bugungi kunda dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda.
Texnogen tsivilizatsiya -
estetik faoliyat va estetik
didni shakllantirishning
muhim omilidir. Ilmiy-
texnikaviy taraqqiyotni
insoniylashtirish va
go’zallashtirishn estetik
muammolardan hisoblanadi.
Voqelikka estetik
munosabatlar, milliy va
umumbashariy ahamiyatga
egadir. Estetik qadriyatlar
esa
–
barqarorlikni
ta’minlovchi omil hisoblanar
ekan,“dunyoni go’zallik
qutqaradi” shiori global
ahami
yatga ega bo’lib
bormoqda. “Go’zal muhitda
yashash oliy ne’mat” –
estetikaning bosh
tamoyilidir. Olamni estetik
anglashda axborot va
jamiyat axborotlashuvining
roli ortib bormoqda. Axborot
estetikasining o’ziga
xos
xususiyatlari va uning
siyosiy
, badiiy, ijtimoiy,
axloqiy, ma’naviy jarayonlar
bilan bog’liqligidadar.
173
3
1
6
Sinergetika va uning rivojlanish tarixi.
Hozirgi zamon fanida sinergetika metodi keng
qo’llanilmokda. Sinergetika so’zi yunoncha ("sinergena")
bo’lib, kelishuv, hamkorlik, o’zaro ta’sir kabi ma’nolarni
anglatadi. German Xakenning fikricha, sinergetika ko’p
qismlardan
iborat
bo’lgan,
o’zaro
murakkab
aloqadorlikdagi ko
mponentlar tizimini o’rganadi. Bu so’zni
Xaken hamkorliqdagi harakat bilib, butunning tizim
sifatida aks etuvchi qismlarining kelishilgan faoliyati
ma’nosida talqin qiladi.
Barcha ta’limotlar paydo bo’ladi, rivojlanadi va,
nihoyat, eskiradi. Xaken sinergetikasi ham vorisiylikka
asoslangan. Uning davomi bo’lgan I.Sherringtonning
sinergetik uslubi, C.Ulamning sinergiyasi, I.Zabusskiyning
sinergetik yo’nalishlari ana shular jumlasidandir.
I.Sherrington sinergetik yoki integrativ tafakkurni
muskullar harakatining boshqaruvida (orqa miya) asab
sistemasidagi kelishilgan ta’sirni izohlash usulidir, deb
tushunadi. S.Ulam esa, EHMning birinchi avlodi
vakillaridan biri bo’lib, u sinergiyaning, ya’ni mashina va
uning
operatori
orasidagi
uzluksiz
hamkorlikning
foydalili
gi, ahamiyatining hozirgi zamondagi ta’siriga
e’tiborni qaratadi.
I.Zabusskiy
60-
yilning
o’rtalarida
liniyasizlik
masalalarini hal qilishda analitik jihatdan cheklanganlik bir
yoklamalikka yo’l ochganligini ta’kidlaydi. Liniyasiz
matematika va fizika masalalarida sinergetika usulining
tatbiq
etilishini
odatdagi
matematika
hisoblash
mashinasining faoliyatini tahlil qilish bilan qiyoslaydi.
Hozirgi
davrda
I.
Prigojinning
sinergetika
to’g’risidagi
fikrlari
ham
ko’pchilikning
e’tiborini
tortmokda.
Yuqoridagi barcha holatlarda uzluksiz harakat
haqida so’z boradi. Sinergetika orqali sodda tizimlardan
murakkablarini yaratuvchi o’lik tabiatdagi o’z
-
o’zidan
harakatning tamoyili shakllandi. Sinergetika bilan fizikada
evolyusion yo’nalish paydo bo’ldi va fan ijodkorlik
dan
yangilik yaratish tushunchasi tomon rivojlandi. Sinergetika
makroskopik darajalarga tasodifiylikni fanga kiritdi va bu
bilan mexanika metodlarini makroskopik darajaga, ya’ni
mikrodunyo masalalariga tatbiq qildi. Sinergetika nisbiylik
nazariyasidagi ene
rgiya va narsaning o’zaro bir
-biriga
o’tishini tasdikdaydi va narsalarning paydo bo’lishini
o’ziga xoc tarzda izoxdaydi. U biz yashayotgan
makrosistemalar qanday paydo bo’lganligi masalasini hal
etishga harakat qiladi.
174
3
1
7
Davlatning jamiyat hayotidagi o‘rni.
175
1
1
7
Jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi turli xil nazaryalar.
Jamiyat taraqqiyoti ko’p bosqichli jarayon ekani
to’g’risidagi qarashlar AQSh faylasufi O.Toffler tomonidan
ilgari surilgan. Bunday qarashga ko’ra, jamiyatlar
taraqqiyotiga binoan agrar jamiyat, industrial jamiyat,
postindustrial jamiyatga ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat
taraqqiyoti borasida sivilizasiyali yondashuv g’oyasi ilgari
surilmoqda. Bunday yondashuvga ko’ra, har bir xalq
o’zining betakror, noyob, o’ziga xos va o’ziga mos turmush
tarzini saqlab qolgan holda, boshqa xalqlar tajribalaridan
ijodiy f
oydalanish orqali ijtimoiy taraqqiyotning o’ziga xos
modelini yaratadi.
Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham
xos. Har bir inson o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish
uchun osoyishtalik va tinchlikka muhtoj bo’lgani kabi
jamiyat ham o’z oldiga qo’ygan vazifalarni ado etishi
uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka ehtiyoj sezadi.
Barqarorlik
–
jamiyat taraqqiyotining tadrijiy rivojlanishi,
ijtimoiy tizimning muayyan darajadagi bir tekis faoliyat
ko’rsatish imkoniyatidir. U turg’unlik tushunchasida
n
keskin farqlanadi. Ijtimoiy-
siyosiy turg’unlik tushunchasi
jamiyatdagi mavjud siyosiy, ma’naviy tizimning tanazzuli
alomatidir.
Jamiyatda barqarorlik beqarorlik bilan, inqiroz
gullab-yashnash bilan almashib turishi ham mumkin.
Jamiyatning
ma’naviy,
iqt
isodiy,
siyosiy,
huquqiy
sohalarida
muayyan
yutuqlarga
erishilgach,ijtimoiy
imkoniyatlar ro’yobga chiqarilib bo’lgach bundan keyingi
taraqqiyoti yo’lida yangi muammolar tug’iladi va ularni hal
etish vazifasi paydo bo’ladi.
Beqarorlik ichki va tashqi jarayon va tahdidlar
natijasida vujudga keladi. Beqarorlik bir ijtimoiy-siyosiy
tuzumdan boshqa ijtimoiy-
siyosiy tuzumga o’tish davrida
keskinlashish mumkin. Jamiyat beqarorlikning izdan
chiqishi kishilar psixologiyasidagi salbiy o’zgarishlarda,
qonunlarning ishlamasligida, ijtimoiy burchning ado
etilmasligida, ijtimoiy ideallarning yo’qolishida, g’oya va
mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy
guruhlarning
paydo
bo’lishida,
ijtimoiy
adolat
mezonlarining buzulishida, davlat idoralarining aholini
boshqarish qobiliyati kuchsizlanishida, turli ziddiyatlarning
keskinlashuvida o’z ifodasini topadi.
176
3
1
3
Gegel dialektikasining mazmun-mohiyati.
Gegel dialektikaning idealistik shaklini ishlab
chiqqan: u kategoriyalar dialektikasini, ularning aloqalari
va bir-
biriga o’tishini, «sof fikr»
-
mutlaq g’oyaning
rivojlanishini tahlil qiladi. U rivojlanishni o’z
-
o’zidan
harakat sifatida, qarama-qarshiliklar bir-
biriga o’tishi
natijasida yuz beruvchi o’z
-
o’zidan rivojlanish sifatida
tushunadi: hodisa ziddiyatli bo’lgani bois, u harakatlanish
va rivojlanish qobiliyatiga ega bo’ladi. Gegel dialektikasida
har bir tushuncha qolgan barcha tushunchalar bilan
ichd
an bog’lanadi: tushunchalar va kategoriyalar bir
-biriga
o’tadi. Masalan,
imkoniyat
rivojlanish
jarayonida
voqyelikka, miqdor
–
sifatga, sabab
–
oqibatga aylanadi va
ayni vaqtda buning aksi yuz beradi. Gegel qarama-qarshi
kategoriyalar
–
shakl va mazmun, mohiyat va hodisa,
tasodif va zaruriyat, sabab va oqibatning birligini qayd
etadi.
Gegel dialektikaning asosiy qonunlari: miqdor va
sifat o’zgarishlari qonuni, qarama
-qarshiliklarning bir-
biriga o’tishi qonuni va inkorni inkor qonunini kashf etdi.
U kategoriyalar dialektikasi orqali dialektika asosiy
qonunlarining amal qilish mexanizmini o’rganadi.
Gegel dialektikani bilish jarayoniga tatbiq etdi.
Gegel uchun haqiqat bir marta va bir umrga berilgan
mutlaqo to’g’ri javob emas, balki jarayondir. Gegelda
bilish nazariyasi bilish tarixi bilan mos keladi: bilish, fan
rivojlanishi tarixiy bosqichlarining har biri u haqda
«mutlaq», lekin cheklangan, to’liq bo’lmagan tasavvur
hosil qilish imkonini beradi. Har bir keyingi bosqich
o’zidan oldingi bosqichdan boyroq va
muayyanroq. U
avvalgi mazmunning boyligini o’zida to’liq saqlaydi va
oldingi bosqichni rad etadi, lekin uning noyob jihatlarini
yo’qotmaydi, «o’zlashtirilgan barcha xossalarni yanada
boyitadi».
Shunday qilib, Gegel mutlaq va nisbiy haqiqat
dialektikasini
ishlab chiqadi. Gegel dialektikasini o’rganish
bilish nazariyasiga oid bilimlarni boyitadi, nazariy, ijodiy
fikrlash qobiliyatining rivojlanishiga yo’l ochadi, mustaqil
g’oyalarni yaratishga ko’maklashadi.
177
2
1
5
Falsafiy qonunlarni izohlab bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |