40
uyg‘unlashuviga ko‘maklashishdan, shuningdek, xorijiy moliyaviy, moddiy,
intellektual va boshqa zaxiralarni, zamonaviy texnologiyalarni va boshqaruv
tajribalarini jalb qilish hamda ulardan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investorlarning ma’lum kategoriyalarini
himoya qilish chora-tadbirlari va ularni kafolatlash bo‘yicha kompleks chora-
tadbirlar “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qonunning asosi bo‘lib hisoblanadi. Mazkur
qonunning 3-moddasida, davlat boshqaruv idoralari va davlat hukumat organlari
joylarda chet el investitsiyalarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq
amalga oshirilgan xo‘jalik faoliyatlariga aralashish huquqiga ega emaslar, deb
aytilgan. Qulay investitsion muhitni yaratishda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda
aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. Investitsiya faoliyati
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, investitsiya faoliyatining sub’ekti
etkazilgan zararni, shu jumladan boy berilgan foydani, qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda qoplanishini talab qilish huquqiga egadir. Investitsiyalar bilan bog‘liq nizolar
(investitsiyaga oid nizolar) sud tomonidan hal etiladi.
Investitsiya faoliyatining huquqiy asoslari tarkibida eng muhim sifatida
O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hisoblanib, u 2019 yil 25 dekabrda qabul qilingan
bo‘lib, 69 ta moddadan iborat. Ushbu Qonunning maqsadi chet ellik hamda mahalliy
investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar va investitsiya faoliyati
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonun markazlashtirilgan
investitsiyalar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solmaydi.
Konsessiya faoliyati, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar tuzish, ularni bajarish
va bekor qilish, investitsiya, pay va venchur fondlari, kapital bozorini, shu jumladan
qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni tartibga solish, davlat-xususiy
sheriklik, maxsus iqtisodiy zonalar sohasidagi huquqiy munosabatlar alohida
qonunlar bilan tartibga solinadi. Ushbu qonunni mukammal bilish va unga amal
qilish investitsiya munosabatlarini yanada rivojlanishiga zamin yaratib beradi.
Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun
hamda boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining investitsiyalar va investitsiya
faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar
belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: