Buxoro muhandislik-texnologiya instituti


Xomashyoga termik ishlov berish



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/311
Sana21.01.2022
Hajmi7,33 Mb.
#395130
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   311
Bog'liq
fayl 1885 20210922

Xomashyoga termik ishlov berish. 
Yuvilgan,  tozalangan,  maydalangan  yoki  qirqilgan  xomashyoga  odatda  bug‘, 
suv  yoki  tuz,  shakar  yoki  organik  kislotalar  eritmalari  bilan  qisqa  muddatli  termik 
(issiqlik)  ishlovi  beriladi.  Bu  jarayon  blanshirlash  deb  ataladi.  Jarayonning  maqsadi 
o‘simlik  to‘qimalari  fermentlari,  birinchi  navbatda  oksidlovchi-qaytaruvchi 
kompleksini  susaytirish,  xomashyoni  mikroorganizmlar  bilan  ifloslanganligini 
pasaytirish,  to‘qimalardan  havoni  qisman  chiqarish  hamda  xomashyoga  yoqimsiz 
ta‘m  va  hid  beruvchi  moddalarni  bartaraf  etishdan  iborat.  Blanshirlash  mahsulotga 


196 
 
xos  rangni  saqlab  qolish,  uning  konsistensiyasi  va  ta‘mini  yaxshilash  imkonini 
beradi. 
Gazak  konservalari,  umumiy  ovqatlanish  uchun  yarimtayyor  mahsulotlar  va 
boshqalarni  tayyorlashda  sabzavotlarni  qovurish  yoki  yengilgina  qovurish  ko‘zda 
tutilgan. O‘simlik moyi yoki hayvon yog‘ida qovurish sabzavotlarga o‘ziga xos ta‘m, 
tillarang jilo beradi, ularni kaloriyaliligini oshiradi. Bunda xomashyo massasi 30 dan 
50%  gacha  kamayadi,  sabzavotlar  o‘z  massasiga  nisbatan  4  dan  27%  gacha  yog‘ni 
singdirib  oladi.  Qovurishda  yog‘ning  harorati  120-150*C  ni  tashkil  etadi. 
Quyultirilgan  tomat  mahsulotlari,  eti  bilan  sharbatlar,  bolalar  ovqatlanishi  uchun 
mahsulotlar  tayyorlashda  maydalangan  va  qizdirilgan  xomashyo  qirg‘ishlash 
mashinalaridan o‘tkaziladi. 
Gomogenizatsiyalashda  mahsulot  o‘lchami  30-100mm  bo‘lgan  tirqishdan  15-
20 Mpa bosim ostida siqib chiqariladi. Mahsulotning tirqishdan o‘tish tezligi 150-200 
m/s  ni  tashkil  etadi.  Deaerator  vertikal  silindrdan  iborat  bo‘lib,  uning  ichida 
teshikchali listdan tayyorlangan silindr joylashgan. Sharbat yon tomondan beriladi va 
forsunkalar  yordamida  sachraydi.  Suyuqlik  oqimining  kichik  tomchilarga 
parchalanishi  va  silindr  ichida  vakuum  hosil  qilinishi  hisobiga  kislorodning  jadal 
chiqarilishi sodir bo‘ladi.  Silindr  ichidagi  vakuum  93  Mpa (qoldiq bosim  8  kPa) ni 
tashkil qiladi, mahsulotning harorati esa 35˚C dan yuqori bo‘lmasligi lozim. 
Suyuq va pyuresimon mahsulotlarni konsentratsiyalash. 
Tomat  mahsulotlari,  povidlo,  djem,  sharbatlar  konsentratlarini  ishlab 
chiqarishda quruq moddalarni konsentratsiyalash maqsadida namni bug‘latish amalga 
oshiriladi.  Bug‘latishning  asosiy  maqsadi  suyuq  mahsulotlarning  sifatini  saqlagan 
holda, fizik-kimyoviy xossalarini o‘zgartirmasdan namni  qochirishdan iborat. Bunda 
suyuqlikning qaynash harorati 100 dan yuqoridan 75-80˚C gacha pasayadi. Sharbatlar 
quruq  moddalarini  konsentratsiyalashni  -10-12˚C  haroratda  muzlatish  usulida  ham 
amalga oshirish mumkin. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   311




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish