Fermer xo’jaliklar moliyaviy samaradorligini tahlili.
Tadqiqotni aniq bir fermer misolida ham tahlil qildik. «Asem» fermer
xo‘jaligi misolida olib boramiz. 1998 yil 4-martda Ellika‘la tumanidagi «Ulug‘bek
nomli dehqon fermer xo‘jaliklar uyushmasi hududida tashkil qilindi. 17 gektar erni
ijaraga berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. «Asem» fermer xo‘jaligi rahbari
Saidov Umid deb tayinlandi.
Fermer xo‘jalikning maqsadi vazifalari qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtirish
asosida daromad, foyda olish, aholini oziq-ovqat bilan ta‘minlash hamda o‘z
a‘zolarini ijtimoiy va iqtisodiy extiyojlarini qondirishdir.
Shu fermer xo‘jalikni yuritishda moliyaviy hujjatlarni qanday yuritilishi
haqida fikr yuritamiz.
Fermer xo‘jaliklar olib boradigan moliyaviy hujjatlarni yuritilishida fermer
xo‘jaligi shu xo‘jalik boshlig‘i tomonidan tashkil etiladi, u fermer xo‘jaligiga
tegishlicha alohida mol-mulk ajratib beradi va ustavini tasdiqlaydi.
Fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun uning boshlig‘i belgilangan tartibda er
uchastkasi olishi kerak.
Fermer xo‘jaligini davlat ro‘yxatiga olishda belgilangan tartibda Davlat
ro‘yxatiga olingan paytdan e‘tiboran tashkil etilgan deb hisoblanadi. Fermer
xo‘jaligi vakolatli organ tomonidan davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin yuridik
shaxs maqomini oladi, shundan so‘ng xo‘jalikning moliyaviy faoliyati boshlanidiki
61
birinchi o‘rinda, bank muassasasida hisob-kitob varag‘i va boshqa xil
hisobvaraqalar ochishga, o‘z nomi yozilgan muhrga bo‘lishga haqli.
Fermer xo‘jaligi tashkil etishning ushbu qonunida belgilangan tartibi
buzilgan yoki xo‘jalikning ustavi qonunga muvofiq bo‘lmagan taqdirda fermer
xo‘jaligini moliyaviy faoliyatini davlat ro‘yxatiga olish rad etilishi mumkin.
Davlat ro‘yxatga olish rad etilganligi, shuningdek ro‘yxatga olish
muddatlarining buzilganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Fermer xo‘jaligining moliyaviy faoliyatini boshlash uchun hujjatlar
yuritilishing namunaviy ustavi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi
tomonidan tasdiqlanadi. Fermer xo‘jaligining ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi
kerak:
- Fermer xo‘jaligining nomi;
- Fermer xo‘jaligining boshlig‘ining familiyasi, ismi, otasining ismi va
yashash joyi;
-
Fermer xo‘jaligining joylashgan eri to‘g‘risidagi ma‘lumotlar va
pochta manzili;
-
Fermer xo‘jaligining ixtisoslashuvi va faoliyatining asosiy turlari;
-
Ustav fondining miqdori.
Fermer xo‘jaligining ustavida qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa
qoidalar ham bo‘lishi mumkin.
Fermer xo‘jaligi moliyaviy hujjatlarini yuritishning asosi, pul muomalasini
yurtish hamda pul mablag‘larini saqlab turish va bu pul mablag‘larini erkin tasarruf
etish uchun bank muassasida hisob raqamlari ochish huquqiga ega. Fermer
xo‘jaligining hisob raqamidan mablag‘larni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
hisobdan chiqarish mumkin.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari, shu jumladan paxta va g‘alla hosili uchun
sarflangan barcha xarajatlar fermer xo‘jaligining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
62
sotishdan olingan daromadlari hisobiga qoplanadi.
Fermer xo‘jaliklari elektr–energiyasi, yonilg‘i-moylash materiallari, mineral
o‘g‘itlar etkazib beruvchilar va fermer xo‘jaliklariga xizmatlar ko‘rsatuvchilar
bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilishlari shart.
9-jadval
«Asem» Fermer xo’jaligining pul oqimlari to’g’risidagi ma’lumot
Fermer xo‘jaligining ishlab chiqarish va boshqa faoliyati natijasida olingan
daromad (foyda) soliqlar, yig‘imlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar
to‘langandan, elektr energiyasi, yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar,
o‘simliklarni kimyoviy himoyalash vositalari etkazib beruvchilar va xizmatlar
ko‘rsatuvchilar bilan o‘z vaqtida va to‘liq hisob-kitob qilingandan keyin butunlay
Ko’rsatkichlar nomi
satr
Chiqim
Kirim
Xaridorlardan kelib tushgan pul mablag‘lari
10
7326,6
Mol etkazib beruvchilarga to‘langan pul
mablag‘lar
11
6232,2
boshqa to‘lovlar
13
707
olingan dividentlar
22
1
to‘langan dividentlar
23
52,8
Daromad foydadan to‘langan soliq
30
34
boshqa to‘langan soliqlar
31
258,3
Aktsiya chiqarishdan kelib tushgan tushim
50
Uzoq va qisqa muddatli qarzlarning kelib
tushishi
51
7284,3
Pul va unga tenglashtirilgan mablag‘larning yil
boshgi holati
43
Jami:
7284,3
7370,6
63
fermer xo‘jaligining ixtiyoriga o‘tadi.
Fermer xo‘jaligiga etkazilgan zarar uning mol-mulki va qonun hujjatlarida
taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Biz 9-jadvalda «Asem» Fermer xo‘jaligining pul oqimlari to‘g‘risidagi
ma‘lumotni ko‘rib o‘tamiz.
Yagona er solig‘ini qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari),
fermer xo‘jaliklari, agrofermerlar shuningdek boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari
ishlab chiqaruvchilari to‘laydilar. Agarda bu toifadagi yuridik shaxslar boshqa
xo‘jalik faoliyati bilan shug‘illanishsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2002 yil 30–dekabrdagi №455 sonli qaroriga asosan 2003 yil
uchun qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari asosiy faoliyatidan tashqari
boshqa faoliyati turi bilan shug‘illanganda. U holda buxgalteriya hisob-kitoblarini
soha turlari bo‘yicha alohida qilib boradilar va belgilangan tartib barcha xildagi
soliqlarni to‘laydilar.
Soliqqa tortish ob‘ekti-qishloq xo‘jaligini yuritish uchun egalik qilishga,
foydalanishga yoki ijaraga berilgan er maydoniga yagona er solig‘iga tortish
ob‘ekti hisoblanadi.
Bulardan tashqari 2004 yil 1- yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligi
yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot va ilmiy muassasalarining tajriba, eksperiment va
o‘quv-tajriba xo‘jaliklari yagona er solig‘i to‘lashga o‘tkazilgan.
Quyidagi -jadvalda biz «Asem» fermer xo‘jaligining byudjetga to‘lanmalarini
tahlil qiladigan bo‘lsak,
64
10-jadval
«Asem» fermer xo’jaligining byudjetga to’lanmalarini taxlili (ming.so‘m)
Ko’rsatkichlar nomi
satr
hisoblanadi
to’lanadi
Yagona soliq miqdori
310
131
131
daromad solg‘i
310
61,2
boshqa soliqlar
320
0
0
Soliq qonunchi-ligini buzish
tufayli belgilangan
0
0
iqtisodiy ogohlantirish
330
0
0
Mahalliy byudjetga to‘lanmalar 340
0
0
Jadvaldan ko‘rib turganimizdek faqatgina yagona soliq miqdori 131 ming.
so‘mni tashkil qilayapti. Daromad solig‘i esa 61,2 ming.so‘mni tashkil qilayapti.
Deyarli boshqa to‘lanmalar bo‘lmagan.
Demak, bu fermer xo‘jaliklar uchun soliq imtiyozlarining ta‘siri.
Yagona er solig‘idan imtiyozlar va solig‘i solinmaydigan er uchastkalari
quyidagilar:
-
qishloq xo‘jalik aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi erlari;
-
ixota daraxtlari egallagan erlar;
-
sport inshoatlari, stadionlar, sport maydonlari, suzish havzalari.
Sport texnik turlari ob‘ektlari va boshqa jismoniy-tarbiya sog‘lomlashtirish
komplekslari band qilgan erlar;
-
yangi o‘zlashtirilayotgan erlar va meliorativ holatni yaxshilash
ishlari olib borilayotgan. sug‘orilayotgan erlar–loyihada nazarda tutilgan
muddatga, lekin ishlar boshlanganidan etiboran ko‘pi bilan 5 yilga;
-
maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash ob‘ektlari band qilgan erlar;
65
-
yangi o‘tqazilgan bog‘lar va tokzorlar band qilgan erlar, ular meva
bera boshlaydigan muddatgacha;
-
yangidan tut daraxtlari o‘tkazilgan erlar, 3 yillik muddatgacha;
-
aholi shaxsiy tomorqa va dala hovlilari uchun ajratilgan er
maydonlariga qishloq xo‘jalik korxonalari tomonidan soliq to‘lanmaydi.
Yagona er solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi
- yangi tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari,
shuningdek, fermer xo‘jaliklari davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab ikki yil
muddatga soliq kodeksining 102 moddasiga ko‘ra ozod qilinadi.
Soliq kodeksi va me‘yoriy hujjatlarga ko‘ra, yangidan tashkil etilgan fermer
xo‘jaliklari 2 yil davomida er solig‘i to‘lashdan ozod etiladilar. Fermer esa ana shu
muddat davomida iqtisod qilgan mablag‘ hisobiga ishlab chiqarishni
rivojlantirishda qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘ladi. Misol uchun aytaylik, fermer
40 gektar er maydonga ega. U har yili o‘rtacha 233,1 ming so‘mni er solig‘i uchun
to‘lashi lozim. Bu raqam ikki yil ichida 466,2 ming so‘mni tashkil etadi. Endilikda
u mablag‘dan qo‘shimcha ravishda texnika. Mineral o‘g‘itlar sotib olishi, ekin
maydonlari unimdorligini oshirishi, sug‘orish tarmoqlarini tartibga keltirishda
foydalaniladi. Natijada dehqonchilik madaniyati, hissadorlik oshib, rejalarning
bajarilishi sof foydaning ko‘tarilishi ta‘minlanadi.
66
III Bob. Fermer xo’jaliklarni iqtisodiy samaradorligini oshirishni
takomillashtirish yo’llari
3.1. Fermer xo’jaliklarning iqtisodiy va moliyaviy samaradorligini
oshirish.
Biz fermer xo‘jaliklarni iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun aniq fermer
xo‘jaligi ―Asem‖ fermer xo‘jaligi misolida ish olib boramiz. Xo‘jalikning
moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobotni -jadvaldan ko‘rishimiz mumkin.
Jadval 11
Asem fermer xo’jaligi moliyaviy natijalari to’g’risidagi hisobot (2013 yil.
Ming.so’m hisobida
)
Ko‘rsatkichlar
satr
kodi
O‘tgan yilning shu davri
Hisobot davri
daromadlar
(foyda)
Xarajat
lar zarar
Daromad
lar (foyda)
xarajatl
ar zarar
Mahsulot
sotishdan
tushum
10
5822,4
7541
mahsulot tan narxi
60
4977,3
6505
Sotish xarajatliri
80
Boshqa daromad va
xarajatlar
145
Soliq
to‘langunga
qadar
umumiy
moliyaviy
natija
170
Foyda solig‘i
180
Hisobot davridagi sof
foyda
190
845,1
1036
-jadvalni tahlil qiladigan bo‘lsak mahsulot sotishdan tushgan tushum 2013
67
yilda 5822,4 ming so‘mni tashkil qilayapti. Xarajatlar esa 4977,3 ming so‘mga
teng. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 845,1 ming so‘m daromadga to‘g‘ri
kelsa, hisobot davrida 1036 ming. so‘mga to‘g‘ri kelayapti.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida fermer xo‘jaliklar moliyaviy samaradorligini
oshirish asosan moliya resurslarini mulk egasining xo‘jalik va tijorat faoliyati
uchun zaruriy qismi asosida amalga oshiriladi. Mustaqillik yillarida fermerlar bir
qancha huquqlarga ega bo‘ldi, endilikda ular qanday mulk shaklida bo‘lishidan
qat‘iiy nazar mustaqil faoliyat yuritib foyda olmoqdalar. Fermalar o‘z ichki
imkoniyatlaridan foydalangan holda o‘zining barcha xarajatlarini qoplashga
harakat qilmoqda.
Biz tadqiqot olib borgan bitiruv malakaviy ishimizda quyidagi xulosalarni
bayon etishni lozim deb topdik:
1.Foyda olmayotgan fermalar faoliyatini davom ettirish ma‘lum bir
davrgacha davom etadi, ferma bunday holatda faoliyatini sog‘lomlashtirish uchun
chora-tadbirlar qo‘llay olmaydi, davlat tomonidan belgilangan holda byudjet bilan
munosabatlarni amalga oshirish faqat foyda olgan holda amalga oshadi;
2. ferma rentabelligi ferma foyda olgan holdagina yuzaga kelishi ishda
o‘rganildi va asoslab berishga harakat qilindi, hozirgi o‘tish davrida rentabelli
fermalar ham kam.
3.Hozirgi sharoitda ko‘pchilik fermalar faoliyati foyda va rentabellikka
erishishga bog‘liq hisoblanadi. Tadqiqotimizdagi ―Asem‖ fermer xo‘jaligi va uni
mol fermasi ham o‘z faoliyatida aktivlarni, shu jumladan zaxiralarni o‘sib borishi
kuzatildi.
4.Hozirgi davrda fermer xo‘jaliklar faoliyatini foyda olish bilan tugallanishi
yaxshi foyda beradi, lekin hamma fermalar ham foyda olavermaydi, fermalar o‘z
foydasini shakllantirishda birinchi navbatda ichki imkoniyatlariga alohida e‘tibor
berishi kerak. Ferma o‘z ishlab chiqarishini yaxshi yo‘lga qo‘ysa, ichki
68
zaxiralaridan maqsadli foydalansagina katta yutuqlarga erishadi;
5.ferma foydasini shakllantirish bilan birga hisob kitoblardan keyingi qolgan
bir qismini ferma rivojlantirish ko‘proq foyda keltirishga harakat qiladi.
6. Har bir Fermada o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun ma‘lum
miqdordagi ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqarishda qatnashmaydigan,
ya‘ni mehnat qiluvchilarga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish vositalariga, pul va
hokazolarga ega bo‘ladi.
7. Bu vositalar barchasi ferma mablag‘i hisoblanadi. Bu vositalar ishlab
chiqarishni olib borish uchun moddiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.
8. Fermalarning o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
moddiy vositalari va pul mablag‘lari ichida asosiy o‘rinni ishlab chiqarish
vositalari tutadi. Ular yordamida zarur moddiy ne‘matlar yaratiladi.
9.Tovar pul munosabatlari mavjud bo‘lgan sharoitda, ayniqsa, bozor
sharoitida fermaning ishlab chiqarish vositalari ham mahsulot shaklida, ham
qiymat shaklida namoyon bo‘ladi. U qanday shaklda bo‘lmasin, fermer xo‘jaliklar
ixtiyorida bo‘ladi, ishlab chiqarish va muomala jarayonlariga xizmat qiladigan
moddiy vositalar va pul mablag‘lari ularning ishlab chiqarish mablag‘larini
(kapital)tashkil etadi.
10.Ishlab chiqarish zapaslari arzon baholi va tez eskiruvchi predmetlar,
debitorlar, qisqa muddatli moliyaviy quyilmalarning aylanishi tovar oborotiga juda
kam bog‘liq. Tovar zapaslarining aylanuvchanligi esa bevosita tovar oborotiga
bog‘liq. Bu esa o‘z navbatida har bir aylanma mablag‘larning aylanuvchanligini
hisoblashga o‘zgacha yondoshishni talab qiladi va ularning samarasini oshirishning
imkoniyatini tezlashtiradi. Shuning uchun har bir aylanma mablag‘ning
aylanuvchanligini hisoblashga va uning ma‘lumotlarini umumlashga harakat
qiladi.
Biz xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Ferma moliyaviy
69
faravonligini ta‘minlashning tashqi va ichki omillarining eng muhim sharti uning
uzluksiz harakatda bo‘lishidir. Ishlab chiqaruvchilar bir vaqtning o‘zida ham ishlab
chiqarish vositalarini sotib oladilar, mahsulot ishlab chiqaradigan va uni
realizatsiya qilish bilan ham shug‘ullanadilar.
Shu jarayonlarda uzilish bo‘lmasligi kerak. Shunda Ferma ko‘p foyda olishi
mumkin va el farovonligiga erishish mumkin. Shuning uchun bu doiraviy aylanish
qanchalik tez bo‘lsa, shunchalik yaxshi hisoblanadi.
3.2.Fermer xo’jaliklarini iqtisodiy samaradorligini oshirishda moddiy-
texnika bazasi va ularni yanada mustahkamlash borasidagi asosiy
yo’nalishlar
Respublikamiz agrar sektorida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning
asosiy maqsadlaridan biri bu mustaqil faoliyat ko‘rsatish uchun mustahkam
huquqiy, iqtisodiy sharoit yaratish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, davlat
mulki monopoliyasiga barham berish, haqiqiy er egalarining ya‘ni mustaqil
xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar (shirkat, fermer va dehqon xo‘jaliklari) faoliyatini
barqaror rivojlantirish va ularni iqtisodiy samaradorligini oshirishda xizmat
ko‘rsatuvchi infratuzilmalar, xususan (veterinariya xizmati, bank, konsalting, lizing
xizmatlari, texnik servis va ta‘mirlash, birja xizmati, selektsiya urug‘chilik,
agrokimyo, transport xizmatlari va boshqa agroservislar xizmati) kabilarni tashkil
etish va bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida rivojlantirishni talab etmoqda.
Chunki, xizmat ko‘rsatuvchi sohalarni samarali tashkil etmasdan, agrar sohalar
bilan infratuzilmalar faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirmasdan turib turli mulkchilik
va xo‘jalik yuritish shakllarida faoliyat yurituvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini
jadal rivojlantirib bo‘lmaydi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta‘riflaganidek, ―Infratuzilma majmuasi-
iqtisodiyotimizning butun tizimi tayanadigan poydevordir. Respublika butun
iqtisodiy majmui ishining uyg‘unligi, uning samaradorligi shuningdek, chet-el
70
sarmoyalarini jalb qilish va o‘zlashtirish imkoniyati butunlay infratuzilma tizimi
rivojining holati va darajasiga bog‘liq‖.
Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika bazasi deyilganda moddiy boylik ishlab
chiqarish sharoitida bevosita band bo‘lgan mehnat vositalari va mehnat buyumlari
yig‘indisi tushuniladi.
Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika bazasi fan-texnika yangiliklaridan keng
ko‘lamda foydalanadigan, elektrlashgan yirik mashina ishlab chiqarishidir.
Masalan, dehqonchilikning moddiy-texnika bazasini tavsiflasak ham, ya‘ni uni
moddiy asosida, texnika asosida, traktorlar va mashinalarni dehqonchilikda
ko‘plab ishlatish, elektrlashtirishni ommaviy miqyosda amalga oshirish
asosidagina hal qilish mumkin.
Qishloq xo‘jaligining moddiy bazasi tarkibiga er resurslari, traktorlar,
mashinalar, mehnat qurollari va buyumlari, elektr jixozlari, yoqilg‘i va moylash
materiallari, ta‘mir texnikasi, ishlab chiqarish binolari, melioratsiya va yo‘l
inshootlari, aloqa vositalari, mahsuldor va ishchi hayvonlar, ko‘p yillik daraxtlar,
urug‘lik, ozuqa va hokazolar kiradi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari muvoffaqiyatli faoliyatining asosiy shartlaridan
biri ularni o‘z vaqtida barcha zaruriy vositalar va mehnat qurollari bilan
ta‘minlashdan iboratdir.
Fermer xo‘jaliklarining moddiy-texnika ta‘minotini rivojlantirishning asosiy
yo‘nalishlari:
Har bir qishloq xo‘jaligi zonasiga mos keladigan iqtisodiy jihatdan qulay
bo‘lgan texnika ishlab chiqarish va shu asosda ishlab chiqarishni kompleks
mexanizatsiyalashtirish;
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish vositalaridan keng ko‘lamda
foydalanish;
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida o‘g‘itlardan foydalanishni to‘g‘ri
tashkil etish va iqtisodiy jihatdan qulay bo‘lgan biologik vositalarga yondashish;
Ishlab chiqarish binolari va inshoatlari qurishni keng ko‘lamda avj oldirish
va qurilishni takomillashtirish;
71
erlarning melioratsiya holatini yaxshilash va qishloq xo‘jaligini suv bilan
to‘la ta‘minlanishiga erishish, ya‘ni erlarga mahalliy o‘g‘itlar solish hamda
sug‘orishni ilg‘or texnologiyalarini qo‘llash;
Chorvachilik fermalarini mahsuldor zotli hayvonlar bilan ta‘minlash va
elektrlashtirish darajasini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini kasalliklarga
bardosh bera oladigan yuqori hajmli, tez pishar urug‘ navlarini yaratish va ishlab
chiqarishga joriy etish;
Xizmat
ko‘rsatuvchi
korxonalarning
moddiy-texnika
bazasini
mustahkamlash.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarini moddiy–texnik jihatdan takomillashtirish
quyidagi asosiy tadbirlarni qamrab oladi:
- xo‘jalikning ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan extiyojini aniqlash;
- ular uchun asosiy talabnomalarni tuzish va taqdim etish, talabnomalarni
ta‘minot tashkilotlari, tayyorlovchi zavodlar hamda moddiy–texnik resurslarni
etkazib beruvchilarga o‘z vaqtida topshirish;
- ishlab chiqarish vositalarini etkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzish va
bu shartnomalarni o‘z vaqtida muvoffaqiyatli bajarish.
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligini moddiy-texnika resurslari bilan ta‘minlash
tizimi o‘ta markazlashtirilib yuborilgan va bunda davlat monopoliyasi saqlanib
kelmoqda. Bozor sub‘ektlari, ya‘ni birjalar, auktsionlar va boshqa savdo tizimi
korxonalarining bozor munosabatlari talablari asosida faoliyat yuritishini
ta‘minlash, birinchi darajali vazifalardan hisoblanadi.
72
2-rasm.
Qishloq xo‘jaligidagi moddiy-texnika ta‘minotining amaldagi tizimi
xo‘jaliklar talabnomalari bo‘yicha shartnomalar ta‘minotining sanoat tashkilotlari,
vositachilar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi korxonalari bevosita ishlab chiqarish
vositalarini tayyorlovchi korxonalardan realizatsiya qilish hamda foydalanish
uchun oladilar.
Qishloq xo‘jalik korxonalari va agrota‘minot tashkilotlari-ning o‘zaro
munosabatlari har yili etkazib berish haqidagi shartnomalar asosida o‘rnatilishi va
bu hujjatda etkazib beriladigan ishlab chiqarish vositalarining nomlari,
materiallarning sifatliligi va yaxshi navligi, baholari, pul yoki natura shakli bilan
to‘lov shartlari, xaridorning to‘lov va pochta rekvizitlari, vositalarni etkazib berish
muddatlari va boshqa zaruriy moddalar aniq ko‘rsatilishi talab qilinadi.
Resurs ishlab chiqaruvchilar
Do'stlaringiz bilan baham: |