Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

2 – savol bayoni.
 Investitsiya faoliyatini yo‘lga qo‘yishda har bir mulk egasi, 
birinchi  navbatda  o‘z  manfaatini  ko‘zlab  yagona  maqsadga,  ya’ni  foyda  olish  va 
samaraga  erishishni  rejalashtiradi.  Korxonaning  taraqqiyot  strategiyasi  haqiqatda 
investitsion  faoliyat  orqali  amalga  oshadi  va  shu  orqali  ro‘yobga  chiqadi.  Bu  o‘z 
ichida  kompleks  tizimlar  harakatini  va  uzoq  muddatli  maqsadlarga  erishish 
vositalarini  o‘zida  mujassamlashtiradi.  Investitsion  faoliyat  tizimi  korxona  xo‘jalik 
yuritishning  har  qanday  darajasida  investitsiyalarni  joylashtirish,  ularni  amalga 
oshirish  va  boshqarishdan  iborat  bo‘ladi.  Investitsion  faoliyat  tizimi  nafaqat  har 
qanday xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, balki turli daraja va o‘lchami, kelajakdagi istiqbol 
taraqqiyot  strategiyasiga  qaramay  butun  bir  iqtisodiy  tizimning  muhim  shartlaridan 
hisoblanadi.  Investitsiya  faoliyatini  tashkil  etishda  ishbilarmonlikni,  tadbirkorlikni 
mohiyatini  chuqur  anglagan  holda  ish  yuritishi  muhim  vazifalardan  biri  bo‘lib 
hisoblanadi.  Investitsiya  faoliyati  bilan  shug‘ullanuvchi  yuridik  shaxs,  ya’ni  mulk 


37 
 
egasi  tez  o‘zgaruvchan  bozor  iqtisodiyoti  va  uning  ko‘pqirrali  munosabatlarini  har 
tomonlama  anglay  bilishi  lozim.  Investitsiya  faoliyatini  yuritishda  investor  pul 
muomalasi,  moliya kredit va  banklar,  soliq  siyosati  mohiyatini  chuqur  bilmay turib, 
investitsiya  faoliyatini  tashkil  etish  tavakkalchilik  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  qisqa  davr 
ichidagi  inqirozga  uchrashi  mumkin.  Sanoati  rivojlangan  davlatlarda  investitsiya 
faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi: 
fuqarolar,  davlatga  qarashli  bo‘lmagan  korxonalar,  xo‘jalik  assotsiatsiyalari, 
jamoa  va  o‘rtoqlik  xo‘jaliklari  hamda  jamoa  mulkchiligi  asosida  tashkil  etilgan 
tashkilotlar, nodavlat korxonalari va muassasalari
davlatni  ma’muriy  va  boshqaruv  bo‘linmalari,  tashkilotlari  hamda  davlat 
korxonalari va muassasalari; 
chet  el  fuqarolari,  xususiy  firmalar,  assotsiatsiyalar, kompaniyalar  va  huquqiy 
shaxslari hamda boshqa xorijiy davlatlar va halqaro moliya – kredit institutlari;  
qo‘shma korxona ko‘rinishida mahalliy va chet el fuqarolari, huquqiy shaxslar 
va davlatlar bilan hamkorlikda olib boriladi. 
Tadbirkorlik  va  ishbilarmonlikni  yo‘lga  qo‘yilishi,  jahon  iqtisodiy  aloqalarini 
taraqqiy  etishi,  qo‘shma  korxonalarni iqtisodiyotni barqarorlashtirishda  rolini ortishi 
investitsiya faoliyatini to‘la tashkil etish uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlarni yaratadi. 
Mulkchilikning  turli  shakllarini  vujudga  kelishi,  o‘z  navbatida  tadbirkorlikning 
rivojlanishi,  chet  el  kapitalining  kirib  kelishi  investitsiya  faoliyatini  tashkil  etish 
yo‘nalishlarini  ham  aniqlab  beradi.  Bunday  sharoitida  investitsiya  faoliyatini 
kengaytirish  va  rivojlantirish  jismoniy,  huquqiy  shaxslarni  va  davlatni,  foyda  olish 
maqsadida  tadbirkorlik,  ishbilarmonlik  va  boshqa  faoliyatlarini  qaytadan  tiklashga 
qaratilgan.  Bu  boradagi  asosiy  maqsad  investitsiya  faoliyatini  tashkil  etib 
iqtisodiyotni  inqirozdan  olib  chiqish,  uni  barqarorlashtirish,  dunyo  bozoriga  kirib 
borish,  jahon  xo‘jalik  aloqalarini  mustahkamlash  va  aholi  turmush  darajasini 
yaxshilashdir.  Investitsiya  faoliyatini  moliyalashtirish  investorlar  tomonidan 
moliyaviy  resurslarni  jalb  qilish  yo‘li  bilan  kreditlar  evaziga,  muomalaga, 
qonunchilikda  belgilangan  tartibda,  qimmatli  qog‘ozlar  va  zayomlar  chiqarish 
hisobiga  olib  boriladi.  Mamlakat  miqyosidagi  manbalar  hisobiga,  turli  mulk 
egalarining  mablag‘lari,  yangidan  tashkil  etilayotgan  fondlarni  ulushi,  chet  el 
investitsiyalari orqali olib boriladi. Investitsiya manbalarini tashkil etishda mamlakat 
iqtisodiyotini  barqarorligi,  tashqi  iqtisodiy  munosabatlarning  rivojlanishi,  aholi 
ehtiyojini ishlab chiqarish hisobiga qondirilishi va boshqalar yetakchi rol o‘ynaydi. 
Moliyaviy  resurslarni  taqsimlash  va  qayta  taqsimlash  hamda  u  yoki  bu 
yo‘nalishda sarflash va jamg‘arish mamlakatdagi taqsimot tizimiga bog‘liqdir.  
Qabul  qilingan  qonunlarni  va  ularni  hayotga  tatbiq  etilishi  eng  avvalo  bozor 
munosabatlarining  rivojlantirishga,  tadbirkorlik,  ishbilarmonlikni  keng  ko‘lamda 
tarqalishiga  xizmat  qilsa  unda  investitsiya  manbalari  tarkibida  davlat  mablag‘lari 
kamayishi  hisobiga  boshqa  mulkdorlar  mablag‘lari  o‘sib  boradi.  Ishlab  chiqarish 
munosabatlarini  to‘g‘ri  yo‘lga  qo‘yish  va  davlatning  samarali  moliya  siyosatini 
yuritish  alohida  ahamiyatga  egadir.  Xorijiy  kapitalni  kirib  kelish  darajasi  ustun 
darajada mamlakatni olib borayotgan moliya siyosatiga (fiskal siyosati) bog‘liqdir.  
Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  manfaatlarini  ishonchli  himoya  qilish, 
ishbilarmonlik  muhitini  yaxshilash  borasida  olib  borayotgan  ishlarimiz  o‘zining 
rivojlanish  yo‘lida  odimlanishi  bilan  birga  xalqaro  iqtisodiy  tashkilotlarning 
reytinglarida o‘zining ijobiy ifodasini ham topmoqda.  


38 
 
Investitsion  faoliyatni  ro‘yobga  chiqarish  jarayonida  qulay  muhit  sharoitini 
yaratib beradi yoki aksincha unga to‘siq bo‘ladi. Chunki korxona tomonidan amalga 
oshirishda  investitsiya  siyosatini  dastlabki  manbai  investitsiya  faoliyatini  strategik 
rejalashtirishga  bog‘liq.  Korxona  tomonidan  to‘g‘ri  deb  tan  olingan  strategik 
rejalashtirish  ichki  davlat  tomonidan  amalga  oshirilayotgan  ma’muriy  usullar  va 
tashqi  muhit  sharoitidagi  inqirozlar  mazkur  jarayonni  buzilishiga  olib  keladi. 
Shuningdek 
tadqiqotlarda 
kompaniyaning 
kuchli 
va 
kuchsiz 
tomonlari 
raqobatbardoshlikka  chidamliligi  hamda  bozordagi  mavqiye  ham  hisobga  olinadi. 
Albatta bu ko‘rsatilgan holatlar ssenariysi kompaniya investitsion siyosatini vujudga 
keltiradi.  Mana  shu  doirada  investitsion  faoliyatning  asosiy  ko‘rsatkichlari 
aniqlanadi, ya’ni: 
-  investitsion  faoliyatning  barcha  umumiy  yo‘nalishlari  tanlanadi  va 
investitsiyalashning ustuvor shakllari belgilanadi;  
- investitsion faollikning imkoniyatlarning geografik chegaralari belgilanadi;  
- investitsiyalashnig aniq mo‘ljallangan sohasi aniqlanadi;  
- yuqori tavakkalchilikka erishish mumkin bo‘lgan chegara qabul qilinadi
-  moliyalashtirishning  mumkin  bo‘lgan  va  mumkin  bo‘lmagan  shakllari 
aniqlanadi;  
-  samaradorlikning  maksimal  va  minimal  erishish  mumkin  bo‘gan 
ko‘rsatkichlarga  aniqlik  kiritiladi  (kapital  qiymati,  qarz  majburiyati,  rentabillik 
darajasi, moliyaviy dastak koefitsenti va boshqalar);  
-  investitsion  faoliyat  samaradorligini  baholovchi  ko‘rsatkichlar  aniq  tizimi 
shakllantiriladi;  
-  korxonaning  investitsion  jarayon  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  va  uni  ro‘yobga 
chiqarish va amalga oshirish bosqichi muddatlari belgilanadi. 
 
 

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish