44
ishlab chiqarish kuchlarining ratsional joylashtirishi va rivojlanishi ko‘pincha
investitsion faollikka bog‘liq bo‘ladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va islohotlarni chuqurlashtirish, yangi ishlab
chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarini yaratish va amalda faoliyat yurituvchilarni
qo‘llab-quvvatlash ham investitsiya asosida amalga oshiriladi. Shu boisdan ham
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab,
investitsiya siyosatida chet ellik sarmoyadorlarning investitsion mablag‘larini jalb
qilishga katta e’tibor berilmoqda. O‘zbekistonda investitsiya siyosati quyidagi
tamoyillarga asoslanadi:
•
respublika iqtisodiyotiga bevosita kapital mablag‘ni keng jalb etishni
ta’minlaydigan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart- sharoitlarni tobora
takomillashtirish;
•
mablag‘larni respublika mustaqilligini ta’minlaydigan va raqobatbardosh
mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarda
jamlash;
•
tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish sohasida aniq maqsadni
ko‘zlab siyosat yuritish;
Mamlakatimizni
modernizatsiyalash,
islohotlarni
chuqurlashtirish
va
iqtisodiyotni erkinlashtirish, tarmoqlar turkibi va tuzilishini tubdan o‘zgartirish
jarayonida O‘zbekiston Respublikasi quyidagi dolzarb vazifalar hal qilish belgilab
qo‘yilgan:
1.
Iqtisodiyot tarmoqlarini ilg‘or texnika va texnologiyalar qurollantirish.
Chunki, milliy iqtisodiyotimizning ko‘p tarmoqlarida eskirgan uskunalar va
texnologiyalardan foydalanishi oqibatida mehnat unumdorligi jiddiy pasayib ketgan;
2.
Korxonalarda boshqaruvning zamonaviy ilg‘or usullarini joriy etish,
boshqaruv kadrlari, mahalliy ishchi va
xodimlar bilimi, mahoratlarini o‘stirish;
3.
Ichki bozorga tovar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi xo‘jalik sub’ektlari
uchun jahon bozoriga kirishga
qulay imkoniyatlar yaratish;
4.
Xorijlik investorlarning qiziqishlari va manfaatlarini oshirishni ta’minlash
maqsadida xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish. Chet el investorlarining
ishtiroki yangi xususiylashtirilgan korxonalarga o‘z imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga
chiqarishlari ehtimolini ko‘paytirish yo‘li bilan ushbu jarayon samaradorligini
oshirish imkoniyatini yaratishi mumkin.
Ushbu vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizda chet el investitsiyalarini
milliy korxonalarga jalb etishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilangan:
•
tibbiy xom-ashyo resurslarini, shu jumladan, neft va gazni qazib chiqarish,
qayta ishlash bo‘yicha ekologik toza ishlab chiqarishni tashkil etish;
•
ilm talab va jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab
chiqarishni tashkil etish, shu jumladan zamonaviy axborot va telekommunikatsion
tizimlarini rivojlantirish;
•
transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish;
•
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ixcham, arzon texnika va texnologiyalar
asosida qayta ishlash sohalarini rivojlantirish;
•
resurs va energiyani tejamkor asbob-uskunalar ishlab chiqarish;
•
dori-darmonlar tibbiyot texnikasi va
asboblari ishlab chiqarish;
•
turizm industriyasini rivojlantirish.
45
Xorijiy
investorlarni
manfaatli
jalb
etishda
ularning
sarmoyalarini
himoyalangan kafolatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Aks holda ular investitsiyani
milliy iqtisodiyotimizga kiritishda iqtisodiy jihatdan hadiksiraydilar. Shu bois, chet
ellik investorlarning o‘z investitsiyalarini ixtiyoriy ravishda sug‘urta qilish
huquqlarining kafolatganligi ularning mulklarini ekspropriatsiya qilishdan va boshqa
xatarlardan muhofaza qilinishini ta’minlaydi. Xorijiy investorlar o‘z faoliyatlari
natijasida olgan foydalarini hech bir cheklovlarsiz chet elga o‘tkazishlari ham, ularni
respublika hududida qayta investitsiyalashlari, yohud, ulardan o‘z istaklariga ko‘ra
boshqa maqsadlarda foydalanishlari ham kafolatlanadi. Ana shunday qulay muhit
tufayli ularning faoliyatlari rivojlanib bormoqda.
O‘zbekistonning dunyodagi mavqeining mustahkamlanib borishi, chet el
investitsiyalarini jalb etish uchun yaxshi sharoitlarning yaratilishi natijasida chet el
investitsiyalari ishtirokidagi qo‘shma korxonalar soni ko‘payib bormoqda. Ammo,
O‘zbekistonda chet el investitsiyalarini mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilishning bir
qancha muammolari mavjud. Xususan, xorijiy investitsiyalarni joylashishida hududiy
nomutanosilik mavjud. Natijada chet el investorlarini hududlar miqyosida jalb etish
muvozanatga solinmaganligi saqlanib turibdi. Masalan, faoliyat ko‘rsatayotgan
qo‘shma korxonalarning 73,5 foizi Toshkentda joylashgan. Yuqorida qayd etilgan
ishlarni amalga oshirish orqali mamlakatimizda chet ellik investorlar uchun
yaratilgan qo‘shimcha imtiyoz va rag‘batlantirishlar amaliy natijalar beradi. Ayni
paytda chet el investorlari va ular bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor bo‘lgan
milliy tadbirkorlarga konsalting xizmatini, advokatlik idoralarini tashkil etish,
mahalliy tadbirkorlar uchun xalqaro biznes va tadbirkorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlari
doimiy va keng bazasini yaratish zarur hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: