Resurs etkazib beruvchilar
Savdo tizimi (birja, auktsionlar va boshqa
savdo tarmoqlari)
Iste`molchilar (qishloq xo`jalik
korxonalari va boshqalar)
- resurslarga bo`lgan talab
- resurslar taklifi
73
Ishlab chiqarish vositalarini etkazib berish bo‘yicha shartnomalarning
muvoffaqiyatli bajarilishi agrota‘minot tashkilotlari faoliyatining asosiy dasturiga
aylanishi lozim.
Bu dasturda qishloq xo‘jalik korxonalari o‘z vaqtida moddiy–texnik
resurslarga ega bo‘lishlari uchun zaruriy yordam ko‘rsatish ustuvor tadbir
hisoblanishi maqsadga muvofiqdir.
Biroq, tajribadan ma‘lumki, qishloq xo‘jalik texnikalari juda qimmatligi,
sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan baholarning barqarorsizligi, pul
vositalarining etishmasligi tufayli ko‘p hollarda zaruriy ishlab chiqarish
vositalariga ega bo‘la olmaydilar. Sanoat korxonalari iste‘molchilarning to‘lov
qobiliyati pastligi tufayli mahsulotlarini o‘z vaqtida realizatsiya qila olmaydi.
Natijada, ta‘minot tashkilotlari ham zarar ko‘radi.
Bunday inqiroz holatidan qutilish uchun davlat tomonidan bo‘lgani kabi
qishloq xo‘jaligi uchun ishlab chiqarish vositalari bozorining barcha
ishtirokchilaridan katta tadbirlarni amalga oshirish talab qilinadi.
Qishloq xo‘jaligini yuqori samarali zamonaviy texnika vositalari bilan
butlashni rag‘batlantirish, soha mashinasozlik zavodlari va qo‘shma korxonalarini
yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni shakllantirish, qishloqda
etkazib berilayotgan traktorlar va o‘rim-yig‘im texnikasi hajmlarini oshirish hamda
ular uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar
Mahkamasining 2000 yil 2 noyabrdagi "Qishloqni lizing shartlarida qishloq
xo‘jaligi texnikasi bilan ta‘minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi P1 424-sonli
qarorining qabul qilinishi ayni muddao bo‘ldi. Darhaqiqat, mazkur hujjatga asosan
"Uzqishloqxujalik-mashlizing" kompaniyasi tashkil etildi, uning tuzilmasi
tasdiqlandi, eng muhimi, 2001-2007 yillar mobaynida, tajriba tariqasida
"Uzqishloqxo‘jalikmashxolding" kompaniyasi zavodlari va qo‘shma korxonlari
tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi mashinalarini (birinchi
navbatda traktorlar va o‘rim-yig‘im texnikasini) mashina-traktor parklariga,
qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlar)ga va fermer xo‘jaliklariga 7 yil
74
muddatga lizingga berishning tashkiliy, iqtisodiy hamda texnikaviy mexanizmlari
aniq va ravshan belgilab qo‘yildi.
Lizing operatsiyalarda "Uzqishloqxo‘jalikmashlizing" kompaniyasi (lizing
beruvchi), MTP viloyat hududiy birlashmalari, muqobil mashina-traktor parklari,
qishloq xo‘jalik kooperativlari (shirkatlar), fermer xo‘jaliklari (lizingga oluvchilar),
qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodlari va qo‘shma korxonalari (texnika
vositalarini ishlab chiqaruvchilar) bilan bir qatorda Moliya vazirligi huzuridagi
qishloq xo‘jaligini texnika bilan ta‘minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasi,
"G‘allabank"
va
"O‘zagrosug‘urta"
kompaniyasi
faoliyat
ko‘rsatmoqda.
Hozirgi paytda Respublika qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida qishloq xo‘jaligi
korxonalarini moddiy-texnik ta‘minlashni tashkillashtirishning lizing, dilerlik
fermer xo‘jaliklari, ulgurji savdo, mashina texnika stantsiyalari, texnika ijarasi
shaxobchalari va boshqa usullari keng yoyilib bormoqda.
Lizing – bu eng avvalo investitsiyaviy maqsadlarda texnika va boshqa ishlab
chiqarish vositalarini ijaraga olish va keng ma‘noda iqtisodiy munosabatlarning
nisbatan keng usuli sifatida moliya-kredit, savdo, ijara hamda boshqa
operatsiyalarni bajarishdan iboratdir.
Lizingning iqtisodiy mohiyati quyidagilardan iborat.
Lizing kompaniyasi zavod-tayyorlovchidan mahsulotlarni sotib olib, ularni
iste‘molchilarga ijara sifatida taqdim etadi. Mulk shartnomada ko‘rsatilganidek
ma‘lum bir muddatga, iste‘molchining belgilangan to‘lovini to‘lashi bilan beriladi.
Shartnomada iste‘mol qiymati, xizmat ko‘rsatish bahosi va kompaniya
qo‘shimcha qiymatining bir qismi ham ko‘rsatiladi. Ayni paytda mulk
kompaniyaning shaxsiy mulki bo‘lib qolaveradi, ammo shartnomada ko‘rsatilgan
muddat tugashi bilan uni qoldiq qiymati bilan iste‘molchiga o‘tkazish mumkin.
Lizing operatsiyalarini moliyaviy ta‘minlash uchun kompaniyalar Qishloq va
suv xo‘jaligi vazirligi huzurida tashkil etilgan lizing jamg‘armasi, bank kreditlari
va mahalliy moliya organlaridan foydalanishadi. Shu sababli, lizing, qishloq
75
xo‘jalik korxonalarini zaruriy texnika va boshqa ishlab chiqarish vositalari bilan
ta‘minlashning ilg‘or usullaridan biri hisoblanadi.
Qishloq xo‘jalik korxonalarini moddiy-texnik ta‘minlashning tashkiliy shakli
sifatida lizing qator ijobiy tomonlar bilan birga kamchiliklarga ham ega. Ijobiy
tomonlari: zaruriy texnikaga bir zumda katta xarajatlarsiz ega bo‘lish; lizing
to‘lovlari muddatini uzaytirish.
76
Xulosa
Mustaqil respublikamiz iqtisodiyotning ustuvor tarmog‘i xisoblangan qishloq
xo‘jaligidagi fermerlar butungi jamiyatimizning eng faol, eng ishonchli a‘zolari
bo‘lib xisoblanadilar. Lekin, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida iqtisodiy islohotlar
o‘tkazilayotgan bir paytda fermer xo‘jaliklari sonini keskin oshirishda, ularning
mehnat samaradorligini va pirovard natijalarini ko‘paytirishda echimini kutayotgan
muammo va masalalar mavjuddir:
1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida fermer xo‘jaliklarini har tomonlama
rivojlantirish, iqtisodiy mustahkamligini ta‘minlash uchun boshqaruv masalasiga
alohida e‘tibor berish kerak. Xususan, boshqaruvning eski usullaridan vos kechgan
holda, fermer xo‘jaliklarida boshqaruvning eng samarali usullaridan biri iqtisodiy
usulini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Chunki, boshqarishning bu usuli dehqonlar
va xo‘jalikning moddiy manfaatlarga asoslangan bo‘lib, xo‘jalik va har bir
dehqonning manfatlarini bir—biri bilan uzviy borlanishiga imkon yaratadi. Bu
usulning asosiy vazifasi ishlab chiqarishda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan
xarajatlar miqdorini kamaytirishga imkon beruvchi xo‘jalik mexanizmlarining
yangi usullarini vujudga keltirish va undan samarali foydalanishdir.
Umuman, fermerchilik rivojlangan xorijiy mamlakatlarning tajribasiga ko‘ra,
fermer avvalo menejment, marketing, iqtisodiyot va agrar sohaga oid bilimlarni
chukur egallashi kerak.
2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida har bir fermer xo‘jaligi o‘zining har
taraflama asoslangan va kelajakka mo‘ljalangan biznes rejasini ishlab chiqishi
kerak. Bu rejaning asosi marketing dasturi bo‘lib, u xo‘jalik imkoniyatlarini bozor
talablariga moslashtirishga yo‘naltirilgan tahlil, rejalashtirish va nazorat qilish
jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Marketing tizimini tashkil qilmasdan va biznes rejani ishlab chiqmasdan
fermer xo‘jaliklarni rivojlantirib bo‘lmaydi. Lekin, afsuski, ko‘pchilik fermer
xo‘jaliklarida bu asosiy masalalarga e‘tibor berilmayapti. Shuning uchun, yangi
tashkil etilayotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklarning asosiy
77
e‘tiborini marketing tizimini tashkil qilishga va biznes rejasini ishlab chiqishga
qaratish kerak. Shu bilan bir qatorda fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya xisobotini
yuritishning ahamiyati kattadir. Shuning uchun fermer xo‘jalik boshliqlarining
buxgalteriya xisobotini yuritish madaniyatiga ega bo‘lishi ularning tadbirkorlik
faoliyati samaradorligini oshirishga zamin yaratadi.
3. Hozirgi sharoitda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishdagi eng muhim
vazifalardan biri, qabul qilingan qonun normalarini fermer xo‘jaligi faoliyatida
samarali qo‘llashdan iboratdir. Yuqorida aytib o‘tilgani kabi, boshqaruvning eski
usullaridan hali ham voz kechilgani yo‘q. Mahalliy boshqaruv organlarining
fermer xo‘jaliklari faoliyatiga aralashuvi davom etmoqda, ya‘ni ularning iqtisodiy
va texnologik mustaqilligi yo‘liga sun‘iy to‘siqlar qo‘yilmoqda. Bundan tashqari,
ularga er ajratish, bank xizmati va imtiyozli kreditlar berish, etishtirgan
mahsulotlarini shartnoma asosida va erkin (kelishilgan) narxlar bo‘yicha qabul
qilish masalalarida muammolar mavjud. Shu sababli bugungi kunda fermerlarni
huquqiy bilimi va ongini oshirish taqozo etiladi.
4. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida fermer xo‘jaliklarining ishlab
chiqarish samaradorligini va tuproq unumdorligini oshirish uchun bir qator
tadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:
• fermer xo‘jaliklarining talabiga mos keladigan texnika vositalarini ishlab
chiqarish, ularni universallashtirish va lizing asosida sotishni yo‘lga qo‘yish lozim;
• fermer xo‘jaliklarini mineral o‘g‘it bilan ta‘minlash bo‘yicha imtiyozlar
joriy qilish, erga maxalliy o‘g‘it berish masalasiga katta e‘tibor berish lozim;
• urug‘chilik va selektsiya ishlarini tashkil etishni tubdan yaxshilash kerak,
xususan dehqonchilikda urug‘likga, chorvachilikda esa naslga juda katta e‘tibor
qilish lozim;
• agrotexnologiyaga, ya‘ni har bir ekin turi bo‘yicha tegishli agrotexnikaga
amal qilish zarur;
• fermer xo‘jaliklari etishtirgan mahsulotlarini qabul qilishda davlat
tomonidan alohida imtiyozli narxlarni joriy etish zarur.
78
5. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish vaqtida fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishda
xorijiy sarmoyalarni jalb etish muhim rol‘ o‘ynaydi, ya‘ni qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini qayta ishlash muammosini shu yo‘l bilan echsa bo‘ladi. Fermerlar
xorijiy sarmoyalarni jalb etgan holda, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash
va tayyor oziq—ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi texnologiya
bilan jixozlangan tsexlarni ko‘rib, ya‘ni «ishlab chiqarish—qayta ishlash—sotish»
degan yagona zanjirni tashkil etishlari kerak.
Yuqorida taklif etilgan barcha masalalar, agar fermer xo‘jaliklari faoliyatiga
tadbiq etilsa, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ularning yanada rivojlanishiga
juda ko‘p shart — sharoitlar yaratiladi.
Umuman, xulosa qilib aytganda, bilimli, tadbirkor, irodasi baquvvat, iymon
— e‘tiqodi butun, o‘zining kuchi va ertangi kuniga ishongan fermerlar har kanday
muammolarni hal qilishi shubxasizdir.
79
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси.. Т.: «Ўзбекистон», 2010
й.
2
«Фермер хўжалиги тўғрисида» Ўзбекистон Республикасининг 1998 йил
30 апрель қонуни.
3
«Деҳқон хўжалиги тўғрисида» Ўзбекистон Республикасининг 1998 йил
30 апрель қонуни.
4
Ўзбекистон Республикаси ПФ «қишлоқ хўжалигида ислоҳотларни
чуқурлаштиришнинг энг муҳим йўналишлари тўғрисида». –Тошкент Ж.
Ўзбекистон иқтисодий ахборотномаси, 2003 й. № 4. 2-3 бетлар.
5
Ўзбекистон
Республикаси
ПФ
«2004-2006
йилларда
фермер
хўжаликларини ривожлантириш концепцияси тўғрисида».-«Ўзбекистон
овози», 2003 йил, 28 октябрь.
O‗zbekiston Respublikasining ―Yer kоdeksi‖.//
J. ―Soliq to‗lоvchi‖ jurnаli. 1998. № 7 – 8. – 12 b.
6 O‗zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‗g‗risida»gi
qоnuni. //Qishloq xo‗jaligida islohotlarni chuqurlаshtirishga dоir qоnun va
me‘yoriy hujjаtlar to‗plаmi. 1-qism. – T.: Shаrq 1998.
7 O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mаhkаmаsining ―MTPlarning moddiy
texnika bаzаsini mustаhkаmlаsh haqida‖gi qarori. 1998. – 10 mаrt.
8 O‗zbekiston Respublikasining ―Dehqon xo‗jaligi to‗g‗risida‖gi qоnuni. //
Xalq so‗zi. 6 iyun 1998 yil.
9 O‗zbekiston Respublikasining ―Fermer xo‗jaligi to‗g‗risida‖gi Qоnuni
(Yangi tаhrirda)// Xalq so‗zi. – 15 оktyabr 2004 yil
10
«Бозор ислоҳотларини чуқурлаштириш ва иқтисодиѐтни янада
эркинлаштириш соҳасидаги устувор йўналишларни амалга оширилишини
жаддалаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»,. Тошкент ш., 2005 йил 7 июн.
11
«Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг «Валюта
операцияларини янада эркинлаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги 420-
сонли қарори, 2003 йил 1 октябр.
12
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг «Ташқи
иқтисодий
фаолиятни амалга оширишда
валюта
операцияларини
эркинлаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарори 15.08.2003 й.
13 Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони. Иқтисодиѐт реал
сектори корхоналарининг молиявий барқарорлигини янада ошириш чора-
тадбирлари тўғрисида. 2010 йил 18 ноябрь, ПФ-4053-сон.
14
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2010 йил 29 декабрда
―Ўзбекистон Республикасининг 2011 йилга мўлжалланган инвестицион
дастури тўғрисида‖ги 1455-сонли Қарори.
15
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2011 йил 27 декабрда
―Ўзбекистон Республикасининг 2012 йилга мўлжалланган инвестицион
дастури тўғрисида‖ги 1668-сонли Қарори.
80
16
Каримов И.А. Мамлакатимизни модернизация қилиш ва кучли
фуқаролик жамияти барпо этиш – устувор мақсадимиздир. Асосий вазифамиз
– Ватанимиз тараққиѐти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир.
– Т.:Ўзбекистон, 2010.
17
Ўзбекистон
Республикаси
Президенти
Ислом
Каримовнинг
мамлакатимизни 2013 йилда ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари
ва 2014 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор
йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги
маърузаси Т.: Халқ сўзи. 2014 йил 20 январь
18
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони. Иқтисодиѐт
реал сектори корхоналарининг молиявий барқарорлигини янада ошириш
чора-тадбирлари тўғрисида. 2012 йил 18 ноябр, ПФ-4053-сон.
19
Ўзбекистон Республикаси иқтисодий-ижтимоий тараққиѐтининг
мустақиллик йилларидаги (1990-2010 йиллар) асосий тенденция ва
кўрсаткичлари ҳамда 2011-2015 йилларга мўлжалланган прогнозлари:
статистик тўплам. – Т.: ―Ўзбекистон‖, 2011.
20 Аbdullаеv А.А. Аybеshоv Х.А. "Fermer xo‗jaligi iqtisodi".-T.:
"Аlоqаchi" 2008.-172
21 Аллахвердиев А.И. "Развитие форм коопеpации в аграрном
секторе АПК" "Экономика" 2003-253 с.
22 Бобоева В.Д. "Проблемы подъема и развития агропромышленного
комплекса в современных условиях" -М.: ВНИЭСК 2002-266 ст.
23 Вахатов К.И, "Кооперация"-М.: 2007 Г.-556 с.
24 Василенко
М.А.
"Организационно-экономические
основы
агропромышленной
интеграции
на
сельскохозяйственных
предприятиях и в объединениях". -М.: МСХА. 1981.
25 Глазовений Н.Ф. Гордеев А.В Дасюн Г.В. "Устойчивое развитие
сельского хозяйства и сельских территорий" "КМК"-М.:2005-615 ст.
26 Гусаков В.Г. "Основные объективные законы, закономерности
принципы рыночной экономике" Минск. "Белоруская наука". 2006-86 ст.
27 "Городец"-М.: 2006. П.Добрынин В.А. "Государственное
регулирование агропромышленного производства"-М.: МСХА. РФ.
1998.
28 Jurаеv F. "Qishloq xo‗jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil
etish".-T.: "Istiqlоl". 2004-344 b.
29 Zоkirоv О., Pаrdaеv А. "Qishloq xo‗jalik iqtisodiyoti"-T.: UАJBNT, 2003
260 6.
30 Ismоilоv А., Murtаzаеv О. "Qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti"-T.: 2003 y.
31 Коваленко СБ. Козенко З.Н. "Сельскохозяйственная
кредитная кооперация" - М.: "Финансы и статистика" - 2005 -446 с.
32 Клочно Л.Н. "Сельскохозяйственная кооперация"-М.: "Дашновик"
2003-480 с.
81
33 Макаренко А.А. "Теория и история кооперативного движения".-
М.: ИВИ "Маркетинг" 2000.
34 Магамедова А.Х. "Основные направления формирования много
укладной экономики в аграрном секторе АПК" Махачкала 1992-183 ст.
35 Назаренко В.И. Налтсов А.Г. и др. "Кооперация в сельском
хозяйстве за рубежом". - М.: ВНИИТЭИ, АПК, 1991.
36 Umurzоqоv U.T., Tоshbоеv А.SH., Rаshidоv SH., Tоshbоеv А.А.
"Qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti va mеnеjmеnti"-T.: "Iqtisоd-moliya" 2008-
267.
37 Umurzоqоv U.T., Tоshbоеv А.SH., Tоshbоеv А.А. "Fermer
xo‗jaligi iqtisodi",-T.:"Iqtisоd-moliya" 2008-276.
38 Улчено Н.У. Мамедова Н.М. "Особенности экономического
развития современных мусульманских государств (на примере Турции и
Ирана)".
39 O‗zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jаmg‗аrmаsi 2004-191 b.
40 Радионова О.А. "Интеграция в сфере агропромышленного
производства, тенденции, механизмы реализации"-М.: РАСХН.
ВНИЭТУСК, 2000.
41 Оглоблин Е.С. "Пути повышения эффективности
функционирования аграрных научных организаций"-М.: ВНИЭСХ 2000.
42 Fаrmоnоv T.Х. ―Fеrmеr хo‗jаliklаrini rivоjlаntirish istiqbоllаri‖. – T:
Yаngi аsr аvlоdi, - 2004. – 143 b.
43 Hаkimоv R. Оtаqulоv M. Yusupоv E. Yusupоv M. "Agrosanoat
majmuasi iqtisodiyoti"-T.: 2004 - 159 b.
44 Sаlimоv B.T. vа b. Dеhqоn vа fеrmеr хo‗jаliklаri iqtisоdi. – Tоshkеnt:
45 Свинен Й. Пакус К. "Aграрное преобразование в странах с
переходной экономикой". Вопросу экономики. 2001. №8 102-118 ст.
46 Серова Е.В. "Aграрная экономика"-М.: ГУВСХЭ. 1999 г.
47 Саммуельсон П. Норджоуе В "Экономика"-М.: 2000
48 Тнач А.В. "Сельскохозяйственная кооперация", "Дашков и К". - М.:
2006 Г.-203 Т. 12-26
49 Ткач. А.В. "Сельскохозяйственная кооперация". "Дошновико" -
М.: 2006-203 с.
50 Петранова Г.А. "Экономика и управление в сельском
хозяйстве"-М.:Академия 2003-296 ст.
51 Ergаshеv R.Х., Shохo‗jаеvа Z.S., Хаmrаеvа S.N. Qishlоq хo‗jаligi
iqtisоdiyoti (I qism) // Uslubiy qo‗llаnmа. Qаrshi, 2009 y, 100 b.
52 Ergаshеv R.Х., Shохo‗jаеvа Z.S., Хаmrаеvа S.N. Qishlоq хo‗jаligi
iqtisоdiyoti (II qism) // Uslubiy qo‗llаnmа Qаrshi, 2009 y, 100 b.
53 Ergаshеv R.Х., Shохo‗jаеvа Z.S., Хаmrаеvа S.N. Dеhqоn vа fеrmеr
хo‗jаliklаri iqtisоdiyoti. Uslubiy qo‗llаnmа, Qаrshi, 2009 y.112 bеt.
82
54 Hamdamоv Q.S. "Qishloq xo‗jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish". -
T.:
55 Chjеn V.А. "Bozor sharoitida mintаqаning tarmoq taraqqiyoti"-T.: 1997.
"Shаrq"-384 b.
56 Chjеn V.А. "O‗zbekistonda iqtisodiy islohotlarning o‗ziga xosligi"-T.:
1994 b. "Shаrq".
57 SH.
Ziyovuddinоv "Qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti" O‗zbekiston
yozuvchilar uyushmasi Adabiyot Jаmg‗аrmаsi-T.: 2004-143
Internеt Vеb sаhifаlari
1.
http://www.usda_programs
2.
http://www.iuf.ru/
3.
http://geliopax.tele-kom.ru
4.
http://www.usaidmicro.org
Do'stlaringiz bilan baham: |