1.2. Fermer xo’jalik faoliyatini boshqarishning tashkiliy-tarkibiy
yo’nalishlari
Xo‘jalik faoliyatining bozor sharoitiga moslashib turishida menejment katta
ahamiyatga ega. Keng ma‘noda menejment maxsus boshqarish faoliyatini bildiradi.
Menejment — xo‘jalikning ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyatini
boshqarish bo‘lib, xo‘jalik jamoasining guruhiy mnfaatiga xizmat qiladi.
Menejment yoki boshqarishning ob‘ekti korxona faoliyati, uning sub‘ekti esa
boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning xodimlaridir. Xo‘jalikni
boshqarish—menejerlarning kasbiy faoliyati xisoblanadi.
Menejerlar maxsus tayyorgarlik ko‘rgan, boshqarishning sir —asrorlari,
qonun—qoidalarini
chuqur
biluvchi
malakali
mutaxassislar—yollanma
boshqaruvchilar bo‘lib, aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil etadi.
Menejment ishi — korxona faoliyatiga tegishli qarorlar qabul qilish va uning
ishini tashkil etishdan iborat va yuqori, o‘rta va quyi pog‘onalardan tashkil topadi.
Yuqori pog‘onadagi menejment firma istiqbolini belgilash, uning kelajagi
uchun ahamiyatli chora — tadbirlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Bir so‘z
bilan aytganda, xo‘jalik strategiyasini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi. Bu
ishni oliy martabali menejerlar bajaradilar.
O‘rta pog‘onadagi menejment firma faoliyatining ayrim tomonlarini
chunonchi, ishlab chiqarish tovarlarni sotish, narx belgilash, moliya faoliyati, yangi
tovarlarni o‘zlashtirish, texnologiyani qo‘llash, mehnatni tashkil etish kabilarni
boshqarish bilan shug‘ullanadi. Bu ishni o‘rta toifadagi menejerlar bajaradilar.
Quyi pog‘onadagi menejment quyi bo‘g‘inda, masalan, tsex bo‘lim, brigada
doirasida ishni tashkil etish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlarining
bajarilishini boshqarib boradi. Bu ishni quyi toifadagi menejerlar bajaradilar.
27
Menejment umumiy va funktsional menejmentga bo‘linadi. Umumiy
menejment firma faoliyatining hamma tomonlarini o‘zaro moslashtirib, foydani
maksimumlashtirishdan iborat maqsadga xizmat qiladi. Funktsional menejment
firma faoliyatining ayrim jihatlarini boshqarish bo‘lib unga ishlab chiqarish,
savdo—sotiq, moliya, ishchi — xizmatchilar mehnatini boshqarish kabilar kiradi.
Umumiy menejment doirasida firmaning maqsadi, unga erishish vositalari,
qaysi bozorga kirib borish, bozorda qanday harakat qilish, pulni qaysi ishlarga
sarflash yoki sarflamaslik masalasi hal qilinadi. Funktsional menejmentda esa
belgilangan maqsadga erishish uchun firmaning turli bo‘g‘inlari bir—biriga mos
ishlashi ta‘minlanadi, moddiy mehnat va moliya resurslarining samarali sarflanishi
hal qilinadi. Funktsional menejment tarkibida moliyaviy menejment alohida o‘rin
tutadi va moliyaviy resurslar (pul) ga talabni aniqlash, kerakli pulni topish, uni
samarali ishlatish vazifalarini hal etadi.
Firmaning moliyaviy holati foyda miqdori va manbai, qancha pul qarzi
borligi, likvidliligi, ya‘ni o‘z pul majburiyatlarini to‘lay olish quvvatiga qarab
aniqlanadi. Menejment yaxshi yo‘lga qo‘yilsa xatar kam bo‘ladi, firma boyib
boradi. Funktsional menejmentga marketing ishi ham kiradi.
Marketing firmani bozor bilan bog‘lash demakdir. Umumiy va funktsional
menejmentning yaxlitligi har bir firmaning menejment tizimini tashkil etadi.
Menejment ishida boshqarishning uch usuli qo‘llaniladi. Iqtisodiy usulda
kutilgan maqsadlarga erishish iqtisodiy vositlar yordamida amalga oshiriladi. Bu
usulda kishilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali
ularning samarali ishlashi ta‘minlanadi. Shu maqsadda qo‘shimcha ish xaqi
to‘lash, orqali olib boriladi. Ijtimoiy — psixologik usul ijtimoiy—ma‘naviy
vaziyatga ta‘ir etish orqali, kishilarning fe‘l atvori, ruhiyatini xisobga olib, ularning
ijtimoiy (sotsial) talabini qondirish orqali boshqarishni bildiradi.
Menejment ishi ichki va tashqi axborotga asoslanadi. Ichki axborot korxona
va uning ayrim butinlarining ishiga oid ma‘lumotlar, tashqi axborot bozorning
ahvoli, bozordagi o‘zgarishlar, raqiblar, sheriklar va mijozlarning xatti —
harakatiga tegishli ma‘lumotlaridan iborat bo‘ladi. Axborot umumlashtiriladi, unga
28
tayangan holda boshqarishga oid qarorlar qabul qilinadi, harakatlar amalga
oshiriladi. Menejment ishi ham sarf — xarajatlar talab etadi. Uning samarasini
aniqlash uchun olingan natijalar (foyda) menejmentga qilingan sarflarga
taqqoslanadi:
F
Sm q ———
Wm
Bunda Sm — menejment samarasi
F —qo‘shimcha olingan foyda
Wm —qo‘shimcha menejment xarajatlari,
Keltirilgan formula vositasi qo‘shimcha menejment sarfi firma uchun nima
berganligi aniqlanadi. Menejerlarga menejment samarasiga qarab haq to‘lanadi.
Shu sababli, masalan, AQSh da menejerlarning bir yillik daromadi 50 ming
dollardan 3 mln. dollargacha boradi. Menejment o‘ta muhim va mas‘uliyatli ish
bo‘lib, firmaning taqdiri menejment xizmatiga bog‘liq. Shu sababli yaxshi
menejerlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirishga pulni ayamaslik hozirgi
zamon tadbirkorligining talabi hisoblanadi.
Hozirgi davrda boshqaruvning tashkiliy tarkibini isloh qilishni quyidagi
yo‘nalishlarni alohida ajratish mumkin:
1. Boshqaruv tamoyillarini tubdan o‘zgartirish.
2. Boshqaruv apparatini muvofiqlashtirish.
3. Boshqaruv vazifalarini aniq belgilash.
4. Xo‘jalik faoliyati maqsadini dasturlash.
Boshqaruvning tamoyillari strategik ustunliklarga erishish uchun har bir
tarkibiy bo‘limalar faoliyatini erkinlashtirish va quyidagi faollikni kuchaytirish,
ya‘ni boshqaruvning markazlashgan va markazlashmagan darajalari o‘rtasidagi
nisbatni o‘zgartirish hamda quyi bo‘linmalarning o‘zaro aloqalarni kuchaytirish
kerak. Bunda boshqaruvni demoqratiyalashtirishga asosiy e‘tiborni qaratish kerak.
Boshqaruvning tashkiliy tarkibi resurslarni eng ilg‘or yo‘nalishlarda ishlatilishini
ta‘minlashi, doimiy ravishda ilmiy — texnikaviy tadqikqtlarga asoslangan holda
29
faoliyatni tashkil etishiga ko‘mak berishi maqsadga muvofiqdir. Bir ixtisosdagi
mutaxassislar faoliyatini bir maqsadga qaratilishi muhim xisoblanadi.
Boshqaruv apparatini muvofiqlashtirishda bo‘linmalarni guruhlarga ajratish
va ular bajarayotgan ishlar ko‘lamini aniq belgilash hamda vakolati va
javobgarliklarini to‘g‘ri taqsimlash va shunga o‘xshash tadbirlarni bajarilishiga
e‘tibor berilishi kerak. Har bir tarkibiy bo‘linmalarini tashabbusini qo‘llab —
quvvatlash, zaruriy hollarda ularga alohida moliyaviy yordamlar ko‘rsatishni
tashkil etish, ilmiy — texnikaviy ishlarni uzluksiz rag‘batlantirib borish xo‘jalik
kelajakdagi rivojlanishi uchun o‘z samarasini beradi. Boshqaruv apparatida oraliq
zvenolarini tashkil etish va bu zvenolar faoliyatini raqobatlashuvini ta‘minlash
qoloq bo‘linmalarining ilg‘orlarga intilishiga ko‘maklashadi. Chunki, bozor
talabiga muvofiq resurslar sarfi natijalariga nisbatan tabaqalashgan tarzda
dapomadlapga erishish mumkin.
Boshqaruvning vazifalari strategik rejalashtirish va istiqbolni belgilashni
kuchaytirish, doimiy ravishda mahsulot sifati ustidan nazorat o‘rnatib borish va
mahsulot ishlab chiqarish harakatining har bir bosqichini kuzatib borish bilan
bog‘liq bo‘ladi. Boshqaruvda sotsial-ruhiy jihatlariga e‘tibor berish va marketing
faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilishga alohida yondoshishi, boshqarish vazifalarini
amalga oshirilishida muhim ahamiyatga egadir.
Xo‘jalik faoliyatini asosiy maqsadi texnologik jarayonlarini yangilab turish,
ishlab chiqarishni to‘liq avtomatlashtirish va mashina mexanizmlarni sonli
dasturlar
asosida
boshqarish,
xalkaro
miqyosda
iqtisodiy
hamkorlikni
chuqurlashtirish va sohaga tegishli xalkaro dasturlarda ishtirok etishdan iborat
bo‘lish kerak.
Tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, ko‘p xollarda fermer xo‘jaligining
samarali faoliyat yuritishiga fermerlarning kasbiy tayyorgarligi va malakasi kuchli
ta‘sir o‘tkazadi. Fermerlarning ba‘zilarida mustaqil xo‘jalik yuritish uchun
tayyorgarlik etishmaydi. Chunki, uzoq yillardan beri, bizda shakllanib kelgan
kolxoz va sovxoz tizimi qishloq mehnat-kashlarining mustaqilligi va
tashabbuskorligini chegaralab tashlagan, ular tor doiradagi ishlarni bajarishga
moslashib qolgan. Shu bilan birga, bizdagi qishloq xo‘jaligi mutaxassislari ham tor
doirada ixtisoslashgan (masalan, agronom, zootexnik, injener kabi bir sohaga
30
ixtisoslashgan). Ammo, endilikda qishloq xo‘jaligida shakllanib kelayotgan
fermerlik sektori uchun bunday tor ixtisosli mutaxassislardan ko‘ra, qishloq
xo‘jaligiga oid, turli bilimlarni egallagan, professional fermerlarga ko‘p ehtiyoj
seziladi.
Samarali xo‘jalik yuritish uchun fermer bir qator iqtisodiy, texnologik,
texnik, huquqiy va boshqa bilimlarni puxta egallashi lozim. Fermer bir vaqtning
o‘zida ham ishchi, ham boshqaruvchi funktsiyalarini bajarishi, shu bilan birga
tadbirkorlik xislatlariga ham ega bo‘lishi zarur.
Boshqarish masalalarida tajribasi kamroq bo‘lgan kishilira ko‘pincha
boshqarish foydaning ko‘payishini ta‘minlaydigan qarorlar qabul qilishdan
iboratdir, deb o‘ylaydilar. Garchi bu gap haqiqatga asosan to‘g‘ri kelsa ham,
ba‘zan kutilmagan mustasnolar ham bo‘ladi. Afsuski shunday hollar ham bo‘ladi:
odatdagi sharoitlarda qoniqtiradigan darajada foyda keltiradigan xo‘jalik
yo‘nalishiga
amal
qiladiki,
bunda
muayyan
vaziyatlarda
moliyaviy
qiyinchiliklardan sira qutilishning iloji bo‘lmaydi; hatto yuqori darajadagi
texnologiya ham chorvachilikka (dehqonchilikkva) har doim ham moliyaviy
muvaffaqiyat keltiravermaydi. Yosh mutaxassislar ham boshqaruv printsiplari va
usullari hamisha ham pirovard natijada muammoni butunlay hal qilib bermasdan,
faqat xo‘jalik yuritishning to‘g‘ri yo‘nalishini tanlashgagina yordam berishini
bilib, hayron bo‘ladilar. Ba‘zan shu narsa ham hayron qogldiradiki, muammoning
o‘zi bitta echimdan ko‘proq bo‘ladi, lekin har bir echim tegishli vaziyatlarda o‘rinli
hisoblanadi.
Boshqaruv asoslarini o‘rganishga kirishilar ekan, shuni bilib olish kerakki,
garchi qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi rejali va tijorat negizida qurilishi lozim
bo‘lsa-da, uning biologik tabiati, uning o‘zigagina xos bo‘lgan o‘zgaruvchanligi va
noaniqligi bilan birgalikda ko‘pincha to‘liq bo‘lmagan ma‘lumotlar asosida
qarorlar qabul qilishga majbur etadi. Shunday bo‘lsa ham, muvaffaqiyatga ko‘proq
umid bog‘lash uchun ancha ko‘proq hammaga ma‘qul keladigan axborotlarga ega
bo‘lish zarur.
Har bir fermer o‘z oldiga muayyan maqsadlar qo‘yadi. Boshqarishning
vazifasi - ana shu maqsadlarga erishishni kafolatlashdan iboratdir. Har bir qishloq
xo‘jalik korxonasi asosiy resurslarning uchta turiga: kapital ya‘ni barcha
31
resurslarni xarid qilish uchun zarur bo‘ladigan mablag‘, erga (imoratlar bilan birga)
va mehnatga ega bo‘ladi. Bularning hammasi muhim omil bo‘lgan
boshqariluvchanligi bilan belgilanishi kerak.
Fermer dastlabki qadamni qo‘ydi – o‘zining maqsadlarini belgilab oldi,
degan taxminga amal qiladigan bo‘lsak, u holda boshqaruvning shundan keyingi
barcha jarayonlarini diagrammma tarzida tasavvur qilish qulaydir. Reja asosida ish
qilinar ekan, barcha natijalar qayd qilinishi, tahlil va talqin qilinishi kerak, toki
ulardan ishning borishini nazorat qilish chog‘ida foydalanish mumkin bo‘lsin.
Natijalarni tahlil qilish rejani amalga oshirishning ikki zarur yo‘llarini aniqlashga
imkon berishi mumkin. Bu esa yutuqlardan yaxshiroq foydalanishga va zaif
joylarni tuzatishga yordam beradi. Agar bunday o‘zgarishlar maqsadga muvofiq
bo‘lsa, ularni amalga oshirish kerak.
Shunday ham bo‘ladiki, rejaga tez-tez tuzatishlar kiritaverish oldigan
qo‘yilgan maqsadlarga mos kelishini ta‘minlaydi. Bunday holda ferma uchun
rejalashtirilgan barcha ishlar majmuini qaytadan ko‘rib chiqish zarur bo‘lib qoladi.
Amaliyotga rejani bajarish vaqtida sanab o‘tilgan jarayonlarning ko‘plari vaqt
jihatidan mos keladi va bir-biriga kuchli ta‘sir o‘tkazadi. Ular boshqarishning
samaradorligiga va boshqaruv jarayonlarini tashkil etish usullarni tanlashga atrof-
muhit omillari - tabiiy, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy omillar ta‘sir ko‘rsatadi. Bu
ta‘sirni hisobga olish uchun qo‘shimcha jarayonlar, xususan boshqaruv
ob‘ektlarning ―hulqini‖ va muhit omillarining ta‘sirini oldindan aytib berish talab
qilinishi mumkin. Shunday qilib, beshta asosiy jarayonni belgilab chiqish mumkin.
1.3. Davlatimizda dehqon va fermer xo‘jaliklari ularni
rivojlantirish yo’nalishlari
Bozor iqtisodiyotiga o‗tish davlat mulki mohiyatini o‗zgartirishni taqozo
etadi, bu esa mamlakatimiz iqtisodiyotida davlat mulki mohiyatini yangicha
uslubiy asosda qarab chiqishni talab etadi.
Mulk sub‗ekti mulk ob‗ektiga egalik qilish va undan foydalanish
imkoniyatlarini ifoda etuvchi, mulk munosabatlarning faol tomonidir.
32
Qishloq xo‗jaligida xususiy mulkning mohiyati shundan iboratki, moddiy
sharoitlarda ishlab chiqarish natijalari ayrim shaxslarga qarashli bo‗ladi. Bu turdagi
mulkda mehnat natijalari o‗zlashtirishning xususiy mulkchilik qonuniga muvofiq,
mulkdorning o‗ziniki hisoblanadi va u mustaqil xo‗jalik yuritib unga egalik qiladi.
Xususiy mulk fermer xo‗jaligi, dehqon xo‗jaligi, ijara, jamoa, korporativ
korxonalari, aktsiyadorlik jamiyatlari, xo‗jalik assotsiatsiyalari (birlashmalari)
mulklarini o‗z ichiga oladi. Xususiy mulk davlat mulki tarkibiga kirmagan barcha
mulklardir.
Xususiy mulkchilik jamiyat rivojiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Xususiy
mulkchilik mulk egalarida undan unumliroq foydalanish qobiliyatini oshiradi.
Mulkdor mulkidan qancha unumliroq foydalansa, o‗zi shuncha ko‗proq
manfaatdor bo‗ladi. U iqtisodiyotni barqarorlashtiradi, bozor iqtisodiyotida o‗zaro
raqobatni avj oldiradi va qiymat qonunining amal qilishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Xususiy mulkchilik ishlab chiqarishning ijtimoiy jihatdan rivojlanishiga olib
keladi, davlatga qaramlikni yo‗qotadi, mulkka o‗z xohishicha munosabatda
bo‗lishini ta‘minlaydi. Xususiy mulkchilik jamiyat oldida shaxsning erkinligini
ta‘minlaydi.
Shunday qilib, qishloq xo‗jaligida xususiy mulk boshqa mulk shakllariga
nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
-
mulk egasi ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita bog‗lanish huquqiga
ega bo‗lib, ulardan qay shaklda foydalanishni o‗zi hal qiladi va amalga
oshiradi:
-
ishlab chiqarish faoliyatida to‗la mustaqilikka ega bo‗ladi, xohlagan
mahsulotini qancha yetishtirishini o‗zi hal qiladi;
-
doimo iqtisodiy va qonuniy javobgarlikni his etadi.
Respublikamiz qishloq xo‗jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish ko‗p
ukladli agrar iqtisodiyotni barpo etish asosida bozor munosabatlarini shakllantirish,
qishloq xo‗jaligi ishlab chiqaruvchilari o‗rtasida raqobat muhitini rivojlantirish
orqali ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish yo‗nalishida amalga
oshirilmoqda.
33
Bu jarayonda fermer xo‗jaliklarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Negaki, fermer xo‗jaliklari o‗z ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va xo‗jalik yuritish
tamoyillari jihatidan bozor iqtisodiyoti talablariga to‗liq muvofiq keladi. Bular
quyidagilarda o‗z aksini topadi:
respublikamizda fermer xo‗jaliklarining mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi
bozor sub‗ekti sifatida faoliyat yuritishi uchun mustahkam huquqiy-
me‘yoriy asoslar yaratilgan;
fermer xo‗jaliklarining xususiy mulk asosida faoliyat yuritishi ularga
mustaqil ravishda barcha iqtisodiy va moliyaviy xavf-xatarlarni o‗z
zimmalariga olgan holda, bozorlarni tanlash imkoniyatini beradi;
fermer xo‗jaliklarining bozordagi talab va taklifni hisobga olgan holda,
mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirishi, kimga va qancha miqdorda
mahsulot sotishni mustaqil hal etishi bozorda raqobat muhitini
rivojlantirishga va shu orqali butun iqtisodiyotning samarali faoliyat
ko‗rsatishiga asos yaratadi;
fermer xo‗jaliklarining ishlab chiqarish natijalarini majburiy to‗lovlar
to‗langandan so‗ng, mustaqil o‗zlashtirish va tasarruf etishi ishlab
chiqarishni rivojlantirishga kuchli iqtisodiy rag‗batlar paydo qiladi va bozor
mexanizmining joriy etilishiga olib keladi.
Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, fermer xo‗jaligi
tadbirkorlik faoliyatining muhim shakli sifatida iqtisodiy taraqqiyotga turtki
beruvchi muhim omil hisoblanadi.
Shu munosabat bilan, O‗zbekiston fermer xo‗jaliklarini rivojlantirishga agrar
sohada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim yo‗nalishi sifatida
qaralmoqda. Buning natijasida xo‗jalik yuritish shakllari orasida fermer
xo‗jaliklarining mavqei yildan-yilga oshib bormoqda.
Ta‗kidlash lozimki, fermer xo‗jaliklari sonining o‗sishi ularning faoliyati
samaradorligi darajasi to‗g‗risida to‗liq tasavvur bermaydi. Fermer xo‗jaliklari
faoliyati samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va mehnat
34
unumdorligini oshirish uchun ularning ixtisoslashuv darajasi muhim ahamiyatga
ega. (5 - jadval)
5- jadval
Fermer xo‘jaliklarining asosiy faoliyati ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlar
O‘lchov
birligi
2004 y
2005
y.
2006
y.
2007
y.
2008 y
2009 y
2010 y
2011 y
2012 y
2013y
Yalpi qishloq
xo‗jaligi
mahsulotida
fermer
xo‗jaliklarining
ulushi
%
5,5
7,3
10,0
15,1
18,6
24,3
31,4
33,4
32,5
34,5
sh.j.:
o‗simlikchilikda
%
4,9
6,6
9,0
14,0
17,3
20,6
31,1
60,3
57,6
32,9
chorvachilikda
%
0,6
0,7
1,0
1,1
1,3
3,7
1,2
3,2
3,6
1,6
Fermer
xo‗jaliklari soni
birlik.
43759
55445
72406
87552
103921
125668
189235
217095
105033 103081
Ekin maydoni
ming ga
632,2
696,3
991,6
1401,9
1762,6
2140,7
2710,6
3001,6
3045,2
3052,9
Jami ekin
maydonida
fermer
xo‗jaliklari ulushi
%
16,7
20,2
28,0
37,0
47,7
58,7
74,7
84,3
84,4
84,6
Ishchilar soni
ming
kishi
294,9
386,3
488,0
603,0
765,3
954,2
1381,1
1621,4
1710,2
1521,6
Shundan:
yollanma
ishchilar
ming
kishi
0,0
40,0
37,0
52,4
95,2
280,8
382,5
456,1
455,7
465,8
O‗rtacha bir
fermer
xo‗jaligiga to‗g‗ri
keladigan:
- ishchilar soni
kishi
7
7
7
7
7
8
7
7
16
15
- ekin maydoni
ga
20,3
19,0
22,0
24,5
28,2
30,0
26,2
26,7
29,0
29.6
Fermer xo‗jaliklari ixtisoslashuv jarayonining tahlili shuni ko‗rsatmoqdaki,
1992-1996 yillarda respublikada chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan fermer xo‗jaliklari dehqonchilikka nisbatan ustun ravishda
rivojlangan bo‗lsa, 1996-1997 yillarda ularning deyarli tenglashganini, 1998-2009
yillarda dehqonchilikka ixtisoslashgan fermer xo‗jaliklari ko‗plab tashkil
etilayotganligini, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‗jaliklari salmog‗i yildan-
yilga kamayib borayotganligini kuzatish mumkin.
Buning sabablari birinchidan, hozirgi kunda chorvachilik mahsulotlari ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan fermer xo‗jaliklarining ozuqa bazasi o‗ta nochor
ahvoldaligi, nasldor mollar sotib olish imkoniyatining pastligi bo‗lsa, ikkinchidan,
35
chorvachilikka nisbatan kam e‘tibor bilan qaralayotganligi hamda bu sohaga
ixtisoslashgan fermer xo‗jaliklariga belgilangan me‗yorlar darajasida yer ajratib
berilmayotganligidir, uchinchidan, keyingi yillarda chorva mollariga beriladigan
omuxta emlar, kunjara va sheluxa kabilarning narxlari keskin darajada oshib
ketishidir.
Qishloq xo‗jaligida yer islohotlarini amalga oshirish yer resurslarini turli
xo‗jalik yurituvchi sub‗ektlar o‗rtasida qayta taqsimlash asosida amalga
oshirilmoqda. Bundan asosiy maqsad yerga bo‗lgan munosabatni o‗zgartirish,
dehqonlarda yerga egalik hissini kuchaytirishdan iborat.
1998 yilga nisbatan 2009 yilda fermer xo‗jaliklariga ajratilgan yer
maydonlari hajmi 11,0 martaga o‗sib, har bir fermerga to‗g‗ri keladigan o‗rtacha
yer maydoni 1998 yil 19,4 gektardan 2009 yilda 60,7 gektarga yetdi.
Shuni alohida ta‗kidlash lozimki, fermer xo‗jaliklariga ajratilgan yer
maydonlari va ularning yalpi qishloq xo‗jalik mahsulotidagi ulushi o‗rtasida
muayyan nomutanosibliklar mavjud. Yuqoridagi jadvallar ma‘lumotlaridan
ko‗rinib turibdiki, 2003 yilda fermer xo‗jaliklari jami ekin maydonining 37,3
foizini egallagan holda ularning yalpi qishloq xo‗jaligidagi ulushi atigi 14,1 foizni
tashkil etadi, holos. 2009 yilga kelib bu nisbatda sezilarli o‗zgarish bo‗ldi va jami
ekin maydonida fermer xo‗jaliklarning ulushi 78,0% ni va yalpi qishloq xo‗jalik
mahsulotidagi ulushi 38,9% ni tashkil etdi. Chorvachilik tarmog‗ida bu ko‗rsatkich
yanada pastroq.
Respublikada fermer xo‗jaliklarining yer bilan ta‗minlanish darajasi bilan
yalpi mahsulot miqdori o‗rtasidagi nomutanosiblikning yuzaga kelishiga olib
kelgan quyidagi sabablarni keltirish mumkin:
Birinchidan, hozirgi kunda ham fermer xo‗jaliklari aksariyat hollarda,
o‗zlariga ajratib berilgan yer maydonlaridan o‗z ixtiyorlari bilan mustaqil holda
foydalana olmayotganligi.
Ikkinchidan, fermer xo‗jaliklari tomonidan yetishtirilayotgan mahsulotlarga
davlat buyurtmasining yuqori darajada saqlanib qolayotganligi.
36
Uchinchidan, fermer xo‗jaliklarida agrotexnik va texnologik jarayonlarni o‗z
vaqtida amalga oshirish uchun kerakli texnika vositalarining tanqisligi.
To‗rtinchidan, fermer xo‗jaliklari yetishtirayotgan qishloq xo‗jalik
mahsulotiga baho disparitetining mavjudligi. Tahlillar shuni ko‗rsatadi, fermer
xo‗jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan paxta xom-ashyosi 2003 yilda 1061,5
ming tonnadan 2009 yilda 3400,4 ming tonnagacha yoki 320,3 foizga, g‗alla ishlab
chiqarish hajmi esa muvofiq ravishda 2030,3 ming tonnadan 9300,2 ming
tonnagacha yoki 404,3 foizga o‗sdi. Buning natijasida, fermer xo‗jaliklarining jami
paxta xom-ashyosi ishlab chiqarishdagi ulushi 2003 yilda 37,8 foizdan 99,9
foizgacha, bug‗doy ishlab chiqarishdagi ulushi 36,1 foizdan 89,0 foizgacha o‗sdi.
Fermer xo‗jalklarining poliz mahsulotlari yetishtirishdagi ulushida ham sezilarli
o‗sish bo‗lganligini ta‗kidlash lozim. Jadval ma‘lumotlarini tahlil qilish natijalari
shuni ko‗rsatadiki, garchi keyingi yillarda muayyan darajada hosildorlikning
o‗sishi kuzatilsa-da, respublikamizda faoliyat ko‗rsatayotgan fermer xo‗jaliklarida
2004-2009 yillarda qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining hosildorligida keskin
o‗sishni kuzatish mumkin. Xususan, 1995-2009 yillarda g‗alla hosildorligi 32,0
tsentnerga, kartoshka - 92,8, meva - 89,7, sabzavot 272,7 tsentnerga oshgan. Faqat
paxta bo‗yicha hosildorlik pasaygan. Bu Respublikamiz Prezidenti tomonidan
ishlab chiqilgan "2004-2006 yillarda fermer xo‗jaliklarini rivojlantirish
kontseptsiyasi to‗g‗risida" gi qarorga asosan olib borilgan davlat siyosati, fermer
xo‗jaliklarga berilayotgan erkinliklar va imtiyozlar natijasidir.
Dehqon xo‗jaliklari to‗g‗risida ilmiy adabiyotlarning ko‗pligiga qaramasdan,
haligacha uning ijtimoiy-iqtisodiy tabiati to‗g‗risida umumiy qabul qilingan ta‗rif
yo‗q. Uning mohiyati, agrar munosabatlar tizimidagi o‗rni va tuzilmasi muttasil
tarzda shakllanib, aniqlashtirilib borilmoqda. So‗nggi yillarda dehqon xo‗jaligi
muammolariga bag‗ishlangan bir qator ilmiy monografiyalar va ilmiy risolalar
chop etildi va bozor iqtisodiyoti sharoitida agrar munosabatlar tizimida dehqon
xo‗jaliklarining ob‘yektiv zarurligi asoslab berildi.
Dehqon xo‗jaligi milliy iqtisodiyotning oddiy bo‗g‗ini sifatida asosan
moddiy va xizmat ko‗rsatish sohalaridan tashkil topgan bo‗lib, bugungi kunda
37
dehqon xo‗jaligi ishlab chiqarish faoliyati, norasmiy xo‗jalik pozitsiyasiga asosan
uy xo‗jaligida jamlangan. Shu bilan birga, ba‗zi bir uy xo‗jaliklari boshqa turdagi,
ya‘ni uy xo‗jaligi doirasidan tashqaridagi yo‗nalishlarda faoliyat yuritishi mumkin.
Bular uy xo‗jaliklari tomonidan mebel, uy xo‗jaligi buyumlari ishlab chiqarish,
qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, transport vositalarini va jihozlarni
ta‗mirlash, qurilish faoliyati, tikuvchilik, savdo va hokazo faoliyat yo‗nalishlaridir.
Shaxsiy yordamchi xo‗jalik tarkibiga xo‗jalik binolari, mol, parranda,
asalari, ko‗p yillik mevali daraxtlar, tomorqa uchastkasi va mayda qishloq xo‗jaligi
inventarlari kiradi. Shaxsiy yordamchi xo‗jalik xarakterini va uning rivojlanish
darajasini to‗laligicha ijtimoiy ishlab chiqarish belgilab beradi.
Dehqon xo‗jaligi milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarishda resurslardan tejamli
foydalanadigan xo‗jalik shakli sifatida xarakterlanadi. Dehqon xo‗jaligining bu
xarakteri oilaning pul xarajatlarini kamaytiradi va bu bilan oila byudjetini
mustahkamlaydi. Dehqon xo‗jaligida qishloq xo‗jalik mahsulotlari ishlab
chiqarishning tashkil etilishi, davlatning ijtimoiy ishlab chiqarish sektorida ushbu
mahsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlarini va shu bilan birga aholiga xizmat
ko‗rsatish xarajatlarini kamaytiradi.
Dehqon xo‗jaligi va uy xo‗jaligida ishlab chiqarish faoliyati organik jihatdan
bir- biriga mos keladi. Dehqon xo‗jaligi tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulotning ma‗lum qismi uy xo‗jaligi tomonidan qayta iste‘mol qilinadi. Shu
bilan birga dehqon xo‗jaligi mahsulotlarning ma‗lum qismidan uy xo‗jaligidagi
qora mol va parranda uchun ozuqa-em sifatida foydalaniladi. Shuning uchun
dehqon xo‗jaligi bilan uy xo‗jaligi ishlab chiqarish jarayoni texnologik jihatdan
bir-biriga bog‗liq hisoblanadi.
Dehqon xo‗jaligi sub‗ektlari uchun mehnat jarayoni ketma-ket uy
xo‗jaligida, keyinchalik dehqon xo‗jaligi faoliyatini shakllantirgan holda davom
etishini ifoda etadi. Shuning uchun dehqon va uy xo‗jaliklari iqtisodiy jihatdan bir-
biriga bog‗liqdir. Mahsulot sotishdan tushgan daromadlar nafaqat dehqon
xo‗jaligining ishlab chiqarishini kengaytirishga, shu bilan birga oilani uy xo‗jaligi
jihozlari bilan ta‘minlashga sarf etiladi.
38
Amalga
oshirilgan
chora-tadbirlar
natijasida,
so‗nggi
yillarda
respublikamizda dehqon xo‗jaliklari soni yildan-yilga ortib bormoqda (6-jadval).
Jadval 7
Do'stlaringiz bilan baham: |