ichaklardagi o‘ziga xos mikroblarni
o‘zgartirib, kontserogen birikmalar (saraton chaqiruvchi) ishlab
chiqaradigan bakteriyalarni ko‘paytirib yuboradi. Aksincha, iste‘mol
313
taomlarida dag‘al ovqatlarning ko‘proq ishlatilishi, kepagi va po‘sti
ajratilmagan un, meva-chevalar, ko‘katlar, poliz mahsulotlari va
boshqalar esa kontserogen moddalarning tanadan chiqib ketishini
amalga oshirib, saraton xavfini kamaytiradi. Ushbu fikrning isboti
sifatida shu narsani misol keltirishimiz mumkinki, Afrika qit‘asining
qishloqlarida yashaydigan aholining ko‘p mahsulotlarni po‘stini
olmasdan iste‘mol qilishi va bir kecha-kunduzda ajratadigan chiqiti
Yevropada yashaydigan odamlarnikiga qaraganda 4-5 marta ko‘pligi
hamda bir vaqtning o‘zida ularning to‘g‘ri ichak saratoni bilan
qariyb kasallanmasligi aniqlangan.
SHahar aholisining saraton bilan ko‘proq kasallanishini
chaqiruvchi omillardan yana biri, bu ularning turli xil sun‘iy usullar
bilan tayyorlangan ichimliklarni (pepsi-kola, koka-kola, fanta va boshqa
har xil buyoq hamda shirinlik qo‘shib tayyorlangan suyuqliklar) qishloq
aholisiga ko‘ra ko‘p iste‘mol qilishidir. Bunday ichimliklar
tarkibidagi rang beruvchi moddalarning kontserogenlik xususiyati
borligi esa sir emas.
Biz yuqorida ehtiyojdan ortiqcha ovqatlanish sabablari, oqibatlari
hamda uning zararidan qutulishning ayrim choralari haqida fikr yuritdik.
Keragidan ko‘p mikdorda tanaga energiya qabul qilish va bir vaqtning
o‘zida kam harakat qilish kishilar umrini qisqartirish, barvaqt nogiron
bo‘lib qolish, yurak-qon tomirlari kasalliklari, qandli diabet va saraton
kabi xastaliklarga mubtalo bo‘lib qolishi borasida «ongli» qadamdir.
Buning oldini olishda eng oson hamda eng foydali yo‘l ommaning
to‘g‘ri va oqilona ovqatlanishi hakida keng va har tomonlama
tushuntirish ishlarini olib borish, kishilarning bu boradagi savodxonligini
oshirishdir.
314
Do'stlaringiz bilan baham: |