O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ′ lim vazirligi


B12 vitamini (kobalamin, antianemik vitamin )



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/249
Sana22.01.2022
Hajmi3,72 Mb.
#399430
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   249
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

B12 vitamini (kobalamin, antianemik vitamin ) 

 

Bu vitamin kamqonlikni davolovchi, ya'ni antianemik xususiyatsha 

ega  bo‘lib,  aksariyat  hayvon  mahsulotlarida,  ayniqsa,  qora  mollar  va 

jo‘jalarning  jigarida  mo‘l  bo‘ladi.  SHuning  uchun  ayrim  xalqlar 

qadim  zamonlardan  boshlab  kamqonlikni  davolashda  jigardan 

muvaffaqiyatli ravishda foydalanib kelishgan. U yana tuxum sarig‘ida, 

buyraklarda  ancha  miqdorda  uchraydi,  qatiqda  mikroflora  faoliyatidan 

hosil bo‘lib turadi.  

Amerikalik  olim  V.B.  Kasl  odamlarda  kamqonlikni  davolar  ekan, 

ushbu  kasallikning  kelib  chiqishi  ikkita  omilga,  ya'ni  ichki  va  tashqi 

omillarga bog‘liq  degan  muhim xulosaga keldi. Ichki  omil shundayki, 

agar  odam  me'da  shirasida  xlorid  kislota  miqdori  kamayib  ketsa,  B

12 

vitaminining ichak devorlaridan qonga o‘tishini ta'minlaydigan maxsus 



tashuvchi  oqsil  modda  hosil  bo‘lmas  ekan.  Tashqi  omil  esa  iste'mol 


239 

 

taomlarida  B



12 

vitamini  mavjud  oziqlarning  bo‘lmasligi  yoki  juda 

kamligi  bilan  ifodalanadi.  Bunday  holat  ko‘pincha  faqat  o‘simlik 

mahsulotlari  bilan  oziqlanadigan  odamlarda  uchraydi.  Kobalaminning 

taqchilligi  birinchi  navbatda  iliklarning  qon  ishlab  chiqarishiga  salbiy 

ta'sir qiladi. Mana shu ikkala omil tufayli yuzaga keladigan kamqonlilik 

ancha  xavfli.  Bunday  odamlarda  asab  tizimi  faoliyati  buzilib,  u  tez 

achchiqlanadigan, jahldor, tez charchaydigan bo‘lib qoladi. 

Bu vitaminga bo‘lgan kecha-kunduzlik ehtiyoj 0,001 mg bo‘lib, 

oqilona  ovqatlanish  qoidalariga  rioya  qilib  yurilsa,  uning  avitaminozi 

juda kam hollardagina sodir bo‘lishi mumkin. 

Aytib  o‘tish  joyizki,  Respublikamizning  janubiy  viloyatlarida 

xotin-qizlar,  ayiqsa,  homilador  va  sut  emizuvchi  onalar  orasida  bu 

kasallikka  chalinganlar  ko‘p  bo‘ladi.  Aynan  ana  shularda  oqilona 

ovqatlanish  turli  sabablarga  ko‘ra  buziladi.  Ko‘pincha  qishloq 

sharoitida ma'lum iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli kamqonlilikning yuzaga 

kelishida ham ichki va tashqi omillar o‘rin egallagan bo‘ladi. ikkinchi 

tomondan,  B

12 

vitaminining  qaysi  mahsulotlarda  ko‘pligini  va  ular 



qanday  iste'mol  qilinsa  tarkibidagi  foydali  moddalar  to‘liq  saqlanib 

qolinishini tasavvur qila olmaydiganlar ham aholi orasida ko‘p.  

Haftasiga bir yoki imkon borida ikki marta mol va tovuq jigarini 

turli  ko‘katlar  bilan  iste'mol  qilish  bu  vitamin  avitaminozini  oldini 

olishda, kamqonlilik ehtimolida qutulishida muhim ahamiyat kasb etadi.  

 


Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish