qadriyatlar haqidagi umumiy fan sifatida tavsiflaganlar.
Rikkert qadriyatlar «subyekt va obyektning narigi
tomonida joylashgan butunlay mustaqil saltanat»ni
tashkil
qiladi, deb hisoblagan. Vindelband va Rikkert nazariy va
amaliy aqlning kantcha tafovutidan kelib chiqib,
qadriyatlar haqida mulohaza yuritish va joizlikni bilishga
asoslangan normativ ta’limot sifatidagi tarix falsafasini
nazariy mulohaza yuritish va «borliq» haqidagi empirik
ma’lumotlarga tayanuvchi tajribaga asoslangan fanlarga
qarshi qo’ygan. Ular qonuniyatni tarixiy bilishning asos
iy
tamoyili
sifatida rad etib, uni «qadriyatlarga mansub deb
topish» ta
moyili bilan almashtirgan. Vindelband va Rikkert
fikriga ko’ra, qadriyatlar tarixdan ustun xususiyat kasb
etadi va jamuljam holda odamlarga bog’liq bo’lmagan
ideal transsendental (narigi) dunyoni tashkil qiladi. Bu
dunyodan tegishli g’oyalar, avvalo transsendental joizlik
g’oyasi kelib chiqadi. U mazkur qadriyatlarning vaqt va
makon bilan cheklanmagan shak-shubhasiz, mutlaq
ahamiyatiga ishora qiladi. Odamlar ularni anglab
yetishlariga qarab qadriyatlarga tegishli munosabat va
talablarni yaratadilar va ularga hayotda, xulq-atvorda,
kundalik va tarixiy faoliyatda amal qiladilar.
Vindelband va Rikkert ijtimoiy borliq va ma’naviy
hayotning o’zaro nisbatini o’rganib, jamiyat tarixida
ma’naviy
hayot borliqqa nisbatan yetakchi rol o’ynaydi,
degan xulosaga kelgan va shu bois ular K.Marks taklif
qilgan, jamiyatning rivojlanishida iqtisodiy omil (ya’ni
borliq)ning hal qiluvchi ahamiyati asoslangan tarixni
materialistik tushunishga tanqidiy ko’z bil
an qaragan.
Rikkert fikriga ko’ra, mazkur yondashuv noilmiydir, chunki
u proletariat g’alabasini «mutlaq qadriyat» deb e’lon
qiluvchi marksizm siyosiy dasturi bilan belgilanadi.
189
1
1
7
Qadriyatlar tushunchasini izohlang?
Qadriyat arabcha so’z bo’lib, qadr
-
andozi, o’lchov,
me’yor degan ma’noni anglatadi. Falsafiy ma’noda
qadriyat
–
tabiiy va ijtimoiy hayotda namoyon bo’ladigan,
odamlar tomonidan qadrlanadigan, ular uchun foydali,
ahamiyatli, moddiy iqtisodiy, madaniy, ma’na
viy,
mavkuraviy, siyosiy, huquqiy, diniy, milliy, ijtimoiy omillar
yig’indisi bo’lib hisoblanadi. Qadriyatlar tushunchasi qadr
-
qimmat degan ma’noni anglatadi. Oddiy qilib shuni aytish
kerraki, «qadriyat» iborasining mazmuni juda sodda
bo’lib, uning etimol
ogik mazmuniga vobastadir.
Qadriyatlar
–
odamlar qadrlaydigan narsalardir. Bular
atrofimizdagi predmetlar, narsa va hodisalar, voqyealar
bo’lib, odamlarning kundalik hayotiy ehtiyojlari va
talablarini qondira oladigan yoki qondirishi mumkin
bo’lgan narsala
rdir.
Umuman olganda qadriyatlar deyilganda faqat
o’tmish davr uchun muhiy ahamiyat kasb etib qolmasdan,
hozirgi kun va kelajakdagi taraqqiyotga ham ijobiy ta’sir
etadigan, kishilar ongiga singib ijtimoiy ahamiyat kasb
etadigan moddiy, ma’naviy, tabiiy, di
niy, axloqiy, falsafiy
va boshqa boyliklar majmuasi tushuniladi.
Har qanday qadriyat inson faoliyatining mahsuli,
uning obektiv olamga bo’lgan munosabatining ifodasidir.
Qadriyatlar jamiyat ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotining
mahsulidir. Har bir qadriyat muayan bir davr, sharoit va
ehtiyojning mahsulidir.
Qadriyatlar falsafiy nazariyasining ba’zi masalalari,
o’tgan 19
-chi asrning ikkinchi yarmida Yevropada yangi
kantchilik maktabiga mansub V. Vindelband, G. Rikart va
boshqalar tomonidan ishlab chiqildi. Qadriyat nazariyasini
o’rganish yunoncha –
qimmatbaho ma’nosini anglatuvchi
aksiologiya degan ilm sohasini vujudga keltiradi. 19-chi
asrning 20-50 yillarida M. Sheler, N. Gartman, R.B. Perri,
S.P. Popper kabi nemis va amerika faylasuflarining
asarlarida bu fanning asoslari shakllantirildi.
190
3
1
3
Neopozitivizm falsafasining mazmun- mohiyatini izoxlab
bering?
F
anni o’rganish sohasidagi falsafiy yo’nalish sifatida,
Neopozitivizm, 50-yillar oxiri
–
60-
yillarning boshlarida o’z
nufuzini yo’qotdi
, va shu davrda
«To’rtinchi pozitivizm»
yoki postpozitivizm maydonga chiqdi. Uning eng mashhur
namoyandalari qatoriga K.Popper, I.Lakatos, T.Kun,
S.Tulmin, P.Feyerabend, D.Agassini kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: