2. Fuqarolarning qonun oldida tengligi tamoyili.
Jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, ijtimoiy kelib
chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i
nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo‘lib, qo-
nun oldida tengdirlar.
3. Demokratizm tamoyili.
Jamoat birlashmalari,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki
jamoalarda jinoyat sodir etgan shaxslar axloqni tuzatish
ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilinish-
lari mumkin. Ma’lumki, jinoyat sodir etgan shaxslar
bilan tarbiyaviy ishlar, tushuntirish ishlari olib borish
zarur. Ular o‘zlarining odamlar orasida o‘rni borligini,
kimgadir kerakligini sezib tursalar, ular to‘g‘risida
g‘am xo‘rlik qiladiganlar borligini bilsalar, safga kirish-
lari oson kechadi. Shuning uchun demokratizm to-
moyilini amalga oshi rishda jamoaning o‘rni katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |