Dehqon xo‘jaliklarining asosiy ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichla
r
O‘lcho
v
birligi
2004 y
2005 y. 2006 y. 2007 y.
2008y
2009 y
2010 y
2011 y
2012 y
2013 y
Yalpi qishloq
xo‗jaligi
mahsulotida
dehqon
xo‗jaliklarinin
g ulushi
%
66,7
65,4
64,1
62,7
62,1
61,7
62,3
64,1
65,3
63,3
sh.j.:
o‗simlikchilik
da
%
22,1
21,7
20,1
19,0
18,7
20,6
21,5
22,9
22,0
23,4
chorvachilikda
%
44,6
43,7
44,0
43,7
43,4
41,1
40,8
41,2
43,3
39,9
Dehqon
xo‗jaliklari
soni
birlik.
324360
2
331236
0
417761
9
437711
2
448198
9
454442
0
463167
5
467321
0
470343
3
475917
4
Ekin maydoni
ming
ga
401,5
386,8
404,1
421,2
433,3
441,9
454,8
458,0
466,7
472,8
Jami ekin
maydonida
dehqon
xo‗jaliklari
ulushi
%
10,6
11,2
11,4
11,1
11,7
12,1
12,5
12,9
12,9
13,1
Dehqon xo‗jaligini tashkil etadigan va yuqorida keltirilgan predmet,
ob‗yektlariga, uy xo‗jaligi ob‗yektlari, uy, mebel, elektr uskunalari, idish-tovoq va
hokazolar kiradi. Uy xo‗jaligi ob‗yektlari, uyda yashash uchun yaxshi shart-
sharoitlar yaratadi, unga uyni yig‗ishtirish jihozlari, iste‘mol mahsulotlari, sifatli
kiyim-kechak va boshqalar kiradi. Uy xo‗jaligiga tegishli yer qishloq xo‗jaligi
uchun qanday xizmat qilsa, uy xo‗jaligining o‗ziga ham shunday xizmat qiladi,
ya‘ni bir vaqtning o‗zida uy dehqon xo‗jaligi predmeti va ishlab chiqarish vositasi
vazifasini bajaradi. Uy ta‗mirlanganda, tozalanganda mehnat predmeti vazifasini
va unda yashaganda dehqon xo‗jaligini yuritish vositasi vazifasini bajaradi. Uy
xo‗jaligi insonlar hayot faoliyatining zaruriy elementi bo‗lib hisoblanadi.
39
Dehqon xo‗jaligida ishlab chiqarish va maishiy xizmat munosabatlaridan
tashqari oilaviy nikoh munosabatlari mavjud, ularga har bir oilaning o‗ziga xos
xususiyatidan kelib chiqadigan ota-onalar va farzandlar o‗rtasidagi munosabatlar
ham kiradi. Lekin bu alohida sotsiologiya va psihologiya fanlariga oid
tadqiqotlarga kiradi.
O‗zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan ―Dehqon
xo‗jaliklari to‗g‗risida‖ gi qonuni ularni rivojlantirishda huquqiy asos bo‗lib
xizmat qilmoqda. Mazkur qonunga muvofiq dehqon xo‗jaliklari tomonidan
huquqiy shaxs maqomini olish jarayoni davom etmoqda va ular soni yildan yilga
o‗sib borsa-da, ammo bu jarayon sust bormoqda. Bizning fikrimizcha, bu jarayonni
tezlashtirish uchun quyidagi masalalarni hal etish zarur;
dehqon xo‗jaliklari o‗rtasida huquqiy shaxs maqomini olgan holda faoliyat
yuritishning afzalliklarini aniq belgilab berish;
dehqon xo‗jaliklarining huquqiy shaxs maqomini olishi bilan bog‗liq va
so‗nggi bosqichlarda yuz beradigan majburiy yig‗im va to‗lovlar
mexanizmini qayta ko‗rib chiqish.
Bundan tashqari, dehqon xo‗jaliklarini rivojlantirishda bir qator muammolar
mavjud. Ularni chorva mollari uchun em-xashak va kontsentrat ozuqalar bilan
ta‘minlash, ularni sotib olishdagi byurokratik muammolar.
Dehqon xo‗jaligi to‗g‗risida qabul qilingan qonunda tomorqa yer uchastkasini
dehqon xo‗jaligining boshqa dehqon xo‗jaligiga ijaraga berish huquqi ko‗zda
tutilmagan. Bu narsa ham huquqiy hujjatlarda belgilab qo‗yilsa, maqsadga
muvofiq bo‗lar edi.
Qonunda dehqon xo‗jaligiga yollanma mehnatdan doimiy asosda foydalanish
huquqi berilmagan. Lekin chorvachilik, sabzavotchilik va boshqa sohalar bilan
shug‗ullanuvchi dehqon xo‗jaliklarida chetdan jalb qilinadigan ishchi kuchiga
butun yil davomida zarurat sezilmoqda. Shuning uchun dehqon xo‗jaliklarida
mehnat kodeksi talablari asosida yollanma mehnatdan foydalanishni qonuniy
tarzda belgilab qo‗yish zarur.
40
1998 yilda qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasining ―Dehqon xo‗jaliklari
to‗g‗risida‖gi qonunida Respublikamizda dehqon xo‗jaliklarining maqomini
aniqlashtirish, dehqon xo‗jaliklarini rivojlantirishning qonuniy mexanizmlarini
takomillashtiriladi.
Birinchidan, aholining dehqon xo‗jaliklari dehqon xo‗jaligi sifatida qayta
nomlandi va uning tashkiliy mohiyati, maqomi tashkiliy-iqtisodiy hamda huquqiy
asoslari mustahkamlab qo‗yildi.
Ikkinchidan, dehqon xo‗jaligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, maqomi,
tashkiliy-iqtisodiy asoslari va uning qishloq xo‗jaligi bilan shug‗ullanuvchi
tadbirkorlar sub‗ekti sifatidagi xususiyatlari aniq belgilab berildi.
Uchinchidan, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 iyuldagi 300-sonli qarori
bilan faoliyat ko‗rsatayotgan dehqon xo‗jaliklarini dehqon xo‗jaliklariga
o‗zgartirish tartibi tasdiqlandi.
To‘rtinchidan, ―Dehqon xo‗jaligi to‗g‗risida‖ gi qonunda ularni davlat yo‗li
bilan va boshqa tarzda qo‗llab-quvvatlash hamda ularning faoliyatini tartibga
solish mexanizmi belgilab beriladi.
Fermer xo’jaliklari. 2014 yilning 1 yanvar holatiga fermer xo‘jaliklarida
35,1 ming bosh yirik shoxli qoramol, shu jumladan 12,6 ming bosh sigir, 35,2
ming bosh qo‘y va echkilar, 191,1 ming bosh parrandalar mavjud bo‘lib, 2012
yilning yanvar-dekabriga nisbatan yirik shoxli qoramollar soni 100,0 foizni, qo‘y
va echkilar 106,7 foizni, parrandalar 101,7 foizni tashkil etdi.
Respublikamizda dehqon xo‗jaliklarini tashkil etish va rivojlantirishdan asosiy
maqsad, qishloq xo‗jaligida barqarorlikni ta‘minlash va uning o‗sish sur‗atlarini
tezlatish orqali qishloq aholisining turmush darajasini ko‗tarishdir. Prezidentimiz
I.A.Karimov qayd qilganlaridek, ―maqsad‖ – qishloq xo‗jaligi sohasida ishlab
chiqarish samaradorligini keskin oshirish, qishloqda yashayotgan halqimizning
turmush darajasini ko‗tarish, ular uchun munosib shart-sharoitni yaratishdan iborat
bo‗lmog‗i kerak‖
41
Jadval 7
Fermer xo’jaliklarida asosiy qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab
chiqarish quyidagicha ifodalanadi:
yanvar-dekabr
2012 yil
yanvar-
dekabrga
nisbatan
foiz
hisobida
2012y.
2013y.
ming
tonna
ishlab
chiqarish
umumiy
hajmidagi
ulushi, foiz
ming
tonna
ishlab
chiqarish
umumiy
hajmidagi
ulushi, foiz
Boshoqli don
111,2
70,9
111,7
69,0
100,5
shu jumladan
bug’doy
111,2
71,0
111,7
69,1
100,5
Kartoshka
9,8
27,0
10,4
26,3
105,5
Sabzavot
64,6
38,8
79,5
39,5
123,1
Poliz
43,6
50,6
48,6
49,3
111,5
Meva va rezavorlar
12,5
41,2
13,1
39,5
104,1
Uzum
0,4
10,7
0,5
10,8
107,6
Go‘sht, tirik vaznda
1,5
2,2
1,8
2,3
115,2
Sut
9,9
4,4
12,5
4,6
125,7
Tuxum, mln. dona
10,5
10,8
12,8
7,8
121,8
Jun, tonna
58,0
5,7
65,0
6,0
112,1
Pilla, tonna
784,9
96,2
714,4
87,4
91,0
42
Odamlarga yer berilishi iqtisodiy islohotning dastlabki eng qiyin yillarida
zarur bo‗lib, u nihoyatda keskin muammolarni hal qilishda juda muhim rol
o‗ynaydi. Dehqon xo‗jaliklarini mustahkamlash va ularni shakllantirish borasida
muhim chora-tadbirlar ko‗rish hisobiga:
birinchidan, mehnatga yaroqli aholining ish bilan band bo‗lmagan ortiqcha
qismini, ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilishga erishildi;
ikkinchidan, aholining real daromadlarini oshirishga shuningdek,
shartnomalar asosida qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan
shug‗ullanib kelganlarga mehnat daftarchasi berish hamda ular qariganda
nafaqa olish huquqini berish bilan ko‗pgina qishloq aholisi uchun ijtimoiy
kafolatlarni mustahkamlashga erishildi;
uchinchidan, aholini hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan
ta‘minlashdagi keskinlikka barham berishga erishildi. Yer uchastkalari
olgan oilalar kartoshka, sabzavot, meva, chorvachilik mahsulotlariga
bo‗lgan o‗z ehtiyojlarini qondiribgina qolmay, balki ularni shaharlardagi
dehqon bozorlarida sotishni ancha ko‗paytirib, oziq-ovqat muammosini hal
qilishga o‗z hissasini qo‗shadi;
to‗rtinchidan, yakka tartibda uy-joy qurilishi ko‗lamini ancha
kengaytirishga muvaffaq bo‗lindiki, bu hol aholini uy-joy bilan ta‘minlash,
respublika aholisini kommunal maishiy va uy-joy sharoitlarini yaxshilash
sohasidagi anchagina muammolarni hal qilishga yordam berdi;
beshinchidan, faqat ijtimoiy nizolarning sababi va manbalarini bartaraf
etish hisobigagina emas, balki yerlarni obodonlashtirishda faol qatnashish,
o‗zi va oilasi manfaatini ko‗zlab foydali mehnat bilan shug‗ullanish
barqarorligini ta‘minlashga hissa qo‗shdi.
Umuman olganda, dehqon xo‗jaliklari haqidagi qabul qilingan qonun milliy
iqtisodiyotda quyidagi beshta muhim masalani hal qilib berdi.
1. Qishloq xo‗jaligida mulkchilik masalasi.
43
2. Dehqonlarda, mulkka egalik hissini shakllantirish va mustahkamlash
masalasi.
3. Qishloq joylarida bozor iqtisodiyotini shakllantirish masalasi.
4. O‗zbekistonda mulkdorlar qatlamining paydo bo‗lishiga mustahkam
huquqiy asos yaratdi.
5. Qishloq xo‗jaligida tadbirkorlikning rivojlanishiga iqtisodiy-huquqiy asos
yaratdi.
Dehqon xo‗jaligi qishloq xo‗jaligi sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik
shakllaridan biri sifatida bir qator afzalliklarga ega.
ishlab chiqarish hajmining kichikligi bozordagi talab va taklif nisbatiga tez
moslashishi va ko‗p mablag‗ sarflamay o‗z faoliyati yo‗nalishlarini qayta
shakllantirish imkonini beradi;
oila mehnatiga tayanish uy bekalari, qariyalar va bolalar mehnatidan ham
unumli foydalanish hamda asrlar davomida shakllanib kelgan dehqonchilik
madaniyatini avloddan-avlodga o‗tkazib borishga sharoit yaratadi;
xususiy mulk egaligi hamda yerni meros qilib qoldirish huquqi bilan
umrbod egalikka berilishi mulkdan oqilona foydalanishga yo‗l ochadi.
―Dehqon xo‗jaligi xususiy mulkka asoslangan bo‗lib, tegishli yer
maydonida, oila a‗zolari bilan hamkorlikda qishloq xo‗jaligi mahsuloti ishlab
chiqarib, oila a‗zolarining ehtiyojini qondirish va yuqori daromad olishga
intiluvchi, davlat va boshqa bozor sub‗yektlari tomonidan tashqi ta‘sirini sezuvchi
bozor iqtisodiyoti sub‗yektidir‖.
Dehqon xo‗jaligining asosiy vazifasi qishloq aholisini foydali mehnat va
tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish orqali ishlab chiqarish kuchlaridan oqilona
foydalanishga erishish hamda shu asosda eng kam sarf-xarajat birligi evaziga
mahsulot yetishtirishni har tomonlama ko‗paytirishdan iborat. Shuningdek, yer
resurslaridan unumli foydalanish, mamlakat aholisining oziq-ovqatga bo‗lgan
ehtiyojini qondirishga hissa qo‗shish, o‗zi joylashgan hududlarning ijtimoiy
rivojlanishini ta‘minlashda ishtirok etish kabi bir qator vazifalarni yechishda ham
dehqon xo‗jaliklari o‗z hissalarini qo‗shishlari lozim.
44
Dehqon xo‗jaliklari asosan iste‘mol mahsulotlari ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan. Bugungi kunda respublikamizda qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining
umumiy hajmida dehqon xo‗jaliklari ulushi o‗sib bormoqda. Respublikada 2009
yilda yetishtirilgan kartoshkaning 87,9 foizi, sabzavotning 66,3 foizi, poliz
ekinlarining 5,3 foizi, go‗shtning 94,6 foizi, sutning 97 foizi, tuxum ishlab
chiqarishning 80,7 foizi, qorako‗l terining 65,6 foizi dehqon xo‗jaliklari hissasiga
tog‗ri kelmoqda. Natijada 2009 yilga kelib, mamlakatda aholi jon boshiga go‗sht
iste‘moli 1990 yilga nisbatan 109,4 %, kartoshka iste‘moli 138,8 %, meva
iste‘moli 139,1 %, sabzavot va poliz mahsulotlari iste‘moli 108,4 % ni tashkil etdi.
Demak, bu boradagi barqarorlik mamlakatimizda dehqon xo‗jaliklari hisobiga
saqlab qolishga erishilgan.
Respublikamizda dehqon xo‗jaliklari soni yildan-yilga o‗sib bormoqda. 1998
yilda ularning soni 3137 ming bo‗lgan bo‗lsa, 2009 yilga kelib 4,7 mln.ga yaqin
dehqon xo‗jaliklari faoliyat ko‗rsatmoqda. Shunga mos ravishda bu xo‗jaliklarga
tegishli yer maydonlari tadqiq etilayotgan davrda 503,7 ming gektardan 1050,3
gektarga yetdi.
Respublika bo‗yicha dehqon xo‗jaliklariga to‗g‗ri keladigan yirik shoxli
qoramolning ulushi 92,8 % ni, qo‗y va echkining ulushi 75,3 % ni va parrandaning
ulushi 68,6 % ni tashkil qiladi. Bu har o‗nta dehqon xo‗jaligiga 23 bosh mol, shu
jumladan, 6 bosh yirik va 17 bosh mayda shoxli mollar to‗g‗ri kelishini anglatadi.
Qishloq xo‗jaligi mahsulotlari hosildorligi bo‗yicha ham dehqon xo‗jaliklari
shirkat va fermer xo‗jaliklariga nisbatan yuqori ko‗rsatkichlarni ko‗rsatadi.
Ko‗rsatkichlar orasidagi o‗zaro farqlar sezilarli darajada yuqori bo‗lib, shirkat va
fermer xo‗jaliklariga nisbatan 1,4-2,5 marta ko‗proqdir.
Dehqon xo‗jaliklarida jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish hajmi
yuqoriligining asosiy omillaridan biri, bu ularda bir gektar ekin maydonida
yetishtirilayotgan mahsulot hajmining kattaligidir. Bu davr O‗zbekiston
Respublikasi qishloq xo‗jaligida har bir gektar ekin maydonidan oilinadigan
mahsulot hajmining o‗sishi bilan xarakterlanadi. Qishloq xo‗jaligi bo‗yicha bir
45
gektar ekin maydonidan olinadigan mahsulot hajmining o‗sishi 15,4 % ni tashkil
etdi.
Bu ko‗rsatkich bo‗yicha shirkat xo‗jaliklarida eng yuqori daraja 27,4 % ni
tashkil etadi. Buning asosiy sabablari sifatida keyingi yillarda zarar bilan
ishlayotgan shirkat xo‗jaliklarini fermer xo‗jaliklari sifatida qayta tashkil qilishni
qayd etish mumkin.
Dehqon xo‗jaliklari yirik xo‗jaliklarda foydalanish o‗ta mushkul bo‗lgan
moddiy va mehnat resurslarini xo‗jalik muomalasiga kiritish va ishga solish
borasida nisbatan yuqori samaradorlikka ega. Ularda xo‗jalik doirasida murakkab
iqtisodiy vaziyatga moslashish, tadbirkorlik, tashabbuskorliklarini namoyon etish
imkoniyatlari boshqa xo‗jaliklarga nisbatan katta. Bularning barchasi iqtisodiy
qiyin sharoitda xo‗jalikning ushbu toifasi ahamiyatining sezilarli darajada o‗sishini
belgilab berdi. Boshqa bir tomondan mamlakat iqtisodiy tizimining bozor
tavsiyasiga ega ekanligi ham, bu tipdagi xo‗jaliklarning rivojlanishini
rag‗batlantirdi.
Shunday qilib, qishloq xo‗jaligida dehqon xo‗jaligi boshqa mulk shakllariga
nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
mulk egasi ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita bog‗lanish huquqiga ega
bo‗lib, ulardan qay shaklda foydalanishni o‗zi hal qiladi va amalga oshiradi;
ishlab chiqarish faoliyatida to‗la mustaqillikka ega bo‗ladi, xohlagan
mahsulotini qancha yetishtirishini o‗zi belgilaydi;
doimo iqtisodiy va qonuniy javobgarlikda bo‗ladi. Qonunga xilof har bir ish,
ortiqcha sarflangan har bir so‗m mulk egasini o‗z mulkidan ajralishiga olib
kelishini yaxshi anglaydi.
1998 yilda qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasining "Dehqon xo‗jaliklari
to‗g‗risida"gi qonunida Respublikamizda dehqon xo‗jaliklarning maqomini
aniqlashtirish, dehqon xo‗jaliklarini rivojlantirishning qonuniy mexanizmlari
takomillashtirildi.
46
Birinchidan, aholining dehqon xo‗jaliklari dehqon xo‗jaligi sifatida qayta
nomlandi va ularning maqomi tashkiliy-iqtisodiy, huquqiy jihatdan mustahkamlab
qo‗yildi.
Ikkinchidan, dehqon xo‗jaligining ijtimoiy-iqtisodiy maqomi, tashkiliy-
iqtisodiy asoslari va uning qishloq xo‗jaligi bilan shug‗ullanuvchi tadbirkorlik
sub‗ekti sifatidagi xususiyatlari aniq belgilab berildi.
Uchinchidan, "Dehqon xo‗jaligi to‗g‗risida"gi qonunda ularni davlat yo‗li
bilan va boshqa tarzda qo‗llab-quvvatlash hamda ularning faoliyatini tartibga
solish mexanizimi belgilab berildi.
47
II bob. Iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida fermer xo’jaliklari
faoliyati iqtisodiy samaradorligining tahlili
2.1. Fermer xo‘jaliklarning faoliyat iqtisodiy samaradorligini
o‘stirishda qishloq infratuzilmasi rolini oshirish
Fermer xo‗jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish uchun ularga xizmat
ko‗rsata oladigan zamonaviy ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi tizimini
tashkil etish hamda jadal rivojlantirishni davrning o‗zi talab qilmoqda.
O‗zbekistonda agrar islohotlarning muhim strategik yo‗nalishlaridan biri qishloqda
infratuzilma asoslarini shakllantirish va uning muassasalari faoliyatini
takomillashtirishdir. Ko‗p ukladli iqtisodiyot sharoitida xalq xo‗jaligi tarmoqlarida
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta‘minlashda
infrastrukturaning o‗rni alohida ajralib turadi. Zero, bozor infrastrukturasi ishlab
chiqaruvchi, xizmat ko‗rsatuvchi va iste‘molchilar o‗rtasida keng miqyosda sodir
bo‗ladigan o‗zaro munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi, ularga ko‗p qirrali
xizmatlar ko‗rsatuvchi hamda shu bilan bir qatorda ishchi kuchlarni oqilona takror
ishlab chiqarishda muhim rol o‗ynaydigan turli muassasalar majmuidir. Bu
muassasalar faoliyatini rivojlantirish o‗z navbatida mahsulot ishlab chiqarishdan
toki uni iste‘molchiga yetkazish tizimini yaratish, tadbirkorlik va ishbilarmonlikka
keng imkoniyatlar ochib berish, huquqiy va jismoniy shaxslarning daromadlarini
muttasil ko‗paytirish, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni talab va taklif
doirasida tashkil etish, ya‘ni ish o‗rinlarini barpo etish, haqiqiy mulkdorlar
qatlamini shakllantirish kabi qator bozor iqtisodiyotiga mos muammolarni hal
etishda keng imkoniyatlar ochib beradi.
Biroq shuni aytish lozimki, respublikamizda, ayniqsa uning agrosanoat
majmuida infratuzilma tarmoqlari yetarli darajada rivojlanmaganligi, qishloq
xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdan iste‘molchilar talabini to‗la
qondirishgacha bo‗lgan oraliqda nomutanosibliklar vujudga kelishiga, ishlab
chiqarish sarflarining o‗sishi va mahsulot nobudgarchiligining ko‗payishiga,
ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorliginiing pasayishiga va yil davomida iste‘mol
darajasining turliligiga olib keladi. Shuning uchun ham qishloq infratuzilmasi
48
tizimi rivojini bosqichma-bosqich samarali amalga oshirmasdan turib, qishloqda
dehqonlar, tadbirkorlar va ishbilarmonlar uchun qonunlar doirasida ishlab
chiqarishni kengaytirish, aholi daromadini oshirish va mamlakatimizning ulkan
eksport salohiyatidan foydalanish kabi masalalarning yechimini topish qiyindir.
Shu bois hozirgi davr talabiga ko‗ra, bozor infrastrukturasi tarmoqlarini, xususan,
agrosanoat majmuida tashkil etish va rivojlantirish bilan bog‗liq bo‗lgan
masalalarning nazariy va amaliy asoslarini o‗rganish dolzarb muammolardan biri
hisoblanadi.
Qishloq xo‗jaligi infratuzilmasi ko‗rsatayotgan xizmat turlarini xarakteriga
ko‗ra moddiy ta‘minot, moliyaviy ta‘minot, informatsion ta‘minot va reklama,
maxsus xizmat, tashish va qayta ishlash turlariga ajratish mumkin, (11.2 – rasm ).
Qishloq xo‗jaligi infratizilmasini ushbu tartibda tasniflash uning bajaradigan
vazifasini to‗laqonli aks ettira oladi va shu bilan birga kelajakda fermer
xo‗jaliklariga ko‗rsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish bo‗yicha ilmiy taklif
va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |