Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana17.02.2020
Hajmi0,82 Mb.
#39929
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida fermer xojaliklarining iqtisodiy samaradorligini oshirish yollari


Resurs etkazib beruvchilar 

Savdo tizimi (birja, auktsionlar va boshqa 

savdo tarmoqlari) 

Iste`molchilar (qishloq xo`jalik 

korxonalari va boshqalar) 

- resurslarga bo`lgan talab 

- resurslar taklifi 


 

73 


Ishlab  chiqarish  vositalarini  etkazib  berish  bo‘yicha  shartnomalarning 

muvoffaqiyatli  bajarilishi  agrota‘minot  tashkilotlari  faoliyatining  asosiy  dasturiga 

aylanishi lozim. 

Bu  dasturda  qishloq  xo‘jalik  korxonalari  o‘z  vaqtida  moddiy–texnik 

resurslarga  ega  bo‘lishlari  uchun  zaruriy  yordam  ko‘rsatish  ustuvor  tadbir 

hisoblanishi maqsadga muvofiqdir. 

Biroq,  tajribadan  ma‘lumki,  qishloq  xo‘jalik  texnikalari  juda  qimmatligi, 

sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan baholarning barqarorsizligi, pul 

vositalarining  etishmasligi  tufayli  ko‘p  hollarda  zaruriy  ishlab  chiqarish 

vositalariga  ega  bo‘la  olmaydilar.  Sanoat  korxonalari  iste‘molchilarning  to‘lov 

qobiliyati  pastligi  tufayli  mahsulotlarini  o‘z  vaqtida  realizatsiya  qila  olmaydi. 

Natijada, ta‘minot tashkilotlari ham zarar ko‘radi. 

Bunday  inqiroz  holatidan  qutilish  uchun  davlat  tomonidan  bo‘lgani  kabi 

qishloq  xo‘jaligi  uchun  ishlab  chiqarish  vositalari  bozorining  barcha 

ishtirokchilaridan katta tadbirlarni amalga oshirish talab qilinadi. 

Qishloq  xo‘jaligini  yuqori  samarali  zamonaviy  texnika  vositalari  bilan 

butlashni rag‘batlantirish, soha mashinasozlik zavodlari va qo‘shma korxonalarini 

yanada  rivojlantirish  uchun  zarur  shart-sharoitlarni  shakllantirish,  qishloqda 

etkazib berilayotgan traktorlar va o‘rim-yig‘im texnikasi hajmlarini oshirish hamda 

ular  uchun  hisob-kitob  qilish  mexanizmini  takomillashtirish  maqsadida  Vazirlar 

Mahkamasining  2000  yil  2  noyabrdagi  "Qishloqni  lizing  shartlarida  qishloq 

xo‘jaligi  texnikasi  bilan  ta‘minlash  chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi  P1  424-sonli 

qarorining qabul qilinishi ayni muddao bo‘ldi. Darhaqiqat, mazkur hujjatga asosan 

"Uzqishloqxujalik-mashlizing"  kompaniyasi  tashkil  etildi,  uning  tuzilmasi 

tasdiqlandi,  eng  muhimi,  2001-2007  yillar  mobaynida,  tajriba  tariqasida 

"Uzqishloqxo‘jalikmashxolding"  kompaniyasi  zavodlari  va  qo‘shma  korxonlari 

tomonidan  ishlab  chiqarilayotgan  qishloq  xo‘jaligi  mashinalarini  (birinchi 

navbatda  traktorlar  va  o‘rim-yig‘im  texnikasini)  mashina-traktor  parklariga, 

qishloq  xo‘jaligi  kooperativlari  (shirkatlar)ga  va  fermer  xo‘jaliklariga  7  yil 


 

74 


muddatga  lizingga  berishning  tashkiliy,  iqtisodiy  hamda  texnikaviy  mexanizmlari 

aniq va ravshan belgilab qo‘yildi. 

Lizing  operatsiyalarda  "Uzqishloqxo‘jalikmashlizing"  kompaniyasi  (lizing 

beruvchi),  MTP  viloyat  hududiy  birlashmalari,  muqobil  mashina-traktor  parklari, 

qishloq xo‘jalik kooperativlari (shirkatlar), fermer xo‘jaliklari (lizingga oluvchilar), 

qishloq  xo‘jaligi  mashinasozligi  zavodlari  va  qo‘shma  korxonalari  (texnika 

vositalarini  ishlab  chiqaruvchilar)  bilan  bir  qatorda  Moliya  vazirligi  huzuridagi 

qishloq xo‘jaligini texnika bilan ta‘minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash 

jamg‘armasi, 

"G‘allabank" 

va 

"O‘zagrosug‘urta" 



kompaniyasi 

faoliyat 

ko‘rsatmoqda. 

Hozirgi  paytda  Respublika  qishloq  xo‘jaligi  tarmoqlarida  qishloq  xo‘jaligi 

korxonalarini  moddiy-texnik  ta‘minlashni  tashkillashtirishning  lizing,  dilerlik 

fermer  xo‘jaliklari,  ulgurji  savdo,  mashina  texnika  stantsiyalari,  texnika  ijarasi 

shaxobchalari va boshqa usullari keng yoyilib bormoqda. 

Lizing – bu eng avvalo investitsiyaviy maqsadlarda texnika va boshqa ishlab 

chiqarish  vositalarini  ijaraga  olish  va  keng  ma‘noda  iqtisodiy  munosabatlarning 

nisbatan  keng  usuli  sifatida  moliya-kredit,  savdo,  ijara  hamda  boshqa 

operatsiyalarni bajarishdan iboratdir. 

Lizingning iqtisodiy mohiyati quyidagilardan iborat. 

Lizing  kompaniyasi  zavod-tayyorlovchidan  mahsulotlarni  sotib  olib,  ularni 

iste‘molchilarga  ijara  sifatida  taqdim  etadi.  Mulk  shartnomada  ko‘rsatilganidek 

ma‘lum bir muddatga, iste‘molchining belgilangan to‘lovini to‘lashi bilan beriladi. 

Shartnomada  iste‘mol  qiymati,  xizmat  ko‘rsatish  bahosi  va  kompaniya 

qo‘shimcha  qiymatining  bir  qismi  ham  ko‘rsatiladi.  Ayni  paytda  mulk 

kompaniyaning  shaxsiy  mulki  bo‘lib  qolaveradi,  ammo  shartnomada  ko‘rsatilgan 

muddat tugashi bilan uni qoldiq qiymati bilan iste‘molchiga o‘tkazish mumkin. 

Lizing operatsiyalarini moliyaviy ta‘minlash uchun kompaniyalar Qishloq va 

suv  xo‘jaligi  vazirligi  huzurida  tashkil  etilgan  lizing  jamg‘armasi,  bank  kreditlari 

va  mahalliy  moliya  organlaridan  foydalanishadi.  Shu  sababli,  lizing,  qishloq 



 

75 


xo‘jalik  korxonalarini  zaruriy  texnika  va  boshqa  ishlab  chiqarish  vositalari  bilan 

ta‘minlashning ilg‘or usullaridan biri hisoblanadi. 

Qishloq xo‘jalik korxonalarini moddiy-texnik ta‘minlashning tashkiliy shakli 

sifatida  lizing  qator  ijobiy  tomonlar  bilan  birga  kamchiliklarga  ham  ega.  Ijobiy 

tomonlari:  zaruriy  texnikaga  bir  zumda  katta  xarajatlarsiz  ega  bo‘lish;  lizing 

to‘lovlari muddatini uzaytirish. 



 

76 


Xulosa 

 

Mustaqil respublikamiz iqtisodiyotning ustuvor tarmog‘i xisoblangan qishloq 

xo‘jaligidagi  fermerlar  butungi  jamiyatimizning  eng  faol,  eng  ishonchli  a‘zolari 

bo‘lib  xisoblanadilar.  Lekin,  qishloq  xo‘jaligi  tarmog‘ida  iqtisodiy  islohotlar 

o‘tkazilayotgan  bir  paytda  fermer  xo‘jaliklari  sonini  keskin  oshirishda,  ularning 

mehnat samaradorligini va pirovard natijalarini ko‘paytirishda echimini kutayotgan 

muammo va masalalar mavjuddir: 

1.  Bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  sharoitida  fermer  xo‘jaliklarini  har  tomonlama 

rivojlantirish,  iqtisodiy  mustahkamligini  ta‘minlash  uchun  boshqaruv  masalasiga 

alohida e‘tibor berish kerak. Xususan, boshqaruvning eski usullaridan vos kechgan 

holda,  fermer  xo‘jaliklarida  boshqaruvning  eng  samarali  usullaridan  biri  iqtisodiy 

usulini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Chunki, boshqarishning bu usuli dehqonlar 

va  xo‘jalikning  moddiy  manfaatlarga  asoslangan  bo‘lib,  xo‘jalik  va  har  bir 

dehqonning  manfatlarini  bir—biri  bilan  uzviy  borlanishiga  imkon  yaratadi.  Bu 

usulning asosiy vazifasi ishlab chiqarishda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan 

xarajatlar  miqdorini  kamaytirishga  imkon  beruvchi  xo‘jalik  mexanizmlarining 

yangi usullarini vujudga keltirish va undan samarali foydalanishdir. 

Umuman, fermerchilik rivojlangan xorijiy mamlakatlarning tajribasiga ko‘ra, 

fermer  avvalo  menejment,  marketing,  iqtisodiyot  va  agrar  sohaga  oid  bilimlarni 

chukur egallashi kerak. 

2.  Bozor  iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida har  bir  fermer  xo‘jaligi  o‘zining har 

taraflama  asoslangan  va  kelajakka  mo‘ljalangan  biznes  rejasini  ishlab  chiqishi 

kerak. Bu rejaning asosi marketing dasturi bo‘lib, u xo‘jalik imkoniyatlarini bozor 

talablariga  moslashtirishga  yo‘naltirilgan  tahlil,  rejalashtirish  va  nazorat  qilish 

jarayonlarini o‘z ichiga oladi. 

Marketing  tizimini  tashkil  qilmasdan  va  biznes  rejani  ishlab  chiqmasdan 

fermer  xo‘jaliklarni  rivojlantirib  bo‘lmaydi.  Lekin,  afsuski,  ko‘pchilik  fermer 

xo‘jaliklarida  bu  asosiy  masalalarga  e‘tibor  berilmayapti.  Shuning  uchun,  yangi 

tashkil  etilayotgan  va  faoliyat  ko‘rsatayotgan  fermer  xo‘jaliklarning  asosiy 


 

77 


e‘tiborini  marketing  tizimini  tashkil  qilishga  va  biznes  rejasini  ishlab  chiqishga 

qaratish kerak.  Shu  bilan bir qatorda  fermer  xo‘jaliklarida  buxgalteriya  xisobotini 

yuritishning  ahamiyati  kattadir.  Shuning  uchun  fermer  xo‘jalik  boshliqlarining 

buxgalteriya  xisobotini  yuritish  madaniyatiga  ega  bo‘lishi  ularning  tadbirkorlik 

faoliyati samaradorligini oshirishga zamin yaratadi. 

3.  Hozirgi  sharoitda  fermer  xo‘jaliklarini  rivojlantirishdagi  eng  muhim 

vazifalardan  biri,  qabul  qilingan  qonun  normalarini  fermer  xo‘jaligi  faoliyatida 

samarali  qo‘llashdan  iboratdir.  Yuqorida  aytib  o‘tilgani  kabi,  boshqaruvning  eski 

usullaridan  hali  ham  voz  kechilgani  yo‘q.  Mahalliy  boshqaruv  organlarining 

fermer xo‘jaliklari faoliyatiga aralashuvi davom etmoqda, ya‘ni ularning iqtisodiy 

va  texnologik  mustaqilligi  yo‘liga  sun‘iy  to‘siqlar  qo‘yilmoqda.  Bundan  tashqari, 

ularga  er  ajratish,  bank  xizmati  va  imtiyozli  kreditlar  berish,  etishtirgan 

mahsulotlarini  shartnoma  asosida  va  erkin  (kelishilgan)  narxlar  bo‘yicha  qabul 

qilish  masalalarida  muammolar  mavjud.  Shu  sababli  bugungi  kunda  fermerlarni 

huquqiy bilimi va ongini oshirish taqozo etiladi. 

4.  Bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  sharoitida  fermer  xo‘jaliklarining  ishlab 

chiqarish  samaradorligini  va  tuproq  unumdorligini  oshirish  uchun  bir  qator 

tadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi: 

•  fermer  xo‘jaliklarining  talabiga  mos  keladigan  texnika  vositalarini  ishlab 

chiqarish, ularni universallashtirish va lizing asosida sotishni yo‘lga qo‘yish lozim; 

•  fermer  xo‘jaliklarini  mineral  o‘g‘it  bilan  ta‘minlash  bo‘yicha  imtiyozlar 

joriy qilish, erga maxalliy o‘g‘it berish masalasiga katta e‘tibor berish lozim; 

 •  urug‘chilik  va  selektsiya  ishlarini  tashkil  etishni  tubdan  yaxshilash  kerak, 

xususan  dehqonchilikda  urug‘likga,  chorvachilikda  esa  naslga  juda  katta  e‘tibor 

qilish lozim; 

 •  agrotexnologiyaga,  ya‘ni  har  bir  ekin  turi  bo‘yicha  tegishli  agrotexnikaga 

amal qilish zarur; 

 •  fermer  xo‘jaliklari  etishtirgan  mahsulotlarini  qabul  qilishda  davlat 

tomonidan alohida imtiyozli narxlarni joriy etish zarur. 


 

78 


5.  Bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  vaqtida  fermer  xo‘jaliklarini  rivojlantirishda 

xorijiy  sarmoyalarni  jalb  etish  muhim  rol‘  o‘ynaydi,  ya‘ni  qishloq  xo‘jalik 

mahsulotlarini  qayta  ishlash  muammosini  shu  yo‘l  bilan  echsa  bo‘ladi.  Fermerlar 

xorijiy sarmoyalarni jalb etgan holda, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash 

va tayyor oziq—ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi texnologiya 

bilan jixozlangan tsexlarni ko‘rib, ya‘ni «ishlab chiqarish—qayta ishlash—sotish» 

degan yagona zanjirni tashkil etishlari kerak. 

Yuqorida  taklif  etilgan  barcha  masalalar,  agar  fermer  xo‘jaliklari  faoliyatiga 

tadbiq  etilsa,  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  sharoitida  ularning  yanada  rivojlanishiga 

juda ko‘p shart — sharoitlar yaratiladi. 

Umuman,  xulosa  qilib  aytganda,  bilimli,  tadbirkor,  irodasi  baquvvat,  iymon 

— e‘tiqodi butun, o‘zining kuchi va ertangi kuniga ishongan fermerlar har kanday 

muammolarni hal qilishi shubxasizdir. 


 

79 


 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 

 



Ўзбекистон  Республикаси  Конституцияси..  Т.:  «Ўзбекистон»,  2010 

й. 


«Фермер хўжалиги тўғрисида» Ўзбекистон Республикасининг 1998 йил 

30 апрель қонуни. 

«Деҳқон хўжалиги тўғрисида» Ўзбекистон Республикасининг  1998 йил 



30 апрель қонуни. 

Ўзбекистон  Республикаси  ПФ  «қишлоқ  хўжалигида  ислоҳотларни 



чуқурлаштиришнинг  энг  муҳим  йўналишлари  тўғрисида».  –Тошкент  Ж. 

Ўзбекистон иқтисодий ахборотномаси, 2003 й. № 4. 2-3 бетлар. 

Ўзбекистон 



Республикаси 

ПФ 


«2004-2006 

йилларда 

фермер  

хўжаликларини  ривожлантириш  концепцияси  тўғрисида».-«Ўзбекистон 

овози», 2003 йил, 28 октябрь.

 O‗zbekiston Respublikasining  ―Yer kоdeksi‖.// 

J. ―Soliq to‗lоvchi‖ jurnаli. 1998. № 7 – 8. – 12 b.  

6 O‗zbekiston  Respublikasining  «Suv  va  suvdan  foydalanish  to‗g‗risida»gi 

qоnuni.  //Qishloq  xo‗jaligida  islohotlarni  chuqurlаshtirishga  dоir  qоnun  va 

me‘yoriy hujjаtlar to‗plаmi. 1-qism. – T.: Shаrq 1998.  

7 O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mаhkаmаsining  ―MTPlarning  moddiy 

texnika bаzаsini mustаhkаmlаsh haqida‖gi qarori. 1998. – 10 mаrt. 

8 O‗zbekiston  Respublikasining  ―Dehqon  xo‗jaligi  to‗g‗risida‖gi  qоnuni.  // 

Xalq so‗zi. 6 iyun 1998 yil. 

9 O‗zbekiston  Respublikasining  ―Fermer  xo‗jaligi  to‗g‗risida‖gi  Qоnuni 

(Yangi tаhrirda)// Xalq so‗zi. – 15 оktyabr 2004 yil  

10 

«Бозор  ислоҳотларини  чуқурлаштириш  ва  иқтисодиѐтни  янада 



эркинлаштириш  соҳасидаги  устувор  йўналишларни  амалга  оширилишини 

жаддалаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»,. Тошкент ш., 2005 йил 7 июн. 

11 

«Ўзбекистон  Республикаси  Вазирлар  Маҳкамасининг  «Валюта 



операцияларини  янада  эркинлаштириш  чора-тадбирлари  тўғрисида»ги  420-

сонли қарори, 2003 йил 1 октябр. 

12 

Ўзбекистон  Республикаси  Вазирлар  Маҳкамасининг  «Ташқи 



иқтисодий 

фаолиятни  амалга  оширишда 

валюта 

операцияларини 



эркинлаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарори 15.08.2003 й. 

13 Ўзбекистон  Республикаси  Президентининг  Фармони.  Иқтисодиѐт  реал 

сектори  корхоналарининг  молиявий  барқарорлигини  янада  ошириш  чора-

тадбирлари тўғрисида. 2010 йил 18 ноябрь, ПФ-4053-сон. 

14 

Ўзбекистон  Республикаси  Президентининг  2010  йил  29  декабрда 



―Ўзбекистон  Республикасининг  2011  йилга    мўлжалланган  инвестицион 

дастури тўғрисида‖ги 1455-сонли Қарори. 

15 

Ўзбекистон  Республикаси  Президентининг  2011  йил  27  декабрда 



―Ўзбекистон  Республикасининг  2012  йилга    мўлжалланган  инвестицион 

дастури тўғрисида‖ги 1668-сонли Қарори.

 


 

80 


16 

Каримов  И.А.  Мамлакатимизни  модернизация  қилиш  ва  кучли 

фуқаролик жамияти барпо этиш – устувор мақсадимиздир. Асосий вазифамиз 

– Ватанимиз тараққиѐти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир. 

– Т.:Ўзбекистон, 2010. 

17 


Ўзбекистон 

Республикаси 

Президенти 

Ислом 


Каримовнинг 

мамлакатимизни 2013 йилда ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари 

ва  2014  йилга  мўлжалланган  иқтисодий  дастурнинг  энг  муҳим  устувор 

йўналишларига  бағишланган  Вазирлар  Маҳкамасининг  мажлисидаги 

маърузаси Т.: Халқ сўзи. 2014 йил 20 январь 

18 


Ўзбекистон  Республикаси  Президентининг  Фармони.  Иқтисодиѐт 

реал  сектори  корхоналарининг  молиявий  барқарорлигини  янада  ошириш 

чора-тадбирлари тўғрисида. 2012 йил 18 ноябр, ПФ-4053-сон.  

19 


Ўзбекистон  Республикаси  иқтисодий-ижтимоий  тараққиѐтининг 

мустақиллик  йилларидаги  (1990-2010  йиллар)  асосий  тенденция  ва 

кўрсаткичлари  ҳамда  2011-2015  йилларга  мўлжалланган  прогнозлари: 

статистик тўплам. – Т.: ―Ўзбекистон‖, 2011. 

20  Аbdullаеv   А.А.    Аybеshоv   Х.А.    "Fermer   xo‗jaligi   iqtisodi".-T.: 

"Аlоqаchi" 2008.-172   

21  Аллахвердиев  А.И.  "Развитие  форм  коопеpации  в  аграрном 

секторе АПК" "Экономика" 2003-253 с.  

22  Бобоева  В.Д.  "Проблемы  подъема  и  развития  агропромышленного 

комплекса в современных условиях" -М.: ВНИЭСК 2002-266 ст. 

23  Вахатов К.И, "Кооперация"-М.: 2007 Г.-556 с. 

24  Василенко 

М.А. 

"Организационно-экономические 



основы 

агропромышленной 

интеграции 

на 


сельскохозяйственных 

предприятиях и в объединениях". -М.: МСХА. 1981. 

25  Глазовений  Н.Ф.  Гордеев  А.В  Дасюн  Г.В.  "Устойчивое  развитие 

сельского  хозяйства и сельских территорий" "КМК"-М.:2005-615 ст.  

26  Гусаков  В.Г.  "Основные  объективные  законы,  закономерности 

принципы рыночной экономике" Минск. "Белоруская наука". 2006-86 ст. 

27  "Городец"-М.:  2006.  П.Добрынин    В.А.      "Государственное 

регулирование    агропромышленного  производства"-М.:  МСХА.  РФ. 

1998. 

28  Jurаеv  F.  "Qishloq  xo‗jaligi  korxonalarida  ishlab  chiqarishni  tashkil 



etish".-T.: "Istiqlоl". 2004-344 b.  

29  Zоkirоv  О.,  Pаrdaеv  А.  "Qishloq  xo‗jalik  iqtisodiyoti"-T.:  UАJBNT,  2003 

260 6. 

30  Ismоilоv А., Murtаzаеv О. "Qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti"-T.: 2003 y. 



31  Коваленко          СБ.          Козенко        З.Н.          "Сельскохозяйственная    

кредитная кооперация" - М.: "Финансы и статистика" - 2005 -446 с. 

32  Клочно Л.Н. "Сельскохозяйственная кооперация"-М.: "Дашновик" 

2003-480 с. 



 

81 


33  Макаренко  А.А.  "Теория  и  история  кооперативного  движения".-

М.:  ИВИ "Маркетинг" 2000. 

34  Магамедова  А.Х.  "Основные  направления  формирования  много 

укладной экономики в аграрном секторе АПК" Махачкала 1992-183 ст. 

35  Назаренко  В.И.  Налтсов  А.Г.  и  др.  "Кооперация  в  сельском 

хозяйстве за рубежом". - М.: ВНИИТЭИ, АПК, 1991. 

36  Umurzоqоv  U.T.,  Tоshbоеv А.SH.,     Rаshidоv SH.,  Tоshbоеv А.А.  

"Qishloq  xo‗jaligi  iqtisodiyoti  va  mеnеjmеnti"-T.:    "Iqtisоd-moliya"  2008-

267. 

37  Umurzоqоv      U.T.,      Tоshbоеv      А.SH.,    Tоshbоеv      А.А.      "Fermer   



xo‗jaligi iqtisodi",-T.:"Iqtisоd-moliya" 2008-276.  

38  Улчено  Н.У.  Мамедова  Н.М.  "Особенности  экономического 

развития  современных мусульманских государств (на примере Турции и 

Ирана)". 

39  O‗zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jаmg‗аrmаsi 2004-191 b. 

40  Радионова  О.А.  "Интеграция  в  сфере  агропромышленного 

производства,  тенденции,  механизмы  реализации"-М.:  РАСХН. 

ВНИЭТУСК, 2000. 

41  Оглоблин      Е.С.      "Пути    повышения  эффективности 

функционирования аграрных научных организаций"-М.: ВНИЭСХ 2000. 

42  Fаrmоnоv  T.Х.  ―Fеrmеr  хo‗jаliklаrini  rivоjlаntirish  istiqbоllаri‖.  –  T: 

Yаngi аsr аvlоdi, - 2004. – 143 b.  

43  Hаkimоv  R.  Оtаqulоv  M.  Yusupоv  E.  Yusupоv  M.  "Agrosanoat 

majmuasi iqtisodiyoti"-T.: 2004 - 159 b.   

44  Sаlimоv B.T. vа b. Dеhqоn vа fеrmеr хo‗jаliklаri iqtisоdi. – Tоshkеnt: 

45  Свинен  Й.  Пакус  К.  "Aграрное  преобразование  в  странах  с 

переходной экономикой". Вопросу экономики. 2001. №8 102-118 ст. 

46  Серова Е.В. "Aграрная экономика"-М.: ГУВСХЭ. 1999 г. 

47  Саммуельсон П. Норджоуе В "Экономика"-М.: 2000 

48  Тнач А.В. "Сельскохозяйственная кооперация", "Дашков и К". - М.: 

2006 Г.-203 Т. 12-26  

49  Ткач.  А.В.  "Сельскохозяйственная  кооперация".  "Дошновико"  - 

М.: 2006-203 с.  

50  Петранова    Г.А.      "Экономика    и    управление    в    сельском  

хозяйстве"-М.:Академия 2003-296 ст.  

51  Ergаshеv  R.Х.,    Shохo‗jаеvа  Z.S.,  Хаmrаеvа  S.N.  Qishlоq  хo‗jаligi 

iqtisоdiyoti (I qism) // Uslubiy qo‗llаnmа.  Qаrshi,  2009 y, 100 b.  

52  Ergаshеv  R.Х.,    Shохo‗jаеvа  Z.S.,  Хаmrаеvа  S.N.  Qishlоq  хo‗jаligi 

iqtisоdiyoti (II qism) // Uslubiy qo‗llаnmа  Qаrshi,  2009 y, 100 b.  

53  Ergаshеv  R.Х.,    Shохo‗jаеvа  Z.S.,  Хаmrаеvа  S.N.  Dеhqоn  vа  fеrmеr 

хo‗jаliklаri iqtisоdiyoti. Uslubiy qo‗llаnmа, Qаrshi, 2009 y.112 bеt.  


 

82 


54  Hamdamоv  Q.S.  "Qishloq  xo‗jaligi  korxonalari  faoliyatini  boshqarish".  - 

T.:  


55  Chjеn  V.А.  "Bozor  sharoitida  mintаqаning  tarmoq  taraqqiyoti"-T.:  1997. 

"Shаrq"-384 b.  

56  Chjеn V.А. "O‗zbekistonda iqtisodiy islohotlarning o‗ziga xosligi"-T.: 

1994 b. "Shаrq". 

57  SH. 

Ziyovuddinоv  "Qishloq  xo‗jaligi  iqtisodiyoti"  O‗zbekiston 

yozuvchilar uyushmasi Adabiyot Jаmg‗аrmаsi-T.: 2004-143  

 

Internеt Vеb sаhifаlari 

1.   

http://www.usda_programs



 

2. 

http://www.iuf.ru/



 

3. 

http://geliopax.tele-kom.ru



 

4. 


http://www.usaidmicro.org

  

 



 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish