Masala qanday yechiladi? 3. FHDY organida nikohdan o‘tishda S. boshqa nikoh da -
ligi va bolasi borligini bo‘lajak xotini M.dan yashirgan edi.
Bu nikoh qonuniy deb hisoblanadimi? Agar qonuniy kuchga ega bo‘lmasa, M. sudga murojaat qilish huquqiga egami? 4. Turar joyga ega bo‘lish maqsadida I. boshqa shaharga
ko‘chib ketmoqchi. D. ismli ayol bilan nikohni rasmiy-
lashtirdi va uning uyida yashash uchun ro‘yxatdan o‘tdi.
Ko‘p o‘tmasdan D. bu uydan ko‘chib ketdi.
Bu nikohiy munosabatni noqonuniy deb tan olishga asos bormi? VI b o b. Oila huquqi asoslari
112
Huquqshunoslik
5. K. eri bilan yashash davridagi mulklarni bo‘lib berish
to‘g‘risida sudga shikoyat ariza berdi. Mulklar terimiga: turar
joy, yengil mashina, televizor, kassadagi pullar, ayrim uy
jihoz larini kiritdi.