Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


xorijiy  investitsiyalarni  himoya  etilishini  kafolatlovchi  me’yoriy  qonun  osti  hujjatlarini  amal  qilishi



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

 
xorijiy  investitsiyalarni  himoya  etilishini  kafolatlovchi  me’yoriy  qonun  osti 
hujjatlarini  amal  qilishi;
 
sherikchilik  asosida  investitsiya  oqimini  ta’minlashni 
istiqbolli dasturlarini mavjudligi.
 
Milliy  iqtisodiyotda  xorijiy  investitsiyalar  oqimining  ob’ektiv  o‘zgarishlarga 
olib keluvchi omillar esa quyidagilardan iborat:  

 
xalqaro mehnat, kapital, tajriba, texnologiya, moddiy resurslar ta’minoti va 
taqsimotini vujudga keltiradi;  

 
moliya operatsiyalarining erkinlashuvini va xalqaro kapital ko‘chish oqimini 
tezlashtirishni ta’minlaydi;  

 
millatlararo  korporatsiyalarning  paydo  bo‘lishi  asosida  xalqaro  raqobatning 
kuchayishiga olib keladi.  
Bu  omillar  o‘z  navbatida,  iqtisodiy  integratsiyani  kuchaytiradi,  globallashuv 
jarayonlariga  turtki  bo‘ladi,  raqobat  sohasidagi  milliy  siyosatni  xalqaro  darajadagi 
siyosat bilan uyg‘unlashishini talab etadi va bilimlar ko‘lamini kengaytirishga zamin 
yaratadi.  O‘zbekiston  ulkan  xorijiy  investitsiyalar  yo‘naltirilayotgan  mamlakatlar 
guruhiga  kirish  uchun  barcha  shart-sharoitlarga,  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etish 
uchun  bir  qator  afzalliklarga  ega.  O‘zbekiston  jahon  hamjamiyati  oldida  o‘zining 
ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  darajasi,  dunyo  haritasida  geografik  joylashishi,  tabiiy  
resurslarining  tarkibi  va  zaxirasi,  hukumat  olib  borayotgan  iqtisodiy  siyosat  va 
boshqalar bilan muhim rol uynaydi.  
Hukumatimiz  tomonidan  xorijiy  sarmoyalarni  qay  darajada  jalb  etilishi  oxir-
oqibatda iqtisodiyotimizni kelajagini ko‘p jihatdan aniqlab berishi to‘g‘risidagi g‘oya 
ilgari  suriladi.  Shuni  alohida  ta’kidlash  joizki,  hozirgi  kunda  iqtisodiyotimizning 
kelgusi holati ko‘p jixatdan biz bugun xorijiy sarmoyalarni qay darajada ko‘proq jalb 
etishimizga  bog‘liq.  Bu  borada  xorijiy  sarmoyalarni  birinchi  navbatda  yangi 
texnologiyalarni  joriy  etilishiga  va  yangi  quvvatlarni  ishga  tushirilishiga  qaratilishi 
ko‘zda tutiladi. Xorijiy sarmoyalarga baho berilganda ularni juda qiyinchilik bilan va 
uzoq vaqt mobaynida belgilanishi
22
, o‘zining yo‘nalishini tanlov asosida o‘zgartirishi 
hamda tikilgan sarmoyani ko‘paytirishi zarurligini tan olgan holda, mumkin bo‘lgan 
yo‘qotishlar  ham  bo‘lishini,  ammo  kapital  kapitalni  ko‘paytirishi,  foydali  tarzda 
 
22
 Lorens Dj. Gitman, Maykl D. Djonk. Osnovi investirovaniya. -M.: Delo, 2007, s.10. 


49 
 
mablag‘  yig‘ib,  undan  qo‘shimcha  foyda  olishi  mumkin  bo‘lgan  maydonni 
qidirishini, kapital shunchaki harakatsiz yotmasligini ta’kidlash mumkin.  
Hozirda har bir jismoniy shaxs tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va shu orqali 
o‘z  boyligiga  boylik  qo‘shishga  intilmoqda.  Bu  esa  o‘z  navbatida  ularni  qo‘llab-
quvvatlovchi  sarmoyalarni  jalb  qilish  sharoitining  yaratilishini  talab  etadi.  Buning 
uchun  eng  avvalo  sarmoyadorniig  mamlakatda  mavjud  siyosiy  barqarorlikka, 
davlatda  qabul  qilingan  qonunlar,  huquqiy  me’yorlar  har  bir  kapital  egasi  olishi  
mumkin bo‘lgan foyda (daromad)ni kafolatlashi mumkinligiga ishonch hosil qilishiga 
bog‘liq.  To‘g‘ridan-to‘g‘ri  xorijiy  investitsiyalar  kiritilayotgan  mintaqadagi 
imkoniyatlar,  malakali  ishchi  kuchi  mavjudligi,  resurslar  narx-navosi,  xizmat 
ko‘rsatish infratuzilmasining rivojlanish holati va istiqboli hamda jozibali loyihalarni 
mavjudligi investorlar qiziqishini yanada orttiradi.  
Investitsiya  faoliyatini  tartibga  solish,  huquqiy  nuqtai  nazaridan,  turli 
mulkdorlar  o‘rtasida  moddiy  va  nomoddiy  aktivlarni  takror  ishlab  chiqarish 
xususidagi  o‘ziga  xos,  murakkab,  ijtimoiy  zarur  iqtisodiy  (investitsiya) 
munosabatlarini  shakllantirish  me’yorlarini  nazarda  tutadi.  Investitsiya  jarayonining 
barcha  sub’ektlari  –  xorijiy  investorlardan  boshlab,  davlat,  yuridik  va  jismoniy,  shu 
jumladan chet ellik shaxslar bu munosabatlarning ishtirokchilariga aylanadilar.  
  

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish