1-jadval
Fermer xo’jaligining xususiyatlari.
1. Ijtimoiy-psixologik
jihatdan
Jamiyatnign boshlang‘ich bo‘g‘ini-
oila va unga xos bo‘lgan axloqiy-
tarbiyaviy qadriyatlarga hamda shaxsiy
manfaat-
dorlik,
xususiy
tashabbuskorlik
va
tadbirkorlik
erkinligiga
tayanuvchi
aholining
ijtiomiy qatlami
2. Tashkiliy-huquqiy jihatdan
Yuridik shaxs maqomiga (o‘z
balansi, hisob raqami, muhri va h.k.)
ega bo‘lishi shart
3. Mehnat munosabatlari jihatidan
Xo‘jalikda
a‘zolar
mehnati
bilan
birgalikda
yollanma
mehnatdan
foydalanish mumkin
4. Ishlab chiqarish yo‘nalishi jihatidan
Ishlab chiqarish qisman ichki
iste‘mol
va
asosan
bozorga
yo‘naltirilgan tovar xjaligi
5. Mulkiy munosabalar jihatidan
- ishlab chiqarish vositalariga
xususiy mulkchilik.
- er maydoni uzoq muddatli ijaraga
(eng kamida 30 yildan uzog‘i bilan 50
yilgacha) beriladi, ijara muddatida ijara
huquqini meros qilib qoldirish mumkin.
Fermer xo‘jaligining jamoa, shirkat yoki hissadorlik kabi yirik xo‘jaliklardan
asosiy farqi va ustunlik tomoni esa fermerning ishlab chiqarish vositalari bilan
13
bevosita birikuvida, ya‘ni mulk va mehnat natijalarini tasarruf etish bo‘yicha
masalalarni mustaqil hal etishdadir.
Fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritish shakllaridan biri sifatida
o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik, tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy xususiyatlarga ega
(1-jadval).
Fermer xo‘jaligining asosiy vazifasi qishloq aholisini foydali mehnat va
tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish orqali ishlab chiqarish resurslaridan oqilona
foydalanishga erishish hamda shu asosda eng kam sarf- xarajat birligi evaziga
mahsulot etishtirishni har tomonlama ko‘paytirishdan iborat.
―Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida‖ gi qonunga muvofiq Andijon, Farg‘ona,
Namangan, Toshkent, Xorazm viloyatlarida har bir ―shartli‖ qoramol hisobiga 0,3
gektardan kam bo‘lmagan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida va boshqa
viloyatlarda esa 0,45 gektar sug‘oriladigan, 2,0 gektardan lalmikor er beriladi.
Dehqonchilik mahsulotlari etishtirish bilan ixtisoslashadigan fermer xo‘jaliklariga
esa eng kamida 10 gektardan, bog‘dorchilik, uzumchilik va sabzavotchilik uchun
esa bir gektar er ajratib beriladi. Fermer xo‘jaligi erni olganda keyin 5 yilga qadar
tuproq unumdorligi kamaymasligi shart. er 10 ildan 50 yil muddatga beriladi.
Agar fermer va meva sabzavotchilik mahsulotlari etishtirish uchun
ixtisoslashgan bo‘lsa, unda 5-10 gektar er ajratib beriladi. Fermer xo‘jaligi o‘z erini
ijaraga berish, yollanma ishchi kuchidan foydalanish huquqiga ega.
Fermer erni qancha uzoq muddatga ijaraga olgan taqdirda u erga o‘zining
sarmoyasi va mehnatini shuncha ko‘p sarflab, tuproq unumdorligini oshirish,
erning meliorativ holatini yaxshilash, infratuzilmalasini yaratish hajmini oshiradi.
Fermer xo‘jaligi o‘z biznes rejasidagi maqsadlarini amalga oshirish uchun harakat
qiladi. Dastavval, hosildorilikni oshirish, mahsulot sifatini yahshilash, bozorgir
mahsulotlar ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eng qulay bozor
sharoitida sotish uchun saqlashning progressiv usullaridan foydalanib, ishlab
chiqarishga fan-texnika va ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, mahsulot ishlab
chiqarish xarajatlarini kamaytirish, tadbirkorlikning yashirin usullarini chuqurroq
o‘rganish kabi masalalar bilan keng shug‘ullanadi. U o‘z vaqtida soliqlarni
14
qonuniy ravishda to‘lashga harakat qiladi, kreditlarni qulay sharoitlarda olish va
foydali maqsadlar uchun sarflash, ishlab chiqarish samaradorligini muntazam
oshirish, xaridorlarni o‘zidan qochirmaslikka harakat etadi. Dehqon va fermer
xo‘jaliklarining tayyorlov va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan o‘zaro
munosabatlari shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Buni quyidagi tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi:
-xususiy (servis) xizmat ko‘rsatish korxonalari va tomorqa erlariga ishlov
beruvchi, hosilni yig‘ib oluvchi, mahsulotlarni tashish va sotish firmalarini
rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; -dehqon va fermer xo‘jaliklarini
o‘z vaqtida texnika vositalari, yosh mollar, xo‘jalar, em-xashak, idish, urug‘,
ko‘chat va yoqilg‘i moylash materiallari, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy
vositalari bilan ta‘minlash;
-qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini iste‘mol qiluvchilar bilan shartnomaviy
munosabatlarni shakllantirishga yordam berish;
-dehqon va fermer xo‘jaliklarining maqbul katta-kichikligini, qishloq
xo‘jaligi ekinlari tarkibi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni
ta‘minlovchi mollar sifatini aniqlash;
-biznes reja tuzish va kredit resurslari bilan ta‘minlanishga maslahatlar berish;
-dehqon va fermer xo‘jaliklarining kichik mexanizatsiya vositalari va servis
xizmatlari bilan ta‘minlash.
-dehqon va fermer xo‘jaliklari doimo rivojlanishda, hozirgi vaqtda ular
respublikada etishtiriladigan meva-sabzavot mahsulotlarining 68 foizini,
go‘shtning 63 foizini, sutning 90 foizini etishtirmoqda.
Fermer xo’jaliklarining rivojlanish bosqichlari va asosiy iqtisodiy
ko’rsatkichlari
Republikamizda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish davrini shartli ravishda 4
bosqichga bo‘lish mumkin (2-jadval).
I bosqich. 1993-1997-yillar.
Respublikada fermer xo‘jaliklarini mustaqil
xo‘jalik yuritish sub‘ekti sifatida rasman tan olish va faol shakllantirish jarayoni
1991 yilning oxirlaridan boshlandi. Qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini
15
joriy etishni jadallashtirish, mulkchilikning turli shakllarini vujudga keltirish,
xususiy mulk va shaxs manfaatlarining ustuvor rivojlanishini ta‘minlash
maqsadida 1991 yil 29 noyabr‘da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 295-
sonli ―Respublikada dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada mustahkamlash va
tadbirkorlik faoliyatini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida‖gi Farmoni
qabul qilindi.
2-jadval
Fermer xo’jaliklarini rivojlanish bosqichlari.
№
Bosqichlar
Bosqichlar
davri
Bosqichlarning nomlanishi
1
I bosqich
1993-1997-yillar Fermer xo‘jaliklarining dastlabki
vujudga kelish va shakllanish davri
2
II bosqich
1998-2001-yillar Fermer xo‘jaliklarining me‘yoriy-
huquqiy
bazasini
yaratish
va
mustahkamlash davri
3
III bosqich
2002-2007-yillar Surunkasiga zarar ko‘rib ishlagan
past rentabelli shirkatlarni tugatish
negizida fermer xo‘jaliklarini keng
ko‘lamda ustuvor rivojlantirish davri
4
IV bosqich
2008-yildan
boshlab
Fermer
xo‘jaliklarining
hajmini
optimallashtirish davri
II bosqich. 1998-2001-yillar. Bu davr fermerlik harakatini rivojlantirishning
me‘yoriy-huquqiy bazasini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Respublikamizda
1999 yildan boshlab zarar keltirib ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz shirkat
xo‘jaliklarini fermer xo‘jalikalariga aylantirish jarayoni boshlandi. O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 15 maydagi 243-sonli qaroriga
asosan Xorazm viloyatidagi jami 8 ta shirkat xo‘jaligi tugatilib, o‘rnida 564 ta
fermer xo‘jaliklari tanlov asosida tashkil etildi. Bularga qo‘shimcha ravishda
Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 dekabrdagi 516-sonli qaroriga asosan
jami 52 ta shirkat xo‘jaligi tashkil etilib, ular negizida 3031 ta fermer
xo‘jaliklari tashkil etildi.
16
Respublikamizda 1999-2007-yillar oralig‘ida zarar keltirib ishlayotgan va
istiqbolsiz shirkat xo‘jaliklari negizida tashkil etilgan fermer xo‘jaliklari
3-jadval
№
Yillar
Tugatilgan
shirkat
xo’jalikllari soni
Ular
negizida
tashkil etilgan fermer
xo’jaliklari soni
1999
. 8
440
2000
8
479
2001
52
3031
2002
91
3822
2003
177
11383
2004
326
15161
2005
445
25023
2006
666
74124
2007
329
24091
Jami
2102
157554
.
III bosqich. 2002-2007 yillar.
Respublikamizda fermer xo‘jaliklarni keng
ko‘lamda rivojlantirish ishlari 2002-yildan boshlandi. Vazirlar Mahkamasining
2002 yil 5 maydagi 8-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-
yil 24-martdagi ―Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim
yo‘nalishlari to‘g‘risida‖gi PF-3226-sonli Farmoni, 2004 yilda yangi tahrirdagi
O‘zbekiston Respublikasi ―Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida‖gi Qonuni, 2006 yil 21
noyabrdagi PQ-514-sonli ―2007 yilda qishloq xo‘jaligi klorxonalarini fermer
xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi Qaroriga asosan o‘tgan
2002-2007 yillarda jami 2034 ta zarar keltirib ishlayotgan va past rentabelli shirkat
xo‘jaliklari tugatilib, ular negizida 153604 fermer xo‘jaliklari tashkil etildi.
Jahon tajribasi bozor uchun, ya‘ni sotish uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi
dehqon, fermer xo‘jaliklarining afzalligini ko‘rsatmoqda, chunki dehqon va fermer
xo‘jaliklarida ishlab chiqaruvchi, ya‘ni fermerning maqsad va vazifalari natija
bilan uzviy bog‘langan.
17
Shu ma‘noda mamlakatimizda erishilgan oxirgi 10 yil davomida qishloq
xo‘jaligi sohasidagi ishlab chiqarish ko‘rsatkichi 5,9 %ga o‘sdi, ya‘ni 2011 yili
qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqarish 106,8 %ga etdi, mamlakat yalpi ichki
mahsulotidagi ulushi 2011 yili 17,6 %ni tashkil etdi. Qishloq xo‘jaligi yalpi
mahsulotini 59,4 %ni dehqonchilik mahsulotlari va 40,6 % chorvachilik
mahsulotlarini tashkil etdi.
4 jadval
Asosiy dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish (barcha xo’jaliklar
bo’yicha, ming t.)
Mahsu-
lot turi
1991 y 2001y
2008y
2009y
2010y
2011y
2012y
2013y
2013
y.
1
991
y.ga
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Paxta
4646,0 3709,3 3600,6 3683,4 3400,6 3401,9
3442,8
3500,0
75,3
Donli
1908,2 5744,7 6546,7 6643,1 6621,6 7391,6
7447,1
6703,1
3
51,2
Kartoshka 351,2
730,6
1021,0 1188,9 1398,7 1530,9
1692,9
1862,4
5
30,2
Sabzavot
3348,0 4180,6 4294,1 4691,9 5221,3 5710,3
6346,4
6993,7
2
08,8
Meva
516,6
642,4
1182,2 1270,0 1402,7 1544,5
1710,3
1871,1
362,1
Uzum
480,4
605,8
803,5
878,9
792,5
900,5
987,3
1090,1
226,9
Poliz
925,8 956,1 744,1 840,9 981,3 1071,3 1182,4 1294,7 139,8
4-jadval ma‘lumotlariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston Respublikasi
iqtisodiyotining eng yirik tarmog‘i hisoblanib, 1991-2011 yillarda qishloq
xo‘jaligida barqaror o‘sish yuz bergan.
Ma‘lumki, O‘zbekiston Respublikasi paxta ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda
beshinchi o‘rinda, paxta tolasini sotish bo‘yicha esa ikkinchi o‘rinda turadi.
18
2011 yilda paxtachilikda 3500,0 ming tonna paxta xomashyosi etishtirilgan,
bu esa 1991 yilga nisbatan 75,.3 %ni, 2001 yilga nisbatan 94,3 %ni tashkil etgan
bo‘lsa, 2009 yilga nisbatan 101,6 %ga etganligini ko‘rishimiz mumkin.
Mamlakatda etishtirilayotgan paxta hosildorligi ortishi va tolasi sifatining
keskin yaxshilanishi iqtisodiyotimizga juda katta iqtisodiy samara keltirib, dunyo
davlatlari va respublikamizning to‘qimachilik sanoati talab qiladigan turdagi
tolalar etishtirilmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va
ijtimoiy hayotini, jumladan qishloq xo‘jaligini isloh qilish kontseptsiyalari ishlab
chiqildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab, oziq-ovqat xavfsizligini
ta‘minlash ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi va eng avvalo, qishloq xo‘jaligida
chuqur islohotlar amalga oshirila boshladi.
Natijada g‘alla mustaqilligiga erishish maqsadida sa‘y-harakatlar amalga
oshirildi va qisqa muddat ichida ushbu maqsadga erishildi. 1996 yilga kelib,
O‘zbekiston Respublikasi g‘alla mustaqilligiga erishdi, ya‘ni 1991 yili mamlakatda
1908,2 ming tonna donli ekinlar ishlab chiqarilgan 1996 yilda 3562,0 ming tonna
va 2011 yili 6703,1 ming tonnaga etdi, bu esa 1991 yilga nisbatan 1996 yilda 186,6
%ga va 2011 yilda esa 351,2 %ni tashkil etgan. Mamlakatdagi boshqa asosiy
dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish 1991 yilga nisbatan kartoshka 530,2
%ga, sabzavot 208,8 %ga, meva 362,1 %ga, uzum 226,95 %ga, poliz 139,8 %ga
ortgan.
Ta‘kidlash lozimki, hisob-kitoblarga ko‘ra, fermer xo‘jaliklarida qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish hajmining o‘sish sur‘atlari, ekinlar egallagan er
maydonining o‘sish sur‘atlariga nisbatan ancha yuqori. Bu ekinlar hosildorligi
ortishi bilan tavsiflanadi. Masalan, 2011 yilda fermer xo‘jaliklarida quyidagicha
hosildorlikka erishildi: paxta hosildorligi – 26,5 ts/ga, g‘alla – 48,5 ts/ga, kartoshka
– 195,9 ts/ga, sabzavot – 262,4 ts/ga. Bu 2001 yilda olingan hosildorlik
ko‘rsatkichlariga nisbatan ancha yuqori .
Xo‘jaliklar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 63,7 %i dehqon
xo‘jaliklari, 34,1 %i fermer xo‘jaliklari va 2,2 %i boshqa qishloq xo‘jaligi
19
korxonalariga to‘g‘ri Bugungi kunda mamlakatda 80700 fermer xo‘jaligi mavjud
bo‘lib, unda 1 million 300 ming kishi faoliyat yuritmoqda.
Yuqoridagi ma‘lumotlarga asoslangan xolda dehqon va fermer xo‘jaliklarini
yanada rivojlantirish talab qilinadi va qishloq xo‘jaligining rivojlanishi aynan shu
turdagi xo‘jaliklari bilan bog‘liqligini ko‘rish mumkin. Chunki yuqorida qayd
etilgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar dehqon va fermer xo‘jaliklarida boshqa turdagi
ishlab chiqarish korxonalaridagidan yuqori. Shu boisdan ham qishloq xo‘jaligiga
e‘tibor, mustaqillik yillarida xaqli ravishda katta bo‘lmoqda. Ushbu ijobiy
tendentsiyalar asosida fermer xo‘jaliklari tomonidan mehnat, er, suv va boshqa
resurslar bilan ta‘minlanish va ulardan samarali foydalanishga asoslangan
dehqonchilik madaniyati tamoyillari yotgan bo‘lsa, boshqa jihatdan ularni
institutsional tuzilmalar tomonidan qo‘llab-quvvatlash yotadi.
Shu bilan birga ―Shuni ochiq tan olish kerakki, fermer xo‘jaliklarini tashkil
etish va ularning mas‘uliyatini yanada oshirish borasida hali ko‘p ish qilishimiz
lozim1‖. ―Kelgusi yillarda qishloq xo‘jaligida olib boriladigan o‘zgarishlarning
asosiy vazifasi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish, qishloq xo‘jaligi
ekinlari hosildorligi va chorvachilik mahsuldorligi oshirish negizida mahsulot
etishtirish hajmining izchil o‘sib borishini ta‘minlashning asosiy shakli bo‘lgan
fermerlik institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish bo‘ladi2‖.
Xulosa qilib aytish mumkinki, fermer xo‘jaliklarining boshqa xo‘jalik yuritish
shakllaridan afzalliklari yaqqol ko‘zga tashlandi. Mazkur xo‘jaliklarda erdan
oqilona foydalanish, ekinlar hosildorligini oshirish, umuman qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish tufayli yuqori natijalarga erishildi.
Bugungi kunda fermer xo‘jaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish ular
faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish, mamlakatimiz aholisini ish
bilan ta‘minlash, ichki iste‘mol bozorini sifatli, shu bilan birgalikda
raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘ldirish, qayta ishlangan
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish orqali valyuta tushumini oshirish va
pirovard natijada qishloq aholisining turmush darajasini yaxshilashda muhim
ahamiyat kasb etadi.
20
Fermer xo‘jaliklarining agrar sohada xo‘jalik yuritishning yangi shakli
sifatida shakllanib borishi, bir tomondan, haqiqiy mulk egalarining vujudga kelish
imkonini beradi, ikkinchi tomondan, mulkchilikning boshqa turlariga asoslangan
qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan ma‘lum darajada raqobat muhitini
shakllantirishga zamin yaratadi.
Zero, bozor iqtisodiyoti sharoitida aynan fermer xo‘jaliklari faoliyatini
jonlantirish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda yuksak
natijalarga erishish mo‘ljallangan.
Fermer xo‘jaliklari dehqonchilik tarmog‘i bilan birgalikda chorvachilikda
ham rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda fermer xo‘jaliklarining yalpi
mahsulotlarini qariyb 70% ni chorvachilik mahsulotlari tashkil qiladi.
Respublika hukumatining chorvachilik tarmog‘ini davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish borasida olib borgan ishlari natijasida fermerlar
tasaruffidagi chorvachilik mollari bosh soni yil sayin ko‘payib bormoqda. Fermer
xo‘jaliklarida yirik shoxli moldan tortib to asalari uyasigacha mavjud. Bir so‘z
bilan aytganda, fermerlar chorvachilikning barcha sohasi bo‘yicha shug‘ullanib
kelishmoqda. Bu dehqonchilik sohasiga ham ta‘luqlidir. Shuning uchun fermer
xo‘jaliklarining ixtisoslashuvi to‘g‘risida ayrim nazariy fikrlarni bayon etish kerak.
Yuqoridagi tahlillar asosida fermer xo‘jaliklarini 2 ta yirik gurujga ajratish
mumkin. Bular:
ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklar;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklar.
Ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi deb bir, ikki va uchtadan ko‘p bo‘lmagan
tovar mahsuloti ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklari aytiladi. Ko‘p tarmoqli fermer
xo‘jaligi deb uchtadan ko‘p tovar mahsuloti ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar aytiladi.
Shu bilan bir qatorda, faqatgina bitta turdagi qishloq xo‘jaligi mahsuloti
ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari bo‘lishi ham mumkin.
Bunday xo‘jalik tor doirada ixtisoslashgan xo‘jalik deb ataladi.
Ixtisoslashgan hamda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining ijobiy va salbiy
tomonlari mavjud. Ixtisoslashgan fermer xo‘jaligida texnika vositalaridan, mehnat
21
resurslaridan,
aylanma
mablag‘lardan,
kapital
ko‘yilmalaridan
unumli
foydalaniladi. Bundan tashqari, fermer xo‘jaligi boshlig‘ini fikri va uning bilimi tor
doiradagi tarmoqlarning rivojlanishi va uni samaradorligini oshirishga qaratiladi.
Shu bilan bir qatorda, tor doiradagi ixtisoslashgan xo‘jaliklarda yil davomida
mavjud resurslardan bir tekisda foydalanishni imkoni yo‘q, ularning xo‘jalik
yuritish faoliyati ma‘lum tavakkalchilikka ya‘ni, risqqa asoslanadi, Chunki, ob—
havo yomon kelsa, tor doirada ixtisoslashgan xo‘jaliklar oladigan daromaddan
mahrum bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, dehqonchilik tarmog‘i bilan
shug‘ullanuvchi fermerlar chorva mollarini saqlash va umuman chorvachilik bilan
shug‘ullanishga
majbur
bo‘lishadi.
O‘z
navbatida
chorvachilik
bilan
shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari em—xashak ekinlarini ekishiga majbur
bo‘lishadi.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari tabiat injiqliklariga, talab va taklifni
o‘zgaruvchanligiga ko‘proq chidamli bo‘lib hisoblanadi. Bunday xujaliklarda
mehnat resurslaridan yil davomida bir tekisda foydalanish, ularni har birini bilimi,
mutaxassisligiga qarab ish bilan ta‘minlash, chorvachilik va dehqonchilik
tarmoqlarini ratsional qo‘shib borishi uchun imkoniyat yaratiladi.
Ana shu yuqorida aytilgan ijobiy va salbiy oqibatlarni xisobga olib,
fermerlar o‘zlari uchun optimal tarmoqlarni tanlashi kerak. Yana shu narsani
alohida ta‘kidlamoqchimizki, fermer xo‘jaliklari faqat qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmasdan, balki ularni qayta
ishlaydigan kichik sanoat korxonalarini ham rivojlantirish lozim. Bular jumlasiga
meva, sabzavot, go‘sht, sut mahsulotlarini qayta ishlaydigan kichik tsexlarni
qurishni keltirsak bo‘ladi.
Fermer xo‘jaliklarini ixtisosini, ularni hajmini belgilashda tabiiy sharoitlarni,
mehnat resurslari bilan ta‘minganlanganligini, suv bilan ta‘minlanganligini, er
resurslarni unumdorligini, mehnat resurslarini shakllangan ko‘nikmalari va shu
kabi boshqa omillarni xisobga olish lozim.
Lekin hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida u yoki bu tarmoqni rivojlantirish
uchun, birinchi navbatda, shu tarmoqdan olinadigan foyda olinadi, pul — material
22
sarflarini qoplash xarajati ham baland, 1 kishi soat xisobiga ko‘p foyda olinmoqda,
shu boisdan bo‘lajak fermer xo‘jaliklarga sutchilik yo‘nalishdagi yirik shoxli
mollarni boqish tavsiya etiladi.
Dunyo tajribasi shundan dalolat beradiki, shahar atrofida joylashgan fermer
xo‘jaliklari sabzavot, meva va shu kabi notransportabel va tez buziluvchan
mahsulotlar ishlab chiqarishni, shahar atrofidan uzoqda joylashgan fermer
xo‘jaliklari esa burdoy, arpa, sholi, poliz va shu kabi transportabel mahsulotlarni
ishlab chiqarishni yo‘lga ko‘yish maqsadga muvofiq.
Fermer xo‘jaliklarini mustaqilligi to‘g‘risida shu narsani aytmoqchimizki,
ularning mustaqilligi qonun bilan kafolatlangan bo‘lib, ularning xo‘jalik
faoliyatiga davlat organlari va boshqa korxona, tashkilotlarning aralashuviga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Fermer xo‘jaliklarini umuman ikki toifaga bo‘lish mumkin:
— mustaqil fermer xo‘jaliklari
— shirkat va jamoa xo‘jaliklari tarkibidagi fermer xo‘jaliklariga bo‘linadi.
Xo‘jaliklar tarkibidagi fermer xo‘jaliklari rasman alohida xo‘jalik yurituvchi
sub‘ekt sanalsada, haqiqatda ular qonunda belgilab qo‘yilgan mustaqillikdan
foydalana olmaydi. Shu boisdan ham xo‘jaliklar tarkibidagi fermer xo‘jaligi ular
ichki xo‘jalik bo‘linmalarining (pudrat, ijara) bir ko‘rinishi, xolos. Shunday ekan,
xo‘jaliklar tarkibidagi bunday bo‘linmalarning mustaqil fermer xo‘jaliklari bilan
bir qatorga qo‘yish kerak emas, balki faqatgina mustaqil balans, xisob raqami va er
ajratganlik to‘g‘risidagi davlat aktiga ega fermer xo‘jaliklarinigina xisobga olish
zarur.
Bizning respublikamizda to‘plangan tajribalar kelgusida quyidagi tipdagi
fermer xo‘jaliklari tashkil topib borishi mumkinligini ko‘rsatmoqda:
faqat bitta oila a‘zolarinng mehnatiga asoslangan oilaviy fermer
xo‘jaliklari. Chet mamlakatlarda bunday turda xo‘jalik yuritishning «to‘liqsiz,
vaqtda band bo‘linadigan fermerlik», deb yuritishadi va ularning oziq—ovqat
mahsulotlari etishtirishdagi salmog‘i ancha yuqori. AQSh da jami fermer
xo‘jaliklarining 63 foizi ana shu qategoriyaga kiradi.
23
asosan oila a‘zolarining mehnatiga va shu bilan birga yollanma
mehnatga ham tayanuvchi oilaviy fermer xo‘jaliklari. Bu turdagi xo‘jaliklarda ham
mol—mulk oilaga tegishli bo‘ladi, chetdan jalb etilganlar faqat ma‘lum haq
evaziga yollanib ishlashi mumkin. Nisbatan yirik hajmli, birgina oila a‘zolarining
mehnati bilan uddalash kiyin bo‘lgan ishlab chijarishni tashkil etishda bunda
xo‘jaliklar yaxshi samara berishi mumkin.
ikki yoki undan ortiq; oilalarni (asosan qarindoshlik xususiyatiga
ko‘ra) mol—mulki va er maydonini birlashtirish asosida yuzaga keluvchi
hamkorlikdagi fermer xo‘jaliklari. Bunday xo‘jaliklar asosan yirikroq hajmdagi
ishlab chiqarishni yuritish maqsadida tuziladi.
Hamkorlikdagi fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy
natijasi bo‘lmish foydani taqsimlashda, ularni xo‘jalikga qo‘shgan xissasi (er,
kapital va mehnat resurslari bo‘yicha) asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Frantsiyada fermerlar hamkorligining bu ko‘rinishini BXYuB (Birgalikda
xo‘jalik yuritish birlashmalari) deb atashadi. Unda a‘zolar soni minimal ikkita,
maqsimal o‘nta qilib belgilangan. BXYuB ning 90% dan ortig‘ida a‘zolar soni 2—
3 tadan oshmaydi va asosan qarindoshchilik belgilariga ko‘ra birlashish odat tusiga
kirgan.
BXYuBlar o‘rtacha 74 ga erga ishlov beradi. BXYuB larga a‘zo bo‘lgan
oilalar o‘z er uchastkasi va mulkiga bo‘lgan egalikni saqlab qoladi, daromadni
taqsimlashda esa a‘zolarning xo‘jalikdagi mulkiy hissi va mehnatda qatnashuv
darajasi hisobga olinadi. Odatdagi oilaviy xo‘jaliklardan farq qilib bunday
xo‘jaliklarda a‘zolar o‘rtasidagi mehnat, boshqaruv, daromadlarning taqsimlash
munosabatlari, huquqiy jihatdan nizom asosida mustahkamlab qo‘yilgan bo‘ladi.
1987 yilda Frantsiyada 37 ming BXYuB lar faoliyat ko‘rsatgan. Ular 2780
ming ga erga ishlov berib, o‘z saflarida 92 ming tovar ishlab chiqaruvchilarni
birlashtirgan.
Fermer xo‘jaligi mustaqilligi to‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz erga nisbatan
mulkiy munosabat to‘g‘risida ham bir qancha fikrlarni bayon etishimiz mutmkin.
24
O‘zbekistonning tabiiy — iqtisodiy sharoiti erning xususiy mulk ob‘ekti
sifatida chiqishga imkon bermaydi. Bizda sug‘oriladigan erlar cheklangan,
aholining o‘sish sur‘atlari esa yuqori. Shunday sharoitda erga xususiy mulkchilik
joriy etilib, er atrofida oldi—sotdi munosabatlar shakllansa, ma‘lum vaqtdan keyin
bu o‘zining salbiy tomonlarini ko‘rsatadi. Jumladan, bu holat shunga olib keladi,
bir guruh yirik er egalari xech qanday xarajat qilmasdan er maydonlaridan
keladigan renta hisobiga nihoyatda yuqori daromad ola boshlaydilar. Xuddi
shunday holatni chet mamlakatlar tajribasida qo‘rish mumkin. Masalan, Angliyada
1 akr erning bozor bahosi 1943 yil 54 funt sterlingga teng bo‘lgan bo‘lsa, 1988
yilga kelib — 2401 funt sterlingga etgan. Shularni hisobga olib, aytish mumkinki,
bizning respublikamiz sharoitida er xususiy mulk ob‘ekti sifatida chiqishi kerak
emas. er hamma insonlarga bab—baravar tegishli ekanligi tufayli, erga egalik
mutloq davlat tasarrufida bo‘lishi lozim.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, er davlat mulki sifatida qolsa ham
dehqonlarga keng xo‘jalik yuritish mustaqilligi berish orqali yuqori natijalarga
erishish mumkin. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarda, jumladan, Yaponiyada —
100%, Isroilda —90%, Xitoyda— 100% er davlat mulki xisoblanadi. Dehqonlarga
er meros qoldirish huquqi bilan umrbod egalikka yoki uzoq muddatli ijaraga
beriladi. Kuzatishlar shundan dalolat beradiki, er davlat tasarrufida bo‘lsa ham bu
mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi samaradorligi juda yuqori.
Bizning respublikamizda «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra
«Fermer xo‘jaligi yuritish uchun fuqarolarga er uchastkalari 50 yilgacha bo‘lgan,
lekin 10 yildan kam bo‘lmagan muddatda ijaraga beriladi». er ijarasining afzallik
tomonlari shundaki, bunda dehqon er uchun ijara xaqini o‘z vaqtida to‘lab qo‘yib,
undan mutlaqo o‘z xoxishiga ko‘ra foydalanishi mumkin. Bunda davlat qonuniy
ravishda er egaligini o‘zida saqlab qolgani xolda erdan foydalanish huquqini
fermerga o‘tkazadi. Hozirgi vaqtda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida er ijarasi
keng yoyilgan. Masalan, AQSh qishloq xo‘jaligida er munosabatlarining o‘ziga
xosligi shundaki, ishlab chiqarish bir vaqtni o‘zida ham fermerlarni xususiy
erlarida, ham ijaraga olingan erlarda yuritiladi. AQSh bo‘yicha 1989 yili fermerlar
25
ixtiyoridagi jami qishloq xo‘jaligidagi yaroqli erlarning 34%i ularni xususiy mulki
bo‘lib, qolgan 66% ni ijaraga olingan erlar tashkil etgan.
O‘zbekistonda erni uzoq muddatga ijaraga berishni tadbiq etilishi
dehqonlarning erga bo‘lgan munosabatini tubdan yaxshilaydi, dehqon erni
xosildorligini oshirish, meliorativ xolatini yaxshilash bo‘yicha mablag‘ sarflashdan
cho‘chimaydi, chunki u erdan uzoq muddatli ijara asosida foydalanilishini biladi.
Natijada dehqonning erga bo‘lgan munosabati yaxshilanib boradi.
Fermer xo‘jaliklari ijaraga nafaqat erni, balki texnika vositalarni ham olishi
mumkin. Chet mamlakatlarida keng tarqalgan texnikani ijaraga berishni «Lizing»
xizmati deb atashadi. Fermerlar texnikani uzoq muddatga ham olishlari mumkin,
ammo aksariyat fermerlar 5 yil muddat bilan ijaraga olishni afzal ko‘radilar.
Ko‘pchilik mamlakatlarda «lizing» xizmatining barqaror bozori vujudga kelgan.
qisqa muddatli ijarani — «reyting», o‘rta muddatlisini
—
«xayring» va uzoq
muddatlisini — «lizing» deb ataladi. Ko‘p hollarda «Lizing» kompaniyalari
bevosita texnika vositalari ishlab chiqaruvchi firmalarga qarashli bo‘ladi,
Yaponiyada davlat bank muassasalari bilan hamkorlikda firmalardan texnikalarni
sotib olish va ularni «Lizing» kompaniyalari orqali ijaraga berish bilan
shug‘ullanadi.
Mamlakatimizda «Lizing» xizmatini yo‘lga qo‘yish hozirda hukumatimizni
ham
diqqat
markazida
turibdi.
Xususan,
Prezidentimiz
I.A.Karimov
ta‘kidlaganidek, «Yangi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bilan birgalikda, lizing
operatsiyalarini, ya‘ni ijaraga ishlatishni ham kengroq rivojlantirish kerak».
Masalan, bizga texnika olib kelishda manfaatdor bo‘lgan Ameriqa «Keys» firmasi
bilan «Lizing» kompaniyasini tuzish mumkin.
Xuddi shunday yo‘nalishdagi hamkorlikni MDH davlatlarida kuzatish
mumkin. Masalan, 1991 yil Rossiyada «Rossiya agrar texnologiyasi» yopiq turdagi
aktsionerlik jamiyati tuzilgan bo‘lib, uning tarkibiga «Rossiya uyi» sanoat —
tijorat
kompaniyasi,
«Rosinkombank»,
Rossiyaning
ko‘pgina
yirik
agrokombinatlari, Ameriqa va Isroil firmalari konsortsiumi, Frantsiya va
Finlyandiyaning 25 dan ortiq firmalari va banklari kiradi. Albatta, AQSh va
26
boshqa xorijiy davlatlarda qo‘llanayotgan tadbirlarni bizning fermerlarimizga
tadbiq etish qiyin, buning uchun etarli shart — sharoitlar bo‘lmog‘i lozim. Lekin
ularning tajribalarni ayrim tomonlarni olish va undan foydalanish foydadan xoli
bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |