Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


III MODUL. INVESTITSIYA FAOLIYATI VA INVESTITSIYA SIYOSATI



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

III MODUL. INVESTITSIYA FAOLIYATI VA INVESTITSIYA SIYOSATI 
3.1 – mavzu: O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish 
Reja: 
1. 
Investitsion faoliyat tushunchasining ahamiyati. 
2. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsiya faoliyatini tashkil etish 
 
1  –  savol  bayoni.
  Investitsiya  faoliyati  davlat  tomonidan  tartibga  solinadi. 
Davlat  investitsiya  faoliyatining  qonunchilik  negizini  takomillashtirish,  soliq 
to’lovchilar  va  soliq solish  obyektlarini,  soliq  stavkalari va ularga doir imtiyozlarni 
tabaqalashtiruvchi  soliq  tizimini  qo’llash,  normalarni,  qoidalar,  standartlarni 
belgilash, monopoliyaga qarshi choralarni qo’llash, kredit siyosati va narx siyosatini 
o’tkazishga  va  boshqa  tabiiy  resurslarga  egalik  qilish  va  ulardan  foydalanish 
shartlarini  belgilash  va  boshqa  yo’llar  bilan  bunday  faoliyatni  amalga  oshiradi. 
Investitsiya  kiritishdan  asosiy  maqsad  daromad  olish  va  ijobiy  ijtimoiy  samaraga 
erishishdir.  Investitsiya  kiritishda,  avvalo:  investitsiya  faoliyatini  subyektlarining 
mustaqilligi  va  tashabbuskorligi;  kiritilayotgan  moddiy  ne’matlarga  investitsiya 
maqomini  berish;  qonun  bilan  belgilangan  investitsiya  faoliyatini  amalga  oshirish 
imkoniyati  yaratilishi  zarur  bo’lib  hisoblanadi.  Investitsiya  faoliyatining  obyekti 
moddiy  va  nomoddiy  ne’matlar  ishlab  chiqarish  obyektlari  hisoblanadi. 
Respublikamizda  bozor  munosabatlarining  vujudga  kelishi  va  rivojlanishi, 
tadbirkorlikning  taraqqiyoti  mavjud  mablag’larini  ixtiyoriy  investitsiyalash  asosida 
faoliyat  yuritishni  taqoza  etadi.  Investitsiya  shu  jumladan,  chet  el  investitsiyalarini 
huquqiy  tartibga  solish,  birinchidan,  milliy  qonun  hujjatlari  bilan,  ikkinchidan, 
xalqaro shartnomalar bilan amalga oshiriladi. 
Investitsiya  faoliyatining  ob’ekti  moddiy  va  nomaddiy  ne’matlar  ishlab 
chiqarish ob’ektlari hisoblanadi. Investitsiya faoliyatining sub’ektlaridan biri investor 
bo’lib,  u  o’z  mablag’larini,  qarzga  olingan  va  jalb  etilgan  mablag’larni,  mulkiy 
boyliklarini  va  ularga  doir  huquqlarini,  shuningdek  intellektual  mulkka  doir 
huquqlarni  investitsiya  faoliyati  ob’ektlariga  jalb  etishni  amalga  oshiradi.  Bunday 
o’ziga  xos  faoliyat  sub’ektlarining  yana  bir  katta  guruhi  mavjud  bo’lib,  ular 
investitsiya  faoliyati  ishtirokchilari  deb  yuritiladi  va  ularning  asosiy  vazifasi 
investorning  buyurtmalarini  bajaruvchi  sifatida  investitsiya  faoliyatini  ta’minlash 
bo’lib hisoblanadi.  
Investisiya faoliyatida sohalardan birini yoki bir nechtasini tanlab olish huquqiga 
investorlarning  o’zlari  ega  bo’ladilar.  Ularni  hyech  kim  soha  yoki  investisiya 
obyektlarni  tanlashga  majbur  eta  olmaydi.  U  yoki  bu  sohani  tanlashda  va 
investisiyalarni  ma’lum  bir  sohaga  sarflashdagi  qarorlarni  investorlarning  o’zlari 
qabul  qiladilar.  Investisiya  faoliyati  subyektlari  bo’lib  bir  investor,  bir  nechta 
tadbirkorlik va boshqa faoliyat bilan shug’ullanuvchi ishtirokchi investorlar bo’lishi 
mumkin.  Investisiyalarni  jalb  etish  va  sarflash  sohalariga  asoslanib  investisiya 
faoliyati  obyektlarini  turkumini  tuzish  mumkin.  Investisiya  faoliyati  obyektlari 
turkumi  investisiyalarni  sarflanish  sohalariga  binoan  quyidagi  3.1  –  rasmda 
ko’rsatilgan.  
Investitsiyaviy faoliyatni ikki bosqichdan iborat harakatlarga ajratish mumkin. 
Birinchi  bosqichda  investor  o’zining  bo’sh  mablag’larini  investitsiyaviy  shaklida 
kiritilish to’g’risidagi qarorni qabul qiladi. Bunda u tadbirkorlik faoliyat obyektlarini 
o’zgartirishi  asosida  foyda  olishining  maqbul  yo’llarini  izlaydi.  Bu  bosqichda 


30 
 
investitsiyaviy  shartnomani  imzolash  bilan  moddiy  yoki  nomoddiy  ne’matlarga 
investitsiya  maqomi  beriladi.  Investitsiya  faoliyatining  ikkinchi  bosqichi 
investitsiyalarni realizatsiya qilish bo’yicha amaliy harakatlarini amalga oshirishdan 
iborat.  Bu  bosqichning  xarakterli  tomoni  shundan  iboratki,  bunda  investitsiyaviy 
shartnomalarni amalga oshirish bo’yicha qator harakatlar amalgam oshiriladi. Bunda 
investitsiyaviy faoliyatning har bir ishtirokchilarining vakolatlari doirasi, shuningdek 
investitsiyaviy faoliyati subyektlari aniqlanadi.  
Ikkinchi  bosqich  investitsiyaviy  faoliyat  obyektini  barpo  etish  bilan 
yakunlanadi. Investitsiyaviy faoliyat subyektlarining o’zaro munosabatlari shartnoma 
asosida  tashkil  etiladi.  Investitsiyaviy  shartnoma  yuridik,  tarkibiy  murakkab 
shartnoma bo’lib hisoblanadi.
 
3.1 – rasm 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Investitsiya  faoliyati  investitsiya  faoliyati  sub’ektlarining  investitsiyalarni 
amalga  oshirish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  harakatlari  majmuasi  tushuniladi.  Investitsiya 
faoliyatini  yo‘lga  qo‘yishda  har  bir  mulk  egasi  birinchi  navbatda  o‘z  manfaatini 
ko‘zlab  yagona  bir  maqsadga,  ya’ni  foyda  olishga  yoki  ijtimoiy  samara  olishga 

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish