Xomashyoni maydalash va qirqish.
Konservalarning ko‘p turlarini ishlab chiqarishda xomashyo maydalanadi.
Maydalash darajasi keyingi texnologik jarayonlar jadalligi, mahsulot sifatini
belgilaydi. Mevalarni mayin maydalash, presslash jarayonida sharbat chiqishini
oshiradi, lekin katta miqdordagi kichik zarrachalarning mavjudligi sharbatni meva
etidan ajratib olishni qiyinlashtiradi. Ayrim meva va sabzavotlardan danaklari,
mevabandi, urug‘larini olib tashlash talab qilinadi. Bu jarayonlar maxsus
mashinalarda amalga oshiriladi. Qoldiqlarni tozalash qo‘lda bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |