27-rasm.
0 ‘tkir bargli zarangning kuzdagi manzarali ko‘rinishi.
Mevasi sentyabr oyida etiladi va uzoq vaqt daraxtda saqlanadi.
UrugM- yirik, yassi tuzilgan, qanotchalari bor. 3 oy davomida
stratifikasiya qilinadi, so‘ng sepiladi. Tabiiy holda kuzda to ‘kilgan
urugMari erta bahorda unib chiqadi. 0 ‘tkir bargli zarang yosh
vaqtida tez o ‘sadi, so‘ng o ‘sishi sekinlashadi. Ildiz sistemasi o ‘q
ildiz tipda boMadi. Asosiy ildizi erga chuqur kirmaydi, biroq
baquvvat yon ildizlari nihoyatda sertarmoq boMadi. Bu daraxt
to ‘nkasidan ko‘karadi, parxish y o ii bilan ko‘payadi, u 150-200 yil
yashaydi.
0 ‘tkir bargli zarang MDH ning Evropa qismidagi o ‘rmonlarda
keng tarqalgan. MDH dan tashqari, u Skandinaviyada, 0 ‘rta
Evropada, 0 ‘rtaer dengizi, Bolqon yarim oroli hududlarining
janubida hamda Kichik Osiyoda tarqalgan. U yaproqli va aralash
o ‘rmonlarda va boshqa daraxtlar bilan birga o ‘sadi. U etarli darajada
sovuqqa chidamli. Bargining yirik shox-shabbasining qalin bo‘lishi
uning soyaga chidamliligini bildiradi. U er tanlaydi, sho‘rtob
tuproqda o ‘sa olmaydi. Nam tuproqni hohlaydi, qurg‘oqchilikka
chidamsiz.
Zarangning yog‘ochi qimmatbaho hisoblanadi. U tiniq sariq
yoki qizg‘ish rangda, og‘ir, qattiq boMadi. Guli nektarli. Joylarni
ko‘kalamzorlashtirishda katta rol o ‘ynaydi, chunki uning qizil bargi
va yumaloq shox-shabbasi unga chiroyli tus beradi.
0
‘rmon
meliorasiyasi ishlarida ham muhim o ‘rinni egallaydi. Ihota o ‘rmon
qatorlariga ekish tavsiya qilinadi.
Y A V O R Z A R A N G I - A C E R PSEU D O PLA TA N U S
B o‘yi 40 m, dametri 1 m ga etadigan katta daraxt. Tanasi tik
o ‘sadi, shox-shabbasi qalin, piramida-yumaloq shaklda. P o‘stlog‘i
qo‘ng‘ir-kul rang, b o ‘yiga yorilgan, u ajralib to ‘kilib turadi.
Novdalari qo‘ng ‘ir-kul rang, barglari yirik, besh boMakli boMib,
b o ia k lari o ‘tkir uchli, chuqur kesilgan. Barglarining yuz tomoni
to ‘q yashil, orqa tomoni ko‘kish yoki oqish, ayrim tuplarida qizg‘ish
rangda boMadi. Bu zarang barg yozib boMgandan so‘ng aprel-m ay
oylarida gullaydi. Gullari yigMlib shingilcha hosil qiladi va osilib
turadi. Ular sariq-yashil rangda, ayrim jinsli (changchili va soxta
ikki jinsli), bir uyli, b a’zan ikki uyli, nektarli. Mevasi sentyabr oyida
etiladi, qanotchali boMib, qanotchalarida yong‘oqchalar joylashadi.
UrugM bahorda sepilsa, stratifikasiya qilinishi kerak. Dala zarangi
tez o ‘sadi, chuqur ildiz otadi, to‘nkasidan ko‘karadi. Parxish yoMi
bilan ko‘payadi va ayrim vaqtlarda ildizidan bachkilaydi.
28-rasm.
Yavor zarangi
Bu zarang Kavkazda, Karpat togM o'rm onlarida, Ukrainaning
g ‘arbiy oblastlarida tarqalgan. TogMi hududlarda dengiz sathidan
1200-1500 m gacha balandda eman hamda yirik yaproqli daraxtlar
bilan birga o ‘sadi va birinchi yarusni tashkil qiladi. Qisman soyaga
chidamli, sovuqqa chidamsiz. Bu zarang Leningrad, Moskva va
Voronejda ekiladi, ammo sovuqdan ancha zararlanadi.
Y og‘ochi tiniq, oq-sariq rangda boMib, duradgorlik ishlarida
foydalaniladi, undan cholg‘u asboblari, miltiq qo‘ndogM yasaladi.
Bu zarang juda chiroyli daraxt. U turli shaharlarda, parklarda ko p
ekiladi Botanika bogMda o ‘stiriladi. Joylarni ko‘kalamzorlashtirish
va o ‘rmonchilik ishlarida keng foydalanish uchun tavsiya qilinadi.
Q A N D LI ZA RA NG - A C ER SA C CH A RU M
B o‘yi 40 m, diametri, 1,5 m ga etadi. Po‘stlog i kul rang,
barglari uch boMakli boMib, bo‘vi 14 sm, tub tomoni o ‘roqsimon
tuzilgan. BoMaklari yashil, tuksiz. Guli qo‘ngMroq shaklda, bo‘yi 5
mm, yashil sariq boMib, yigMlib soyabonsimon to'pgul hosil qiladi.
143
Mevasi qanotchali bo‘lib, yong‘oqchasi bilan birgalikda
4
sm
keladi, tuksiz. Bu zarang urug‘dan yaxshi ko‘payadi. Ildiz tizimi er
yuziga yaqin joylashadi. Soyasevar daraxt. Kuzda barglari tiniq
sariq, pushti, qizil rangga kirganda jud a chiroyli k o ‘rinadi. U 300 yil
yashaydi.
Y og‘ochi juda qattiq va pishiq boMadi. Undan shirin suyuqlik
olinadi, uning miqdori
6
% ga etadi. Buning uchun erta bahorda
daraxtning tanasini teshib naycha o ‘rnatiladi va shirasi yig‘ib
olinadi. Xar-xil konfet ishlab chiqarishda undan foydalaniladi. Bitta
daraxtdan olinadigan shirin suyuqlikning quruq qandga aylantirib
xisoblagandagi o ‘rtacha vazni 1-3 kg ga etishi mumkin. Bu zarang
Shimoliy Amerikaning sharqidagi o ‘rmonlarda o ‘sadi.
Zarangning yana bir qancha turi boMib, ular ko‘kalam-
zorlashtirishda va o ‘rmon meliorasiyasi ishlarida hamda o ‘rmon
x o ‘jaligining har xil tarmoqlarida keng qoMlaniladi. Ularning ko‘pi
Botanika bog‘ida o ‘stirilib, sinovdan o ‘tkazilgan va o ‘rmonchilik va
k o ‘kalamzorlashtirish ishlarida foydalanish uchun tavsiya qilinadi.
D A LA Q A Y R A G ‘O C H - U LM U S C A M P E ST R IS
Daraxt o ‘simligi boMib, bo‘yi 15-16 m ga, diametri 60-70 sm
ga etadi. Tanasi sershox boMib, sharsimon shox-shabba hosil qiladi.
Novdalari qo‘n g ‘ir qizil, xira-rangda, ayrim shakllari qizil-sargMsh
rangda. Tanasi va novdasining p o ‘stlogM bo‘yiga va k o ‘ngdalangiga
yorilgan, p o ‘kakli o ‘siqlari bor, tuksiz yoki tukii. Yosh davrida
p o ‘st!og‘i silliq yoki g ‘adir-budir. Novdasi ingichka, kalta. Mayda
kurtaklari k o ‘p, masalan, bo‘yi 5 sm Ii novdasida 7-8 ta kurtak
bo ‘lishi mumkin. Ular tuxumsimon yoki oval shaklda. Bo‘yi 1,5-4
mm. Tangachalari qoramtir, qizil-qo‘ng‘ir rangda. Cheti tekis
tuksiz, yaltiroq, kul rang tukli. Barglari oddiy tuzilgan, keng
lansetsimon, yon tomonlari notekis. 0 ‘tkir uchli. Tubi yuraksimon,
cheti ikki qator tishchali, yuz tomoni to ‘q yashil tuksiz, silliq yoki
g ‘adir~budir, orqa tomoni so‘galli boMadi. Plastinkasining bo‘yi
10
sm, eni
6
sm ga yaqin. Barg bandi ingichka, bo‘yi 1 sm, tuksiz yoki
tukli.
Bu qayrag‘ochning yog‘ochi sargMsh, qattiq, ogMr, o ‘zagi
qo‘ng‘ir rangda. Undan qurilishda va duradgorlikda ham da o ‘tin
slfatida foydalaniladi. Po‘stlog‘i terini oshlash uchun ishlatiladi. U
asosan Evropada o ‘sadi, uning har xil shox-shabbali turi boMib,
0 ‘rta Osiyo respublikalarida ko‘p ekiladi. D alaqayrag‘och qurg‘oq-
chilikka va issiqqa chidamli, uni ko‘cha va parklarga ekish tavsiya
etiladi.
BU JU N Q A Y R A ‘O C H - ULM US U Z B E K IST A N IC A
B o‘yi 25 m ga, diametri 40-50 sm gacha boMgan daraxt.
Tanasining po‘stlog‘i to ‘q qo‘ng‘ir rangda, bo‘yiga yorilgan. Shox-
shabbasi siyrak, oval yoki yumaloq shaklda. Shoxlari sariq -qo‘ng‘ir
rangda, yosh novdalari yashil -qo‘ng‘ir rangda, tuksiz, lekin erta
bahorda uzun tukli boMadi. Kurtaklari tuxumsimon, uchi o ‘tkir,
tuksiz, qo‘ng‘ir-qizg‘ish rangda, bo‘yi 3mm gacha. Barg bandi tukli.
Bo‘yi 5-7 mm, plastinkasi oval yoki teskari tuxumsimon, cheti qator
tishchali. Barg plastinkasining bo‘yi 5-10 sm, eni 3-5 sm, yon
tomirlari 10-13 tadan, ulardan 2-3 tasi shoxlanadi. Plastinkasining
yuz tomoni to ‘q yashil, tuksiz, silliq, orqa tomoni yashil, tomirlari
yakka-yakka joylashgan uzun tukchali. Gulkurtaklari bandsiz,
teskari tuxumsimon, bo‘yi 10-15 mm, tubi tor ponasimon, cheti
tuksiz boMadi.
Bu qayrag‘och urug‘dan yaxshi ko‘payadi, ildizidan bachki-
laydi. Qurg‘oqchilikka chidamli. Uning shox-shabbasi ancha
chiroyli. Uni joylarni ko‘kalamszorlashtirishda, ayniqsa, qurg‘oqchil
hududlarda ekish tavsiya etiladi. Shaharlarda, parklarda uchraydi.
SADA Q A Y R A G ‘O C H - ULM US DENSA
Katta daraxt, shox-shabbasi keng, qalin piramida shaklida,
po‘stlog‘i yorilgan qora rangda, barglari qalin, cho‘zinchoq,
tuxumsimon, cheti ikki qator tishchali. Bu qayrag‘och 0 ‘rta
Osiyoda tog‘ daryolari vodiysida o ‘sadi. U bogMarda katta ariqlar
bo‘yida ekiladi. Qurg‘oqchilikka chidamli daraxt. MDH ning
Evropa qismining janubiy xududlariga ham ekish mumkin. Uning
U.foliacea turi ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |