244
qon tomirlarining mustahkamligini ta'minlaydi. P vitaminining
yetishmasligidan qon tomirlarining shikastlanishi tufayli qon oqishi
(bavosil, bachadondan qon ketishi va boshqalar) kuzatiladi. Odam tez
charchaydigan bo‘lib qoladi, oyoqlarda og‘riq paydo bo‘ladi.
Uning avitaminozi ko‘pincha C vitamini yetishmasligi bilan birga
uchraydi. Lekin bunday paytlarda faqat C vitaminini qabul qilish kapillar
qon tomirlari yorilishini tuzatmaydi. Shuning uchun bir yo‘la P vitamini
bo‘lgan mahsulotlarni ham qabul qilish lozim. U na'matak, qora
smorodina, uzum va turli xil ko‘katlarda (petrushka, salat, shivit,
kashnich va boshqalarda) ko‘p bo‘ladi. Bu vitaminga bo‘lgan kecha-
kunduzlik talab 35-50 mg.
Do'stlaringiz bilan baham: