Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana17.02.2020
Hajmi0,82 Mb.
#39929
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida fermer xojaliklarining iqtisodiy samaradorligini oshirish yollari


 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM 



VAZIRLIGI 

BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI 

IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTETI 

«IQTISODIYOT» KAFEDRASI 

 

 

        DAK ga yuborilsin 

                                                         Dekan 

____________dots. 

T.Jiemuratov 

«____»______________2014 y 

 

5340100 «Iqtisodiyot» bakalavr ta‘lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi 



Sa`dullaev Qahramon Muhammadalievichning «Iqtisodiyotni modernizatsiyalash 

sharoitida fermer xo`jaliklarining iqtisodiy samaradorligini oshirish yo`llari»  

mavzusidagi 

 

 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI 

 

 

DAK ga taqdim etilsin 



Kafedra  mudiri 

i.f.n. Z.Baltasheva___________ 

«___»___________2014 y. 

 

Talaba:                              Sa`dullaev Q. 



                   

 

Ilmiy rahbar:                 i.f.n. T. Jiemuratov 



 

 

 



 

 

Nukus –2014 y 



 

QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI 



Bitiruvchining malakaviy ishini bajarish bo’yicha  

T O P SH I R IQ 

Talaba ______________________________________________________________________ 

(f.i.sh.) 

Ta‘lim yo‘nalishi:_______________________________________________________________ 

 

Malakaviy ishining mavzusi______________________________________________________ 



_____________________________________________________________________________ 

_____________________________________________________________________________ 

Amaliyotda bo‘lgan joyi_________________________________________________________ 

_____________________________________________________________________________ 

Ilmiy rahbari_________________________________________________________________ 

(f.i.sh., ilmiy unvoni va ilmiy darajasi) 

Maslahatchi__________________________________________________________________ 

(f.i.sh., ilmiy unvoni va ilmiy darajasi) 

Ishning maqsadi_______________________________________________________________ 

_____________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________ 

 

 



Kirish qismi________________________ 

Asosiy qism__________________ 

Xulosa 

İshni bajarish muddati 



Rahbar__________________________ 

Maslahatchi_____________________ 

(imzo) 

Topshiriq berilgan sana___________ 



Qabul qildim__________________ 

(talaba imzosi) 

 

 

«___  »__________________2014 y 



«___  »__________________2014 y 

«___  »__________________2014 y 

«___  »__________________2014 y 

 

 



 

 

«___  »__________________2013 y 



«___  »__________________2013 y 

 

 



 

Mundarija 



Kirish_________________________________________________________3 

 

I Bob. Fermer xo’jaliklarini tashkil etish va boshqarishning nazariy qoidalari 

 

1.1.  Bozor  munosabatlariga  o‘tish  sharoitida  fermer  xo‘jaliklarini  tutgan 



o‘rni___________________________________________________________7 

1.2. 


Fermer 

xo‘jalik 

faoliyatini 

boshqarishning 

tashkiliy-tarkibiy 

yo‘nalishlari____________________________________________________24 

1.3.  Davlatimizda  dehqon  va  fermer  xo‗jaliklari  ularni  rivojlantirish 

yo‘nalishlari___________________________________________________29 



II bob. Iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida fermer xo’jaliklari 

faoliyati iqtisodiy samaradorligining tahlili 

2.1. 


Fermer  xo‗jaliklarning  faoliyat  iqtisodiy  samaradorligini  o‗stirishda 

qishloq infratuzilmasi rolini oshirish___________________________________45 

2.2.  Fermer  xo‘jaliklari  ishlab  chiqarish  xarajatlari  va  natijalari 

tahlili_______________________________________________________53 

2.3  Bozor  sub‘ektlarining  fermer  xo‘jaliklari  bilan  iqtisodiy  aloqalarini 

muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirish________________________56 



 

III Bob. Fermer xo’jaliklarni iqtisodiy samaradorligini oshirishni 

takomillashtirish yo’llari 

3.1.  Fermer  xo‘jaliklarning  iqtisodiy  va  moliyaviy  samaradorligini 

oshirish_______________________________________________________64 

3.2.Fermer xo‘jaliklarini iqtisodiy samaradorligini oshirishda moddiy-texnika 

bazasi va ularni yanada mustahkamlash borasidagi asosiy yo‘nalishlar_____67 

Xulosa ___________________________________________________74 

Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati_____________________________77 


 

Kirish 



Mavzuning  dolzarbligi.  Mamlakatimiz  mustaqilligining  ilk  kunlaridanoq 

o‘zining  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  strategiyasi  va  taktikasini  ishlab  chiqib, 

taraqqiyotning  o‘ziga  xos  va  o‘ziga  mos  ―o‘zbek  modeli‖ni  tanladi.  Mazkur 

modelning  mohiyatiga  ko‘ra  O‘zbekistonda  ijtimoiy  yo‘naltirilgan,  zamonaviy  va 

ochiq  bozor  iqtisodiyotini  bosqichma-bosqich  shakllantirish  bosh  vazifa  qilib 

belgilangan.  Ushbu  vazifani  hal  etish,  bir  tomondan,  oldingi  iqtisodiy  tizimdan 

meros  bo‘lib  qolgan  iqtisodiyotdagi  bir  yoqlama  rivojlanishga  barham  berish  va 

uzilgan  xo‘jalik  aloqalarini  tiklash,  ikkinchi  tomondan  esa  xalq  xo‘jaligining 

tarmoq,  soha  va  bo‘limlarida  iqtisodiy  nisbatlarni  oqilona  tashkil  etishni  taqozo 

etadi. 


Mustaqillik  yillarida  davlatning  mulkka  nisbatan  ikkihokimligiga  barham 

berish  asosida  mulkiy  munosabatlar  tubdan  isloh  qilishdi,  ularning  turli  shakllari 

iqtisodiyotga  joriy  etildi  va  mulkdorlar  sinfi  shakllana  boshladi.  Iqtisodiyotda 

tarkibiy  o‘zgarishlarni  amalga  oshirish  natijasida  ishlab  chiqarishning  bir 

tomonlama,  ya‘ni  xomashyo,  oraliq  mahsulotlar  ishlab  chiqarishni  kamaytirish, 

to‘laqonli  milliy  iqtisodiyotni  barpo  etishga  asos  solishdi.  Shu  sharoitda  mulkni 

davlat  tasarrufidan  chiqarish  turli  xil  mulk  egalarini  paydo  bo‘lishiga  keng  yo‘l 

ochib berdi. 

Mulkni 

davlat 


tasarrufidan 

chiqarish 

va 

xususiylashtirish 



bozor 

iqtisodiyotining  muhim  shartlaridan  biri  bo‘lib,  u  xo‘jalik  yuritish  va  turli 

shakldagi  mulkchilikning  samarali  faoliyat  ko‘rsatishiga  sharoit  yaratadi,  ko‘p 

ukladli  iqtisodiyotni  va  erkin  tovar  ishlab  chiqaruvchilarni  vujudga  keltiradi. 

Bunda  ishlovchilar  bevosita  ishlab  chiqarish  vositasi  bilan  qaytadan  qo‘shiladi, 

inson  faolligi  kuchayadi,  xo‘jasizlik,  talon—tarojlikka  barham  berishga,  ishlab 

chiqarish samaradorligini oshirishga va mehnatkashlar hayotining ijtimoiy shart — 

sharoitlarini yaxshilashga erishiladi. 

Mustaqil  Respublikamiz  qishloq  xo‘jaligida  tadbirkorlikni  rivojlantirishda 

fermer  xo‘jaliklarining  ahamiyati  katta.  Fermer  xo‘jaliklari  agrar  tarmoqda  ishlab 

chiqarish 

tuzulmalarini 

shakli 

bo‘lib, 


ularning 

huquqiy 


asoslari 

 

mustahkamlanmoqda.  Fermer  xo‘jaliklarida  mulkny  xususiylashtirishning  eng 



samarali shakli amalga oshirilib, xo‘jalikda o‘zining mulkiga nisbatan to‘la egalik 

hissi  paydo  bo‘lishiga  asos  solindi.  Tashkil  etilgan  fermer  xo‘jaliklarini,  eng 

avvalo,  qishloq  xo‘jaligining  asosiy  vositasi  xisoblanadigan  erdan  unumli 

foydalanishga  olib  keldi,  chunki  fermerlarga  er  uzoq  yillar  davomida  ijaraga 

beriladi.  Bunda  fermer  o‘zining  daromad  manbai  bo‘lgan  erdan  unumli 

foydalanishga,  tuproq  unumdorligini  oshirishga,  erlarni  ikkinchi  darajali  ishlarga 

sarf etmaslikka harakat qiladi

1



Bu  o‘rinda  Prezidentimiz  I.A.  Karimov  shunday  ta‘kidlagan:  «  Bugungi 

fermer  xo‘jaliklari  samarali  faoliyat  yuritish  uchun  o‘z  ixtiyorida  ijara  asosidagi 

etarlicha ekin maydonlariga ega bo‘lgan, yuksak samarali zamonaviy texnika bilan 

ta‘minlangan, ilg‘or texnologiyalarni puxta egallagan yirik xo‘jaliklardir. Muxtasar 

aytganda, ular qishloqlarimizning tayanch ustunidir. 

 Ko‘p  tarmoqli  fermer  xo‘jaliklari  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlari  etishtirish 

bilan  birga,  ularni  chuqur  qayta  ishlash,  qurilish  ishlarini  amalga  oshirish  va 

qishloq  aholisiga  xizmat  ko‘rsatish  kabi  yo‘nalishlarda  samarali  faoliyat 

ko‘rsatmoqda  va  o‘z  istiqbolini  topmoqda.  Bugungi  kunda  mamlakatimizda 

bunday 


fermer 

xo‘jaliklarining 

soni 

18 


mingdan 

ziyodni 


tashkil 

etmoqda.Yurtimizda  qishloq  xo‘jaligini  rivojlantirishning  kelajagi  haqida 

gapirganda,  er  va  suv  resurslari  bo‘yicha  imkoniyatlarimiz  cheklanganini  hisobga 

olib,  bu  borada  yagona  to‘g‘ri  yo‘l  –  qishloq  xo‘jaligini  intensiv  asosda 

rivojlantirish,  erlarning  meliorativ  holatini  tubdan  yaxshilash,  selektsiya  ishlarini 

chuqurlashtirish,  yuksak  samarali  zamonaviy  agrotexnologiyalarni  joriy  etish  va 

suvdan  oqilona  foydalanish,  eng  muhimi  –  dehqon  va  fermerlarning  dardi  bilan 

yashash,  desam,  o‘ylaymanki,  barchangiz  mening  fikrimga  qo‘shilasiz»

2

deb 


ta‘kidlaydi  

                                           

 

1

 I.Karimov. Qishloє xo‘jiligi taraqqiyoti – to‘kin hayot manbai. – T.: ―O‘zbekiston‖, 1998 y. 



2

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy 



rivojlantirish  yakunlari  va  2014  yilga  mo‘ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor 

yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruzasi T.: Xalq so‘zi. 2014 yil 20 

yanvar‘.

 


 

Shuni  alohida  qayd  etib  o‘tish  lozimki,  hozirgi  kunda  butun  dunyoda  erdan 



maksimum  darajada  foydalanilmayapti.  Ma‘lumotlar  shundan  dalolat  beradiki 

AQSh  da  va  rivojlangan  evropa  davlatlarida  erlarning  imkoniyatlarini  75—80% 

dan,  Sobiq  Ittifoqda  45—50%,  O‘zbekistonda  50—60%  dan  foydalanilmoqda. 

Buning  ustiga  aholi  jon  boshiga  to‘јri  kelgan  maydon  toboro  kamayib  bormoqda 

va  hozirgi  kunda  0,20  ga  dan  oshmaydi.  Aholi  bo‘lsa  toboro  ortib  borayapti  va 

qishloq  xo‘jaligi  mahsulotiga  bo‘lgan  talab  bir  muncha  ko‘payyapti.  Shu  boisdan 

ham  Respublikamiz  erlarini  unumdorligini  va  fermerlar  smaradoligini  2—2,5 

martaga oshirish lozim. 

Bu  muhim  vazifani  bajarish  uchun  qator  texnologik  va  tashkiliy  tadbirlarni 

amalga  oshirish  lozim.  Bular  ichida  eng  muhimi  erni  o‘z  egasiga  topshirish 

xisoblanadi.  Bu  sohada  erishilgan  yutuqlarga  qaramasdan  fermer  xo‘jaliklarini 

boshqaruv  tizimi  nazariy  tomonlarini  o‘rganishni  va  fermer  xo‘jaliklarining 

iqtisodiy  smaradorligini  oshirishni  taqozo  qiladi  hamda  ushbu  bitiruv  malakaviy 

ishi mavzusining dolzarbligini belgilab beradi. 



Bitiruv  malakaviy  ishining  maqsadi  va  vazifalari.  Hozirgi  iqtisodiyotni 

modernizatsiyalash sharoitida fermer xo‘jaliklarini har tomonlama rivojlantirish va 

iqtisodiy  samaradorligini  oshirishda  boshqaruvning  o‘rni  nihoyatda  kattadir. 

Mazkur bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy 

samaradorligini  oshirish  bo‘yicha  amaliy  taklif  va  ko‘rsatmalar  ishlab  chiqishdan 

iborat.  Ushbu  maqsaddan  kelib  chiqqan  holda  bitiruv  malakaviy  ishi  oldiga 

qo‘yidagi vazifalar qo‘yilgan: 

 

fermer  xo‘jaliklarning  ijtimoiy-iqtisodiy  moxiyati,  ahamiyati  va 



ularning ixtisoslashuvi masalalarini ko‘rsatib o‘tish; 

 

fermer xo‘jaliklari boshqaruvi va uni samaradorligi taxlil qilish; 



 

fermer xo‘jaliklarini boshqarishni takomillashtirish; 

 

fermer  xo‘jaliklariga  xizmat  ko‘satadigan  moddiy-texnika  ta‘minoti 



boshqarishni chet el tajribasi asosida tashkil etish; 

                                                                                                                                        

 


 

 



bozor  sub‘ektlarining  fermer  xo‘jaliklari  bilan  iqtisodiy  aloqalarini 

muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirish 

 

fermer xo‘jaliklarning iqtisodiy va moliyaviy samaradorligini oshirish; 



 

fermer xo‘jaliklarining rivojlanish istiqbollarini yoritib berish. 



Bitiruv malakaviy ob’ekti. Ishning ob‘ekti bo‘lib Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi elliqqa‘la tumanidagi ―Asem‖ fermer xo‘jaligi olingan. 



Bitiruv  malakaviy  ishining  tarkibi.  Bitiruv  malakaviy  ishi  kirish,  uch  bob, 

xulosa va foydalanilgan adabayotlar ruyxati. 

 Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsadi va 

vazifalari, ob‘ekti va tarkibi berilgan. 

Bitiruv  ―Fermer  xo‘jaliklarini  tashkil  etish  va  boshqarishning  nazariy 

qoidalari‖  bozor  munosabatlariga  o‘tish  sharoitida  fermer  xo‘jaliklarini  tutgan 

o‘rni,  fermer  xo‘jalik  faoliyatini  boshqarishning  tashkiliy-tarkibiy  yo‘nalishlari, 

davlatimizda  dehqon  va  fermer  xo‗jaliklari  ularni  rivojlantirish  yo‘nalishlari 

o‘rganilgan. 

―Iqtisodiyotini  modernizatsiyalash  sharoitida  fermer  xo‘jaliklari  faoliyati 

iqtisodiy  samaradorligining  tahlili‖  deb  nomlangan  ikkinchi  bobda  fermer 

xo‗jaliklarning faoliyat iqtisodiy samaradorligini o‗stirishda qishloq infratuzilmasi 

rolini  oshirish,  fermer  xo‘jaliklari  ishlab  chiqarish  xarajatlari  va  natijalari  tahlili, 

bozor 


sub‘ektlarining 

fermer 


xo‘jaliklari 

bilan 


iqtisodiy 

aloqalarini 

muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilingan. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  «Fermer  xo‘jaliklarni  iqtisodiy  samaradorligini 

oshirishni  takomillashtirish  yo‘llari»  deb  nomlangan  uchunchi  bobda  fermer 

xo‘jaliklarning  iqtisodiy  va  moliyaviy  samaradorligini  oshirish,  fermer 

xo‘jaliklarini iqtisodiy samaradorligini oshirishda moddiy-texnika bazasi va ularni 

yanada mustahkamlash borasidagi asosiy yo‘nalishlari belgilangan. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  xulosa  qismida  tanglab  olingan  mavzu  bo‘yicha 

takliflar berilgan. 

 


 

I Bob. Fermer xo’jaliklarini tashkil etish va boshqarishning nazariy 



qoidalari 

1.1.  Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida fermer xo’jaliklarini tutgan 

o’rni 

 

Bozor iqtisodiyotining yashovchan va istiqbolli bo‘lishi sabablaridan biri — 



uning  inson  ezgu  niyatlarini  amalga  oshira  olishidadir.  Insonlar  butun  hayoti 

davomida o‘zining turli mahsulotlarga bo‘lgan talablarini qondirish uchun harakat 

qiladi va turli xildagi mehnatni tashkil etish shakllaridan foydalanadi. 

Mustaqil  Respublikamizda  bugungi  kunda  qishloq  xo‘jaligini  islox  qilish 

ulkan  siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  bo‘lib,  qishloq  xo‘jaligida 

bozor  isloxotlarini  keskin  chuqurlashtirish  muammosi  echilayotgan  bir  davrda, 

qishloq xo‘jaligida tadbirkorlikni rivojlantirishda fermer xo‘jaliklarining ahamiyati 

juda  kattadir.  Fermer  xo‘jaliklari  agrar  tarmoqda  ishlab  chiqarish  tuzulmalarining 

shakli  bo‘lib,  ularni  huquqiy  asoslari  mustahkamlanmoqda.  Fermer  xo‘jaliklarida 

mulkni  xususiylashtirishning  eng  samarali  shakli  amalga  oshirilib,  xo‘jalikda 

o‘zining  mulkiga  nisbatan  to‘la  egalik  xissi  paydo  bo‘lishiga  asos  solindi.  Jahon 

tajribasiga ko‘ra, qishloq joylarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, xom ashyo va 

qishloq  xo‘jaligi  resurslarini  qayta  ishlash,  zamonaviy  o‘rash—joylash 

materiallaridan  foydalanish  jahon  bozorida  O‘zbekistondagi  kichik  qishloq 

korxonalari mahsulotlarining yuqori darajada raqobatbardoshligini ta‘minlay oladi. 

Shu 


maqsadda 

respublikamizda 

fermer 

xo‘jaliklarini 



shakllantirish 

va 


rivojlantirishni  ta‘minlovchi  zaruriy  huquqiy  asos  yaratilgan.  Amaldagi 

qonunchilik  xujjatlarida,  Respublika  Prezidentining  farmonlarida,  hukumat 

qarorlarida  fermer  xo‘jaliklardan  soliq  olish,  ularga  moliyaviy  yordam  ko‘rsatish 

borasida  imtiyozlar  berish,  imtiyozli  kreditlar  ajratish,  biznesni  tashkil  etishda 

ularni  moddiy  texnika  va  xom—ashyo  resurslari  bilan  ta‘minlash  borasida 

ko‘maklashish nazarda tutilgan. 

Hozirgi  sharoitda  eng  muhim  vazifalardan  biri  qabul  qilingan  qonun 

normalarini fermer xo‘jaligi faoliyatida samarali qo‘llashdan iboratdir. Shu sababli 



10 

 

fermerlarning  huquqiymadaniyatini  oshirishni  taqozo  etayapti.  O‘zbekiston 



Konstitutsiyasining  53—  moddasida  ta‘kidlanganidek,  xususiy  mulk  boshqa 

mulklar  qatori  dahlsiz  va  davlat  himoyasidadir.  Ushbu  berilgan  kafolat  tufayli 

mamlakatimizda  mulk  davlat  tasarrufidan  chiqarilib,  bosqichma—bosqich 

xususiylashtirilmoqda.  Bunda  shu  narsaga  alohida  ahamiyat  berish  lozimki,  o‘z 

fikriga  ega  bo‘lgan  mustaqil  ishbilarmon  fuqarolar  har  doim  boy  —  badavlat 

yashagan. Faqat mulk egasi bo‘lgan tadbirkorgina ham o‘zini, ham davlat boyligini 

oshirgan.  Chunki  xususiy  mulkchilikda  kishilarning  intilishi  va  qiziqishi  aniq 

maqsadga  yo‘naltiriladi.  Mulk  egasi  bo‘lish  va  uni  ko‘paytirish  degan  so‘z,  eng 

avvalo, ishbilarmonlik bilan bog‘liq, lekin bu mulk davlat tomonidan boshqarilishi 

lozim.  Aks holda qilinayotgan  tadbirlar to‘la  natija  bermasligi mumkin.  Aytaylik, 

mulkdor  16  soatlab  ishlasa—yu,  buning  natijasida  olgan  daromadi  faqat  o‘zining 

ehtiyojlariga  sarflasa,  u  ishlab  chiqarishni  kengaytirish  uchun  mablag‘  ajratmasa, 

unda ko‘zlagan maqsadga erishib bo‘lmaydi. 

O‘zbekiston  Respublikasining  «Fermer  xo‘jaliklari  to‘g‘risida»gi  qonunida 

fermer  xo‘jaligiga  shunday  ta‘rif  berilgan:  «Fermer  xo‘jaligi  —  o‘ziga  uzoq 

muddatli  ijaraga  berilgan  er  uchastkalaridan  foydalangan  holda  tovar  qishloq 

xo‘jaligi  ishlab  chiqarishini  yurituvchi  fermer  xo‘jaligi  a‘zolarining  birgalikda 

faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo‘jalik yurituvchi 

sub‘ektdir». 

Fermer xo‘jaliklarini tashkil qilish, ularning faoliyatini qayta tashkil etilishi 

va  tugatilishi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  munosabatlar  O‘zbekiston  Respublikasining 

«Fermer  xo‘jaligi  to‘g‘risida»gi  qonuni  hamda  boshqa  qonun  xujjatlar  bilan 

tartibga  solinadi.  Basharti,  O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomasida 

fermer  xo‘jaligi  to‘g‘risidagi  O‘zbekiston  Respublikasining  qonun  xujjatlarida 

nazarda  tutilganidan  boshqacha  qoidalar  belgilangan  bo‘lsa,  xalkaro  shartnoma 

qoidalari  qo‘llaniladi.  Fermer  xo‘jaligi  tanlovasosida  ko‘proq  mehnat  resurslari 

ortiqchaligi sezilmayotgan erlarda va xududlarda, quyidagi shartlarga rioya etilgan 

xolda tashkil qilinadi: 



11 

 

   chorvachilik  mahsuloti  etishtirishga  ixtisoslashtirilgan  fermer  xo‘jaligi 



kamida  30  shartli  bosh  chorva  moli  bo‘lgan  taqdirda  tashkil  etiladi.  Fermer 

xo‘jaligiga beriladigan er uchastkalarini eng kam o‘lchami bir shartli bosh chorva 

molga  xisoblaganda  Andijon,  Namangan,  Farg‘ona,  Toshkent,  Samarqand  va 

Xorazm  viloyatlardagi  sug‘oriladigan  erlarda  kamida  0,3  ga,  Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi  va  boshqa  viloyatlardagi  sug‘oriladigan  erlarda  —  0,45  ga, 

sug‘orilmaydigan (lalmikor) erlarda esa kamida 2 ga ni tashkil etadi; 

  dehqonchilik  mahsulotini  etishtirishga  ixtisoslashgan  fermer  xo‘jaliklariga 

ijaraga  beriladigan  er  uchastkalarini  eng  kam  o‘lchami  paxtachilik  va  g‘allachilik 

uchun kamida 10 ga, bog‘dorchilik, o‘zumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar 

etishtirish uchun kamida 1 gani tashkil etadi. 

Mustaqil  respublikamiz  qishloq  xo‘jaligida  tadbirkorlikni  rivojlantirishda 

fermer xo‘jaliklarining ahamiyati katta. Fermer xo‘jaliklarini agrar tarmoqda ishlab 

chiqarish 

tuzilmalarining 

shakli 

bo‘lib, 


ularning 

huquqiy 


asoslari 

mustahkamlanmoqda.  Fermer  xo‘jaliklarida  mulkni  xo‘susiylashtirishning  eng 

samarali  shakli  amalga  oshirilib,  xo‘jalikda  o‘zining  mulkka  nisbatan  to‘la 

xo‘jayinlik hissi paydo bo‘lishiga asos solindi. 

 Hozirgi  sharoitda  eng  muhim  vazifalardan  biri  qabul  qilingan  qonun 

normalarini  fermer  xo‘jiligi  faoliyatida  samarali  qo‘llashdan  iboratdir.  Buni  biz 

fermer  xo‘jaliklarining  qishloq  xo‘jaligidagi  o‘rni  qay  darajada  yuqori  ekanligida 

ko‘rishimiz mumkin. 

O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 29-avgustdagi qabul qilingan ―Fermer 

xo‘jaligi  to‘g‘risida‖gi  Qonunning  1-bandida  ―Fermer  xo‘jaligi  o‘ziga  uzoq 

muddatli  ijaraga  berilgan  er  uchastkalaridan  foydalangan  holda  tovar  qishloq 

xo‘jaligi  ishlab  chiqarishi  bilan  shug‘ullanuvchi  fermer  xo‘jaligi  a‘zolarining 

birgalikdagi  faoliyatiga  asoslangan,  yuridik  shaxs 

4   


huquqlariga  ega  mustaqil 

xo‘jalik yuritish sub‘ektidir‖,-deb belgilab berilgan. 

Fermer xo‘jaligi uni tuzayotgan a‘zolar xohishiga ko‘ra ixtiyoriy tashkil etilib, 

o‘z  ishlab  chiqarishini  belgilangan  qonunchilik  doirasida  yuqori  foyda  olishni 



12 

 

ko‘zlab  tashkil  etadi  va  ishlab  chiqarishning  qonun  bilan  ta‘qiqlanmagan  har 



qanday turi bilan shug‘ullanishga haqlidir. 

Fermer  xo‘jaligining  iqtisodiy  negizini  ishlab  chiqarish  vositalariga  (er 

bundan  mustasno)  va  o‘z  mehnati  natijalariga  mulkiy  egalik  tashkil  etadi    va  u 

tadbirkorlik  erkinligi,  oila  hamda  shaxsning  o‘z  moddiy  farovonligi      yo‘lida 

mehnat  qilishiga  tayanadi.  Mustaqil  xo‘jalik  yuritish  sub‘ekti      sifatida  u 

mulkchilikning  boshqa  shakllaridagi  xo‘jaliklar  bilan  teng    huquqlarga  ega  ishlab 

chiqarish birligi hisoblanadi. 


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish