Bu masala qanday yechimlarga ega?
6. I. xotini N. bilan ajrashganida (1999-yil) oilada 4 far-
zandi qolgan edi. Farzandlari sobiq xotinida bo‘lganligi
uchun u ularga aliment to‘lab turdi. Bolalari o‘sha vaqtda 8,
6, 4 va 2 yoshda edilar.
2002-yil I. shikoyat ariza bilan sudga murojaat qilib, bo-
lalarining ikkitasini o‘zi boqishi mumkinligini, turar joy
masalasini hal qilganligini, onasi nevaralarini qarashga rozi
bo‘lganligini bildirdi.
Sud qanday qaror qabul qiladi?
7. Fuqaro F. o‘g‘li 16 yoshga to‘lgunicha unga aliment
to‘lab turdi. Endilikda o‘g‘lining ishlayotganligini, boshqa
xotinida ham bolalari borligini sabab qilib, o‘zini aliment
to‘lashdan ozod etishni so‘ragan.
Do'stlaringiz bilan baham: |