Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

Mahalliy investorlar
 

 
investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston 
Respublikasi  fuqarolari,  Oʻzbekiston  Respublikasi  rezidenti  maqomiga  ega  boʻlgan 
chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi 
tadbirkorlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
 
Reinvestitsiya
  –  investorlar  tomonidan  korxonalar  faoliyatidan  olingan 
foydani  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish  maqsadida  uni  shu  korxonaga  qayta 
kiritishdir.  
Investitsiya  resurslari
  –  bu  investitsion  faoliyati  amalga  oshirishda  ishtirok 
etadigan har xil ko‘rinishdagi mablag‘lardir. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi: 
Respublikada  investitsiya  faoliyatini  yuritish  uchun  qulay  shart-sharoitlar 
yaratilishi  bilan  birga  uni  davlat  tomonidan  muvofiqlashtirish  uchun  ham 
hukumatimiz  tomonidan  bir  qancha  qonun  va  qoidalar  qabul  qilingan.  Ushbu 
qonunlar  investitsion  faoliyatning  tartibga  solinishi  va  muvofiqlashtirilishi  bo‘yicha 
huquqiy  tizimning  shakllanishiga  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Bundan  tashqari 
davlatning  investitsion  faoliyatga  qanday  vositalar  va  richaglar  orqali  ta’sir 
ko‘rsatishi ham muhim masaladir. Har qanday jamiyatdagi investitsion faoliyat o‘z-
o‘zidan  rivojlana  olmaydi,  unga  albatta, muayyan  ta’sir  ko‘rsatuvchi  sub’ektlarning 
aralashuvi  talab  qiladi.  Bunday  aralashuvning  samarali  natijasini  faqat  davlat 
tomonidan  ta’minlash  mumkin.  Biroq  bunday  vaziyatda  davlat  investitsion 
faoliyatining  rivojlanishini  to‘xtatib  qo‘ymasligi  lozim,  aks  holda  uning  amal 
qilishida sub’ektivlik ta’sirining kuchi yuqori bo‘ladi va  bo‘ysundiruvchi harakterga 
ega bo‘lib qoladi.  
Investitsion  faoliyatni  muvofiqlashtirish  uning  muhim  yo‘nalishlarida  qulay 
sharoitlar yaratishga  (ya’ni, ijtimoiy  rivojlantirish,  ishlab  chiqarishni texnik jihatdan 
takomillashtirish,  yangilik  va  ixtirolarni  tadbiq  etish  asosida  ijtimoiy  talablarni 
qondirishga)  qaratilgan  bo‘lishi  lozim.  Investitsion  faoliyatni  quyidagi  maqsadlarda 
muvofiqlashtirib  borish  davlat  tomonidan  ta’minlanishi  lozim:  bozor  iqtisodiyoti 
sharoitiga  kirib  borish  jarayonida  davlatning  iqtisodiy  siyosatni  amalga  oshirilishini 
ta’minlash;  davlatning  fan-texnika  siyosatini  o‘tkazish  va  buning  asosida  xo‘jalik 
tabaqalarini mustahkamlash hamda jahon bozoriga kirib borish. 
Davlat tomonidan investitsion faoliyatini boshqarish bir qator chora-tadbirlarni 
qo‘llash,  ularni  hayotga  tadbiq  etish  asosida  amalga  oshirilishi  davr  talabidir.  Bu 
chora-tadbirlar qo‘yidagilardan iborat bo‘lmog‘i lozim: 
-
 
soliq  tizimini  qulaylashtirish,  ya’ni  soliq  sub’ektlarini,  ob’ektlari  va 
stavkalarini tabaqalashtirish va soliq imtiyozlarini berish; 
-
 
samara  keltirmaydigan  va  boqimandalik  holatini  yuzaga  keltiruvchi  soliq 
imtiyozlaridan voz kechish; 


33 
 
-
 
amortizatsiya  siyosatini  amalga  oshirish,  shu  jumladan  tezlashtirilgan 
amortizatsiya  siyosatini  qo‘llab-quvvatlash  hamda  amortizatsiya  imtiyozlarini  joriy 
etish; 
-
 
ayrim  viloyat  (tuman,  shahar)larda  tarmoqlarni  rivojlantirishga  maqsadli 
dotatsiyalar, subsidiyalar, subvensiyalar orqali yordam ko‘rsatish; 
-
 
byudjetdan  ajratiladigan  subvensiyalarni  taqdim  etishda  sohada  yuz  berishi 
lozim bo‘lgan ijobiy imtiyozni asos qilib olish; 
-
 
kredit  siyosatini,  davlatning  norma  va  standartlarining  antimonopol 
tadbirlarini ishlab chiqarish va oqilona narx-navo siyosatini o‘tkazish. 
-
 
yer  hamda  boshqa  tabiiy  boyliklardan  foydalanish  shart-sharoitlarini 
aniqlash; 
-
 
investitsiya  loyihalarini  ekspertizadan  o‘tkazish  davlat  dasturlariga  kiritish, 
investitsiya loyihalarining monitoringini o‘tkazish va mexanizmini ishlab chiqish; 
-
 
zarur hollarda yoki qonunga muvofiq investitsiya faoliyatini to‘xtatib turish, 
cheklash yoki tugatish. 
Shuni  ta’kidlash  joizki,  investitsiya  faoliyatining  amalga  oshirilishi  zaruriy 
barcha  shart-sharoitlarning,  qulayliklarning  yaratilishiga  bog‘liqdir.  Bu  investitsion 
iqlim iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy omillarga bog‘liq bo‘lgan muhit sifatida qaralishi 
maqsadga  muvofiqdir.  Bunda  investitsion  muhitning  ahvoli  iqtisodiy,  ijtimoiy, 
siyosiy,  huquqiy  shart-sharoitlarning  mavjud  holati  yotishi  lozim.  Shuning  uchun 
iqtisodiy  siyosatni  olib  borish,  davlat  boshqarish  organlarining  investitson 
jarayonlarni  tartibga  solish,  iqtisodiyotda  davlatning  aralashuvi,  xalqaro  bitimlarda 
ishtirok etishi va chet el investitsiyalarini jalb qilishi investitsion muhitga katta ta’sir 
ko‘rsatadi.  Ammo  bunday  ta’sir  doimo  ijobiy  natijalarni  qo‘lga  kiritilishiga  xizmat 
qilishi zarur. 

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish