egri qasddan sodir etil-
gan
deb topiladi.
O‘z-o‘ziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir
etilgan ijtimoiy xavfli qilmish
ehtiyotsizlik orqasida
sodir etilgan jinoyat
deb topiladi.
Jinoyatlar o‘z xususiyati va ijtimoiy xavflilik dara-
jasiga ko‘ra:
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan; uncha og‘ir
bo‘lmagan; og‘ir; o‘ta og‘ir jinoyatlarga
bo‘linadi.
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarga
qasddan
sodir etilib, qonunda uch yildan ko‘p bo‘lmagan mud-
datga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda
tutilgan jinoyatlar, shuningdek, ehtiyotsizlik oqibatida
sodir etilib, qonunda besh yildan ko‘p bo‘lmagan
muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo
nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Masalan, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini
katta qimmatda buzish, shunday qilmishlar uchun
ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan
bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik ba ra -
varigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muay
-
yan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yilgacha axloq
tuzatish ishlari bilan jazolanadi (JK, 189-modda).
117
Do'stlaringiz bilan baham: |