O‘n yoshga to‘lgan bolalar
ularning roziligi bilan
tarbiyaga beriladi. Bolalarni oilaga tarbiyalashga berish
tar tibi va sharoitlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Oila qonunlarida Fu -
qarolik holati dalolatnomalarini qayd etish ham tartib
doirasiga tushirilgan. Tug‘ilish, o‘lish, nikoh tuzish, ni -
kohdan ajrashish, farzandlikka olish, otalikni belgilash,
ism, ota ismi va familiyasini o‘zgartirish masalalari
shular jumlasiga kiradi.
Qonunning asosiy maqsadi
bironta fuqaro oilada hi-
moyasiz qolmasligini, oila davlat himoyasida ekanligini
bildirishdir.
Savol va topshiriqlar
1. FHDY xodimi ariza bergan kelin bo‘lajak kuyov
ning
jiyani ekanligini bilgach nikohni rasmiylashtirishdan voz
kechdi.
FHDY xodimi haqmi?
2. Bo‘lajak kuyov 18 yoshda, kelin esa 16 da, ular far
-
zand kutishmoqda. Qizining homiladorligini bilgan ota-
onasi uning erga tegishiga qarshi emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |