.
Qadimgi Hindiston falsafasi
Hindiston hududida
topilgan eng qadimgi yozma yodgorliklarga (2500-1700
yy) asoslanadigan antik falsafa shakli.
Qadimgi hind jamiyati hayot haqidagi ilk manba
Vedalar hisoblanadi. Hindistonning qadimiy gimni, falsafiy
qarashlari
uning
madaniy
merosining
yozma
yodgorliklarida, asosan 4 vedada (bilimlar, diniy gimnlar,
qo’shiqlar to’plami) o’z ifodasini topgan. Bu vedalardan
eng muhimi Rigveda bo’lib, eramiz
dan taxminan 1500 yil
oldin maydonga kelgan. Qolganlari esa Yajurveda,
Samaveda va Atxarvavedalardan iborat. Eramizdan 1000
yil oldin Upanishad (maxfiy ta’limot) oqimi vujudga kelib,
uning ijodiy mahsullikda, deb tushuntiradi. Upanishadlar
falsafasining mohiyati shundaki, u jonni ruh bilan
tenglashtiradi. Upanishadlarcha, tan jonning qobig’i
bo’lib, jon esa –
dunyoviy ruhning bir bo’lagidir.
Upanishadlardagi falsafiy mavzular asosan insonni o’rab
turgan borliq, uning hayotidagi o’rni va vazifasi, tashqi
olam va inson tabiati, uning hayoti va ruhiyatining
mohiyati,
bilish
imkoniyatining
chegaralari
axloq
me’yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy
-
mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan.
Jaynizm (hindcha «jinna»
-
«g’olib») –
eramizdan
avvalgi 1-
yillik o’rtalarida qadimgi Hindistonda yuzaga
kelgan va olamning asosida ikki ibtido: materiya va jon
yotadi, deb hisoblaydigan ta’limot. Jaynizm ta’limotiga
ko’r.
Insonning
asosiy
maqsadi
tashqi
olam
xukmronligidan qutulish va kamolga erishishdir. Inson
tabiati ham moddiy, ham ruhiydir. Jon bir vaqtning o’zida
nafis jon (jiva) va dag’al materiya (ajiva)ning birligidan
iborat. Insonning joni 9jivasi) qanday bo’lsa, u ham
shunday bo’ladi, bu holat esa karma
-nafis materiyaga
bog’liq. Karma jonni (jivani) o’z ta’siridan chiqarmaydi.
Yaxshi yoki yovuz karmalar mavjud. Bu esa insonlarning
turli shaxsiy sifatlarini belgilaydi. Jaynizm ta’limotining
tarafdorlari inson kamollikka erishishi mumkin, buning
uchun inson o’z karmasiga rioya qilishi va o’z
ehtiroslaridan qutilishga intilishi kerak. Inson yovuz
karmadan xalos bo’lishi uchun ezgu ishlarni bajarishi
lozim. Deb hisoblaydilar.
Jaynizmda dunyoning tuzilishi va mohiyati haqida
turli g’oyalar ilgari surilgan. Bu dunyo abadaiy, u hyech
kim tomonidan yarat
ilmagan va u yo’q qilib tashlanmaydi.
Olamda ketma-ketlik tartibi mavjud: quyi dunyoda jinlar
va gunohkorlar yashaydi, o’rta dunyo –
biz yashab turgan
dunyo, keyingi
–
xudolar dunyosi va undan yuqorida
xudolarga o’xshashlar dunyosi joylashgan
5
.
Hinduizm
–
hindistonda tarqalgan din. Hinduizm
ta’limoti
verdizm
va
baraxmanizm
g’oyalarining
evolyusiyasi natijasida mil.av.2-
ming yillikning o’rtalarida
paydo bo’lgan.
VIII-asrda Hindistonda islom dinining
taraqalishi bilan, uni qabul qilmaganlarni
«
hindu
»
lar deb
atay boshladilar
. Hinduizm ibtidoiy dinlarning ko’p
unsurlarini saqlab qolgan: muqaddas hayvonlar, tabiat
hodisalariga, ajdodlar ruhiga sig’inish va hakozo.
Hinduizm
yagona cherkov tashkilotiga ega emas. Uning paydo
bo’lishini
biror konkret asoschining nomi bilan
bog’lamaydilar
. Hinduizm diniy va falsafiy qarashlarning
murakkab
kompleksi
hamda
qonun-qoidalari
majmuasidan
tashkil
topgan
bo’lib,
odamning
tug’ulganidan to o’lgunicha bo’lgan barcha huquq va
burchlarini belgilab beradi. Marosimlar o’tkazishga kat
ta
e’tibor beriladi. Hinduizm Trimurti tamoyiliga asoslangan.
Olam, hayotning hamma shakllarini Braxma yaratgan.
Biroq, Braxmaga sig’inish deyarli yo’q. Hindular boshqa
xudoga
–
Vishnu va Shivaga sig’inadilar, shunga muvofiq,
hinduizm ikki asosiy oqim
–
shivaizm va vishnuizmga
ajraladi. Hinduizmning hamma oqimlari Vedalarning
abadiyligi va xudo tomonidan yuborilganligiga, Koinotning
deyarli mavjudligiga, bunda harakat pastlashib boruvchi
yo’ldan ketishiga: jonning abadiyligi va o’lmasligi, ko’chib
yurishi (sansara)ga ishonadi.
Buddizm (Budda nomidan olingan)
–
diniy falsafiy
ta’minot
, vujudga kelishi jihatidan birinchi jahon dini.
Buddizm asoschisi
–
shahzoda Siddxartxa Gautama
(mln.av. 567-
488 y.) vafotidan so’ng «haqiqat natijalari»
-
budda deb atala boshlagan. Yagona ta’limont sifatida
shakllangan budizm dastlabki asrdayoq 18 ta maktabga
bo’linib ketgan. Bir nechta saborlarda u
ni birlashtirishga
urinish natijasiz yakunlangan. Milodning I-asrida buddizm
xinoyana 9kichik aravacha yoki najot topishning keng
yo’li) oqimlariga bo’linib ketadi. Hozirgi davrda buddizmga
e’tiqod qiluvchilar soni 400 mlndan ziyod oshib ketdi.
Buddizm falsafasi vedalar matnlari asosida yaratilgan.
Siddxartxa o’z ta’limotining asosiy qoidalarini Banorasdagi
targ’ibotida «to’rt oliy haqiqat» shaklda bayon etgan: 1)
azob-
uqubat xaqidagi ta’limot; 2) azob
-uqubat sabablari
haqidagi ta’limot; 3) azob
-uqubatlarda
n xalos bo’lish
haqidagi ta’limot; 4) azob
-uqubatlardan qutqarishrshning
najot yo’llarini topish haqidagi ta’limot. Bu so’nggi
5
Қаранг. Фалсафа: Қомусий луғат. Т., 2004, 123-бет.
ta’limot yechimi «Najotning olijanob sakkizlik yo’li»da o’z
ifodasini topgan: taqvodorlik e’tiqodli, qat’iyati, so’zi ishi,
turmush tarzi, taqvodorlikka intilish, taqvodorlikni orzu
qilish, taqvodorlik fikr-
hayoli bilan yashash. Bu yo’lga amal
qilgan odam oqibatda yuksak kamolotga erishadi, ya’ni u
arxatga (chin haqiqatni anglab yetgan avliyoga) aylanadi
va nirvanaga o’tadi.
Chorvaka-lokayata
–
miloddan avvalgi VII asrda
Hindistonda yuzaga kelgan falsafiy maktab. Chorvaka-
lokayata maktabining asoschisi-donishmand Brixaspatidir.
Chorvaka so’zining lug’aviy ma’nosi to’rt unsur, «loka»
so’zining lug’aviy ma’nosi
-
bu dunyoda, ya’ni moddiy
dunyo.
Bu ikki ta’limotning mazmuni bir bo’lgani uchun
«chorvaka
-
lokayata» deb atala boshlandi. Olam asosida
to’rt unsur yotadi. Brixapati ta’limotiga ko’ra, biz yashab
turgan moddiy dunyodan boshqa dunyolar yo’q. Inson
ham ana shu to’rtta unsurdan tashkil topgan. To’rt
unsurni sezgilarimiz orqali qabul qilamiz. Ular hyech kim
tomonidan yaratilmagan. To’rtta unsurning turlicha
birikishi orqali organizm, noorganik moddiy narsalar va
hodisalar tashkil topadi.
Chorvaka-
lokayataning
ta’kidlashicha,
insonda
his
siy bilish muhim kasb etadi. Agar sezgi a’zolarimiz
bo’lmaganda, olam haqida bilimga ega bo’lmagan bo’lar
edik, deb ta’kijdlashardilar. Ular aqliy bilishni ham tan
olganlar. Lekin aqliy bilish hissiy bilishdan kelib chiqadi
deb o’qtiradilar.
181
2
1
8
Demografik muammolarni ta’riflab bering?
.
Hozirgi vaqtda insoniyatning eng muhim
muammolari orasida, aksariyat davlatlar va mintaqalarda
aholi haddan tashqari ko’payishiga sabab bo’layotgan
aholining
nazoratsiz o’sishi
qayd
etiladi.
Ayrim
mutaxassislarnin
g baholashlariga ko’ra, sayyorada mavjud
energetika, xom ashyo, oziq-ovqat va boshqa resurslar
Yerda faqat bir milliardga yaqin kishi («oltin milliard»)
munosib
hayot
kechirishini
ta’minlashi
mumkin.
Vaholanki, oxirgi ming yillik mobaynida sayyoramiz aholisi
15 baravar ko’paydi va bugungi kunda 6 milliard kishidan
oshib ketdi. Bunda nafaqat miqyos, balki aholining o’sish
sur’atlari ham aqlni lol qoldiradi. Xususan, birinchi ikki
baravar ko’payish 700 yil ichida, ikkinchisi –
150 yil ichida,
uchinchisi
–
100 yil ichida va oxirgisi
–
40 yildan kamroq
vaqt ichida yuz berdi. Shuni aytishning o’zi kifoyaki, 1956
yil Yerda 2,8 milliard kishi yashagan bo’lsa, XX asr oxiriga
kelib bu raqam 6 milliardga yetdi.
XX asrda yer kurrasi aholisining «demografik
portlash» deb nomlangan mislsiz darajada o’sishi biologik
qonunlarning emas, balki stixiyali, notekis ijtimoiy
rivojlanish va insoniyat katta mashaqqatlar bilan bartaraf
etishga harakat qilayotgan chuqur ijtimoiy ziddiyatlar
mahsuli bo’ldi. Bu avvalo rivojlanayotgan
mamlakatlarga
tegishli bo’lib, ularga jahon aholisi o’sishining o’ndan
to’qqiz qismidan ko’prog’i to’g’ri keladi. Bu yerdagi vaziyat
rivojlangan mamlakatlarga XX asr boshidayoq xos bo’lgan
o’lim darajasining yuqoriligi va butun insoniyatga XVIII
asrga xos
bo’lgan tug’ilish darajasining yuqoriligi bilan
tavsiflanadi. Ayni vaqtda mehnat unumdorligi darajasi va
aholi jon boshiga olinadigan daromad miqdoriga, qishloq
xo’jalik ekinlarining hosildorlik darajasi va qishloq
xo’jaligining samaradorligiga, aholining
savodxonlik
darajasi va umumiy madaniy saviyasiga ko’ra bu
mamlakatlar xalqlarining aksariyati hali XIX asrda
yashamoqda.
182
3
1
10
Antitezisni isbotlash orqali tezisni rad etish deb nimaga aytiladi?
Ma’lumki, dialektika G.Gegel
falsafasining eng
kuchli tomoni hisoblanadi. U dialektikani mantiq va bilish
nazariyasi bilan tenglashtiradi. Gegel falsafasida dunyo
mutlaq ruhning o’z
-
o’zini rivojlantirishi sifatida namoyon
bo’ladi. Mutlaq ruh bir vaqtning o’zida ham substansiya
(borliq
asosi), ham subyekt, ya’ni o’z rivojlanishi va
bilishining manbaidir. Inkorni-inkor Gegel falsafasining
asosiy tamoyili hisoblanadi. Ikki tomonlama inkor etish
g’oyasiga muvofiq mutlaq g’oyaning rivojlanishi quyidagi
uch bosqichdan o’tadi: sof borliq (tezis), yo’qlik (antitezis);
mavjud borliq vujudga kelish va yo’q bo’lish sifatida,
shakllanish (sintez). Bilishning uch bosqichi (triada) g’oyasi
Gegel falsafasini to’la qamrab oladi. Nafaqat Gegelning
butun falsafasi, balki u ilgari surgan fikrlarning har bir
kichik hujayrasi ham uch qismga bo’linadi («Mantiq fani»,
«Naturfalsafa», «Ruh falsafasi»). Masalan, mantiqni Gegel
ilohiy aqlga mos keladigan sof aql sohasi sifatida
ta’riflaydi. U uch qismdan iborat:
- borliq;
- mohiyat;
- tushuncha.
Mantiqning
birinchi
qismida
Gegel
borliq
tushunchasini tavsiflovchi kategoriyalar: sifat, miqdor,
me’yorga ta’rif beradi. Sifatni Gegel «borliq bilan ayniy
bo’lgan bevosita muayyanlik» deb ta’riflaydi. Ayni shu
sababli predmet o’z sifatini yo’qotar ekan, o’zining avvalgi
mohiyatini ham yo’qotadi
1.
Miqdor sifatning inkoridir:
«Miqdor sof borliq bo’lib, unda muayyanlik borliq bilan
ayniy emas, balki yo’qolgan yoki befarq tus oladi»
2
.
Me’yor –
predmet borlig’ining chegarasi; miqdor
o’zgarishlarining shunday bir chegarasiki,
bunda predmet
o’zining aniq sifatini yo’qotmaydi. Miqdor o’zgarishlari
me’yori chegarasidan o’tar ekan, predmet yangi sifat
holatiga o’tadi.
183
2
1
12
Sa’natning zavq berish va evristik vaziflarini izohlab bering?
Chinakam san’at insonni bu xolatdan qutqarishga
qodir bo’lgan estetik tarbi vositasidir. Shuningdek,
shaxsning estetik tarbiyasini san’at vositasida amalga
oshirishning afzal tomonini ikki xususiyat bilan ifodalash
mumkin. Birinchidan, san’at ijtimoiy anglashning boshqa
shakllariga qaraganda insonga birmuncha yaqinroq hamda
tezroq ta’sir ko’rsata olish imkoniga ega. Ikkinchidan,
san’at insonni estetik jihatdan kamolotga yetkazish
jarayoniga muayyan mafkuraviy mazmun bag’ishlashi bilan
birga inson ma’naviy qadriyatlarini ro’yobga chiqarishda
yaqindan yordam ko’rsatadi.
San’at o’zining estetik bisotini to’laligicha namoyon
qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas
bog’lanadi. Chunonchi, inson tafakkurini go’zallashtirish
estetikaning
tadqiqot
obyekti
hisoblansa,
estetik
tarbiyaning predmeti esa ma’naviy dunyoni inson
tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi.
Ma’lumki, fuqarolarda yuksak did va idealni
shakllantirish estetik tarbiyaning asosiy vazifalaridan
hisoblanadi. Bu vazifaning zalvorli yukini avval ham, hozir
ham va bundan keyin ham chinakam san’at, adabiyot va
ma’rifat ko’tarishiga shubha yo’q.
Shuni aytish lozimki, so’nggi yillarga kelib san’at va
madaniyatga jamiyat hayotini o’zgartiruvchi, unga xizmat
qiluvchi, fikrlar almashinuvini ta’minlovchi hamda estetik
ahamiyat kasb etuvchi murakkab ijtimoiy jarayon sifatida
munosabat bildirilayotganligi diqqatga sazovor. Negaki,
1
Қаранг: Гегель Г.В.Ф. Энциклопедия философских наук. Т. 1. – М.:Прогресс, 1974. – С.228.
2
Гегель Г.В.Ф. Соч. Т. 1. – М.;:., 1999. – С.170.
turli–tuman madaniy–ma’rifiy tadbirlar, rang–barang
ko’rik–tanlovlar, san’at bayramlari va festivallarini
o’tkazilshi o’z navbatida kishilarni tayyor ma’naviy
«mahsulotning
iste’molchisi»ga
aylanib
qolishidan
saqlaydi. Shuningdek, san’atning inson estetik tafakkurini
yuksaltirishdagi ahamiyati yana shu bilan izohlanadiki,
san’at avvalo; voqyelikni badiiy qiyofalar yordamida aks
ettiradi, o’zida moddiylik va ma’naviylikning estetik
mazmunini namoyon qiladi, ijtimoiy hayotga yangicha
ko’rk bag’ishlaydi, ularni qaytadan tashkil etadi va
o’zgartiradi. Ana shunga ko’ra, insonning bilimlilik tomoni
san’atning ko’rinishlarini namoyon ettirish holatlarini
amalga oshiradi. Mazkur xolatlar natijasida estetik
tarbiyaviylik hususiyati o’z ifodasini topadi.
184
1
1
12
Estetik Guzallik tushunchasiga ta’rif bering?
«Go’zallik»ning tugal ilmiy ta’rifi haqida biror–
bir
qat’iy fikr mavjud emas. Biroq, go’zallikning idrok etilishi,
tabiatda namoyon bo’lishi, san’atda aks etishi hamda
uning jamiyat rivojiga ta’siri haqida bildirilgan fikrlar, ilgari
surilgan g’oyalar, yaratilgan ta’limotlar o’zining salmog’i
bilan ahamiyatlidir. Inson va uning ruhiy
–
jismoniy,
axloqiy
–
estetik faoliyati, tabiat va undagi hodisalar,
jamiyat va unda ro’y berayotgan ijtimoiy–ma’naviy,
siyosiy
–iqtisodiy jarayonlar go’zallikka yondoshuvning
tarixan tarkib topgan asosiy obyektlaridir. Shuni alohida
ta’kidlash zarurki, go’zallik haqidagi qarashlar va
nazariyalar markaziga «Go’zallik nima?» degan savol
qo’yiladi–yu, ammo ularning aksariyatida «Nima go’zal?»
degan javobni ko’ramiz.
Shuning uchun ham odatda,
go’zallik ikki omil asosida yuzaga keladi. Bular: inson
tafakkuri va mehnatining mahsuli natijasida yaratiladigan
go’zallik; inson tafakkuridan tashqarida, insonga bog’liq
bo’lmagan xolda yuzaga keladigan go’zallik. Birinchisida
Do'stlaringiz bilan baham: |