31
intiladi. Mamlakatimizda korxonalar investitson faoliyat samaradorligini oshirish va
ularning samarali faoliyat olib borishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Lekin shunday
bo‘lsada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda,
“..iqtisodiyot o‘sishining yuqori sur’atlari va investitsiya resurslariga o‘sib
borayotgan talabni qanoatlantirish bir-biriga muvofiq emas. Mamlakatimiz
hududlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish o‘ta qoniqarsiz ahvolda qolmoqda”
14
.
Shunday ekan, iqtisodiyotda faoliyat ko‘rsatayotgan investitsiyalarni
modernizatsiyalash jarayoniga qay yo‘sinda ta’sir etayotganligini aniq tahlilini olib
borish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Investitsion faoliyatni amlaga oshirish uchun
qilingan sarf harajatlardan ijobiy natijaga ega bo‘lish tashqi omillarning
samaradorligini kuchaytirish salbiy holatlarni yumshatish uchun ko‘pgina investitsion
faoliyatini to‘laqonli va samarali boshqaruv tizimini yaratishni taqozo etadi. Alohida
ta’kidlab o‘tish kerakki, zamonaviy iqtisodiyotning shiddatli harakati uchun
korxonaga samarali boshqaruvini yaratishni zarur qilib qo‘yadi va busiz korxona
investitsion faoliyatini amalga oshira olmaydi.
Investitsion faoliyatni amalga oshirishning dastlabki bosqichi ancha
murakkabdir. Chunki, aynan mazkur bosqichda yuqori ehtimollik darajasi ko‘proq
tanlangan ijodiy va katta hajmdagi tahliliy yondashuvga borib taqaladi. Aynan
shunday tahlillar natijasiga tayanib, korxona investitsion faoliyati rejalashtiriladi va
amalga oshiriladi. Shuning uchun birinchi bosqich keyingi bosqichlarning
tashkillashtirilishiga bog‘liq bo‘ladi. Bozor kon’yukturasini prognozlashtirishdan
asosiy maqsad korxona investitsion faoliyatiga ta’sir etishi ko‘zda tutilayotgan tashqi
omillarni aniqlab olishdan iboratdir.
AQSH tajriabsidan ma’lumki, bunday jarayonni PEST omillar tahlili deb
nomlanadi va u o‘zida to‘rtta omilni ya’ni siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnik
omillarni o‘z ichiga oladi
15
. Hozirgi kunda har qanday holatda ham strategik
rejalashtirish barcha korxonaning taraqqiyotini belgilovchi asosiy boshqaruv
tamoyillaridan hisoblanadi. Strategik rejalashtirish korxonaning rivojlanishi va
investitsion faoliyat bilan samarali foydalanishidan belgilovchi hamda investitsion
faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan barcha korxonaning ichki va tashqi imkoniyatlarni
aniqlab beruvchi faoliyatdir. Bularning 3 ta asosiy yo‘nalishlarni ko‘rsatish mumkin:
1. Investitsion siyosat;
2. Maqsadli investitsion rejalashtirish;
3. Investitsion strategiya.
Biz ko‘pgina iqtisodchi amaliyotchilarni ilmiy tadqiqotlarda kompaniya
investitsion faoliyani rejalashtirish jarayonida investitsion siyosatning muhim o‘rni
va roli to‘g‘risidagi qarashlarga aniqlik kiritishga harakat qildik, lekin tadqiqotlar
orasida biz aniq bir fikr va to‘xtamga ega bo‘lgan yondashuvni topa olmadik.
Investitsiya faoliyatida investitsiya sub’ekti, investitsiya ob’ekti, investor, investitsiya
resurslari kabi tushunchalar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: