Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

Reja: 
1. 
Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va turlari 
2. 
Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish turlari va shakllari 
 
1  –  savol  bayoni.
  Chet  el  investitsiyalari  -  foyda  olish  maqsadida  xorijiy 
investorlar tomonidan tadbirkorlik va boshqa faoiyat turlarini rivojlantirishga safarbar 
etadigan  barcha  mulkiy,  moliyaviy,  intellektual  boyliklardir.  Xorijiy  investitsiyalar 
ob'ekti  bo’lib  milliy  iqtisodiyotning  barcha  sohalarida  yangi  yaratilgan  va 
modernizatsiya  qilingan  asosiy  vositalar  va  aylanma  mablag'lar,  qimmatli  qog'ozlar, 
maqsadli pul mablag'lari depozitlari, ilmiy-texnik mahsulotlar, intellektual boyliklar, 
mulk huquqi bo'lishi mumkin. Iqtisodiyoti muttasil o'sib borishni istagan har qanday 
davlat  o'z  milliy  iqtisodiyotiga  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  qilish  uchun  qanday 
choralar  ko'rish  kerak?  O‘zbekiston  xorijiy  investitsiyalarni  mamlakatga  kiritish 
uchun barcha shart – sharoitlarga ega. O‘zbekiston xorijiy investitsiyalarni jalb etish 
uchun bir qator afzalliklarga ham ega.
 
Umuman olganda qulay investitsiya muhitini 
yaratish  davlatimiz  iqtisodiy  siyosatining  markaziy  masalalaridan  biri  bo‘lib 
hisoblanmoqda.    Aytish  joizki,  xorijiy  sarmoyalarni  jalb  qilmasdan  turib  biror-bir 
davlat  taraqqiyotga  hamda  iqtisodiyot  rivojiga  erisha  olgan  emas.  Shu  bois  ham  bu 
ish  mamlakatimizning  iqtisodiy  siyosatida  ustuvor  yo‘nalishlaridan  biri  bo‘lib 
kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasida bu siyosatni:  
-  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  erkinlashtirish;  respublika  iqtisodiyotiga  kapital 
mablag‘larni  jalb  etishni  ta’minlovchi  huquqiy  asos,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  boshqa 
shart-sharoitlarni shakllantirish;  
-  jahon  andozalari  talablariga  javob  beradigan  texnologiyalarni  yetkazib 
beruvchi 
hamda 
iqtisodiyotning 
zamonaviy 
tuzilmalarini 
barpo 
etishga 
ko‘maklashuvchi  xorijiy  sarmoyadorlarga  nisbatan  ochiq  eshiklar  siyosatini 
muntazam ravishda yuritish;  
- mablag‘larni raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bilan 
bog‘liq  eng  muhim  ustuvor  yo‘nalishlarga  sarflash  kabi  tamoyillar  orqali  amalga 
oshirilib kelinmoqda.  
Bu  borada  mamlakatimizdagi  mavjud  qonunchilik  xorijiy  samoyadorlarga  bir 
qator kafolat va imtiyozlar berishini ta’minlaydi. Shu o‘rinda xorijiy investitsiyalarni 
iqtisodiyotimizda  naqadar  zarurligini  e’tirof  etgan  holda  xorijiy  sarmoyadorlar 
O‘zbekiston  Respublikasida  olib  borilayotgan  investitsion  siyosatiga,  qonun 
ustuvorligiga  eng  asosiysi  to‘lov  qobiliyatiga  qodir  bo‘lgan  kuchli  sherik  sifatida 
ishonchlarini 
qozonish 
lozim. 
Buning 
uchun 
iqtisodiyotimizga 
xorijiy 
investitsiyalarni  asosan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  kapital  sarmoyalar  ko‘rinishida  keng  jalb 
qilinishi uchun huquqiy, ijtimoiy iqtisodiy va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratish, 
ko‘shma  korxonalar  tashkil  etilishiga  ko‘maklashish,  shuningdek,  investorlar 
manfaatlari himoya qilinishini takomillashtirish zarur.  
Albatta, mamlakatga investitsiya kiritayotgan har bir xorijiy investor uning boy 
imkoniyatlari  bilangina  emas,  balki  avvalambor,  respublikada  ijtimoiy  siyosiy 
vaziyatning  barqarorligi;  iqtisodiy  taraqqiyot  istiqbollarining  aniq  ravshanligi; 
respublikada  o‘tkazilayotgan  iqtisodiy  islohotlarning  izchilligi;  xorijiy  sarmoyalar 


47 
 
to‘g‘risidagi qonunlarning imtiyozli shartlari to‘g‘ri belgilanganligi bilan ham ularda 
qiziqish uyg‘otmoqda.  
Xorijiy  investitsiyalarini  jalb  etar  ekanmiz,  ichki  jamg‘arma  manbalarini 
safarbar  etmasdan  va  korxonalarning  o‘zlari  faol  investitsiya  ishlari  bilan 
shug‘ullanmasdan  turib,  iqtisodiyot  tuzilmasini  tubdan  o‘zgartirish  vazifasini  hal 
qilish  qiyin  bo‘ladi.  Investitsiya  siyosatida  asosiy  e’tibor  korxonalarni  ishlab 
chiqarishni  kengaytirish,  qayta  qurish  va  texnik  qayta  qurollantirish  uchun  mablag‘ 
qidirib topishni rag‘batlantirishga qaratilmog‘i lozim.  
Mamlakat  iqtisodiyotiga  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  qilinar  ekan,  bunda 
bizning  asosiy  vazifamiz  chet  mamlakatlardan  keladigan  sarmoyalarni  ishga  solib, 
xom ashyo yetkazib beradigan mintaqadan tayyor mahsulot chiqaradigan mamlakatga 
aylantirish  orqaligina  biz  o‘z  oldimizga  qo‘ygan  maqsadga  erishgan  bo‘lamiz.  Bir 
davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yo‘naltirilgan har qanday shakldagi 
mulkni  to‘la  qonli  xorijiy  investitsiya  deyishimiz  mumkin.  Ammo  shunday  mulk 
shakllari borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan, elchixona chet 
davlat  mulki  hisoblanadi,  yoki  xorijiy  fuqaro  shaxsiy  uy  sotib  olsa  bu  xorijiy  shaxs 
mulki hisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bo‘la olmaydi.  
Xalqaro  investitsiyalar  –  jahon  mamlakatlari  o‘rtasida  harakatda  bo‘lgan 
investitsiyalardir. Investitsiyalarni xorijga chiqarish, ularning mamlakatlar o‘rtasidagi 
faol harakati zamonaviy jahon xo‘jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ajralib 
turuvchi xususiyatlariga aylandi.  
Investitsiyalarni  chetga  chiqarish  jahon  xo‘jaligidagi  tovarlarni  chetga 
chiqarish monopoliyasini tugatdi. Hozirgi vaqtda xalqaro investitsiyalarning o‘rtacha 
yillik  o‘sish  sur’ati  30  foizdan  oshadi.  Bu  ko‘rsatkich  jahon  savdosi  o‘sishi 
sur’atlaridan  deyarli  5  marotaba  ortiqdir.  Xalqaro  investitsiyalar  o‘zida  moddiy 
boylik  barpo  etish  uchun  zarur  bo‘lgan  ishlab  chiqarish,  pul  va  tovar  shakllarida 
jamg‘arilgan  zahiralarni  mujassamlashtiradi.  Ushbu  investitsiyalar  doimiy  ravishda 
mamlakat ichida bir tarmoqdan boshqasiga, hamda davlatlararo harakatda bo‘ladi.  
Kompaniyalar va jismoniy shaxslar investitsiya jarayonining ishtirokchilaridir. 
Ular investitsiya jarayonida ham talab tomonida ham taklif tomonida ishtirok etishlari 
mumkin.  Xorijiy  investitsiyalarning  ichki  investitsiyalardan  farqi  shundaki,  ularda 
investor  boshqa  mamlakat  fuqarosi  bo‘ladi.  Iqtisodiy  mazmuniga  ko‘ra  xorijiy 
investitsiyalar  ssuda  kapitali  (ya’ni  qarz  va  kredit),  hamda  bevosita  va  portfel 
investitsiyalarga bo‘linadi. Investitsiyalar nimaga yo‘naltirilganligi ular qaysi xorijiy 
investitsiya turiga kirishini belgilaydi. 
Xorijiy investitsiyalar qo‘shma korxonalarda o‘z hissasi bilan qatnashib, xorijiy 
investorlarga  to‘liq  tegishli  bo‘lgan  korxonalarni  yaratish,  xususiylashtirishda 
qatnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olishi, 
yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga ega bo‘lishi, erkin iqtisodiy 
hududlarda  faoliyat  olib  borishlari  mumkin.  Mamlakatimizda  tarkibiy  o‘zgarishlarni 
izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo‘lib 
kelmoqda.
 
Investitsiya  muhiti  –  bu  mamlakatdagi  investitsiya  jarayonlariga  ta’sir 
ko‘rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, me’yoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar 
majmuidir.  
Xorijiy investitsiyalarga asosan 3 guruh omillar ta’sir ko‘rsatadi: 

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish